Kanal
Texnologiya

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib bo'lmas darajada o'zgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib bo'lmas darajada o'zgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Mutaxassislarning baholashlariga ko'ra, 2030 yildayoq elektrokarlar Yevropa va Amerikaning uncha - muncha yirik shaharlarining barchalarining ko'chalarini to'ldirib yuboradi. 2040 yilga kelib yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar ichki yonish dvigatelli avtomobillarni chiqarish va sotuvdan butunlayin bosh tortishlari mumkin. Xozirning o'zida, bizning ko'zimiz oldida aynan o'sha kelajak boshlanmoqda. Shuning uchun gap avtoprom va transportni butkul o'zgartirib yuboradigan texnologiyalar haqida boradi.

Yuqori ishlab chiqaruvchanli elektrodvigatel yaratilishi unchalik ham katta yutuq emas. Undanda muhimi so'nggi yillarda olimlar akkumulyatorlar rivoji uchun katta hissa qo'shganlari  va bu sohada ishlashni davom ettirayotganlaridir. Bundan 10 yil avval kim ham o'ylabdi 2017 yilga kelib barcha yetakchi avto ishlab chiqaruvchilar o'zlarining elektrokarlarini chiqara boshlaydi deb? Shunga qaramay endilikda bu realdir. 

Gibrid dvigatellar bilan konstruktorlar anchadan beri qiziqib kelmoqda edilar. Birinchi gibrid avtomobil Lohner-Porsche, uzoq 1901 yilda yaratilgan edi, biroq bu sohadagi jiddiy ishlanmalar faqatgina XX asr o'rtalaridagina olib borilishi boshlandi. Ikkita dvigatel, bittasi elektrodvigatel bo'lgan, ishlatadigan avtomobillar faqat oxirgi ikki o'n yillikdagina aktiv ishlab chiqila boshlandi. Aynan shu ishlab chiqishlar keng omma uchun qo'llaniladigan elektrokarlar bu real ekanini tasdiqilashga yordam berdi. 

Vodorod yonilg'i elementlari bilan oziqlanuvchi avtomobillar konstruktorlarda elektrokarlardek katta qiziqish uyg'otadi. Bunday mashinalar bugungi kunda haqiqatda ishlab chiqarilmoqda. Bu sohada katta yutuqlarga Toyota, Honda va Hyundai kompaniyalari erishdi. Aytganday, Toyota hatto vodorod yonilg'isidagi birinchi yuk furasini ham yaratdi. Mashina birinchi to'la qonli reysga 2017 yil oktyabrida chiqishi ko'zda tutilgan. 

Haydovchisida ehtiyoj bo'lmaydigan avtomobillar ommalashishi bilan asosan Tesla jamoasi shug'ullanmoqda. Biroq so'nggi yillarda borgan sari ko'proq ishlab chiqaruvchilar mashinalar uchun "aqlli" texnologiyalarga qiziqishlari uyg'onmoqda. Ma'lum bir muvaffaqiyatlar ham bor. Konstruktorlar xozirda yo'l harakati qismidagi holatni baholay olagigan yordamchi-tizimlar yaratishga erisha olyaptilar. Ular qaror qabul qilishi va avtomobilni boshqarishlari mumkin. Biroq haydovchi-odamni to'liq o'rnini egallash haqida hali gap borayotgani yo'q. Xozircha. 

Odam o'z tarixining avvalidan osmonga intilgan. Butun tarixi davomida avtosanoat uchar avtomobil yaratishga harakat qilganida nimasi taajublanarli? Bu sohadagi eng ahamiyatli urunishlar XX arsning ikkinchi yarimida qilingan edi. Bugungi kunga kelib uchadigan individual transport vositalariga qaytmoqda. Zamonaviy texnologiyalar esa, uzoq vaqt ichida birinchi bor, muxandislarga haqiqatda ishlaydigan va etarli darajada effektiv prototiplarni yaratishga imkon bermoqda. 

So'nggi o'n yillikda avtomobillarni dizayn va kompaniyasini yaxshiroq tushunishga qaratilgan, avvalgidan "radikal" roq urunishlar qilinmoqda. Ko'plab qiziqarli konseptlar paydo bo'lmoqda. Masalan, avtomobilist qayta qura oladigan kuzovli modulli mashinalar. Bu yo'l orqali u o'z avtosining klassini o'zgartira oladi. Albatta, ko'pchilik konseptlar shu bo'yicha qog'ozda qolib ketadi. Biroq alohida g'oyalar albatta iste'mol bozoriga borib tushadi. 

Faqatgina kelajak avtomobilining tasavvurdagi ko'rinishi o'zgaribgina qolmay, balki u yuradigan yo'llar ham o'zgarmoqda. Yo'l qoplamining yaxshilanishi - bu faqatgina yuzaki juda oz miqdoridir. Bugunning o'zida o'zidan namlikni o'tkazadigan yo'llarning namunalari, super mustaxkam plastikdan yo'llar, hamda "aqlli" belgili LED yoritkich yordamida proeksiya bo'ladigan, atrofdagi vaziyatga javoban reaksiya beruvchi yo'llar namunalari mavjud. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish