Oʻzbekistonda 26-dekabr kuni quyosh tutilishi kuzatiladi

26-dekabr kuni Oʻzbekistonda Halqasimon quyosh tutilishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu astronomik hodisani esa respublikaning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin.

Quyosh tutilishi tonggi soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi.
Soat 9:00 lar atrofida tutilish maksimum koʻrinishga ega boʻladi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi toʻsiladi.






●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.