Dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryo’l yo’nalishlari

Poyezdlarning g’ildiraklari tovushida, vagonlarning oxista chayqalishida qandaydir romantika mavjud, bunday kayfiyatni eng zamonaviy laynerlar bortida ham his qilmaysiz. Poyezd – bu istalgan mamlakat bilan ichidan tanishishning eng yaxshi usuli. Lekin haq gap, yillar o’tib ular o’zgardi yoki o’z geografiyasini kengaytirdi. Ko’p yo’nalishlar o’zining ko’p yillik tarixi bilan maqtansa arziydi, ba’zilari esa afsonaligi bilan. Sizni dunyoning 10 ta eng qiziq va zamonaviy temiryo’l sayohat yo’nalishlari to’plamini ko’rib chiqishga va ularning mojizasini his qilishga taklif etamiz.

“Gan” – poyezd o’z nomini XIX asrda tuyalar karvonini kontinent markaziga boshlab borgan afg’on yo’lovchilaridan olgan (“afg’on” so’zidan qisqartma “gan”). Afg’onlar Avstraliya tarixida muhim iz qoldirgan – masalan, yangi kontinentga islom dinini olib kelishgan. Poyezd butun Avstraliyadan janubdan shimolga qarab o’tadi. Sayohat uzunligi 1900 mil (3000 km dan ortiq) bo’lib, 2 sutkadan ortiq vaqt sarflaydi.

“Gan” uch xil xizmat ko’rsatish klaslarini taklif etadi: eng qimmat “platinum” kupesida 2 ta katta krovat, dush va shaxsiy styuart bor. Poyezd interyeri juda nozik va devorlari mirta daraxtidan qilingan.

Restoranda ekzotik ovqatlar taqdim etiladi, shular jumlasida qovurilgan kenguru. Eng uzoq kutiladigan ikki bekatda aborigenlar urf-odatlari bilan tanishib, Ketrin daryosi kanyonlari ustida vertolyotda sayohat qilishga ulgurish mumkin.

“Qirollik shotland”- ushbu poyezd Edinburgdan jo’naydi va Shotlandiya bo’ylab sayohatni amalga oshiradi. 36 ta passajirni sig’dirishga tayyor bo’lgan vagonlar viktorian davrdagi mehmonxonalarni eslatadi: maun, baxmal va qandillar. Har bir keng xona-kupeda vanna xona mavjud.

Juda qiziqarli ekskursiya programmasi – shotland lasosini ovlash, golf o’ynash, o’rta asr qasrlariga borish va ajoyib viski degustatsiyasi – zerikishingizga yo’l qo’ymaydi. “Shotland” 2 kundan 7 kungacha bo’lgan vaqt uzunligi bilan, har xil 7 yo’nalishda yuradi.

Tokio va Osakani bog’lagan “Tokaydo-sinkansen” birinchi tarmog’i 1964-yilda ochilgan bo’lib, 515 km yo’lni poyezd 4 soatda 210 km/soat tezlik bilan bosib o’tgan. Pressa “Sinkansen”ni “o’q-poyezd” deb atalishi ham bejiz emasdir. Liniyada uchta yo’nalish mavjud (eng tezyuraridan eng sekinigacha) “Nodzomi”, “Xikari” va “Komada”. Poyezdlarning asosiy qismi Sanyo-sinkansenudan boshlab, Fukuokadagi Xakata stansiyasigacha boradi.

“Nadzomi” poyezdi dunyodagi eng tezkor poyezdlar orasida shanxay maglevidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi (shanxay manglevasi dunyodagi birinchi magnitda ishlaydigan tijorat temir yo’li). Kulrang o’q-poyezd 600 kilometrni 2 soatdan sal ko’proq vaqtda bosib o’tadi. Oyna ortidaYaponiyaning milliy manzaralarini tomosha qilish mumkin: qishloqlar, ob-havo va guruch dalalari, xattoki Fudzi tog’ini ham qisqa vaqt tomosha qilishingiz mumkin.

“Xayram Bingem” poyezdi amerikalik arxeolog nomiga atalgan bo’lib, arxeolog yo’qotilgan inklar shahrini topib mashxur bo’lgan. Zamonaviy Kuskodan Machu-Pikchu vayronalarigacha bo’lgan yo’nalish 3,5 soatni qamrab oladi. Ulug’ And tog’lari, tog’ vodiylari va sharsharalar yoningizdan peru gitarachilarining musiqa sadolari ostida oqib o’tadi.


Vagon restoranda eksklyuziv issiq taomlar, tekin ichimliklar va gazaklar tortiladi. “Alpinist”nin geng mashxur 4 yo’nalishidan eng g’aroyibi Cho’qqili tog’larni kesib o’tadi.

2013 yilda Sietl (AQSh) va Vankuverni (Kanada) tutashtiruvchi uch kunlik marshrut paydo bo’ldi.

“Sharqiyexpress” – dunyodagi eng mashxur poyezdlardan biridir. Birinchi reys 1889 yilda Parijdan Istanbulga amalga oshirilgan. Vagonlar o’tgan asrning boshlari va shoxona ar-deko interyeri bilan takrorlanmas retro-atmosferani hosil qiladi.

Ekspressda ko’plab mashxur kishilar sayohat qilgan: Sharl de Goll, Yelizavetta II, Nikita Xrushov va boshqalar.

1929 yilda qor bo’ronlari sababli poyezd olti kunga Istanbuldan 100 km uzoqlikda qolib ketgan. Bu hodisa Agata Kristining “Sharqiy ekspressdagi qotillik” detektivining asosida yotadi.

“Blyu treyn” – bu g’ildirak ustidagi besh yulduzli mehmonxonadir: vagon-mehmonxona, klub va oshxona restoran mavjud.

Interyer ingliz stilida bezatilgan. O’zining nomini poyezd yorqin-ko’k rangli vagonlari sababli olgan. Pretoridan Keyptaungacha bo’lgan 1600 km masofani poyezd 27 sotda bosib o’tadi.

Trassa Afrika savannasini kesib o’tadi, vagon oynalaridan sherlar va antilopalarni ko’rishingiz mumkin.

Poyezdning to’rt yo’nalishidan biri Afrikaning eng katta sharsharasi Viktoriyagacha boradi.

Ushbu“ko’k poyezd”da ko’p mashxur kishilar sayohat qilgan, shu jumladan Nelson Mandella va Margaret Tetcher.



Eng uzun temir yo’l (deyarli 9300 km) Moskavadan to Vladivostokkacha cho’zilgan. Bu Yer aylanasining beshdan bir qismini tashkil etadi. Magistral XIX-XX asralrda qurilgan. Bu magistraldan Rossiyaning eng qimmat poyezdi “Oltin burgut” ikki xafta davomida yurib o’tadi.
Poyezd asosan tunda harakatlanadi, kunduz kuni esa passajirlar ekskursiyalarga borishadi: Kazan Kremli, Novosibirskdagi Transsiba muzeyi, Baykal ko’li, Ulanbator buddaviylik monastri. Vladivostokdan turistlar samolyot orqali qaytib kelishadi.



“Muzliekspress” dunyodagi eng sekin ekspress hisoblanadi. Birinchi marta u 1930 yilda yo’lga chiqqan.

Poyezdhar kuni yuradi, sayohat 7,5 soat vaqt oladi, bu vaqt ichida poyezd 291 ta ko’prik va 91 ta tunneldan o’tadi. Bundan tashqari “Muzli ekspress” Oberalp dovonini eng baland cho’qqisida, 2033 metr balandlikda kesib o’tadi.

Moskva – Vladivostok yo’nalishidagi poyezd 2016 yilning iyul oyida izga tushirilgan. Sayohatning maksimal qiymati 1,1 million rubl, minimal qiymati –384 ming rublni tashkil etadi.
Poyezd shoxona usulda bezatilgan bo’lib, qulaylik yuqori darajada ta’minlangan.

Balki siz ham ushbu zamonaviy va ajoyib yo’nalishlardagi poyezdlardan birida sayohat qilgandirsiz, kimdir esa bunday sayohatni amalga oshirish arafasida! Ishonchimiz komilki, Sizning sayohatdan kutganlaringiz albatta oqlanadi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.