Kanal
Foydali

FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (1-qism)

FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (1-qism)

FOREX bozoridapul bilan savdo qilinadi, ya’ni unda pul sotilib, pul sotib olinadi. Masalan, yevroga dollar yoki dollarga yevro harid qilish, frankni funtga sotib olish, iyona uchun frank bilan to’lash mumkin va hokazo. Shu o’rinda bir narsaga e’tibor berish kerakki, talab va taklif, bu esa turli valyutalar uchun narhlar ham degani, dunyoda sodir bo’layotgan turli hodisalarning ta’siri tufayli doimiy ravishda o’zgarib turadi. Talab-taklif yaratilgan mexanizmi insonga ma'lum pul birliklarini arzonroq sotib olib, keyinchalik uni qimmatroqqa sotish imkonidan foydalangan holda kurslarning farqida biroz mablag’ ishla olish imkonini beradi.Bu bozor hajmi bo’yicha boshqa hammasidan o’tib tushadi. Masalan, qimmatli qog’ozlar bozorining kundalik hajmi tahminan 500 milliard AQSH dollariga teng bo’lsa FOREX bozoridagi bir kunlik aylanmalar hajmi eng kamida 3–4 trillion AQSH dollariga baholanadi.

Jiddiy aytganda, FOREXushbu so’zning an’anaviy ma’nosidagi “bozor” ham emas. Masalan,u  fond birjasi kabi savdoning aniq joyiga (aslini olganda, bu yerda ham bozorning geografik chegaralari yuvilib ketib, chegaralar ko’proq ramziy ma'noda namoyon bo’ladi) ega emas. Savdo butun dunyodagi yuzlab banklarda bir vaqtning o’zida telefon, kompyuter terminallari, internet orqali amalga oshiriladi. Bu bozordagi olibsotar o’yinchining nuqtai nazaridan qaraganda FOREX bozorining yana bir ustunligi shundaki, FOREX sutkasiga 24 soat ishlaydi va valyuta ayriboshlash butun ishchi hafta davomida to’htamaydi. Amaliy jihatdan, har bir soat mintaqasida (ya’ni, London, Nyu-York, Tokio, Gonkong, Sidney va hokazo)valyutani sotish yoki sotib olish istagidagi dilerlar mavjud. Shuning uchun ham FOREX ishtirokchilari istagan paytda savdo qilishi mumkin: ishdan oldin, ishdan keyin, ishning o’rniga – ertalab, kunduzi, oqshomda va tunda. 

Valyuta olib sotarligi – marja yoki mijoz Forexga chiqishi uchun u bilan bank o’rtasidagi bitimga asosan belgilanadigan kredit “yyelkasi”ning o’lchamiga bog’liq bo’lgan marjinal bitimlar sinfiga oid. Ushbu marjali kreditning o’lchami faqat mijozning savdo garoviga bog’liq va odatda 1:100 nisbatiga to’g’ri keladi. Ya’ni,garovga 3000 AQSH dollarini kiritib va 1:100 “yelkasi”ga ega bo’lib mijoz 300000 AQSH dollari ekvivalentiga to’g’ri keladigan bitimlarni amalga oshiraoladi. Aynan mana shunday katta “yelkalar”dan foydalanish valyutalar kodirovkalarining kuchli o’zgaruvchanligi bilan uyg’unlikda shu bozorni yuqori daromadli qiladi.

Turli savdo, iqtisodiy va boshqa ko’rsatkichlar, hisob stavkalari, markaziy banklar siyosatlari, kunning vaqti birja o’yinining istaklari va kutishlari, turli sabablarga bog’liq ravishda o’zaro kotirovkalar tinmay harakatda bo’ladi. Dilerning vazifasi baho o’zgarishining yo’nalishini aniqlab narhi ko’tarilayotgan valyutani sotib olish yoki narhi pasayayotgan valyutani sotish, keyin esa teskari bitimni amalga oshirib oradagif arq hisobidan daromadga ega bo’lib qolish.

Marjinal bitimlardan tashqi savdo kontraktlarini kurs ehtimollarini sug’urtalash vositasi sifatida ham foydalanadi. Ehtimollarni sug’urtalash hodisasida, dilerningvazifasi, kredit “yelkasi”dan foydalangan holda mavjud bo’lgan bitimga teskari bitimni amalga oshirib, valyuta kursini noma’qul o’zgarishidan o’zini himoyalash.

Forex(FOReign EXchangemarket) bozori – 1971 yilda xalqaro savdo valyutalarning belilangan kursidan suzib yuruvchi kursiga o’tgan paytida shakllangan banklararo bozor. Bu ma’lum sanadagi kelishilgan valyuta kursi bo’yicha bir valyutani boshqa valyutaga almashadigan miqdorini almashish bitimlarining majmuasi. Bir valyutani ikkinchi valyutaga nisbatan almashilgan paytdagi kursi juda oson belgilanadi: talab va taklifdan kelib chiqqan holda – ikkala taraf ham rozi bo’lgan almashish.

Dunyo valyuta bozoridagi amaliyotlar hajmi kun sayin ko’paib bormoqda. Bu xalqaro savdo va ko’p mamlakatlarda valyuta cheklovlarini bekor qilinishi bilan bog’liq. Dunyo miqyosidagi konversion amaliyotlarning kundalik hajmi 1998 yilning o’rtalarida 1 trillion 982 AQSH dollarini tashkil etgan (London bozorining ulushiga kundalik aylanmaning tahminan 32 foizi, Nyu-York 18 foizga yaqini, german bozori – 10foizga to’g’ri kelgan)

Eng taasurotlisi faqatgina amaliyotlarning hajmi emas, bozor rivojlanishining templaridir: 1977 yilda kundalik aylanma besh milliard AQSH dollarini tashkiletgan. U o’n yil ichida 600 milliardgacha o’sib chiqqan va 1992 yilda birtrillion AQSH dollariga yetib olgan.Barcha bitimlarning 80 foiziga yaqini valyutalar kursidagi o’yindan foyda olish maqsadidagi olib sotarlik amaliyotlaridir.

