Kanal
Sayohat

Sayyoramizdagi eng xatarli va qiziqarli joylar

Sayyoramizdagi eng xatarli va qiziqarli joylar

Bu ajoyib joy Norvegiyadagi Odda nomli kichik shaharda joylashgan. Troll tili degan g'aroyib nomni bu joy o’zining skandinav afsonalaridagi mo’jizaviy mavjudod tiliga o’xshgani sababli olgan.

Troll tili juda yaxshi berkitilgan, uni topish mushkul. Agarda siz, o’z o’y fikrlaringizga berilish uchun, hilvat joy qidirayotgan bo’lsangiz, bu aynan shunday joy.

Geyranger Rok, Norvegiya

Geyranger Rok Norvegiyadagi norvegiya guberniyasi Geynrangfyord oxirida, Geyranger posologida joylashgan.

Bu qoyada o’tirib o’ziga tortuvchi,  ajoyib peyzaj ko’rish mumkin. Shuning uchun Geyrangerda bo’ladigan har kim u yerga borib ko’rishi kerak.

Keragbolten, Norvegiya

Keragboltenga tashrif etishga botina oldiganlar kam topiladi.  Hatto, Norvegiyaliklarning o’zlari ham bunga dov bermaydilar.

Bu 5 metrlik kubli tosh Liseford so’qmog’idan 1000 m tepada, Kerag tog’i qoyalari orasida tiqilib qolgan. Agar siz ekstemalning ishqivozi bo’lsangiz bu yerga albatta kelishingiz kerak.

Pulpit Rok, Norvegiya

Pulpit Rok muztog’ yuvilishi natijasida paydo bo’lgan va kvadrat qoya ko’rinishida bo’lib, Norvegiyadagi Stavanger neft shahri yaqinida, Liseforddan 600 m tepada joylashgan.

Aslida bu yer haxfli emas. Ammo qoyaning tepasida turganingizda boshingiz aylanib ketib, nazoratni yo’qotib qo’yishingiz mumkin.

Potato Chip Rock yupqa qoya, AQSH

Bu garoyib joy AQSH, Kaliforniya, San-Diego shahrida joylashib, har qanday vaqtda sinib ketishi mumkin bo’lgan qoyadek ko’rinadi.

Ammo bunga qaramay, juda ko’p miqdordagi sayyohlar, har yili bu yerga qoyada o’tirish uchun keladi. Tepalik chetida o’tirib sur’atga tushish uchin bu odamlarning asablari qanday bo’lishi kerak?

Shishali so’qmoq yo’l Tyanmen, Xitoy

Chjanszyaszdagi Tyanmen tog’ining garbiy tomonidagi jarlik bo’ylab osilib turuvchi shisha alleya uzunligi 60 metr va1430 metr balandlikdadir.

Bu Tyanmen tog’ining yana bir qo’l bilan yaratilgan shedevri. U xissiyotlarni havotirlantirib, aql bovar qilmas emosiyalar boronini yaratishga qodir.

Shishako’prik Grand Kanyon, AQSH

Shihsa ko’prik AQSH, Kolorado, Katta Kanyonning garbiy qismida, hindular rezervasiyasida joylashgan va Las-Vegas – dunyoning ko’ngil ochish poytaxtidan 200 kilometr masofada joylashgan.

Kolorado daryosidan 1 219 metr balandlikda va qoyadan 21.34 metrga chiqib, havoda osilib turadi.

Shishali balkon Sirs Tauer (Sears Tower), AQSH

AQSHdagi eng baland bino Sirs Tauer osmono’par imorati 103 qavat balandlikda 4 ta shishali balkonga ega.

Shisha pol 12.7 sm lik qalinlikda va 5 tonnani ko’tara olb, yarim kilometr tepalikdan qarash imkonini beradi.

Xuashan,Xitoy

Xuashan dunyodagi eng tik jarli va xatarli yo’l. Lekin oyoq ostida jarlikni ko’rish bu juda qiziqarli va o’ziga rom etuvchi narsa.

Ko’p chet elliklar uchun toqqa chiqish va poxodlar ramziy sport turi bo’lib qolganga o’xshaydi. Bu yo’lni bosib o’tganlarga bir qarang.

Bu qo’rqmas odamlar dunyodagi eng havfli so’qmoqqa chaqiruv tashladilar.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish