Qiziqarli olam: Quyosh tutilishi haqida 10ta qiziqarli fakt, ular nafaqat astronomiyaga qiziquvchilariga manzur bo’ladi



Quyosh tutilishi shunda sodir bo’ladiki, Oy Quyoshni oldidan o’tib, soyasini Yerga tushiradi. Bu shu bilan bog’liqki, Quyosh va Yer o’rtasidagi masofa Oy bilan Yer orasidagi masofadan ko’ra 400 barobar ko’proq. Quyoshni diametri ham tahminan Oynikidan ko’ra 400 barobar kattaroq. Shuni yordamida, Oy va Quyosh Yerdan qaraganda deyarli bir hil o’lchamdagiday bo’ladi. Oy Quyoshni oldidan o’tganida, Yerdan ko’rinadigan yorug’ligini to’sadi.

Quyosh tutilishini uch hil turi bor: qisman, halqasimon va umumiy. Qisman oy tutilishi – Oy Quyosh bilan to’laqon to’g’ri kelmaydi. Halqasimon quyosh tutilishi – Oy bilan Quyosh bitta chiziqda bo’ladi, lekin Oy shu vaqtda Yerdan uzoqroqda, yoki Yer Quyoshga yaqinroq ravishda. Bu holatda Oyni o’lchami har doim ko’ringandan ko’ra kichikrok, Quyoshdan ko’ra, shuning uchun qorong’u Oyni o’rab oladigan yorqin halqa paydo bo’ladi. To’liq tutilishi – Oy butunlay Quyoshni to’sib qolishi.

Kunduzgi osmonda yulduzlar paydo bo’ladi. Tutilishda kunduzi kuni qorong’iroq bo’lgani sababli, osmonda sayoralar va yulduzlar ko’rinay boshlaydi, ular odatda Quyosh nuri tufayli to’siladi. Birinchi o’rinda, Mars, Merkuriy, Yupiter va Venerani qidirish kerak.

Tutilishga ko’z himoyasiz qarab bo’lmaydi. Quyoshga to’g’ridan to’gri qarasa, ko’zlarni himoyalamay, bu juda havfli. Bu hattoki ko’rlikka ham olib kelishi mumkin.

Quyosh tutilishi faqat yangi oy chiqqanda kuzatiladi. Bunday hodisa shunga sodir bo’ladiki, Oy Quyosh bilan Yerni o’rtasida bo’lishi kerak, tutilish sodir bo’lishi uchun. Bu oyni yagona fazasida sodir bo’ladi, yangi oy tutilganida.

Tutilishlar yangi oy chiqqan vaqtda sodir bo’lsa ham, ular har yangi oy chiqqanda kuzatilmaydi. Bu shu bilan bog’liqqi, Oy orbitasi Yer orbitasiga Quyoshni atrofida 5 gradusga engashgan. Tutilishlar faqat shu vaqtda sodir bo’ladiki, Yer, Quyosh va Oyni “yo’llari” tutashganda (bu tutashishlar “tugun” deb ataladi). Odatda Quyosh “tugun”dan yuqorida yoki pastida bo’ladi, shuning uchun tutilish kuzatilmaydi.

Tutilish vaqtida g’aroyib narsalar sodir bo’ladi. Tutilish yaqinlashgani sari ajoyib hodisalarga duch kelish mumkin. Masalan, butun ufq bo’ylab quyosh atrofidagi osmondan ko’ra yorqinroq, soyalar boshqacha ko’rinadigan tumanlarni ko’rish mumkin. Shuningdek qushlar chug’urlamay qo’yishadi, va haroratni tahminan 1-5 gradusga kamayishi kuzatiladi.

Hitoy quyosh tutilishini birinchi mashxur yozuvlarini nashr etdi. Quyosh tutilishlari haqidagi bu ma’lumotlar suyak bo’laklarida aks etgan edi, va ular keyinchalik “Orakul suyaklari” deb nomlandi. Ular tahminan eramizdan avval 1050 yillar sanasida.

Tahminan million yillardan so’ng quosh tutilishlari ko’rinmay qoladi. Bu shuning uchun sodir bo’ladiki, Oy asta sekinlik bilan Yerdan uzoqlashmoqda.

Kanadalik astronom va tutilishlarga mashxur ovchi Djon Vud Kempbell 50 yil davomida dunyo bo’ylab sayohat qilgan, 12 hil tutilishlarni ko’rish uchun. Va har safar u bulutli osmonga to’g’ri kelgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.