          Bu o’yin juda ko’p ishtirokchilarni o’ziga jalb qiladi, moliyaviy tashkilotlar bilan birga yakka tartibdagi sarmoyadorlarni ham.

Oxirgi yigirma-yigirma besh yil ichidagi axborot texnologiyalar rivojlanishining o’ta jadal sur’ati bozorni tanib bo’lmaydigan darajada o’zgartirib yubordi. Bir paytlar tabaqa siri og’ushi bilan o’ralgan valyuta dileri kasbi hozirgi paytda deyarli ommabop bo’lib ketdi. Bir paytlar faqat yirik monopoliyachi banklarning imtiyozi bo’lgan valyuta ayriboshlash amaliyoti elektron savdo tizimlari tufayli endi hamma uchun ochiq. Xatto eng yirik banklar ham ko’pincha elektron tizimdagi savdoni yakka tartibdagi ikki taraflama amaliyotlardan ko’ra afzalroq, deb biladilar. Elektron brokerlar ulushiga bugungi kunda FOREX bozorining 11 foizi to’g’ri keladi. Eng yirik xalqaro banklar amaiyotining kunlik hajmi (Deutsche Bank, Barclays Bank,Union Bankof Switzerland,Citi Bank, Chase Manhattan Bank,Standard Chartered Bank) milliardlab AQSH dollariga yetib, undan ham ortadi.

FOREX bozorining belgilangan maqsadi u yerda shaxsiy moliya, intellektual va ruhiy kuchni qo’llash joyi sifatida foydalanib, baxt qushini ushlab olishga harakat qilish emas. Ba’zan kimlardir bunga erishi ham mumkin, lekin bu uzoq vaqt cho’zilmaydi. Valyuta bozorining eng asosiy ustunligi –u yerda inson o’z aql kuchi bilan muvaffaqiyatga erisha olishidir.

Valyuta bozorining yana bir muhim xususiyati, qanchalik g’alati tuyulsa ham bu uning barqarorligi. Moliya bozorining asosiy xususiyati uning kutilmagan paytdagi pastga qulashi ekanligini hamma biladi. Ammo fond bozoridan farqli o’laroq, FOREX qulamaydi. Agar aksiyalar o’z qadrini yo’qotgan bo’lsa, unda bu kasodga uchrash degani. Agar dollarning narhi tushib ketgudek bo’lsa, bu boshqa valyuta unga nisabatan kuchliroq bo’lib qolganini anglatadi. Masalan, 1998 yilning oxirida bir necha oy davomida dollarga nisbatan to’rt barobar qimmatlashgan qolgan iyona. 

Shubilan birga, o’sha davrda dollarning tushib ketishi o’nlab foizlar bilan o’lchanadigan alohida kunlar ham bo’lgan. Lekin bozorning chaqqonligi hech ham tushmadi,savdoning o’zi hamisha davom etaverdi. Bozorning barqarorligi va u bilan bog’liq biznesning mohiyati ham aynan shunda: valyuta mutlaqo likvid tovar va u har doim savdoda ishtirok etaveradi.

Valyuta bozori kechayu-kunduz harakatdagi bozor bo’lib, u birjalar ishlarining ma’lum vaqtlari bilan bog’liq emas, savdo-sotiq dunyoning turli burchaklarida joylashgan banklar o’rtasida sodir bo’ladi. Valyutalar kurslarining harakatchanligi shundayki, muhim ahamiyatli o’zgarishlar juda tez-tez va ko’p ro’y beradi va har kuni kuniga bir necha amliyotlarni amalga oshirish imkonini beradi. Agar savdoning puhta ishlab chiqilgan texnologiyasiga ega bo’lsa, unda samaradorligi bo’yicha boshqa birortasi ham to’g’ri kela olmaydigan biznesni yo’lga qo’yib olish mumkin. E’tiborlisi shundaki, eng yirik banklar o’ta qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olib, valyuta bozorining turli sohalarida faoliyat yurituvchi yuzlab treyderlardan tarkib topgan shtatlariga ega.

Bugungi kunda ushbu biznesga kirishning boshlang’ich narxi juda ham ko’p emas. Haqiqatdan ham,dastlabki o’quv mashg’ulotlarni o’tkazib, kompyuter va axborot xizmatini sotib olish va bir necha ming dollarga teng bo’lgan depozitni shakllantirish; bunday pullarga hech qanday haqiqiy biznesni yaratib bo’lmaydi. Bu sohada mo’l-ko’l xizmat takliflari bilan, ishonchli brokerni topish ham juda muhimdir. Qolganlari esa treyderning o’ziga bog’liq. Bugungi kunda faoliyatning boshqa hech qanday sohasida bo’lmaganidek, bu yerda hammasi shaxsan o’zingizga bog’liq.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun bozor talab qiladigan eng asosiy narsa - siz unga olib kiradigan pulning miqdori emas. Eng muhimi - bozor tadqiqotiga doimiy ravishdagi e’tibornijamlash, uning mexanizmlari va qatnashchilarning manfaatlarini tushunish qobiliyati; bu o’z savdo yondashuvlarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularni amalga oshirishdagi qat’iy intizomga rioya qilish. Bu bozorda o’z mablag’lari bilan tikkasiga kirib kelib muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Bozor hammadan, xatto kattagina valyuta zahiralariga ega bo’lgan markaziy banklardan ham kuchliroq. Valyuta bozorining xalq qahramoni Jorj Soros, ko’pchilik o’ylaganidek, Angliya Bankini yutgan emas; u Yevropa moliyaviy tizimining qarama-qarshiliklarida funtni bir maromda ushlab turishga yo’l qo’ya olmaydigan yetarlicha muammolar va manfaatlar mavjudligini oldindan bilgan. Va shunday bo’ldi ham. Angliya banki, funt kursini saqlab qolish uchun taxminan 20 milliard AQSH dollarini sarflab,uni bozorga qo’yib berib, tark etdi. Bozor bu muammoni hal qildi, Soros esa o’zining milliardli daromadiga ega bo’lib oldi.

Xalqaro valyuta tizimi insoniyatning ming yillik tarixidan buyonjuda katta yo’l bosib o’tdi,  lekin bugungi kunda unda eng qiziqarli va ilgari tasavvur qilib bo’lmaydigan o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ikkita asosiy o’zgarish jahon valyuta tizimining yangi qiyofasini belgilaydi:

a)  pul har qanday moddiy tashuvchidan to’liq ajratildi;

b) kuchli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari turli davlatlarning pul tizimlarini chegaralarni tan olmaydigan yagona global moliyaviy tizimga birlashtirishga imkon berdi.

Likvidligi: bozor juda katta pul ta’minoti bilan amaliyotlarni olib boradi, hozirgi paytga bo’lgan kotirovkadan kelib chiqqan holda har qanday pozitsiyani ochilishida va yopilishida to’liq erkinlikni taqdim etadi. Yuqori likvidlik har qanday investor uchun juda kuchli o’ziga jal qiluvchi jozibador kuchdir, chunki u unga har qanday hajmda pozitsiyani ochish va yopish erkinligini beradi.

Tezkorlik:24-soatli ish tartibi tufayli FOREX bozoridagi ishtirokchilar ko’plab boshqa bozorlarda bo’lgani kabi, har qanday hodisaga javob harakatni amalga oshirish uchun kutishi shart emas.

Hammaboplik: sutkasiga 24 soat savdo qilish imkoni, bozor ishtirokchilari alohida u yoki bu hodisaga binoan harakat qilishi uchun kutish zaruratining yo’qligi;

Savdo tashkil qilinishi tizimining moslashuvchan boshqarilishi: valyuta bozorida pozitsiya sarmoyadorning istagiga qarab avvaldan belgilangan muddatga ochilishi mumkin, bu vaqt jihatidan o’zining kelgusidagi faolligini rejalashtirish imkonini beradi;

Qiymati: FOREX bozorida bid/ask, ya’ni talab bilan taklifning tabiiy bozor farqidan tashqari an’anaviy ravishda hech qanday komission harajatlarining yo’qligi;

Kotirovkalarning bir xil ma’noligi: bozorning yuqori likvidligi tufayli, sotuvlarning ko’pchiligi yagona bozor narxida bo’lishi mumkin, bu o’z navbatida  bir vaqtning o’zida va bir narxda faqat cheklangan miqdordagi valyuta sotilishi mumkin bo’lgan fyucherslar va boshqa valyuta sarmoyalarida hozir bo’lgan beqarorlik muammosidan qochish imkonini beradi;

Bozorning yo’naltirilganligi: valyutalar harakati o’ziga yarasha ma’lum bo’lgan aniq yo’nalishiga ega. Uni yetarlicha vaqt mobaynidagisini bemalol kuzatish ham mumkin. Har bir aniq valyuta faqat o’zigagina xos bo’lgan vaqtdagi o’zgarishlarini ko’rsatadi. Bu investitsion menedjerlarga FOREX bozorida manipulyatsiya qilish imkoniyatlarini yaratib beradi;

Marjaning o’lchami: FOREX bozoridagi kredit "yelka”si, ya’ni marja faqat mijoz va unga bozorgakirish imkonini beruvchi bank yoki brokerlik firmasi o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Odatda u 1: 100 nisbatda belgilanadi. Ya’ni,1000 dollar depozit qilish orqali mijoz 100 ming dollarga teng miqdorda bitimlar tuzishi mumkin. Bunday yirik kredit "yelkalari”dan foydalanish,valyuta kotirovkalarining o’ta kuchli o’zgaruvchanligi bilan birgalikda bubozorni yuqori daromadli, lekin shu bilan birga havf ehtimoli ham juda yuqori bo’lgan bozor sifatida shakllantiradi.

 

Xalqaro valyuta bozorida xizmatlar ko’rsatishning yetarli darajada tartibga solinmaganligi sababli, ko’pincha FOREX bozorida faoliyat ko’rsatuvchi brokerlik firmalariga bog’liq bankrotlikva firibgarlik holatlari uchrab turadi. Hech narsani sezmayotgan mijozlarning ishonchini surunkasiga suiiste’mol qilib kelgan shubhali ta’rifga ega bo’lgankompaniyalar tomonidan mablag’larni talon-taroj qilish va noqonuniy ravishda o’zlashtirib olish yo’li bilan mijozlarga nisbatan firibgarlik holatlari juda ko’p kuzatilgan.

Bunday kompaniyalar kredit tashkilotlari hisoblanmaydi va Markaziy bankning moliyaviy bozorda ishlash huquqini beruvchi litsenziyasiga ham ega emas. Ular mijozlarga xalqaro moliyaviy bozoriga haqiqiy chiqishni ta’minlab bera olmaydi va hatto valyuta treydingini amalga oshirish uchun zarur dasturiy ta’minot va boshqa bazalarga ega bo’lgan holda ham kazino, ya’ni yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan kazino tamoyillarini qo’llagan holda ishlaydi.

FOREX xalqaro  valyuta bozorida ishlash uchun barcha kerakli litsenziyalarga ega bo’lgan kompaniya yoki bankda bu turdagi noxush hodisalardan hech narsa yuz berishi mumkin emas.

Banklararo savdolarda bitimlarning odatiy hajmi 10 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Shu  bilan birga, bunday bitimlarning hajmiga xususiy sarmoyador, yoki hech bo’lmaganda, sarmoyadorlar ko’pchiligining qurbi etmasligi aniq, albatta.

Turli dilerlik yoki brokerlik kompaniyalarining vositachiligi tufayli FOREX bozorida kichik va o’rtasarmoyadorlar ishtirok etishining ham imkoni vujudga keldi. Dunyoning ko’p mamlakatlarda o’rta va kichik sarmoyadorlar o’zlarining amaliyotlarida 2 ming AQSHdollari miqdoridagi pub mablag’laridan foydalanib jahon valyuta bozoriga kirish imkoniyatiga ega.

Diling kompaniyasi o’z mijozlariga depozitdan bir necha barobar oshadigan kreditliniyasini, ya’ni "diling tirkagichi" yoki "kredit yelkasi"ni taqdim etadi. Marjinal savdo xizmatini ko’satuvchi brokerlar, garov depozitini kiritishni talab qiladi va mijozga kiritilgan depozitdan 50, 100 barobar, ba’zan esa hatto 200 barobar miqdordagi summalar bilan oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish imkonini beradi. Endi zarar xavfi mijozga yuklatilib, depozit esa brokerni sug’urta qiladigan xavfsizlik ta'minoti sifatida xizmat qiladi. Diling yoki brokerlik kompaniyasi orqali ishlash tizimi "marjinal savdo”("margintrading") nomiga ega bo’lib qoldi.

Soddaroq qilib aytganda "marjinal savdo"ning mohiyati shundaki, sarmoyador garov mablag’ini joylashtirib, ushbu garov evaziga ajratilgan maqsadli kreditlarni boshqarish huquqini qo’lga kiritadi va ochiq valyuta pozitsiyalari bo’yicha sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarning qoplanishini kafolatlaydi.

Avval aytib o’tilganidek,haqiqiy yetkazib berish yoki xaqiqiy valyuta ayriboshlashga ega valyutaga oid amaliyotlardan farqli o’laroq, FOREX ishtirokchilari, ayniqsa agar ulrning mablag’lari kichigina bo’lsa, sug’urta depozitiga ega savdo – marjinal yok itirkagichli savdodan (“margintrade” yoki “leveragetrade”) foydalanadi. Marjinalsavdoda har bir bitim albatta ikki bosqichga ega bo’ladi: valyutani bir narxda sotib olish (sotish), keyin esa, albatta uni boshqa narxda (yoki o’sha narxning o’zida) sotish (sotib olish). Birinchi harakat pozitsiyaning ochilishi, ikkinchisi esa pozitsiyaning yopilishi, deb nomlanadi. Pozitsiyaning ochilish paytida valyutaning xaqiqiy tarzda yetkazib berilishi sodir bo’lmaydi, buning o’rniga pozitsiyani ochgan ishtirokchi ehtimoli bor yo’qotishlarni qoplash kafolati sifatida xizmat qiluvchi sug’urta depozitini kiritadi. Pozitsiya yopilganidan keyin, sug’urta depoziti qaytariladi va foyda yoki zarar bo’yicha hisob-kitob qilinadi.

Marjinal savdodagi amaliyot albatta ikki qismdan iborat bo’ladi: pozitsiyaning ochilishi va pozitsiyaning yopilishi. Masalan, yevroni dollarga nisbatan qimmatlashishi  (mustahkamlanishi)ni tahmin qilib, biz hozirgi paytda dollar evaziga arzonroq yevro sotib olib, uni keyinchalik, qimmatlashgan paytida sotmoqchimiz. Bu holda amaliyot quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: pozitsiyaning ochilishi – yevroni sotib olish, pozitsiyaning yopilishi – yevroni sotish. Pozitsiya yopilmagan butun davr mobaynida biz “yevro bo’yicha ochiq pozitsiya”ga ega bo’lamiz. Huddi shu kabi, agar biz yevroni dollarga nisbatan arzonlashadi, deb hisoblasak, unda amaliyotimiz quiydagi bosqichlardan iborat bo’ladi: pozitsiyaning ochilishi –qimmatroq yevroni sotilishi, pozitsiyaning yopilishi –arzonlashgan yevroni sotib olinishi. Shunday qilib, bizda valyuta kursining ko’tarilishi bilan birga tushishi paytida ham foyda olish imkoni mavjud.

