Kanal
Qiziqarli

Yoshimizga yosh qo’shuvchi garderobdagi 10 buyum

Yoshimizga yosh qo’shuvchi garderobdagi 10 buyum

Ko'zingiz oldida paydo bo'lgan "eskirmaydigan klassika", "nafislik bilan uyg’un " va "Coco Chanel"ning tasviri sizni chalg'itmasin. Oppoq marvaridlardan taxlangan marjon yoshingizni   2 – 3 yilga kattaroq qilib ko’rsatadi ( ayniqsa kunduz kunlari).

Juda ehtiyotkor bo'ling.  Haki , kulrang –yashil, bodomrang, zaytunrang va sarg’ish jigarrang tuslar hammaga ham ko’rk beravermaydi. Ko’pincha sanab o’tgan ranglarimiz yuzga nosog’lom ko’rinish beradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu ranglar ko’z ostidagi halqachalarga va yuzdagi ajinlarga alohiga urg’u berib qo'yadi.

Yaltiroq ilon,  jozibador leopard, o’pich va lab printlari – o'ta keskin holatlar. Albatta, bugungi kunda printni "san’at"  deya atay olamiz.  Lekin libos tanlashdan avval hozirgi kundagi kolleksiyalar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.  “ Bozor ” uslubi yosh qizni ham katta yoshli ayolga aylantirishi hech gap emas.

Sizning taqinchog’ingiz qimmatbaho bo'ladimi yoki oddiy zargarlik buyumimi, obrazingizda ikkitadan ortiq bir turdagi taqinchoq – jamlanma hisoblanadi. Agar taqinchoqlaringiz katta ko’rinishga ega bo’lsa unday holatda ularning biridan kechganingiz maqulroq.

 

Gipyurli kofta , ipak matoli ko’ylak,  tveddan tikilgan kostyum, parcha yoki jakkard sotib olishdan oldin diqqat bilan o’ylab ko’ring. Barcha qoidalarda istisno mavjud, lekin bu matolar keksa ayollar uchun ayni muddao desak adashmaymiz.

Ushbi aksiyoma shu qadar eskirganki, oxir-oqibatda didsiz qiyofaga aylangan. Ranglar, materiallar  va uslublarning kombinatsiyalarini tanlashda ko'rsatgan tashabbus  va tasavvurlaringiz qanchalik yaxshi bo'lsa nur ustiga a’lo nur.

Ko'zoynak sizni zamonaviy ko'rsatmasligi mumkin, lekin o'zingizni ifoda etish imkoniyatini taqdim qiladi. Hatto mukammal ko'rishga ega bo'lgan omadli kishilarda ham bundan mustasno emaslar.  Siz haqiqatan ham o'qituvchi bo'lib ishlasangiz, unda mashhur komediyadagi Kameron Diazning qahramoni sifatida namoyon bo’lishga rozi bo'lasizmi?

Ba'zan qulaylik va moda o'rtasidagi munosabatlarda murosaga yo'l qo'yilmasligi mumkin.  Shunchaki quloqli bosh kiyimlardan, keng qayrilmali qalpoqlardan, tuvak shaklini eslatuvchi qalpoqlardan  (ayniqsa gul bilan bo'lsa) voz keching.

Bu borada faqat ikkita chegara bor: sizga kichik bo’lib qolgan kiyimlar yoki qop shaklidagi keng liboslar.

Birinchisi tor, noqulay bo'ladi va allaqachon sizga tog’ri kelmasligini ko’rsatib turadi. Ikkinchisi (g'ayrioddiy o'lchamda bo'lmasa) bir necha santimetr o'sishni oladi va faqat  siz yashirishni rejalashtirayotgan narsani ta'kidlaydi.

Shunday narsalar boladiki, huddi “buvilar sandig’i” dan olingan kabi tassurot uyg'otadi va uni “vintaj” deya atay olasiz. Ular siz uchun qadrdon bo'lishi mumkin. Lekin o’tgan yillarning barcha eskirib qolgan modellarini tashlab yuborishni hohlamasangiz garderobdan alohida olib qo’ygan yaxshiroq.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish