Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Odatda uy burchaklariga ortiqcha jihozlar o’rnatilmaydi va bu yerlar bo’sh holatda turadi. Ushbu joydan oqilona foydalanish uchun uyning burchakli sohalaridan biriga kerakli o’lchamdagi turnik o’rnatib olishni maslahat beramiz.

Tan olish kerakki, betakror usul! Ustiga ustak, noodatiy va hamyonbop ekanligi ham qulay. Daraxt novdasi yordamida garderobingizni orginal va zamonaviy tarzda jihozlab, uni interyer bezagiga aylantira olasiz.

Narvonlardan liboslarni osish, poyabzal taxlash va turli aksessuarlar, jumladan ro’mol, sumka kabi buyumlarni ideal holatda saqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu usul o’zining qulay va samarador ekanligi bilan ajralib turadi, har kun kiyadigan liboslaringiz ham hamisha ko’z oldingizda bo’ladi.

Kir osish uchun mo’ljallangan qisqichlardan ham ajoyib libos tutqichlarini yaratish mumkin ekan. Buning uchun qisqichlarni maxsus yelim yordamida kerakli joylarga yopishtirasiz va unga jinsi, yubka, sport liboslarini osib chiqaverasiz

Xonaning ochiq sohasida hosil qilingan garderoblar istalgan turdagi shkafning o’rnini bosa oladi.
Karavot osti sohasi mavsumiy kiyimlarni saqlash uchun juda qulay. Qish paytida bu yerga yozgi kiyimlarni, yoz faslida qishki liboslarni solib qo’yaverasiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.