FOREX bozorigachiqishni faqat vositachi orqali amalga oshirish mumkin.Bunday vositachilar dilerlik markazlari bo’lishi mumkin. Bu tashkilot Sizga valyuta kotirovkalarini beruvchi va u orqali amaliyotlarni bajarishingiz mumkin bo’lgan broker bilan bog’lovchi aloqa kanali (kompyuter yoki telefon orqali) bilan ta’minlaydi. Shuningdek siz uyingizdagi o’z kompyuteringiz bilan Internet orqali to’g’ridan-to’g’ri ishlashingiz mumkin. So’nggi yillarda bu ko’rinishdagi ish faoliyati juda keng tarqalib boryapti. Siz kompyuteringiz ekranida ko’rgan narxlar – FOREX bozoridagi haqiqiy bitimlarning narxlari. Mijoz biror kompaniya bilan  shartnoma tuzadi va kompaniya ushbu tuzilganshartnoma bo’yicha mijozning topshirig’iga ko’ra o’z hisobidan amaliyotlarni amalga oshirish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, u bunday amaliyotlarni bajarishdan yo’qotishlarga duch kelishi, ya’ni zarar ko’rishi ehtimoli vujudga keladi, shuning uchun ham mijoz garov sifatida ma’lum miqdorda bankka depozit qo’yadi. Ushbu depozitning miqdori bank tomonidan tuzilgan bitimning summasi va mijozga taqdim etilayotgan “kredit yelkasi” asosida belgilanadi.Agar diling kompaniyasi o’tkazilgan amaliyotdan zarar ko’rgan bo’lsa, sarmoyador bu pul mablag’laridan qoplanadigan zararning miqdori bo’yicha majburiyatlarni oladi; agar korxona operatsiyadan foyda olgan bo’lsa, unda kompaniya sarmoyador oldida ushbu daromad miqdori bo’yicha majburiyatlari vujudga keladi. Olingan foyda mijozning garov depozitiga o’tkaziladi. Kompaniya o’z mablag’lari hisobidan o’ynashi sababli kompaniyaning mijozi ochiq pozitsiyani yopish to’g’risidagi ko’rsatma berishi majburiy shartdir; agar bunday ko’rsatma olinmasa, bank uzoq muddatli pozitsiyani qisqa muddatlisi bilan yopishi mumkin. Bunda mijoz zarar ham ko’rishi mumkin.

Bir-biriga nisbatan ikki foizdan ko’proq farq qilgan holda o’zgarishi juda kam uchraydi va oqilona o’yinda mijoz o’z garovni yo’qotib qo’yishi deyarli mumkin emas. Agar bankning dileri kursning noxush harakatlanishi paytida ehtimoli baland bo’lgan yo’qotishlar garov depozitining miqdoridan oshib ketishi mumkinligini ko’rsa, u mijozning ko’rsatmasisiz pozitsiyani garov miqdoridan oshmaydigan zararlar bilan mustaqil ravishda yopishi mumkin.

 

Marjinal savdo o’zining soddaligi bilan jozibadordir. daromad olish uchun etakchi xorijiy davlatlarning qimmatli qog’ozlariga sarmoya kiritish yurtdoshlarimizda qiziqish uyg’otmas,balki. Albatta, AQSH Federal G’aznachiligi zayomlari eng ishonchli va barqaror hisoblanadi, lekin ular yuqori narxlarda past rentabellikni (yillik 6% ga yaqin) tashkil etadi va uzoq muddatli investitsiyalarning obyektidir. Aksiyalar bo’yicha daromadliligi yuqoriroq, lekin dividendlar miqdori to’g’ridan-to’g’ri muayyan korxonaning muvaffaqiyatli ishlashiga va uning aksiyadorlarining imtiyozlariga bog’liq. Qizig’i shundaki, ularning stavkasini oshirish uchun aktsiyalarni sotib olish maqsadga muvofiqdir, ammo bu katta investitsiyalarni talab qiladi. Marjinal savdo yuqorida ko’rsatilgan cheklovlardan xalos bo’lgan –Siz o’zingizning kutishlaringizga qarab sotishingiz yoki sotib olishingiz mumkin, amaliyotni o’tkazish uchun esa bitim miqdorining faqat 1-3 foiz miqdorida mablag’ bo’lishi kifoya qiladi.

 

Tashqi savdo amaliyotlari bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar butun jahon valyuta bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Eksportchilar doimo chet el valyutasini sotishga, import qiluvchilar esa uni sotib olishga ehtiyoj sezadilar. Xalqaro valyuta bozorida valyuta kurslari doimiy o’zgarib turadi. Natijada, valyuta uchun sotib olingan yoki sotiladigan tovarlar yoki xizmatlarning haqiqiy qiymati sezilarli darajada o’zgarishi mumkin va yuqori oydali shartnomalar foydasiz yokihatto zarar keltiruvchi ham bo’lib qolishi mumkin. Albatta, valyuta kursining o’zgarishi foyda keltirgan vaziyatda, teskari holat ham vujudga kelishi mumkin, ammo savdo kompaniyasining vazifasi valyuta kurslarining o’zgarishidan foyda olish emas. 

Savdo kompaniyasi uchun sotib olingan yoki sotilgan tovarlarning haqiqiy tan narxini rejalashtirish imkoniga erishish juda muhimdir, shuning uchun kompaniyalar o’z faoliyatida valyuta xatarlarini xedjlash, ya’ni ular himoyalanish ehtiyot choralarini ko’rishdan foydalanadi. Pul mablag’lari, shuningdek chet el valyutasidagi kelgusi daromad yoki xarajatlar valyuta xatarlariga duch kelish ehtimoli juda baland. Odatda kompaniyada buxgalteriya hisobi qandaydir bir valyutada amalga oshiriladi (masalan, AQSH dollarida), shuning uchun ham moddalarni xorijiy valyutada qayta baholash natijasida ushbu valyutalarning kursi o’zgarganda daromad yoki yo’qotishlar vujudga kelishi mumkin.

Valyuta xataridan himoyalash (xedjlash) - FOREX bozorida operatsiyalarni amalga oshirish orqali ushbu mablag’larning joriy qiymatini belgilashdan iborat bo’lgan valyuta kursining nomaqbul  harakatlaridan mablag’larni himoya qilishdir.Xedjlash shunga olib keladiki, kompaniya uchun kurs o’zgarishining xavfi yo’qoladi, bu esa o’z navbatida, tadbirlarni rejalashtirish va valyuta kursining o’zgarishi bilan buzilmaydigan moliyaviy natijalarni oldindan tahmin qilish imkonini beradi. FOREX bozoridagi operatsiyalar marjinal savdo tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Savdoning bunday turi ko’plab xususiyatlarga ega bo’lib, aynan shular uni juda mashhur qilib yuborgan. Kichik boshlang’ich sarmoya undan bir necha (o’nlab yoki yuzlab) barobar ko’proq miqdorda amaliyotlarni amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu bir necha barobar ko’paytirish kredit yelkasi (Leverage) deb ataladi. Savdo naqd pulning real ishtirokisiz amalga oshiriladi, bu umumiy xarajatlarni kamaytiradi hamda valyutani sotib olish va sotish yo’li bilan (shu jumladan, depozit valyutasidan farq qiladigan) pozitsiyalarni ochish imkonini beradi. Valyuta xatarini real mablag’lar harakatisiz (kredit yelkasi ishtirokida) himoyalashning  o’ziga xos xususiyati, salmoqli pul mablag’larini kompaniyaning aylanma mablag’laridan ajratmaslikning imkonini yaratadi.

Himoyalash (xedjlash)ning ikki asosiy turi mavjud: xaridorni xedjlash va sotuvchini xedjlash. Xaridorni xedjlash mahsulot bahosining mumkin bo’lgan o’sishiga bog’liq xavfni kamaytirish uchun ishlatiladi. Sotuvchini xedjlash, aksincha vaziyatda - tovar narxining mumkin bo’lgan pasayishi bilan bog’liq xavfni cheklash uchun qo’llaniladi.

Tashqi savdo amaliyotlarida xedjlashning umumiy tamoyili - pul mablag’larini konvertatsiya qilish uchun kelajakdagi amaliyot yo’nalishida savdo hisob varag’ida valyuta pozitsiyasini ochishdir. Importchi xorijiy valyutani sotib olishi kerak, shuning uchun ham u savdo hisob varag’idagi valyutani sotib olish bilan pozitsiyani ochadi, o’z bankida haqiqiy valyuta sotib olish vaqti kelganda u bu pozitsiyani yopadi. Eksportchi chet el valyutasini sotishi kerak, shuning uchun u savdo hisob varag’ida valyutani sotish orqali o’z pozitsiyasini ochadi va o’z bankidagi valyutani haqiqiy sotish vaqti kelishi bilan bu pozitsiyani yopadi.

 

Ma’lumki, deyarli har doim xavf-xatar darajasini pasaytirish uchun to’lash kerak bo’ladi. Xedjlashdan foydalanishda bir necha turdagi xarajatlar kelib chiqadi. FOREX bozorida tuzilayotgan har qanday bitimlar, valyutani sotib olish va sotish bahosidagi farqlar (spred) shaklida xarajatlar bilan bog’liq. Biroq, amaldagi bozor amaliyotida bu farq odatda bitim miqdorining 0,05% - 0,1% ni tashkil etadi, bu esa ahamiyat berishga ham arzigudek emas.

Pozitsiyani uzoq vaqt davomida ochiq ushlab turish kerak va har kuni pozitsiyani keyingi kunga o’tkazish jarayoni amalga oshiriladi. Joriy bozor amaliyotida bu kuniga taxminan 0.01% ni tashkil etadi, bu esa bir oy davomida bitim miqdorining 0,3% ni tashkil etadi. Biroq, bitimning yo’nalishiga (sotib olish yoki sotish) qarab, mijoz pozitsiyani boshqa kunga o’tkazishi uchun bu summani to’laydi yoki bu summani oladi.

Pozitsiyani ochish uchun garov depozitini kiritish kerak bo’ladi. Ushbu depozitning qiymati odatda bitim miqdorining 1% dan 5% gacha belgilanadi. Pozitsiya yopilganidan keyin,depozit savdo hisob varag’idan (shu jumladan,daromad yoki yo’qotish) yechib olinishi mumkin.

Shunday qilib, xedjlashga bo’lgan harajatlar xedjlash kontraktlarining summalari  miqdori bilan solishtirganda ancha past bo’ladi. Xedjlashning maqsadi qo’shimcha daromadlarni olish emas, balki potentsial yo’qotish xavfini kamaytirishdir. Shuning uchun, xedjlashning  samaradorligi faqatgina savdo kompaniyasining asosiy faoliyati hisobga olingan holda baholanishi mumkin. Yaxshi qurilgan xedjlash dasturi nafaqat xavf-xatarni, balki kompaniya resurslarini erkinlashtirish orqali xarajatlarni kamaytiradi.

 

Treyder (yoki valyuta Treyderi) - FOREX valyuta bozorida amaliyotlarni amalga oshiradigan va jahon valyutalari kursi bo’yicha farqlardan daromad oluvchi shaxs.

Valyuta treyderining kasbi, ehtimol mamlakatda iqtisodiy vaziyatdan qat’i nazar, normal ish haqini kafolatlaydigan ozginalaridan biridir. Treyderlarning tobelari ham  boshliqlari ham yo’q - ular yolg’iz ishlaydi. Ular doimo raqobatdan hayiqishi shart emas - jahon valyuta bozorida har bir kishi uchun joy doimo yetarli. Ular o’zlarining biznesida derli har bir biznesmen duch kelishiga to’g’ri keladigan ko’p sonli mansabdorlar armiyasiga bog’liq ham emas.Bundan tashqari, ushbu kasbni egallab olgandan keyin o’ziga ish izlash zarurati o’z o’zidan yo’qolib ketadi - valyuta bozorida ish bilan ta’minlash kafolatlangan. Va, nihoyat, valyutalar savdosi bilan, asosiy ish joyingizdan voz kechmagan holda shug’ullanish ham mumkin. FOREX bozorining kecha-yu kunduz ishlashi tufayli unda ishlash uchun doim o’zingizga qulay paytni o’zingiz topishingiz mumkin. Shu bilan birga, treyderning jinsi, yoshi va ma’lumoti muhim emas.

Valyuta savdogarining faoliyati kiruvchi bozor ma’lumotlarini tahlil qilish, uninga sosida tahminiy baholarni qurish va bitimlar tuzish uchun qulay paytni tanlashdan iborat. Muvaffaqiyatli faoliyatning kafolati - fundamental va texnik tahlil asoslari, pulni boshqarish qoidalari, birja savdosi psixologiyasining asosiy jihatlari to’g’risidagi mukammal bilimlarga ega bo’lish.

 

 

VALYUTA OLIB SOTARI–bu xorijiy valyuta olib sotish bilan shug’ullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Uning maqsadi valyutalar kursidagi farqdan hosil bo’ladigan spekulyativ daromadga ega bo’lish. 

Aslida, bozorda deyarli barcha moliyaviy amaliyotlar tabiatan spekulyativdir. Valyuta bozorlaridagi globallashuvning eng yorqin ko’rsatkichlaridan biri ular bo’yicha amalga oshiriladigan valyuta amaliyotlarining kundalik hajmi. FOREX bozorida jahon valyutasida tuzilgan bitimlarning hajmi kuniga 3-4 trillion dollarni tashkil etadi. Valyuta amaliyotlari hajmi tashqi savdo amaliyotlarining kunlik hajmidan 40 barobar ko’pdir. Natijada, bunday amaliyotlar katta miqdordagi ishlarda tijorat maqsadlarida emas, balki moliyaviy maqsadlarni ko’zlagan holda amalga oshiriladi, chunki pul oqimi darmadlilik qayerda yuqoriroq bo’lsa shu yerga oqib o’tadi. 

 

Valyutalar kurslari har haftada bir necha foizli punktlarga og’ib o’tgudek bo’lsa, agar mustahkam turg’unlikka ega bo’lgan valyutalar bir necha oy ichida o’z qiymatining 20-30 foizini yo’qotishi mumkin bo’lsa, ayrim fond boshqaruvchisi muqarrar bo’lgan yo’qotishlar ko’rinishidagi zarar o’rnini qoplash uchun intilgan holda FOREX bozorida ro’y berayotgan jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borishi va faol qadamlar bilan harakat qilishga tayyor bo’lishi lozimligi, tabiiy, albatta.

Dollarga ega bo’lgan aqlli sarmoyador, masalan, shiddatli ravishda dollardan qutilishga va dollarning  yevroga nisbatan kutilayotgan pasayib ketishi qisqa muddatli AQSH qimmatli qog’ozlari bilan teshgishli Yevropa qimmatli qog’ozlari o’rtasidagi farqdan ortib ketgan har safar uni yevroga almashirishi kerak.

Faraz qilaylik, agar tahlilchi analitiklar eng yaqin oylarda dollar kursini yevroga nisbatan 10 foizga pasayib ketishini kutsa-yu, AQSH obligatsiyalari bo’yicha daromad qisqa muddatli Yevropa obligatsiyalaridan hosil bo’ladigan daromaddan ko’ra 10 foizdan ortiqroq bo’lsa savodli boshqaruvchi dollarni saqlab qolishni afzalroq ko’radi.

Agar amerikalik qimmatli qog’ozlarning foydaliligi yevropaliklarga nisbatan amerika valyuta kursining kutilayotgan pasayishidan ko’ra salgina bo’lsa ham yuqoriroq bo’lsa, unda "dollardan qochish" boshlanadi.

FOREX – bu biznes, Kazino emas - bozorni tahlil qilish va prognozlash uslublari, xatarlarni cheklash usullari, tan olingan nufuzlar, tajribani orttirish uchun imkoniyatlar, seminarlar va kitoblar bo’yicha o’qib o’rganish imkonlari bor.

Valyuta treyderining asosiy qoidalari

• Bitimlarnitrend yo’nalishi bo’yicha amalga oshiring.

• O’sib borayotgan trendda narxlarning qisqa muddatli tushish paytida, cho’kib borayotgan trendda esa narxlarning qisqa muddatli ko’tarilish paytida sotib oling.

• Daromadli pozitsiyalarni iloji boricha uzoqroq saqlang, zararlilarini o’z vaqtida yoping.

• Ehtimoli bor yo’qotishlarni cheklash uchun “Stop-loss”lardan foydalaning.

• His-tuyg’ularga berilmang. Bozorda ishlash uchun puxta reja tuzib oling.

• Reja tuzib olib unga amal qiling.

• Kapitalni samarali boshqarish tamoyillarini unutmang.

• Ehtimolli foyda va zarar nisbatlarini 3:1 dan kam bo’lmagan holda belgilang.

•Pozitsiyalarni qo’shish (piramida qurish) paytida quyidagi qoidalarga amal qiling:

1. Har bir keyingi pog’onadagi pozitsiyalar soni avvalgisida kam bo’lishi kerak;

2. Faqat daromadli pozitsiyalarga qo’shing;

3. Hech qachon zararli pozitsiyalarga qo’shmang;

4. To’xtatish buyrug’ini (break-evenpoint) iloji boricha zararsiz pog’onaga yaqinroq joylashtiring.

• Zararli pozitsiyalarni saqlab qolish uchun hech qachon qo’shimcha kafolatlar kiritmang, undan ko’ra qoldiq mablag’larni tejash afzalroqdir.

• Qo’shimchakafolat qo’yilishini talab qilinishini oldini olish uchun, kiritigan mablag’larning qoldig’i kafolat garovining kamida 10 foizini tashkil etilishini nazorat qilib turing.

• Avval zarar keltiruvchi pozitsiyalarni yoping, keyin foyda keltiruvchilarini.

• Agar siz o’ta qisqa muddatli savdo bilan shug’ullanmasangiz, hech qachon bevosita savdo jarayonida qaror qabul qilmang; buni bozorlar yopiq bo’lgan paytida qilish yaxshiroqdir.

• Vaziyatni tahlil qilishda uzoq muddatli grafiklardan qisqa muddatlilari tomonga qarab harakatlaning.

• Bozorga qachon kirib, qachon chiqib ketishini aniqroq anglash uchun kun ichidagi jadvallardan foydalaning.

• Dunyoviy donolik deb atalmish ovozga quloq solmaslikka harakat qiling, matbuotda to’lib-toshib yotgan ekspertlarning tavsiyalariga haddan tashqari ishonib ketmang.

• O’zingizni ozchilik qatorida qolishdan qo’rqmaslikka o’rgating. Buning hech dahshatli joyi yo’q; Sizning taxminingiz to’g’ri bo’lsa, odatda, bozorning aksariyat ishtirokchilari fikringizga qo’shilmaydi.

• Texnik tahlil qobiliyatlari ancha vaqt davomida asta sekin to’planib keladi. Tajribani asta-sekin “O’la-o’lguncha ilm izla” degan so’larni unutmagan holda orttirib boring.

• Oddiylikka intiling: murakkab analitik vositalar har doim ham samarali bo’lavermaydi.

FOREX valyuta bozorining sharhi (fond bozori yoki har qanday moliyaviy bozor) aksiyalar va moliya bozorlarida faktlar, hodisalar va hodisalar yuzasidan qisqartirilgan yoki kengaytirilgan xabarlar to’plami.

Yuqorida zikr etilgan fondlar yoki valyuta bozorining qaysi sohasi to’g’risida gap ketayotganiga qarab ixtisoslashtirilgan sharhlarga ajratilgan:

• valyuta kotirovkalarining sharhlari

• valyuta kurslari, masalan dollarning sharhlari

• markaziy bankning valyuta kurslari bo’yicha sharhlari

• muayyan kun va soat uchun bozor ko’rsatkichlari holati bo’yicha xaqiqiy ma’lumotlar taqdim etilgan valyutalarning o’zaro kross-kurslari bo’yicha umumiy sharhlar.

Agar BOZOR SHARHI uzoq vaqtga oid haqqoniy ma’lumotlardan tashqari, tahliliy axborotni, mutaxassislar, sarmofdorlar yoki treyderlarning fikrlarini o’z ichiga olgan bo’lsa, unda bozorni bunday tahlil qilish BOZORNING FUNDAMENTAL yoki tahliliy sharhi deb ataladi.

Qimmatli qog’ozlar bozori va FOREX bozoriga nisabtan qo’llaniluvchan tarzda, bozor tahliliga quyidagilar kiradi:

• Valyuta bozorining kundalik sharhi

• Valyuta bozorini Haftalik sharhi

• Valyuta bozoridagi mavjud vaziyat haqida izoh

• FOREXbozorida vaziyatni har kungi sharhi

• Xalqaro moliya bozorining ko’rsatkichlari

• Moliya bozorining asosiy ko’rsatkichlari

• Qimmatli qog’ozlar bozoriga umumiy nuqtai

• Xalqaro fond bozorining ko’rsatkichlari

• Analitik ma’lumotlar

• Grafiklar, diagrammalar

Har qanday qaror qabul qilishdan avval FOREX bozoridagi vaziyatni har doim diqqat bilan tahlil qilib chiqish kerak.

FOREX bozorini tahlil qilish atamasi kamida ikkita turdagi tahlilni nazarda tutadigan termin:fundamental tahlil va texnik tahlil.

Tahlil qilinayotganda, valyuta kursining shakllanishiga uchta asosiy omil ta’sir ko’rsatadi:

1.Fundamental omillar

2. Texnik omillar

3. Qisqa muddatli kutilmagan omillar

Fundamental omillar – u yoki bu milliy iqtisodiyotning valyuta bozoridagi ishtirokchilarga va valyuta kursining darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlaridir.

FOREX bozorining funtamental tahlili fundamental omillarga bog’liq ravishda makroiqtisodiy darajada narxlarning xarakatlarini o’rganadi.

FOREXbozorining texnik tahlili. Tendentsiyalar. Grafiklar.

FOREXbozorining texnik tahlili

FOREXbozorining texnik tahlili - FOREX bozori dinamikasining kelajakdagi narxlar harakatlarining yo’nalishini tahmin qilish maqsadida tadqiq qilishdir.

Narx harakat itendentsiyalarga (narx harakatining yo’nalishiga) bo’ysunadi, shuning uchun narx dinamikasi grafiklarini tuzishdan maqsad ushbu tendentsiyalarni ularning yo’nalishi bo’ylab savdoda qatnashish uchun rivojlanishining eng ertaki bosqichlaridayoq aniqlab olish.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish