Kanal
Sayohat

Dunyoning zabt etilishi qiyin bo’lgan tog’ cho’qqilari

Dunyoning zabt etilishi qiyin bo’lgan tog’ cho’qqilari

Everest dunyoning eng baland tog’ cho’qqisi bo’lgani bilan chiqish uchun eng qiyin cho’qqi emas, ammo xavflidir. Ushbu cho’qqiga chiqish tarixi davrida tog’ qiyaliklarida hammasi bo’lib 250 nafar alpinist halok bo’lgan.

Argentina hamda Chili davlatlarining o’rtasidagi chegara hududida joylashgan Fits Roy tog’i dunyoning chiqish qiyin bo’lgan cho’qqilaridan biri hisoblanadi. Buning sababbi ikki xildir: bir tomondan tog’ning judayam tik holi bo’lsa, yana bir tarafdan noqulay ob-havo sharoitidir. Fits-Roy tog’i cho’qqisining ilk bor zabt etilishi 1952 yilning 2 fevral kuni sodir bo’lgan. O’shanda Fransiya ekspeditsiyasining a’zolari Lionel Terra va Gvido Manye tog’ning Janubiy-Sharqiy cho’qqisiga qarab yo’l olganlar va uni zabt etganlar.

Alyaskadagi Mak-Kinli tog’i – AQSH dagi eng baland cho’qqi hisoblanadi va zabt etilishi bo’yicha alpinistlarni o’ziga rom etadi. Biroq bu cho’qqi yangi va tajribasiz alpinistlar uchun xavfli hisoblanadi. Bu cho’qqiga chiqaman deb 100 ga yaqin odam halok bo’lgan.

Uzoqdan durbin orqali qaralganda Matterxorn tog’ini dunyoning boshqa tog’laridan ko’ra darrov tanish mumkin. U juda qiya bo’lganligi sababli Alp tog’larining boshqa cho’qqilariga qaraganda ancha kechroq zabt etilgan: 1857 yilda asosan Italiya tomonidan cho’qqiga chiqish urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan. Va nihoyat 1865 yilda ushbu cho’qqi zabt etilgan. Matterxorn tog’ining cho’qqisini zabt etish uchun bir yarim asr vaqt davomida 500 ga yaqin odam halok bo’lgan.

Makalu (suratda: cho’qqisiga quyosh nuri tushib turgan tog’) kattaligi bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinni egallaydi, Everestdan bor-yo’g’i 12 km uzoqlikda Nepal bilan Xitoy o’rtasidagi hududda joylashgan. Uning cho’qqisining zabt etilishining mushkulligi unga yetib borishning qiyinligida. Bugungi kunda buning uchun vertolyotlardan foydalanilmoqda. Makalu balandligi 8000 metrdan oshgan dunyodagi 14 ta eng baland tog’lardan biridir. Alpinizm sohasida ushbu 14 eng baland tog’ cho’qqilarini zabt etish – “Yer tojini qo’lga kiritish” deb ataladi. Ayni damda dunyo bo’yicha bor-yo’g’i 30 nafar (27 ta erkak va uch ta ayol)alpinist buning uddastidan chiqdi.

Texnik jihatdan qaraganda, Monblan zabt etilishi qiyin bo’lgan cho’qqi hisoblanmaydi. Bu yerga juda ko’p alpinistlar tashrif buyuradilar. Shuning uchun turli baxtsiz hodisalar tufayli bu yerda 8000 ga yaqin alpinist halok bo’lgani uchun, ham bu yer xavfli deb hisoblanadi.

Chogori yoki K2 - balandligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan bu tog’ cho’qqisi zabt etilishi bo’yicha eng murakkabi va hayot uchun juda xavflidir. Chogori tog’iga har bir muvaffaqiyatli chiqishga bitta halok bo’lish hodisasi to’g’ri keladi. K2 ga ekspeditsiyalar asosan yoz oylarida jo’naydilar.

Serro-Torre tog’ining suratini ko’rib, unga chiqish mushkulligining sababini darrov bilish mumkin. Judayam tik tog’ning cho’qqisi sovuq havo sababli qalin muz qatlami bilan qoplanadi. Cho’qqiga ilk muvaffaqiyatli chiqish 1974 yildagina amalga oshdi.

Arnapurna tog’ining cho’qqisida hammasi bo’lib 157 odam ko’tarila olgan, 60 nafar alpinist esa cho’qqiga yeta olmay yo’lda halok bo’lgan. Shularni hisobga olganda, bu tog’dagi o’lim holati 38% ni tashkil etadi, bu K2 cho’qqisidagi o’limlar korsatgichining foizidan ham ko’p. Annapurnaning Janubiy yonbag’ri cho’qqiga ko’tarilishdagi eng xavfli yo’l hisoblanadi.

Shvetsariyadagi Eyger tog’ining cho’qqisi zabt etilishi o’ta qiyin bo’lgan uchun yomon nomga ega bo’lib qolgan. Uning shimoliy tomondagi devori 1650 metr balandlikni tashkil etadi. Ushbu qiyalikning o’zida 64 nafar alpinist halok bo’lgan. Eygerga ilk bor muvaffaqiyatli chiqish 1854 yilda amalga oshirilgan.

Nepaldagi Himolay tog’laridagi Jannu cho’qqisi dunyoning eng go’zal hamda eng zabt etilishi qiyin bo’lgan tog’lardan biridir, u butun dunyo alpinistlarini o’ziga jalb qiladi. Tog’ning eng qiyin hududlari 7000 metr balandlikdan keyin boshlanadi.

Logan tog’i – Shimoliy Amerikadagi Mak-Kinli cho’qqisidan keyin ikkinchi o’rinda turadi hamda barcha yetti kontinentdagi balandligi bo’yicha ikkinchi darajali tog’lar ro’yxatiga kiradi. Lekin balandligi bo’yicha ikkinchi darajali tog’ bo’lishiga qaramay uning cho’qqisiga ko’tarilish boshqa baland tog’lardan ko’ra mushkulroqdir . Aslini olganda tog’ cho’qqisiga ko’tarilish juda ham qiyin emas, biroq ushbu tog’ etagiga yetib borish uchun uzoq yo’l bosishga to’g’ri keladi. Qiyinchiligi ana shunda.

Dxalaugiri tog’li massivi 11 ta cho’qqidan iboratdir, ularning balandligi 7-8 km ni tashkil etadi. 1808 yildan 1832 yilgacha Dxalaugiri dunyoning eng baland cho’qqisi hisoblanar edi, biroq alpinistlar 1950 yillarning boshlarida u bilan qiziqishni boshladilar. Hisob bo’yicha sakkizinchi ekspeditsiyagina muvaffaqiyatga erishdi va cho’qqini zabt etdi. Dxalaugiri I dunyoning eng baland cho’qqilari ro’yxatida yettinchi o’rinni egallaydi hamda Himolay tog’lari qatoridagi baland tog’lardagi halokatlar soni juhatidan yuqori ko’rsatgichga ega. 1950 yildan beri bu tog’da 58 nafar alpinistlar halok bo’ldilar.

Gauri Shankar tog’i Melungtse tog’ining qo’shnisidir. Bu tog’ga chiqish Tibet emas, Nepal davlati tomonidan amalga oshirilgani uchun bu yerda alpinistlar soni juda ko’p. Melungtse tog’i kabi bu cho’qqiga chiqish ham judayam mushkul.

Siula Grande cho’qqisi Perudagi And tog’larida joylashganbo’lib, alpinist Jo Simpsonning “Bo’shliqni his qilib” kitobi orqali mashhur bo’lgan. Bu kitobda 1985 yilda Siula Grande cho’qqisini zabt etish uchun hech kim yurmagan marshrutdan yurgan britaniyalik ikki yosh alpinist haqida hikoya qilinadi. Ushbu qiziqarli kitob asosida 2003 yilda hujjatli film ham suratga olingan.

Qoqaqurum tog’li massivida joylashgan uchbu cho’qqini bor yo’gi uchta ekspeditsiyagina zabt eta olgan. U dunyodagi ko’tarilishi qiyin bo’lgan bo’lgan tog’ cho’qqilaridan biridir: birinchi (1977 yil) va ikikinchi (2001) muvaffaqiyatli ko’tarilishning orasi 24 yilni tashkil etadi. Ko’tarilish qiyinligi hamda halok bo’lgan alpinistlar sonining ko’pligi uchun bu tog’ “odamxo’r” nomini olgan.

Vinson cho’qqisiga ko’tarilish unchalik qiyin emas, biroq uning Antarktidada joylashganligini hisobga olganda uni zabt etishda anchagina qiyinchiliklarni yengib o’tish kerak. Antarktidada ushbu tog’ massivining borligi haqida 1957 yilda ma’lum bo’ldi. Uni amerikalik samolyot uchuvchilari aniqlaganlar.

Serro-Payne-Grande cho’qqisi Chilidagi Koldilyer-del-Payne tog’li massivida joylashgan. Fits-Roy tog’idagi kabi bu cho’qqiga ko’tarilishga tog’ning juda qiyaligi hamda noqulay ob-havo sharoiti halal beradi.

Lxotse cho’qqisi bevosita Everest bilan bog’liq va balandligi bo’yicha to’rtinchi o’rinni egallaydi. Bu tog’ga 400 marta muvaffaqiyatli hamda 20 ta o’lim bilan yakunlangan chiqish qilingan. Lxotse tog’iga chiqish aytarli qiyin emas, har holda bir turoperator bitta ekspeditsiya tarkibida ikkala cho’qqini zabt etishni taklif qiladi.

Melungtse tog’ining cho’qqisiga yagona muvaffaqiyatli chiqish 1992 yilda qayd etilgan. Bu cho’qqini zabt etishning mushkulligi Tibet hukumati tominidan ruxsatnoma berilishining qiyinligida.

Qoqaqurum tog’li massivida joylashgan ushbu cho’qqi tik qoyalari hamda noqulay ob-havo sharoiti sababli texnik jihatdan zabt etilishi mushkul cho’qqilardan biri hisoblanadi.

Kuyten-Uul cho’qqisi – Tavan-Bogdo-Ula tog’li massivining eng baland nuqtasi bo’lib, Mo’g’iliston Olatog’i hamda Janubiy Olatog’ choqqilarining kesishuv nuqtasida joylashgan. Judayam uzoqda joylashganligi uchun zabtt etilishi qiyin bo’lgan cho’qqilar ro’yxatiga kiritilgan.

Nanga-Parbat tog’iga “odamxo’r” degan tamg’a bosilgan. Uni ilk muvaffaqiyatli zabt etish holati 1953 yildagina qayd qilingan. Bu tog’ga chiqishning mushkulligi shundan iboratki, chiqish joyi har tomondan tik devorlar bilan o’ralgan. Nanga-Parbat cho’qqisiga qish faslida chiqishning umuman ilojisi yo’q.

Sent Elias tog’i Yukon hamda Alyaska chegarasida joylashgan. Juda yomon ob-havo sharoiti tufayli alpinistlar tomonidan qiziqish uyg’otmaydi. Okeandan 10 mulyagina uzoqlikda joylashgani uchun Tinch okenining to’fonli shamollarining ta’siri bu tog’ga yetib keladi.

1852 yilga qadar Kanchenjanga tog’i dunyoning eng baland tog’i hisoblangan. Biroq 1849 yilgi ekspeditsiyadan keyin qilingan hisob-kitoblarga qaraganda Everest eng baland cho’qqi bo’lib, Kanchenjanga ega uchinchi o’rinda turishi ma’lum bo’ldi. Cho’qqilarga ko’tarilishdagi o’lim holalarining kamayishining butundunyo tendentsiyasi Kanchenjanga tog’iga nisbatan ish bermadi. Oxirgi yillarda bunday sharoitda baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lganlarning soni 22 % gacha oshdi va hali kamayishdan daragi yo’q.

Nepalda bu tog’ haqida afsona bor. Unda aytilishicha, Kanchenjanga tog’-ayol bo’lib, unga chiqishga harakat qilgan har qanday ayolni halok qiladi. Ushbi tog’ cho’qqisiga chiqib, undan tushishni ham uddalagan ayol Jinet Xarrison uzoq vaqt davomida cho’qqini zabt etgan yagona ayol bo’linb keldi. Bu ayo 1998 yilda dunyoning eng Bosh choqqisini ham zabt etdi. Biroq bir yarim yildan so’ng Dxaulagiri choqqisiga chiqayotganda halok bo’ldi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish