Kanal
Qiziqarli

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh ko‘rinadilar? Sirlarni bilib oling!

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh ko‘rinadilar? Sirlarni bilib oling!

Xitoy ayollari suvni juda ko'p miqdorda istem’ol qiladilar. Ularni bolalik paytlaridanoqo‘zlari bilan suv olib yurishga odatlantirishadi. Agar ulardan hayotiy mavjudlik shartlari haqida so‘rasangiz, birinchi navbatda suv haqida yodga olishlari tayin. Xitoyning har bir burchagida maxsus kulerlar mavjud, bundan tashqari ayollarning o‘zlari  ham ko‘chaga chiqish avvalidan albatta suv ko‘tarib olishadi. 

Bundan yuz yillar avval ham xitoylik ayollar uchun terining oppoq rangi juda muhim bo‘lgan. Aytishlaricha, teri rangi qanchalar oq bo‘lsa, bu ayolning ijtimoiy kelib chiqishi yuqori ekanligidan darak berar ekan. Shu sababli ham Xitoy ayollari quyosh nuridan saqlanishga juda katta e’tibor qaratishadi. Bu boradagi asosiy vositalardan biri esa quyosh nurlaridan himoya qilish ta’siriga ega bo‘lgan krem sanaladi.

 

 

Xitoy ayollarining eng sevimli ichimliklaridan biri so‘zsiz - choy sanaladi. Mutaxassislar turli giyohlar, gullar, tinchlantiruvchi aralashmalar qo‘shib damlangan choy inson salomatligi va go‘zalligiga katta ta’sir ko‘rsatishini ko‘p bor takrorlaganlar. Ammo bu o‘rinda choy ichiga shakar yoki sut qo‘shmaslik kerakligini unutmang. 

To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibining yoshlik va go‘zallikka aloqasi nimada deysizmi? Agar kunning ma’lum bir vaqtlari davomida ovqatlanish va uxlashga diqqat qaratsangiz, tez orada buni o‘zingiz ham tushunib olasiz. Xitoy ayollari tushlikdan keyin biroz mizg‘ib olishni unutmaydilar. Bu esa o‘z navbatida holsizlikni nari ketkazib, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Hech kimga sir emaski, Xitoy oshxonasi va taomlari bizning odatiy taomlardan butunlay farq qiladi. Odatda mazkur o‘lkada shirinliklarnia sosiy taomdan alohida iste’mol qiladilar. Shunda ham desert sifatida yengil yegulik tanlab olinadi.

 

Xitoyda aksariyat insonlar o‘z taomnomalarini dengiz mahsulotlari bilan to‘ldirishadi. Bu esa tanadagi moddalar almashinuvchi jarayonini tezlashtirib, organizmdagi tuz miqdorining kamayishiga olib keladi. 

Yuz sohasidagi yorqin ravishda namoyish qilingan mimika harakatlari teri yoshligini saqlashga qarshi kurashadi. Sokin va hotirjam qiyofa esa - botoks muolajasining tabiiy ko‘rinishidir. Yuz mushaklari qanchalik kam ishlasa, mimik ajinlar ham shunchalik kam bo‘ladi.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish