Kanal
Qiziqarli

Kinofilmlarning eng maftunkor salbiy qahramonlari

Kinofilmlarning eng maftunkor salbiy qahramonlari

Anjelina Jolining Malefisenta filmidagi ijrosi hech qanday so'z bilan tariflab bo'lmas darajada beqiyosdir. Aytishlariga qaraganda Anjelina ushbu filmdagi roli uchun grimdan tortib, libos tanlash jarayonida ham o'zi bevosita ishtirok etgan. 

Albatta ushbu filmdagi Styuartni sevuchilar ko'plab topiladi. Biroq iste'dodli Sharliz Teronning ijrosiga ham bee'tibor boqib bo'lmaydi. Aktrisadan juda chiroyli qirolicha va o'gay ona chiqdi. Aktyorlik mahorati va liboslar... Hammasi bo'lib, malika 1ta film uchun 20 ta ko'ylak kiyib suratga tushdi, ularning ba'zilari kadrda atigi bir necha soniya paydo bo'lgan halos. Hech ikkalanmay shuni aytib o'tish kerakki, bu film qayta-qayta ko'rib chiqishga arziydi.

Butunlay o'zgacha kayfiyat, boshqacha uslub va tomoshabinga ega Oppog'oy mavzusidagi yana bir film.  Julia Roberts bu filmdagi rolni a'lo darajada bajardi va bu uning qahramoni hazil-mutoyibasi, narsisizm va o'ziga xoslik hissini qo'shdi. Uning qizil ko'ylagi xo'roz bilan uyg'unlashtirilgan - yorqin, juda bashang va qimmat. Ammo biz shunday ijrolar orqali hatto yomon qahramonlar ham kulgili va qaysidir darajada yoqimli ekanligini ko'ramiz. Buning sababi, ular haqiqatan ham xohlagan narsalarini tan olishdan qo'rqmaydilar. 

Monika Beluchchi o'ynagan har qanday rolni ajoyib va jozibali deya hisoblaymiz. Biroq uning "Aka-uka Grimmlar" dagi zolim qirolicha obrazi shunchaki beqiyos... Monika bu zolim qirolicha roliga hayot, jozibadorlik, yashirin ayol sehrini taqdim eta oldi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish