Qiziqarli tarixiy faktlar #1

Dunyodagi birinchi dorixona 1000 yilda Bag‘dodda ochilgan.

Britaniyada 1845 yilda amalda bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘z joniga qasd qilishga urinish, qatl etish bilan jazolangan.

Qirol Lyudovik XIX Fransiyani bor-yo‘g‘i 15 daqiqa boshqargan.

Amerikada XVII asrda ayollar o‘rtacha 13 ta farzand ko‘rishgan.

AQShning barcha prezidentlari ko’zoynak taqishgan. Lekin ularning ba’zilari o’zlarining ko’zoynak taqishlarini omma oldida namoyish qilishmagan.

Angliya qirolichasi Viktoriya tug‘ish jarayonida anesteziya (og‘riq qoldiruvchi) sifatida xloroformdan foydalangan birinchi ayollardan bo‘lgan.

Vatikan tarixida bola tug‘ilishi biror marta ham qayd qilinmagan.

XVIII asrda stomatologlar tishni plombalashda rezinadan foydalangan.

Qadimgi yunonlar tish og‘rig‘ini yolg‘onchilik oqibati deb bilishgan.

Ilk multpersonaj Geti laqabli dinozavr 1910 yilda yaratilgan.
Mashhur bastakor Betxoven yangi kuy yozishdan oldin boshini muzdek suv to’la bochkaga tiqib olardi.

Shaxmat bo’yicha dunyo chempioni Vladimir Kramnikning shaxmat dasturi Fritz bilan o’ynayotgan payti esnashi uning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan.

Fir’avn Ramzes II ning 160 nafar farzandi bo‘lgan

«Marlboro» kompaniyasining birinchi xo’jayini o’pka saratoni xastaligi sabab olamdan o’tgan.

Iskandar Zulqarnayn davrida ham och rangdagi sochlar urfda bo‘lgan. Buning uchun ayollar ohakli araq va giyohlar damlamasidan foydalangan.

Angliyada XVIII asrda oqsuyak oliftalar o‘ta tor pantalon kiyishgan. Unga sig‘ish uchun kiyilayotganda maxsus moslama yordamida cho‘zib turganlar.

Fransuz faylasufi Volterning 80 ta hassasi bo‘lgan. Zamondoshi Jan Jak Russoda esa 40 ta. Fransiyada hassaga tayanib yurish ham ayollar, ham erkaklar uchun urf bo‘lgan.

Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha xonadon egasining nomi bilan aniqlanardi.

Fransiyada 1944 yilga qadar ayollarga ovoz berish huquqi berilmagan.

Ilk sug‘urta 1151 yilda Islandiyada qayd qilingan. Odamlar o‘lat va yong‘indan sug‘urtalanganlar.
Hozirgacha eng og‘ir odam 1983 yilda vafot etgan amerikalik Jon Brauer Minnok hisoblanadi. U 635 kilogramm tosh bosgan.

Qadimgi Misrda dalalarning asosiy zararkunandalari chigirtka yoki qo'n'izlar emas, begemotlar hisoblangan.

1890 yilda Yaponiyadan Rossiyaga donishmand Fukurimi shaklchalari olib kirilgan. Hozirda bunday shaklchalarni biz matryoshka deb ataymiz.

Qadimgi Xitoyda ota-onalar uchun eng yaxshi sovg‘a tobut hisoblangan.

Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narhi 12 dollar bo‘lgan.

Qadimgi Rusda sarafan erkaklar kiyimi hisoblangan.

Dastlabki galsutklar Xorvatiyada paydo bo‘lgan. Aynan shuning uchun ham, ingliz tilida galstuk so‘zi – cravat (Xorvatiya – Croatia) bo‘lsa kerak.

XVII asrda termometrlarda simob o‘rniga Brendi ishlatilgan.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.