Kanal
Qiziqarli

Dunyodagi eng qimmat ayollar sumkalari

Dunyodagi eng qimmat ayollar sumkalari

Ushbu Mark Jeykobs tomonidan yaratilgan sumkaning qimmatbaho narxi va mashxurligi binafsharang timsoxning terisidan ishlanganiga  ham bog’liq. 

Fendi Sellerianing o’ziga xosligi shundaki , bu qimmatbaxo sumkaning materiali noyob hayvonlarning terilaridan yaratilganligidadir. Ushbu sumkaning ichi keng. Ko’p kerakli buyumlarni ichiga joylashtira oladi: xamyon, kalit, telefon, pardoz xaltasi va kerakli bo’lgan yana bir qancha buyumlar.

Bu ajoyib sumka Norvegiyalik  dizaynerning ijod maxsullaridan biri hisoblanadi. Sumkaning baxosi uning ilgakidagi oq tilla va 39 ta oq brilliant toshlar jamlanmasi tufayli ham baland baholangan. 

Ushbu qimmatbaho noodatiy sumka o’z ko’rinishida ko’p kichik sumkachalarni aks ettirgan. Uning narxi 42000 $ deb baholangan. Siz bundan tashqari yana huddi shu sumkani boshqacha joylashuvdagi ko’rinishini uchratishingiz ham mumkin. 

Agar siz olmos ilgakli, pushti sapfir va turmalin bilan bezatilgan mukammal gul ko’rinishidagi sumkani payqadingizmi, bilingki bu shubxasiz “Qimmatbaxo gul” sumkasidir. Ushbu takrorlanmas jozibaga ega sumka faqatgina yagona nusxada. 

Ushbu durdona yaratilishida ilhomlantiruvchi Djeyn Birkin bo’lib, uning nomi sharafiga shu nom berilgan.  Uning ilgaklarida 10 karatli brilliant yarqirab, ko’zni yashnatib turadi.  Asosiy material bu timsohning terisi va u narxga salmoqli tasir ko’rsatgan. Siz ushbu firmaning sumkasini taxminan 5000 dollardan yuqorisiga sotib olishingiz mumkin.

“Shaxarbop sumka” ni Louis Vuitton aslida eski tuski narsalardan vujudga keltirgan. Biroq ko’rib turganimizdek u dunyodagi eng qimmat yukxaltalardan biri.

Bir yilda faqatgina bir dona Kleopatra sumkasi yaratiladi. Lekin bu juda ajoyib! Modelning asosini kumush, metall, timsoh terisi tashkil qiladi. Tutqichi 1500 ta oq va qora brilliantlar hamda oq tilla bilan qoplangan. Aytishlariga qaraganda Lana Marks bir yil mobaynida faqatgina bitta insonga qizil yo’lakchada o’zi yaratgan brilliant durdona bilan paydo bo’lishga ruxsat beradi.

2007- yilda Akademiya mukofotini olish uchun yo’lakchada sumkacha bilan paydo bo’lishga Xelen Mirren 250 ming dollar to’lagan ekan. 

Diamond Forever sumkasida 300 tadan ko’p brilliant tosh jilolanib turadi. Oppoq tilla esa sumka tutqichini qoplagan. Dunyoga 13 ta Diamond Forever taqdim etilgan, lekin shunga qaramay uning uchdan biri AQSh da. 

Dunyo miqyosidagi eng qimmatbaho sumka. Platina va ikki mingta brilliant mana shu sumkaning asosidir. Sumkaning bahosi 1900000 $ ga yaqin. Uning jozibadorligi universalligidadir. Olmosli kamarini brilliant taqinchoq o’rnida ishlatsa ham bo’ladi.  8  karadli  noksimon shakldagi olmosi ham huddi shunday vazifani o’tay oladi.  

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish