Kanal
Qiziqarli

Roll va sushi xaqida qiziqarli ma’lumotlar

Roll va sushi xaqida qiziqarli ma’lumotlar

Agar restoranga borish uchun vaqtingiz bo’lmasa, hoxlagan masalliqli va sousli roll hamda sushilarni o’zingizga yaqin bo’lgan supermarketdan ham harid qilsangiz bo’ladi.

Bu taomni tayyorlash an’analariga qat’iy rioya qilinadigan Yaponiyadagi sushi-restoranlarda ayol oshpazlarni mutlaqo uchratmaysiz. Bu yerda sushi va ayol – bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar deya hisoblanadi.

Yaponlar odamzot xayotini yengillashtirgan ko’p gadjetlarni kashf etdilar. Yaqin o’tmishda aholining shu taomga ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida rollar tayyorlaydigan avtomatlar ham ishga tushirildi. Biroq restoran yoki kafeda o’z ishining ustasi bo’lgan oshpaz – inson tomonidan tayyorlangan taom bilan birorta avtomat ham tenglasha olmaydi.

Yaponlar an’analarni buzishni yomon ko’radilar, shu jumladan, milliy taomlarni tayyorlashda ham. Uzunligi 2,5 km bo’lgan eng uzun rollni rekordlarga bo’lgan muxabbati tufayligina faqat boshqa mamlakatlarda tayyorlashlari mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, rolldagi masalliq har hil yashash joylarida turlicha bo’lgan.

Ushbu gigant Rekordlar kitobiga kiritilgan va tantanali ravishda tomoshabinlar hamda oshpazlar tomonidan iste’mol qilingan edi.

Rollar turlari ichida dunyodagi eng ommabopi “Kaliforniya” roli sanaladi. Bunday ommaboplikning sababini hech kim talqin qilib bera olmaydi.

Ma’lumki, ayrim mamlakatlarida istiqomat qiluvchilar oziq-ovqat tarkibida xasharotlarni ishlatishga odatlanganalar. Yaponlar ham bu borada istisno emas. Rollar uchun masalliqlar ichida olti oyoqlilar va qanotlilar, shuningdek o’rmalovchilar ham uchrab turadi.

Eng qimmat sushini faqatgina uning tarixiy vatanida buyurtma qilish mumkin. U “o’yinga tushayotgan okun” deya ataladi. Bu bejiz emas, axir ishtaxa bag’ishlovchi sushilar likopchada xarakatlana oladilar. Yo’q, ichida tirik shilliqqurt yoki shunga o’xshash bir narsa yo’q. Okun balig’ining bo’laklari qaynoq suvga botirib shu zahotiyoq stolga taqdim qilinadi, shuning uchun ham ular likopda qimirlay boshlashadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish