Kanal
Sayohat

Kievlik erkak o’z podyezdini haqiqiy qasrga aylantirib yubordi

Kievlik erkak o’z podyezdini haqiqiy qasrga aylantirib yubordi

Ko’p yillar avval ayni paytda nafaqada bo’lgan Vladimir Chayka biror katta ish boshlashni orzu qilardi. Ammo metropolitendagi kundalik ishlar sabab aynan nima yaratishni istayotganini tushunish va uni bunyod etish uchun imkon topa olmadi. Kunlarning birida Chayka ganchkorlikni hunar qilgan erkak bilan tanishib qoldi.

Uning qo’l mehnatи erkakka shunchalar ma’qul keldiki, ushbu ishni o’z qo’li bilan amalga oshirishga istak bildirdi. O’sha paytlar erkakning ganchkor tanishi nafaqaga chiqib bo’lgandi, shuning uchun Chaykaga ushbu hunar uchun kerak bo’ladigan quyma qoliplarini sovg’a qildi.

1997 yilda Vladimir klinik o’lim holatini boshdan kechirdi. Erkak u dunyodan qaytib kelgach, hayot biz o’ylaganimizdan ham qisqaroq ekanligi va o’z olamimizni yaratish uchun ko’ngilga ma’qul bo’lgan barcha narsalarni amalga oshirishga urinish kerakligini anglab yetdi.

Qanday hayratlanarli tuyulmasin, erkak buning uchun ... o’z podyezdini tanladi, uning zerikarli zina panjaralarini tamomila boshqacha ko’rinishga keltirish haqida o’ylab ko’rdi.

U asta-sekin devorlarni ganchkorlik naqshlari bilan bezadi, naqshlar orasiga mashhur kartinalar nusxalarini osdi. Hattoki chiqindi tushiriladigan ulkan trubani ham antiq davr kolonnalari kabi qiyofaga keltirdi.

Chayka shu tariqa binoning uchta qavatini o’zgartirib chiqdi. Jurnalistlarning ta’mirlash ishlari uchun qayerdan mablag’ olgani haqidagi savoliga esa barcha vositalarni o’zi harid qilgani va ba’zan o’g’li olib kelib yordam bergani haqida aytdi.

Ayni paytda ushbu podyez shunchalar mashhur bo’lib ketganki, bu yerga turli ekskursiyalar uyushtirib, suratga tushish uchun atayin kelishadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish