Kanal
Foydali

Yangi yilga qadar bajarilishi kerak bo‘lgan muhim 7 yumush

Yangi yilga qadar bajarilishi kerak bo‘lgan muhim 7 yumush

Bu uyingizdagi barcha eski narsalarni chiqindi tomon uloqtirish kerakligini anglatmaydi. Agar ma’lum bir buyum sizga oxirgi yillar ichida biror marta ham xizmat qilmagan bo‘lsa undan voz keching. Garderobdagi keraksiz va kiymaydigan liboslaringizni ham yaqinlaringizga ulashib yuborishingiz mumkin.

Ko‘plab mamlakatlarda aynan mana shu vazifaga juda jiddiy yondoshadilar. Albatta, bu yerda gap yirik kredit yoki ipoteka haqida borayotgani yo‘q. Ammo, tanishingiz, do‘stingiz yoki qarindoshingizdan olgan qarzingizni Yangi yilga qadar qaytarish haqida aslo unutmang.

Ushbu qoida esa asosan ayollar va qizlarga tegishlidir! Agar Yangi yil bayramida ko‘rinishingizni butunlay o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun oldinroqdanharakat boshlang. Zero, bayram kuni biror omadsizlikka duch kelish kayfiyatingizni buzib qo‘yishi mumkin.

Hayotimizning yana bir yili yakuniga yetib bormoqda. Bu yili o‘z hayotingizda qanday yutuqlarga erishdingiz? Qanday bilimlarni o‘zlashtira oldingiz va bu borada nimalar bilan maqtana olasiz? Yutuqlaringizni biror yon daftarga qayd qilib qo‘ying va shunga ko‘ra keyingi yil uchun rejalar tuzib oling.

Hayotimiz - bebaho kunlarimizni araz va gina uchun sarflashga juda kamlik qiladi. Biror yaqiningiz bilan hafalashib qolgan bo‘lsangiz, u bilan yarashib olish uchun harakat qiling. "Egilgan boshni qilich kesmaydi" deydilar. O‘zingiz buning uchun birinchi qadamni tashlab bersangiz, yelkangizdagi og‘irlikdan halos bo‘lganingizni darhol anglaysiz.

 

Ushbu vazifaga jiddiy yondoshish kerakligi haqida unutmang. Eng yaxshisi,sovg‘alar harid qilishni oyning oxirgi kunlariga qadar olib bormagan ma’qul. Yaqinlaringiz, sevgan insoningiz va hamkasblaringiz uchun ma’lum sovg‘alar harid qilib, ularni taqdim etish uchun tayyor ko‘rishiga keltirib qo‘ying.

Bayram kuni dasturxonni qanday taomlar bilan bezatish, uning uchun qanday yegulik va shirinliklar tayyorlashingiz haqida avvaldan o‘ylab qo‘ying. Buning uchun kerakli mahsulotlarni harid qiling, yangiliklarga qo‘l urishdan aslo cho‘chimang. Uyingizga tashrif buyurgan mehmonlarni noodatiy dasturxon bilan hayratda qoldirishni istasangiz, buning uchun avvaldan tayyorgarlik ko‘ring.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish