Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli ma’lumot: O’z egalariga qaytib kelgan noyob topilmalar

Qiziqarli ma’lumot: O’z egalariga qaytib kelgan noyob topilmalar

Biz sizning e’tiboringizga yo’qolgan buyumlarning egalariga ajoyib tarzda qaytib kelganligi haqida ba’zi misollarni keltiramiz.

Kitobning yo’qolgan 6-tomini egasi ikki oy axtardi, qidirmagan joyi qolmadi. U esa kitob javonida o’z joyida faqat oyog’i osmondan bo’lib turgan ekan. Qidirayotgan odam ham uni 9- tom deb o’ylab, unga e’tibor bermagan.

Ushbu mobil telefon egasi uni tushirib qo’ygan va topa olmagan. Bu telefon esa o’z hovlisida tushib qolgan va muz ostida qolib ketgan. Uch oydan keyin topilgan telefonning quvvati ham o’chmay turgan ekan.

Avtomobil egalari mashina o’rindig’ini ko’tarib ko’rganlarida naq “xazina” ga duch keldilar. O’rindiqning tagida bir talay chaqa tangalar yig’ilib yotgan ekan.

Sabziga “Yer ostida oltin qoziq” degan ta’rif bekorga berilmas ekanda. Bir qariya tomorqada sabzi kavlab olib, bir necha yil oldin yo’qolgan tilla nikoh uzugini topib oldi. U sabzi bilan birga yer ostidan chiqib keldi.

Yo’qolgan iPod egasi uni ancha qidirdi, axtarmagan joyi qolmadi, oxiri umidini ham uzdi. Biroq bir yildan keyib iPod oshxonadagi stol usti qoplamasining tagidan topildi. Ha, u yaxshilab “berkinib” olgan ekanda.

Ushbu bir poy zirakning egasi uni qayerda tushirib qo’yganini ham sezmay qoldi. Ikki oy o’tib zirakning o’zi topila qoldi. U oyoq kiyimining tagiga ilinib olgan ekan.

Oshraz amaki uzoq vaqt ko’zoynagini topa olmay yurgan edi va qayerga qo’yganini eslay olmadi. Aniqlanishicha, oshpaz ko’zoynagini ovqatga qo’shib pishirib yuborgan ekan.

Bir bolakay baliq oviga borib, antiqa o’ljani qo’lga kiritdi. Qarmoqqa baliq o’rniga ayollar sumkachasi ilindi. Uning ichi ochib ko’rilganda bu sumkacha 25 yil avval yo’qolgani va shuncha davr mobaynida suv ostida yotgani ma’lum bo’ldi.

Amerikaning GoPro kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan GoPro kamerasi yo’qolganida ikki oy o’tib, suv ostidan topildi.

Ushbu jeton esa 20 yil avval yo’qolgan edi. Baliq ovida to’rga ilinib chiqqan bu jetonni baliqchi o’z egasiga qaytarib berdi.

Bir yigit yigirma to’qqiz yil avval kontsertga tushaman deb sotib olgan chiptasini yo’qotib qo’ydi. Uni qancha qidirgan va bu kontsertga tushganmi-yo’qmi aniq emas. Biroq bu chipta qariyb o’ttiz yildan keyin topilishi hech kimning hayoliga ham kelmagan.

Yo’qolgan narsani axtarganda ‘qidirmagan joyim qolmadi” deyishdan saqlaning. “Sizdan berkinib olgan” narsa hayolingizga kelmagan joyni tanlagan bo’lishi mumkin.

Bu esa daraxt ichiga kirib qolgan golf koptokchasi. O’yinchilar daraxtning yoniga dumalab borganini ko’rishdi-yu, biroq uni yo’qotib qo’yishdi. Daraxt ostiga kiib qolgan koptok yillar o’tib mana shunday ahvolda topildi.

Bi r erkak esa ko’zoynagini yo’qotib qo’ydi. Qayergadir qo’yganini bilardu-yu, aynan qayergaligini eslay olmadi. Mashinasini avtoservisga olib borganida ko’yoynak mashinaning tagidan topildi.

Mashinaning kaliti yo’qolib qoldi. Uning egasi oila a’zolari bilan uzoq qidirishdi. Hech qanday natija bo’lmagach, uning topilishidan umidligini uzishgan edi. Biroq kalit biroz vaqtdan keyin topildi. Kalit o’g’ilchaning o’yinchoq mashinasiga o’rnatib qo’yilgan ekan.

Bu konki daraxtga osib qo’yilganicha qolib ketavergan. Aftidan konki daraxtda juda uzoq osilib turavergan.

Bir oila uylarining devoriga o’rnatilgan maxfiy seyfni topib oldilar. Sefni bir amallab ochganlarida undan 51 ming dollar pul, bir shisha eski burbon ichimligi va topilmalar haqidagi kitob borligi aniqlandi.

Uy cherdaklarining biridan topilgan Feberje haykalchasi Nikolay II zamoniga taalluqlidir.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish