Yaponiyada ishdagi stress bilan qanday kurashishadi?

“Ferray Corp” yapon kompaniyasi o’z xodimlariga ishxonaga mushuklari bilan kelishga ruxsat berishadi.

Yaponiya ish joyida haddan ortiq toliqish sabab vafot etish – karosi hodisasi rasman tan olingan sanoqli mamlakatlardan biridir.

“Ferray Corp” kompaniyasi rahbariyati fikriga ko’ra, jonivorlar bilan muloqot qilish ish jarayoni davomida stressga kamroq berilish uchun imkon yaratadi.

Ish kuni davomida mushuk va mushuk bolalari ish stollari ustida aylanib yurishadi va hattoki majlislarda ham qatnashadilar.






●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.