Kanal
Qiziqarli

Har bir sayyoh bilishi kerak bo’lgan tarvuz bilan bog’liq ajoyib tryuk

Har bir sayyoh bilishi kerak bo’lgan tarvuz bilan bog’liq ajoyib tryuk

Ushbu usul sayyohlar orasida yetarlicha mashhur bo’lib, uni plyajlar va suv havzasi sohillarida sovitish uchun qo’l keladi. Bunda siz tomoningizdan kam kuch sarf qilinadi, biroq tarvuzning muzdekkina bo’lishi kafolatlanadi. 

 

Buning uchun kerak bo’ladigani bitta futbolka holos. O’lchami ham, rangi ham muhim emas. 

Demak suvning yoniga borib, tarvuzni muzdek suvga solib olasiz, futbolkani ham yaxshilab chayasiz.  Keying ohista siqib olsangiz yetadi. 

Tarvuzni futbolkaga yaxshilab o’raysiz-da, soya tushadigan yerga joylashtirib qo’yasiz.Buning uchun soyabon ostidagi tangadek joy ham yetarli bo’lishi mumkin.Tarvuzni kichikroq chuqur ichiga solsangiz yanada yaxshiroq soviydi. 

Shu tariqa suv uni hech qanday qo’shimcha vositalarsiz sovitib beradi va oradan yarim soat o’tib, muzdekkina tarvuz lazzatidan bahramand bo’lasiz. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish