Obamaning oilasi oq uydan 5, 3 million dollarlik xashamatli uyga ko'chib o'tishadi.

Bu yilning oxirida AQSh prezidenti Barak Obama oq uydan ketib, u va uning oilasi 5, 3 million dollarlik hashamatli uyga ko'chib o'tishadi. Obama bu uyni kichkina qizi Sasha maktabni tugatmaguncha arendaa ushlab turadi.
Bu uy avvalgi uyidan kichikroq bo'lsa ham, hech ikkilanmasdan Vashingtonning hashamatli va chiroyli uylar safiga qo'shsa bo'ladi. Kengligi kvadratiga 762 metrli bo'lgan dang'illama uy 1928yilda qurilib, 9ta yotoq xonalarga ega.





















●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.