Sharq ayollarining go'zallik sirlari

Qatiq –soch parvarishida ajoyib vosita. Qadim-qadimdan Sharq ayollari sochni qatiqda yuvishgan, bu esa o’z navbatida sochlarga tabiiy jilo bergan.
Shu o’rinda qatiq o’rniga kefir ishlatish mumkinmki, degan savol tug’ilishi tabiiy. Kefir tarkibiga turli kimyoviy qo’shimchalar qo’shilganligi sabab, u kutilgan natijani bermaydi.
Bundan tashqari sochlarga hina yordamida ham jilo berish mumkin. Xina takibida efir moylari va oshlovchi moddalar ko’p bo’lib, u sochga yengil qizg’ish tus beradi. Xina sochga surkalib, 10 daqiqa ushlab turiladi, so’ngra yuvib tashlanadi.

Sharq ayollarining har doim jilvakor ko’rinuvchi tiniq yuzlarining siri tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan niqobdandir.
Tiniqlashtiruvchi niqob esa quyidagicha tayyorlanadi:
Qahva quyqumiga ozroq tuz, dolchin va kurkum qo’shib aralashtirilib, yuzga surtiladi.
Yana bir niqob: 1 choyqoshiq shakar 1 choy qoshiq zaytun yog’i bilan aralashtiriladi.

Buning uchun qahva quyqumiga 1 choy qoshiqdan shakar, kurkum, dolchin va 1-2 choy qoshiq zaytun yog’i, yirik tuz solib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massa tanaga aylana harakat bilan surtilib, 10 daqiqa qoldiriladi. So’ngra iliq suvda yuvib tashlanadi.

Sharq go’zallari teridagi ortiqcha tuklardan shakar yordamida osonlikcha xalos bo’lishgan. Bu epilyatsiya metodi shugaring deya nomlanadi.
Buning uchun shakarga limon sharbati qo’shib, olovga qo’yiladi va shakar tilla rangga kirguncha eritiladi. Massa sovigach, muammoli joylarga surtiladi.

Tishlarni uy sharoitida oqartirish uchun Sharq ayollarining quyidagi retsepti yordam beradi deb o’ylaymiz.
Buning uchun quruq tish cho’tkasiga yogurt yoki smetanaga surtib, tishlar tozalanadi va 5 daqiqa qoldiriladi. So’ngra og’iz chayib tashlanadi.
Bu jarayon bir kunda 3-5 marta takrorlanadi. Ammo shuni unutmang, tishlarni ushbu usulda tozalash haftada bir marta amalga oshirilishi mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.