Eng yirik jonivorlar haqida

Kassiy -1984 yilda Avstraliyada qo'lga olingan yirik taroqsimon timsohdir. Timsoh afsonaviy bokschi Kassius Kley (haqiqiy ismi Muhammad Ali) sharafiga nomlangan. 2011 yilda timsoh Kassiy Ginnesning rekordlar kitobiga "Dunyodagi eng katta asir timsoh" deb tan olindi. Uning uzunligi 5,5 metr va vazni bir tonnaga teng.


Zamonaviy suyakli baliqlar ichida eng og'iri oy-baliqdir. Uzunligi uch metrga teng. Ushbu ajoyib surat Portugaliya qirg'oqlarida suratga olingan.


Ushbu yirtqich kitlarning fonida odam shunday mitti ko’rinadi. Bu ulkan kitlarning uzuznligi 15 metrdan oshadi. Og’irligi esa 36 tonnaga teng.




Gerkules Liger 2006 yilda Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilib, Yer yuzida yashaydigan mushuksimonlar oilasining eng katta vakili sifatida qayd etilgan. Gerkules 2002 yilda Florida shtatidagi Mayami shahridagi yo'qolib borayotgan va noyob turlar institutida, Arthur ismli sher va yo'lbars Islanni rejalashtirilmagan juftlashishi natijasida, sherlar va yo'lbarslar umumiy keng qo'ralarda saqlanganligi sababli tug'ilgan.

Jimbo bilan tanishing! U Nyu-York shtatidagi notijorat tabiat markazida yashaydi. Ayiqning balandligi - 2,74 metr, vazni - 635 kg.

Oq akula yer yuzidagi eng katta yirtqich baliqlardan biridir. Urg'ochilari erkaklardan kattaroq bo'lib, o'rtacha uzunligi 4,6–4,8 m gacha bo’ladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.