Kanal
Texnologiya

Hayotni o‘zgartirish uchun 7 tavsiya

Hayotni o‘zgartirish uchun 7 tavsiya

Barcha muvaffaqiyatli insonlar o‘zlarining barvaqt turishlari haqida juda ko‘p bora ytishgan. Tong paytida barvaqt uyg‘ongan odam o‘zida allaqanday ruhiyni kuchni his qiladi. Bundan tashqari mazkur palla muhim vazifalarni bajarib olish uchun ham juda qulay paytdir.

Har kun hech bo‘lmaganda bir soat vaqtingizni televizor yoki kompyuter qarshisida emas, kitob mutolaa qilish bilan o‘tkazing. Shu tariqa do‘stlaringiz ichidagi dunyoqarashi keng insonlarning biriga aylanasiz. 

Mark Tven aytganidek, “Yaxshi kitob o‘qimaydigan odam o‘qishni bilmaydigan odamdan ustunroq bo‘la olmaydi”.

Kichik muammolarni katta fojiaga aylantirish ham, uni odatiy qiyinchilik sifatida qabul qilish ham insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan masala. Dunyoga ijobiy ko‘z bilan qarash umringizga mazmun olib kiradi.

Hayotni oimiy stress va tartibsizlik holatida yashab o‘tish - uni behudaga sarf etish bilan barobardir. O‘zingiz uchun ozroq vaqt ajratib yolg‘iz qoling va ichki ovozingiz so‘zlariga quloq tuting. Maqsadlaringiz tomon asta-sekin, ammo qat’iyat bilan harakat qiling.

Doimiy jismoniy faollik salomatligingiz garovi bo‘lib, ruhiy holatni ham tetik ko‘rinishda ushlab turadi. Sport bilan shug‘ullanish uchun mashg‘ulotlar zaliga borishingiz shart emas, buni uy sharoitida ham amalga oshirishingiz mumkin. Muhimi, istak bor bo‘lsin!

Maqsadingizga erishmay turib, yarim yo‘ldan ortga qaytish - juda yomon odat. Kerakli joylarda qat’iyatli va qaysar bo‘lish ham lozim, tushkunlik so‘zini shaxsiy lug‘atingizdan butunlay o‘chirib yuboring.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish