Kanal
Qiziqarli

9ta original o’yinchoq, ular ofis ishlaridan dam olishga yordam beradi

9ta original o’yinchoq, ular ofis ishlaridan dam olishga yordam beradi

Kinetik qum – ish joyida dam olishga va bir necha daqiqaga to’liq dzenga kirishish uchun yahshi imkoniyat. Bu g’ayrioddiy modda 98% qum va 2% nam qumga taqlid qiladigan  sintetik polimer polidimetilksilonni aralashmasidir.  

Bundan tashqari polimer moddani mustahkamlaydi va yuzasi ifloslanmaydi.

Torqbar – qoyilmaqom ermak, unga “ofis o’yinchoqlari ichida iPhone” nomini berishdi. U titan, tsirkoniy va kumush qotishmasidan tayyorlangan. Uni qo’lga olish yoqimli, soqqalari esa deyarli ovozsiz ishlaydi.  

Birinchi Torqbarni uning yaratuvchisi $300 dollarga sotgan, bir yildan so’ng esa bu oyinchoqlarni keng qamrovli ishlab chiqarishini yo’lga qo’ydi. Hozirda bu ajabtovur bizbizagka narh $139 dollardan boshlanib, $800 gacha boradi maxsus buyurtma bo’lsa, unda buyurtmachi o’zi tanlaydi metal va qoplamani.

Service Brand Global kompaniyasi magnitli piramidani taqdim qildi, u istalgan ish stolida oshiqcha bo’lmaydi. U suvenir sifatida a’lo ko’rinadi, bundan tashqari uni qismlarga buzib, yana tahlash mumkin -  juda zo’r mashg’ulot, ish jarayonidan chalg’ish kerak bo’lganida. 

Neodimli magnitlar qismlarni o’zaro mustahkam qovushtiradi va o’yinchoq juda vazmin ko’rinadi.

Yana bitta magnitli o’yinchoq. Bu safar qiziqarli vizual ta’sir bilan. Tiniq konteyner ichida turli rangbarang ora-siralar bilan, uni turli usullar bilan tortish mumkin, mahsus magnit tayoqchalar yordamida. 

Bu mittigina Macintosh Classic elektron qog’ozdan displey bilan Legodan qilingan, lekin shu bilan birgalikda u ishlay oladi. Masalan, soatlar sifatida. Bundan tashqari istalgan ish stolini zamonaviy bezagi bo’la oladi.

Bu o’yinchoq yo-yo va tishli uzatish hipchini o’rtasidagi buyumdir. O’yinchoq yig’ilishi mumkin yoki uzun va chiroyli zanjirga cho’zilishi mumkin.

Bu o’yinchoqni muallifi $230 dollar berganga uni 3D-printerda chiqarib berishga tayyor. 

Odamlarni ko’pchiligi hech qachon Oyga yetib bora olmaydi, lekin aslida, vaznsizlik nima ekanligini ko’rish uchun, o’z qolidan uzoqga qarash shart emas.

Aslida aerokosmik alyuminiydan tayorlangan, bu o’yinchoq oddiy fizikani ishlatadi, lekin shu bilan yaqqol ko’rsatishi mumkinki, Marsda yoki Oyda polzunok bilan nima bo’lishini.

Nanodotlar – hozirda ma’lum eng kuchli magnitlardan biridir. Ular neodimni noyob qotishmasidan qilingan, va o’zining vaznidan 1000 barobar ortiq yukni ko’taray oladi.

Bu magnitli sharchalar modellashtirish uchun mukammaldir.

Bu volframli sharni diametri atiga ikki dyuym bo’lsa ham, u deyarli bir yarim killogram vaznga ega. Ko’pchilikga bu sharchani qo’lda aylantirish yoqadi, biron bir narsa haqida o’ylayatib va hattoki muhim suhbat davomida ham.  

Nima ham derdik, volframli shar – bu o’yinchoqdan ham ko’proq san’at asari bo’lsa kerak. Stolda uni qizil asosga o’rnatish mumkin. Qotishma  95%ga toza volframdan ishlangan, qolgan 5% esa – bu nikel va temir qotishmasi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish