Kanal
Qiziqarli

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Fransuz tili - buyuk olimlar hamda faylasuflar so‘zlashgan til bo’lish bilan birga roman tillari guruhiga tegishli sanaladi. Dunyoning 29 ta mamlakatida yashovchi insonlar mazkur tilda muloqot qiladilar. Fransuz tilidagi eng qiyin narsa - so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Tilni o‘rganishga endi kirishgan insonlar unli harflar tufayli juda ko‘p adashib qolishadi. Fransuz tili dunyodagi eng ko‘p o‘rganilgan tillar qatorida ingliz tilidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. 

Og‘zaki norveg tilida aniq bir tasdiqlangan standart mavjud emas. Shu sababli muloqot vaqtida juda ko‘p qiyinchilik yuzaga keladi. Norvegiyaning bir shahrida tilni o‘rganib olib, mamlakatning ikkinchi burchagiga yo‘l olsangiz, bu yerliklar sizni tushunmasliklari ham mumkin. Norveg tilida shevalar haddan tashqari ko‘p.

Nemis tilida ham shevalar yetarlicha. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun 44 ta tovushni o‘rganish kerak. Nemis tili grammatik jihatdan ham biroz qiyin tuyulishi mumkin. Mazkur tildagi so‘zlar haddan tashqari ko‘p turlanishi sababli ham o‘rganish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keladi. 

Ivrit — dunyodagi eng qadimiy til sanaladi. Uning yozilishi ham, grammatikasi ham tilni o‘rganish vaqtida katta qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Harflarning barchasi bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi, bundan tashqari ivrit tilidagi matnni o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerak. 

Bu ham dunyodagi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Rasman mazkur tilda so‘zlashuvchilar faqat Islandiyada yashashadi. Tilning asos grammatikasi 10 asrdan beri deyarli o‘zgarmagan, leksikasi haddan tashqari qiyin, ushbu tilni mustaqil ravishda o‘rganish imkonsiz. 

Rus tili ham o‘rganish uchun qiyin sanaladi. Bu ayniqsa, tilni o‘zlashtirish istagidagi xorijliklarga tegishlidir. Tovushlar va harflarning ko‘pligi, urg‘u tushunchasi, sinonimlar ham o‘quvchilarni juda ko‘p adashtiradi. 

Dunyodagi eng murakkab tillardan biri - arab tili hisoblanadi. Arab tilining yozuvi haddan tashqari qiyin. Aslida arab alifbosidagi harflar soni 28 ta, ammo ular so‘z boshida, o‘rtasi va oxirida kelishiga qarab turlicha yoziladi. Fonetikada ham o‘ziga xosliklar yetarlicha.

Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida Ginnes Rekordlari kitobiga kiritilgan. Xitoy lug‘atlarida 85 000 tadan ortiq ierogliflar mavjud, ammo so‘zlashuvda ularning 7000 tasi ishlatiladi. Ularning har birini eslab qolish lozim. Ierogliflarni to‘g‘ri yozish esa butunlay boshqa masala. Fonetikada to‘rt hil ohang mavjud bo‘lib, bitta so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish orqali uning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkin. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish