Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda g’oyib bo’lganliklari haqidagi qiziqarli voqealar


1909 yilning yoz oylarida bortida 200 nafar kishi bo’lgan “Varata” paroxodi Avstraliyaning Melburn shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga yo’l olgan edi. Yo’lda u reja bo’yicha Durbanda to’xtab o’tdi. Bu yerda paroxodning yurishidan bezovta bir yo’lovchi kemadan tushib qoldi. “Varata” paroxodi “Durban” portidan 26 iyulda chiqib, o’z yo’lida davom etdi. Ertasi kuni yo’lda paroxod yana bir boshqa bir kema – “Klan Makintayer” bilan uchrashdi. Aynan shunda paroxodni oxirgi marta ko’rishgan. Axir “Varata’ kemasi Keptaunga ham, boshqa portga ham yetib bormagan-da. Keyinchalik kema halokatga uchraganligini bildiruvchi suvdagi kema qoldiqlarini va suzib yurgan yo’lovchilarning jasadlarini ko’rishganligi haqida odamlar orasida gap-so’zlar tarqalgan, biroq bu xabarlar o’z tasdig’ini topmagan. 1980 yillarda ushbu paroxodni topish uchun qilingan urinishlar zoye ketdi, hech qanday natijaga erishilmadi. “Varata’ kemasining taqdiri noma’limligicha qolmoqda.

AQSH ning Viskonsin shtatining hududida Atstalan nomli hindular shahrining qoldiqlari mavjud. Bu manzilgoh ilk bor 1836 yilda bu yerga ko’chib kelganlar tomonidan aniqlangan. Bu shaharda zinapoyali ehromlar hamda konussimon qabrlar bo’lgan. Bu yerdan topilgan ro’zg’or buyumlari mahalliy aholi dehqonchilik va baliqchilik bilan shugg’ullanganligini bildirib turar edi. Rivoyatlarda aytilishicha, bu yerda bir paytlar yashagan odamlar Mills ko’li vodiysida katta ehromlar qurgan ekanlar. Keyinchalik bu yerda suv toshqini bo’lib, hamma narsa suv ostiga g’arq bo’lgan, shuning uchun bu ma’lumotning haqiqiyligini aniqlash mushkul. Taxminlarga qaraganda, 7-10 asrlar avval Atstalan shahri aholisining soni 500 kishini tashkil etgan. Biroq XIV asrning boshlarida shahar noma’lum sabablar bilan bo’shab qolgan, aholi ham g’oyib bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, shahar yashash imkoniyatlari yo’qligidan yohud qo’shni qabila tomonidan uyushtirilgan hujum sababli shahar bo’shab qolgan.

Rim imperiyasining to’qqizinchi legioni – bu besh mingga yaqin askar va zobitlar xizmat o’tagan harbiy ta’lim bo’limidir. U Britaniyaning istillosi vaqtida Angliyaning shimoliy qismida faoliyat ko’rsatgan. Bo’linmaning vazifasi oroldagi mahalliy aholi tomonidan uyushtiriladigan hujumlarni bartaraf qilishdan iborat bo’lgan. 108 yilda legion York shahriga joylashgan. Bu ma’lumot u haqdagi oxirgi xabar edi. Kech kim to’zqqizinchi legionga nima bo’lganligini bilmaydi. Faqat shunisi ma’lumki, 14 yil o’tib, York shahriga oltinchi legion kirib kelganida shahar bo’sh bo’lgan. Ehtimol, rimlik askarlar tog’lik isyonkorlar tomonidan yo’q qilingan bo’lishi mumkin. Shuningdek, ushbu otryad boshqa joyga yuborilgan bo’lishi mumkin, degan taxminlar ham bor, biroq bu aniq ma’lumot emas.

1962 yilning 16 martida Lockheed L-1049 Super Constellation avialayneri №739 reysni amalga oshirdi. Samolyot bortida Vyetnamga yo’l olgan 96 amerikalik harbiy xizmatchilar bo’lgan. Parvoz davomida hammasi rejagidek ketayotgan edi, samolyot yoqilg’ini quyib olishi uchun bir necha marta belgilangan joylarda qo’ngan. Biroq Guam orolidan parvozini davom ettirgan ushbu samolyot Fillipin orollarida joylashgan keyingi belgilangan yoqilg’i quyish joyiga yetib bormagan. Ushbu parvoz vaqtida ekipaj barcha harakatlar haqida hisobot berib turgan, so’ngra esa 10 ming fut balandlikni 16 ming balandlikka o’zgartirish uchun g’alati so’rov tushgan. Ikki soat o’tib esa samolyot bilan aloqa uzilgan, o’zi ham radarlardan yo’qolgan. №739 reysning yo’qolishining haqiqatga yaqin bo’lgan sabablaridan biri, uning havoda portlagani bo’lishi mumkin. Biroq o’sha hudud yaqinidagi dispecher minoralarning birortasi ham halokat signalini qabul qilmaganlar. Shuningdek, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi vaqtida hech qanday bo’laklar topilmagan. Avialaynerning bu rusumi juda mustahkam va ishonchli edi, shuning uchun uning ishdan chiqishi mumkin emas edi. Aviakompaniya vakillari samolyot o’g’irlangan bo’lishi mumkin, deb taxminni ilgari surdilar, biroq u hech qayerdan topilmadi. Shunday qilib, №739 reys va uning yo’lovchilarining taqdiri noma’lumligicha qoldi.

Afrikadagi Zimbabve mamlakatining nomi “toshli uylar” ma’nosini bildirib, sirli shahar bo’lgan – Buyuk Zimbabve nomidan olingan. Bu bir katta qishloq bo’lgan – taxminan 18 ming aholidan iborat bo’lgan. Bu tsivilizatsiya anchagina odimlagan edi: odamlar uch qavat uylar balandligidagi toshli devorlarni qurishni bilganlar. Taxminan 400 yillar avval bu odamlarning yo’qolishi yanayam hayratlanarlidir. Hozirgi kunda Buyuk Zimbabve – butunlay tashlandiq shahardir. Uning devorlari granitli plitalardan qurilgan bo’lib, ular o’zaro qurulish eritmasisiz biriktirilgan. Bu yerdagi topilmalardan olimlar mahalliy aholining madaniyati va turmush tarzini o’rgandilar. Aniqlanishicha, shahar aholisi metall buyumlar yasashni bilganlar, savdo-sotiq ishlari bilan faol shug’ullanganlar hamda dindor bo’lganlar. Topilmalarning ko’pligiga qaramay, shahar aholisining taqdirini aniq aytib bera oladigan nazariyaning o’zi yo’q. Ushbu katta shahar va uning aholisiga bir necha asrlar avval nima bo’lganligini hech kim aytib bera olmaydi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida bu kema transport kemasi vazifasini bajargan. Urushdan keyin uning faoliyati to’xtatilgan va “Poet” 20 yil davomida ishsiz turgan. Keyinchalik uni sotib oldilar va foydalana boshladilar. Biroq 1980 yilda kapitan hamda 33 nafar tajribali ishchilardan iborat komanda tomonidan boshqarilayotgan kema sirli ravishda g’oyib bo’lgan. 24 oktayabr kuni “Poet” kemasi makkajohori yuki bilan Filadelfiyadan Misrga qarab yo’l oladi. Ertasi kuni Atlantikaning shimoliy qismida bo’ron ko’tariladi, biroq bu tabiat hodisasi bunday toifadagi kemaga xavf sololmas edi. To’fon to’xtaganda kema yo’qolganligi ma’lum bo’ldi, hech qanday halokat haqidagi signallar ham qabul qilinmagan. Kema yo’qolishining bir necha versiyalari bo’lgan – yoriqlar tufayli cho’kishdan to “Poet” bilan aloqaning uzilishi haqida og’iz ochmagan kema egasining sovuqqonligigacha. Ammo birgina narsa ayon: bunday kemalar sababsiz cho’kmaydi, biroq haqiqatni bilish jida mushkul.

Ikkinchi jahon urushining tugashi bilanoq yana bir sirli g’oyib bo’lish voqeasi sodir bo’ldi. 1945 yilning dekabrida beshta amerika bombardimonchi samolyoti Bagama orollari hududida mashq parvozini amalga oshirayotgan edi. Topshiriq tugagandan keyin bo’linma bazaga qaytayotgan edi, biroq nimagadir ularning yo’nalishi to’satdan o’zgarib qoladi. Buning ustiga ob-havo ham yomonlashgan edi va bir oz o’tib samolyotlar radardan g’oyib bo’ldilar. Darhol katta hajmgagi qutqaruv operatsiyasi boshlab yuborildi, unda yuzlab samolyotlar va o’nlab kemalar ishtirok etdi. Biroq shuncha say-harakatga qaramasdan yo’qolgan bo’linmaning birorta belgilari topilmadi. Keyinchalik aniqlanishicha, o’sha kuni boshqa samolyotlar ham Bermud uchburchagining qurboniga aylangan ekanlar. Bombadimonchi samolyotlarning qudiruvi bilan shug’illanayotgan ikkita gidroplan ham izsiz g’oyib bo’lgan. Hozirgi kunga qadar ham bu sirli hodisaning ratsional izohi topilmadi, Bermud uchburchagining mistik xususiyati esa eng haqqoniy versiya deb tan olindi.

Ushbu Janubiy Amerika madaniyati birinchi va to’qqizinchi asrlar oralig’ida zamonaviy Peru davlati hududida mavjud bo’lgan. Arxiologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, bu yerdagi odamlar metallarga ishlov berishni yaxshi bilganlar, hattoki zarhallash hamda qalaylash hunarini ham egallaganlar. Ular dehqonchilikdan shunday mo’l hosil olganlarki, 25 ming aholini bemalol oziq-ovqat bilan ta’minlay olganlar. Biroq tarixning ma’lum bir vaqtida ular to’satdan g’oyib bo’lganlar. Taxminlardan birida aytilishicha, bunga 6-7 asrlarda sodir bo’lgan El-Ninyo to’foni sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. 30 yillik juda ko’p yog’gan yomg’irdan keyin o’ttiz yillik qurg’oqchilik boshlangan va aholi bunga dosh bera olmagan. Yana bir taxminda esa bu madaniyat qo’shni qabilalar tomonidan yo’q qilingan, biroq jang va urush belgilari topilmagan. Afsuski, ushbu tsivilizatsiyaning izi batamom yo’qotilgan.

Birinchi jahon urushida qatnashgan bu britaniyalik otryad, asosan ko’ngillilardan tashkil topgan. Tayyorgarlikdan so’ng batalyon 1915 yilda Gallipoli yarimoroliga qo’ndi, uning oldida Turkiyani urushdan chiqarib yuborish vazifasi turgan edi. Otryad kerakli joyga 10 avgustda yetib keldi, 2 kundan keyin esa urushga yo’l oldi, bu urush ular uchun birinchi va oxirgisi bo’ldi. Ittifoqchi qo’shin hujumi puxta rejalashtirilmagan edi. Kuchli tayyorlangan raqibiga qarshi o’laroq polkning aniq bir xaritasi ham yo’q edi, shuning uchun u mag’lubiyatga yuz tutdi. Hujum paytida 5-batalyon dushmanini yonayotgan o’rmonga qarab ta’qib etdi va u yerdan qaytib kelmadi. Avvaliga askarlar dushman qurshoviga tushib qolishgan, deb taxmin qilingan edi. Ammo Turkiya hukumatining qaydlarida bunday harbiy asirlar haqida hech qanday ma’lumot yozilmagan edi. Keyinchalik shunday odamlar ham topilganki, ular katta bir bulutni ko’rganliklarini va bu bulut askarlarni o’z domiga tortib ketayotganligining shohidi bo’lganliklariga hammani ishontirar edilar. Bu voqea rostmi yoki yolg’onmi-hech kim bilmaydi, lekin 5-chi Norfolk batalyoning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Navbatdagi voqea esa XX asrning birinchi yarmida sodir bo’lgan Anjikuni ko’li yaqinidagi eskimoslar qishlog’idagi butun boshli qabilaning sirli va tushuntirib bo’lmas holda g’oyib bo’lishlari haqida. Adjikuni ko’li cho’rtan baliq va forel baliqlariga juda boy. U Kanadaning chekka mintaqalaridan birida Qozon daryosi bo’yida joylashgan. Bu o’lkada yovuz ruhlar va ajinalar ko’pligi rivoyatlarda aytilgan. Mahalliy aholining yo’qolishi shu afsonalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan taxminlar bor.
Bu voqea 1930 yilning noyabr oyida sodir bo’lgan. Kanadalik ovchi Labell eskimoslar qishlog’iga kelib, kulbalarda ham, ko’chalarda ham hech kim yo’qligiga hayron qoladi. Axir bir necha hafta oldin bu yerda hayot qaynagan, sershovqin qishloqcha edi-ku. Endilikda bu yer huddi qabristondek huvillab qolgan. Mehmon ovchi qishloqda birorta ham odamni uchrata olmadi. Tabiiyki, u gap nimada ekanligini aniqlamoqchi bo’lgan. Biroq uning urinishlari behuda ketdi, u hech narsani aniqlay olmadi. U har bir kulbaga kirib, har bir burchakni sinchlab tekshirdi. Uylarda odamlarning barcha narsalari – ro’zg’or buyumlaridan tortib, qurollarigacha hammasi butunligicha turar edi, qayiqlari ham qirg’oq bo’yida bog’langan holda edi. Ovchi shuningdek kulbalarda mahalliy aholining milliy taomi bo’lgan – dimlangan go’shtlar solingan ko’zalarni ham, zahiraga olib qo’yilgan baliqlarni ham turganligining guvohi bo’ldi. Hamma narsa ilgarigidek edi, odamlardan tashqari. Ikki yarim ming odamdan iborat bo’lgan qabila o’z-o’zidan g’oyib bo’lgan edi. Biror-bir urushish yoki jangning belgilari ham yo’q edi.
Bu yerda jiddiy bir gap borligini tushunib yetgan Labellda qo’rquv hissi paydo bo’la boshladi va u darhol telegref orqali Kanada qirolligining tog’ politsiyasiga xabarnoma jo’natdi. Bu xabarni eshitgan politsiyachilar darhol qishloqqa butun boshli ekspeditsiyani jo’natdilar. Mahalliy aholining qidirish ishlari butun ko’l bo’ylab olib borildi. Politsiyachilar voqea joyiga yetib kelganlarida yana bir nechta g’ayritabiiy fraktlarga duch keldilar. Bu faktlar bu yerdagi voqealar mistika bilan bog’liqligini bildirib turar edi. Birinchidan, eskimoslar kuchuklarisiz hech qayerga ketmas edilar, axir ulardan transport vositasi sifatida foydalanar edilar. Itlarning muzga aylangan jasadi qor tagidan chiqib keldi. Kanadalik ovchi ularni ham yo’qolgan yoki mahalliy aholi bilan birga jo’nab ketgan bo’lsa kerak, deb o’ylab yurgan edi. Itlar ochlikdan o’lgan edilar. Bundan tashqari ajdodlarning qabri kavlangan va ularning jasadlari yo’qolgan edi. Bu faktlar hammasi mahalliy hukumatning boshi berk ko’chaga olib kirdi. Qishloq aholisi ikii taranspotning biridan ham foydalanmaganlighi ma’lum bo’ldi. Shuninbgdek, agar ular o’z xohishlari bilan qishloqni tark etganlarida itlarni bog’liq holda tashlab ketmas edilar. Itlar o’z emishlarini topib yeyishlari uchun ularni albatta yechib ketgan bo’lar edilar. Lekin hammasidan ham ikkinchi jumboq juda hayratlanarli edi – olimlarning aytishlaricha, eskimoslar ajdodlarining qabrlarini bezovta qilishlari hech qanaqasiga mumkin emas edi, chunki bu ularning odatlari bo’yicha qattiq taqiqlangan edi. Undan tashqari, o’sha vaqtda yer juda muzlagan edi va uni maxsus texnikasiz kavlashning ilojisi yo’q edi. Qidiruvda ishtirok etgan politsiyachilardan birining so’ziga qaraganda, qishloqda fizik jihatdan amalga oshirib bo’lmaydigan voqealar sodir bo’lgan. Oradan yetmish yil o’tsa hamki, hech kim uning so’zlarini inkor qila olmadi. Adjikuni ko’lining jumbog’ini hozirgi kunga qadar Kanada hukumati yecha olmadi. Undan tashqari ushbu qabilaning avlodlari ham topilmadi. Hamma narsa huddi bu qishloq va uning aholisi umuman mavjud bo’lmagandek. Butun boshli qishloqning bunday sirli ravishda g’oyib bo’lishi hech qanday mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Bordiyu qabilaga kimdur hujum qilgan taqdirda ham, politsiyachilar insonlarning qoldiqlarini va olishuv izlarini topgan bo’lar edilar. Biroq bu kabi narsalar topilmadi…

Keniyada qabilalardan birida tadqiqodchilar Envaitenet orolida bir paytlar yashagan qabila haqidagi rivoyatni eshitib qoldilar. Unda aytilishicha, qabila savdo-sotiq bilan shug’ullanar edi. Kunlardan bir kun savdo-sotiq to’xtab qoldi. Nima gapligini bilish uchun orolga bir guruh odamlar yuborildi. Ular qaytib kelgach, qishloq bo’m-bo’sh ekanligini, u yerda hech kim yo’qligiini, biroq hamma narsalar joyida ekanligini ma’lum qildilar. Bulardan kelib chiqib, yana haqqoniy savol tug’iladi: butun boshli qabila qayerga yo’qoldi, agar ketgan bo’lsa qanday qilib ko’lni bildirmay kechib o’tgan bo’lishlari mumkin? Bu sirli voqeadan keyin orol “borsa-kelmas” deb atala boshlandi va xalq ichida u la’natlangan deb xisoblana boshladi.

Bu kabi sirli g’oyib bo’lishlar Rossiya hududida ham sodir bo’lgan. Ommaviy axborot vositalarida shunday hodisalardan Plesheyev ko’li haqida ma’lumotlar berilib boriladi. Naql qilishlaricha, qadim zamonda bu ko’l yaqnida go’zal Kleshin shahri bunyod etilgan edi. Kunlardan bir kun uning aholisi huddi eskimoslar kabi to’satdan g’oyib bo’lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, bu shahar Ko’l Ruhi tomonidan la’natlangan. Shuning uchun keyinchalik shu hududda qurilgan Pereyaslavl-Zalesskiy shahri ko’ldan ancha narida barpo qilingan. Ushbu voqealar shunchaki afsona bo’lishiga qaramay, Plesheyeva ko’li hali-hanuz mahalliy aholida qo’rquv hissini uyg’otadi. Bu yerdagi aholi ko’lda paydo bo’ladigan tumanni xavfli deb biladi. Agar bordiyu unga kimdur tushib qolsa, parallel olamda paydo bo’lib qolishi mumkin.
Shu kabi voqealar Irkutsk viloyatida ham sodir bo’lib turadi. 1997 yilda O’lik ko’l yaqinidagi Nejneilimsk tumanida mahalliy militsiyaning uch nafar xodimi sirli ravishda g’oyib bo’lgan. Bu voqeadan besh yil avval esa huddi shu tumanda butun boshli temir yo’l sostavi va undagi odamlar nom-nishonsiz yo’qolga.
Pskov viloyatida ham anomal hudud mavjud. Bu jarlik bilan kesishuvchi Lyadi qishlog’i yaqinidagi joydir. Aynan ana shu yerda yog’och tayyorlashga jo’natilgan brigada to’satdan g’oyib bo’lgan.
Bu voqealarning barchasiga qandaydir izoh berish mumkindir, ehtimol. Ammo ko’pchilik guvohlarning ko’zi o’ngida to’satdan g’oyib bo’lgan odamlar haqida nima deysiz? Masalan, besh nafar odam shohid bo’lgan Lenge ismli fermerning yo’qolishi keng ommaga ma’lum. Va bunday hodisalar tez-tez sodir bo’lib turadi. 17-asr solnomalarida Inok Amvrosiy tanavvul vaqtida o’z-o’zidan ko’zga ko’rinmay qolib, g’oyib bo’lgan. U davrlarda bu kabi voqealar shunchaki sexr-jodu yoki yovuz ruhlarning ishi, deb izohlanar edi. 1880 yillarning boshida Britaniya elchisi B.Baterst ham huddi shu zaylda g’oyib bo’lgan. Odamlar avvaliga uning yo’qolishiga uncha ahamiyat bermadilar va bu Napoleonning ishi bo’lsa kerak, deb o’yladilar. Biroq ko’p sonly guvohlar bu hodisaga Napoleonning hech qanday dahli yo’qligini ta’kidladilar.
Shu kabi voqeaning zamonaviy xili bizning kunlarda sodir bo’ldi. Bir ayol mashinaning oynasini artish uchun avtomobildan tushib, erining ko’z o’ngida havoga singib ketgan. Lekin hamma insonlar ham izsiz yo’qolmaydilar. Ba’zan shunday hodisalar ham bo’lib turadiki, bir joyda g’oyib bo’lgan odam qandaydir vaqtdan keyin boshqa butunlay begona joyda paydo bo’ladilar. 20-asrning ikkinchi yarmida huddi shunday voqea sodir bo’lgan. Bir uchuvchi samolyoti halokatga uchrayotgani uchun katapulta yordamida sakrashga muvaffaq bo’ladi. U o’ziga kelganida voqea joyidan bir killometr uzoqlikda ekanligini tushunib yetadi. Uchuvchining hamkasblaridan birining ta’kidlashicha esa, samolyot havoga singib ketgan.

Egri –bugri shoxli g’orlari bilan mashhur bo’lgan Xitoyning Guylin shaharchasi odamlar g’oyib bo’ladigan makondir. Yo’lboshlovchilar ushbu g’orlar bo’ylab qilingan har bir ekskursiyadan keyin turistlarni birma-bir sanab chiqishga majburlar. Buning sababi esa birovning ortda qolib ketishi yoki adashib qolishi emas. 2001 yilda bu yerda juda g’aroyib voqea sodir bo’ldi. G’or bo’ylab uyushtirilgan ekskursiya guruhlardan biriga yangi turist kelib qo’shilib qoldi, qizig’i uni shu paytgacha hech kim ko’rmagan edi. Aniqlanishicha, bu sayyoh o’zini 1998 yilda deb hisoblar ekan. Uning aytishicha, u g’orlardan birida ozgina dam olganu, so’ngra o’z guruhiga yetib olgan.

1621 yilda shox Mixail Fyodorovichning soqchilari 1571 yilda urushga otlanib chiqib ketgan Davlat-Girey xonning otryadini qo’lga olgan. Asirga tushgan askarlar qaysi yilda ekanliklarini bilganlarida hayratdan qotib qoldilar. Ularning aytishlaricha, otryad tatar qo’shinlari bilan birgalikda Moskvani ishg’ol qilishda ishtirok etganlar. Biroq ularning yo’llarida tuman bilan qoplangan chuqur jarlik paydo bo’ladi, ular shu tuman ichiga kirib ketib, yarim asrdan keyin chiqib kelganlar. Olimlarning ta’kidlashlaricha, bu kabi hodisalar vaqt oralig’idagi “qora tuynuk” ning mavjudligini isbotlaydi. Bu tuynuk orqali parallel olamga tushib qolish mumkin, undan chiqishning esa deyarli ilojisi yo’q. Vaqtlar oralig’idagi bunday adashishlar yer po’stlog’ining zararlanishi kabi geofizik anomaliyalar sababli sodir bo’ladi. Yana bir keng tarqalgan versiyalardan biri – insonlar o’zga sayyoralik kelgindilar tomonidan tadqiqodlarni o’tkazish uchun o’girlangan bo’lishlari mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.