Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar

Eng yaxshi tarixchilar, daho kriptograflar va xazina izlab yuruvchi eng ashaddiy ovchilarning harakatlariga qaramasdan, tarix, bizni hozirgacha shoshirib qo’yadigan topishmoqlar bilan to’la. “Kod Da Vinchi” va “Millat boyligi” filmlarida tasvirlangan o’ylab topilgan hikoyalar real hayotdagi sirlarga hech qanday aloqasi yo’q. Bizning o’ta sirli kaliti topilmagan topishmoqlar va yechilmagan shifrlardan iborat ro’yxatimizga bir nigoh tashlang.

Polyak-amerikalik antikvar kitoblar savdogari Uilfrid M.Voynich nomiga atab nomlangan, u tomonidan 1912 yilda topilgan, 240-betlik detallashtirilgan “Voynich Manuskripti” kitobi umuman noma’lum tilde yozilgan. Uning betlari shuningdek, rangli suratlar va qiziq diagrammalar, biror-bir tanish turga o’xshamas noyob hodisalar va o’simliklar rasmlari bilan to’la, bu hujjatga noaniqlik va sirlilikni qo’shadi hamda uni shifrini ochishga taaluqsiz qiladi. Manuskript muallifi aniq emas, ammo radiouglerodli analiz, uning betlari taxminan 1404 va 1438 yillar oralig’ida qilinganligi aniqlandi. Manuskript “Dunyodagi eng sirli qo’lyozma” deb atalgan.

Kriptos – bu rassom Djim Sanborn tomonidan yaratilgan, Virdjiniyadagi Lenglida Markaziy tadqiqot boshqarmasi shtab-kvartirasida joylashgan sirli shifr bilan qoplangan haykaldir. U shunchalik sirliki, hatto MTB ham uning kodini oxirigacha ocha olmagan.

Beyl shifri bu amerika tarixidagi eng buyuk qazib qo’yilgan xazinalarining (minglab oltin, kumush va qimmatbaho toshlar funtlari) joyini taxminan ochib beruvchi uchta shifrdan iborat majmuidir. Xazina ilk bora Tomas Djefferson Beyl ismli sirli shaxs tomonidan 1818 yilda Koloradodagi oltin qazib olish tadqiqotlari topilgan.

Fest diskining topishmog’i Indiana Djons uslubidagi tarixiy hodisaga o’xshaydi. Italiyalik arxeolog Luidji Pernye tomonidan 1908 yilda Festdagi minoy vayronalarida topilgan disk kuydirilgan loydan yasalgan va o’zida balkim ierogliflarning noaniq shaklini mujassamlashtirgan sirli belgilardan iborat. U miloddan avvalgi ikkinchi mingyillikda yasalgan deb hisoblanadi.

18 asrda qurilgan Staffordshir, Britaniyadagi Cho’ponlik Yodgorligiga uzoqdan bir qarang, va siz Nikolya Pussenning “Arkadiylik cho’ponlar” mashhur rasmning haykaltaroshlik asarini deb adashtirishingiz mumkin. Lekin oldinroqdan qarang, va siz harflarning qiziq ketma-ketligini DOUOSVAVVM – 250 yildan ortiq kaliti topila olinmayotgan qiziq kodni ko’rasiz. Ushbu shifrning muallifi noaniq qolishiga qaramasdan, ba’zilarning fikrlaricha, bu kod Muqaddas Qavmni toppish bo’yicha ritsar-tampliyerlar tomonidan qoldirilgan ishoradir.

Tamam Shud ishi Avstraliyaning eng katta topishmoqlaridan biridir, va u 1948 yilda Avstraliya, Adelaidadagi Somerton Bichda o’lik topilgan, shaxsi noma’lum inson bilan bog’liq. Inson kimligini aniqlay ololmaganliklari faktidan tashqari, bu insonning shimi ichidagi yashirin cho’ntagida kichkina qog’ozda “Tamam Shud” so’zli parchasi topilganligi, ishni yanada sirliroq qildi.

Bir zamonda 1977 yilning yozida, Djerri Eman, SETI (yer yuzidan tashqari jismlardan kelayotgan signallarni qidirish uchun keng tarqalgan dastur, ms. Mixednews) dasturining ko’ngillisi, boshqa sayyordan xabar olgan yagona inson sanalsa kerak. Eman aqli bor jismlar tomonidan yuborilgan belgisiga ega signalga bexosdan uchrab qolish uchun uzoq kosmosdan radioto’lqinlarni skanerladi, o’shanda u o’z o’lchovlarida siljishni kuzatdi.

Zodiak xatlari – bu fikrlarga ko’ra, San-Fransisko fuqarolarini 1960 yilning ikkinchi yarimi va 1970 yillar boshida xavfli qotil, mashhur Zodiak tomonidan yaratilgan, to’rtta shifrlangan xatlar seriyasidir. Xatlar, balkim, jurnalist va politsiyachilarning jig’iga tegish uslubida yozilgan bo’lsa kerak, bir xatning kaliti topilgan bo’lsada, qolgan uchtasi haligacha no’malum turibdi.

Ba’zan “Amerikalik Stounxendj” deb nomlanadigan Djordjiyaning yo’lboshchi toshlari – bu 1979 yilda Elbert Kaunti, shtat Djordjiya, tomonidan barpo etilgan granit haykalidir. Toshlar sakkiz tildagi gravirovkani o’zida saqlaydi – ingliz, ispan, suaxili, hindu, ivrit, arab, xitoy va rus tillarida – va har biri “Aql Asri” uchun “yangi” o’nta amrni o’z ichiga olgan. Toshlar shuningdek, ba’zi astronomik o’lchovlarni hisobga olgan holda o’rnatilgan.
Va haykal o’zida shifrlangan xabarlarni tutmasada, uning maqsadi va kelib chiqishi halihacha sir bo’lib kelmoqda. U, shaxsi aniqlanmagan va o’zini R.S. Kristian taxallusi ostida yashirinib yurgan inson tomonidan o’rnatilgan.

Rongorongo bu Pasxa orolida topilgan, turli artefaktlarda chizilgan sirli belgilar tizimidir. Ko’plar taxminlaricha, ular yo’qotilgan husnixat yoki proto-husnixat tizimi ekanligini, va insoniyat tarixida mustaqil ravishda yaratilgan uch yoki to’rt husnixat tizimining biri deb hisoblashadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.