Kanal
Texnologiya

Ishlatilishi haqida siz o’ylab ham ko’rmagan 20 ta oddiy narsa

Ishlatilishi haqida siz o’ylab ham ko’rmagan 20 ta oddiy narsa

Biz har kuni ishlatadigan oddiy narsalar, ko’pgina syurprizlarga ega. Biz ular haqida hamma narsani bilamiz deb o’ylaymiz, ammo bu unday emas. Biz siz uchun kundalik turmushda ishlatiladigan predmetlar haqida eng kutilmas faktlarni yig’dik.

Qutining burchaklaridan tayoqchalar bilan ugra vaguruchni olishda qo’llar mohirligini mashq qilsa bo’ladi, albatta. Va qutini ochsa ham bo’ladi, shunda u yeyish uchun ancha qulay tovoqchaga aylanadi.

Bu elektrik zanjirlardagi yuqori chastotali xiraliklarni yo’qotadigan ferritli filtrdir. U sababli sonli signal sifati yaxshilanadi. Aytgancha, bu filtrlar olib qo’yiladigan ham bo’lishi mumkin.

Bu tugma galstuk yoqa orqasidan chiqib turmasligi uchun kerak. Oxirgi vaqtlarda bu kabi ko’ylaklar unchalik ko’p uchramaydi,chunki bu tugma ichiga sig’adigan tor galstuklarga bo’lgan moda o’tib ketdi.Hozir bu tugmalar faqatgina bezash funksiyasini bajaradi.

Shishani po’kak bilan yopayotganda, uning pastki qismiga katta bosim beriladi. Pastki qismdagi chuqurlik o’sha bosimni teng taqsimlashga yordam beradi, va shu uchun shisha sinmaydi. Aytgancha, yorqin vinolar uchun mo’ljallangan shishalarda chuqurlik, boshqa vino shishalaridagiga qaraganda kattaroq bo’ladi.

Nega ko’ylakdagi barcha ilmaklar vertical joylashgan bo’lib, tepadagisi – gorizontal joylashgan? Javobi oddiy: bu joyda ko’ylak ko’pincha ochilib ketadi. Gorizontal ilmakdan tugma, vertikal ilmakdagiga qaraganda tez chiqib ketmaydi.

Ulardan kam kishi foydalanadi, ammo ushbu teshikchalar orqali krossovkalarni shunday bog’lab qo’yish mumkinki, ular oyoqda ideal tarzda turishi mumkin va sport bilan shug’ullanayotgan vaqtda tovoningizni hech qachon urmaydi.

Odatiy “ventilyatsiya uchun” degan javobdan tashqari, boshqa fikr ham bor. Gap shundaki, boshida Converse All Stars poyafzallari basketbolchilar uchun mo’ljallab ishlab chiqarilgan. Kedilar shundaybog’langanki, bog’lama uchbu qo’shimcha teshikchalar ichidan ham o’tgan.Shuning uchun poyafzal juda qattiq turgan.

Qancha spagettini qaynatish ustida ko’p o’ylamasligingiz uchun, mana shu teshik qilingan. Uning ichiga sig’adigan spagetti bir kishiga to’g’ri keluvchi standart hajmdir.

U sizga nafaqat idishni ilmakka osib qo’yishingiz uchun kerak bo’lishi mumkin. Bu tuynukni ovqatni aralashtirish uchun ishlatiladigan qoshiq uchun ushlagich sifatida ham ishlatiladi.

Bolalar doimo hamma narsani og’izlariga olishadi, va sharikli ruchkalarni esa maktab yoshida ham tishlab o’tirishni ko’plar yaxshi ko’radi. Agar bola bexosdan qopqoqni yutib yuborsa, ushbu teshik uning bo’g’ilishiga yo’l qo’ymaydi.

Bu, afsuski, hamma avtomashinalarda ham bo’lmagan daho ishoradir. Strelka mashinadagi bak qaysi tomonda ekanligini ko’rsatadi. Ijaraga olingan avtomobilga yoqilg’i qo’yish uchun kerakli bo’lgan ajoyib narsa.

Ushbu holni tushuntirish ancha texnologik darajada: kichik teshik shirinlik tayoqchada yaxshi turishi uchun kerak. Tayoqchani hali suyuq sirop ichiga solganlarida u teshik ichiga quyiladi va qotishida konfetani mustahkamlab qo’yadi. 

Bu albatta cho’ntakcha emas. Gap shundaki, u ichki kiyim matosidan farq qiladigan maxsus yumshoq matodan qilinadi. Uning ikki cheti chetdagi choklar  ichiga kirgiziladi, orqa cheti ichki chok bilan tikib qo’yiladi. Yana bir ichki chok urishning imkoni yo’qligi sababli, uning oldingichetini ochiq qoldiriladi. Ichida biron narsa saqlash uchun mo’ljallanmagan o’ziga xos cho’ntakcha hosil bo’ladi. 

Avallari bu kabi kesik chiziqlar faqat turistik ryukzaklarda bo’lgan: bu kesiklar orqali arqon va karabinlar o’tkazilgan. Shahar ryukzaklariga ular shunchaki bezak uchun tikib qo’yiladi.

Hozirda ular barcha klassik shimlar uchun zarur narsa hisoblanadi, ammo ularni ataylab hech kim o’ylab topmagan. Gap shundaki, XIX asrda kiyim tikishga asoslangan ko’pgina korxonalar mahsulotni eksportga chiqargan. Yukning uni transportda yetkazish vaqtida iloji boricha kamroq joyni olishi uchun, kiyimni yuborishdan oldin preslashgan. Natijada, matoda siniqlar hosilbo’lgan, va ulardan qutulishning umuman imkoni bo’lmagan. Ular bilan yashashgato’g’ri keldi.

Kulgili, yumshoq shariklar birinchi bo’lib XVII asrda fransuz suzuvchilarining shapkalarida paydo bo’lgan, chunki suzuvchilarga o’sha vaqtda kemaning past devorlariga o’z boshlarini urib olish jonlariga tekkan edi. Keyinchalik turli shakldagi va rangdagi pomponlar ko’pgina harbiy bosh kiyimlarida ham paydo bo’ldi. Ular vositasida uning egasi qaysi qo’shinda xizmatqilishini aniqlash mumkin edi.

Kanselyar pichog’ining o’tkirligi ketgan bo’laklarinisindirishning ko’pgina usullari mavjud. Buni qo’lda, barmoqlarni xafga qo’yib,yoki qisqichdan foydalanib sindirish mumkin, lekin pichoqning o’ziga e’tiborbilan qarash mumkin. Uning ushlagichi oxirida qopqoq bor, va uni chiqarib,lezviyaning kerakli bo’limiga qo’yib, uni sindirish mumkin. 

U katta uzunlikni yakka holda o’lchash uchun kerak bo’ladi. Uzunlik boshiga vint urib qo’yiladi, va uning uchiga ruletkadagi tuynuk kirgizib qo’yiladi, va usta kerakli joyga boraveradi.

Bu raqam Heinz kompaniyasining reklama shiori (“57 xildagi”) ning bir qismi bo’lishidan tashqari, shishadagi bu raqamning amaliy foydasi ham bor. Agar ketchup suzilmasa, 57 raqami ustiga ikki marta urib ko’ring.

Odatda ular ichida tovalarni saqlaniladi. Ammo aslidabu Javon isituvchan deb ataladi. Reja bo’yicha bu javon ichiga pechda boshqaovqat pishishiga qadar tayyor ovqatlar sovimasligi va isitilishi uchunqo’yiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish