Kanal
Foydali

Vannaxonada ideal tartib bo'lishi uchun 15 ta g'oya

Vannaxonada ideal tartib bo'lishi uchun 15 ta g'oya

Shuning uchun u yerda hamma narsa chiroyli va ergonomik bo'lishi juda muhimdir. Shinamlikni uyning istalgan burchagida yaratish mumkin va vannaxona bundan mustasno emas.
Biz har qanday vannaxonani katta sarf-harajat talab qilmay va uni qiyofasini o'zgartirib yuboradigan bir qancha g'oyalar yig'dik.

Ko'tarma eshikli vanna tartibsizlik tug'dirmasdan, har xil mayda buyumlarni qulay joylashtirish imkonini beradi.

Kirish eshigi tepasiga o'rnatilgan tokcha foydali mayda buyumlarni saqlash uchun qo'shimcha joy hosil qiladi.

Oddiy shisha bankalar mayda buyumlarni saqlash uchun juda yaxshi to'g'ri keladi. Ularni tokchaga qo'yish yoki devorga maxkamlab qo'yish mumkin.

Doim qo'l ostida bo'lishi kerak bo'lgan kosmetik vositalarni ko'p yarusli konfet idishlarida saqlash juda qulay.

Sochiqlarni faqatgina devorlarga osibgina qolmay, balki yana eshikka ham osish mumkin: oddiygina qilib bir nechta ushlagichlarni bir birini ketidan mustaxkamlab chiqing.

Vannadagi javonchalar eshiklarini ham turli buyumlarni saqlash uchun ishlatish mumkin. Faqatgina ularga kichkina tokchalar o'rnatish kerak bo'ladi.

Odatiy javon va tokchalarga alternativa bo'lib qulay stellaj xizmat qila oladi. Faqatgina sizning vannaxonangiz gabarit o'lchamlariga to'g'ri keladigan variantni tanlash kerak bo'ladi.

Ko'zgu oldiga osib o'rnatilgan kichkina chelakchalarga taroqlarni, fen, cho'tkalar va ko'p boshqa buyumlarni solish juda qulay.

PVX dan truba fen yoki dazmol kabi beso'naqay katta sochlar uchun jihozlarni saqlash uchun ideal darajada to'g'ri keladi.

Maxsus bolalar o'yinchoqlari uchun qopcha devorga qulay maxkamlanadi va ortiqcha suv oqib ketishiga yo'l beradi.

Gul tuvaklari vannaxonada mayda buyumlarni saqlash uchun juda yaxshi to'g'ri keladi va ular interyerni yanada shinamroq qiladilar.

Agarda sizning vannaxonangizda bosh tokcha bor bo'lsa, uni javon sifatida ishlatish mumkin. Masalan, sochiqlarni saqlash uchun.

Qulay ilgaklar yordamida kosmetik vositalar va sochlar doim qo'lingiz ostida bo'ladi.

Metall savatcha, devor yoki shkaf yuzasiga maxkamlangan holda, kichkina vannaxonada buyumlarni saqlash muammosini hal qiladi.

Agar rakovina ostida bo'sh joy qolgan bo'lsa, uni ham ishlatish kerak: buning uchun u yerda tokcha o'rnating yoki kichik stellaj qo'ying.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish