Qandil tanlash borasida asosiy 4 qoida

Qandil har qanday intererning muhim detallaridan biri hisoblanadi. U hona ko’rinishini bezash bilan birga interer uslubiga urg’u bera oladi. Intererga yanada yorqinlik baxsh etish uchun xonaga noodatiy qandil joylashtirishning o’zi kifoya. Albatta tanlagan qandilingiz xona jihozlari va intereriga uyg’un holda bo’lsa, nur ustiga a’lo nur.

Qandil sotib olish chog’ida uy interyerining uslubi va hona jihozlarini hisobga olish lozim. Bu orqali esa xonaning mukammal ko’rinishiga erisha olasiz. Bugungi kunda qandil va tungi chiroqlar tanlovi juda keng. Intererga yanada yorqinroq va betakror ko’rinish bermoqchi bo’lsangiz, fyujn uslubida ishlangan qandil tanlashayni muddao bo’ladi.

Qandil tanlovida o’lchamni ham e’tiborsiz qoldirmang. Hashamatli qandil kichik xonaga mos kelmaganidek, katta xonaga ham ixcham qandil yarashmaydi. Xariddan oldin qandilni joylashtirmoqchi bo'lgan xonangizda tasavvur qilib ko’ring.

Dizaynerlar ikkinchi darajali rang asosida ishlangan qandilni tanlash lozim, deya ta’kidlaydilar. An’anaviy interyer uchun issiq rangli qandillar tanlagan ma’qul. Shunday usul bilan hona va qandil o’rtasidagi mutanosiblikni yarata olasiz.

Xonaga osma qandillar yoki shiftga birlashtirilgan qandillar o’rnatilishi mumkin. Bu borada shift balandligi va texnik xavfsizliklarni hisobga olsangiz bas.

Zamonaviy qandillar barcha istak va xohishlaringizga javob berishga qodir. Qandil tanlashda nafaqat dizaynerlar tavsiyasi, balki o’z didingizga tayangan holda ish ko’ring. Ushbu tanlagan nafis buyumingiz xonani bezatib turish bilan birga, ko’zingizni ham quvnatib turishi lozim.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.