Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni go‘zal ko‘rsata oladi!

Ushbu vosita yordamida nafaqat tonal vositasini teri ustiga surtish, balki yuzni yengil va tabiiy krem qatlami bilan qoplab olish mumkin. Bundan tashqari sponjlardan yuzni konturlash, yonoqlarga urg‘u berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Xo‘sh, do‘konlardagi turli-tuman sponjlar orasidan o‘zingizga keraklisini qanday qilib tanlash mumkin?

Sponj qanday shakl yoki o‘lchamda bo‘lmasin, kichik gubka bo‘lagidan boshqa narsa emas. U quruq va kremsimon vositalarni teri yuzasiga surtish uchun ishlab chiqilgan. Rumyana, tonal kremlar, xaytayler, konsiler ham shular sirasiga kiradi.

Sponjlar turli materiallardan - lateks, paxta, sellyuloza, porolondan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi porolon eng universal vosita hisoblanadi. Bu turdagi sponjni istalgan turdagi krem va pardoz vositasini surtish uchun qo‘llasa bo‘ladi.

Shakl masalasiga kelsak, bu boradagi eng ommabop ko‘rinish - tuxumsimon shakl sanaladi. U pardoz vositalarini yengil va tabiiy ko‘rinishda bo‘lishiga yordam beradi, burun chetlari, ko‘z burchaklariga ham "yetib bora oladi" va ularni mukammal holatda pardozlaydi.

Avvalo surtilishi kerak bo‘lgan vosita tarkibiga diqqat qiling. Agar u suyuq ko‘rinishda bo‘lsa, sponjni suv ostida chayib olasiz va qattiq siqib, pardozni boshlaysiz.
Tonal vositasini kaftning yuqori tomoniga ozroq chiqarib olgancha unga sponjni tekkizib olish kerak bo‘ladi.
Jarayon yegil harakatlar bilan uqalovchi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim. Agar sizning sponjingiz tuxumsimon shaklda bo‘lsa, uning qalin tomoni yuz perimetri, uchli tomonini esa ko‘zlar osti, burun chetlari uchun qo‘llang.

Sponj uchun alohida idish ajratib qo‘ygan ma’qul. Ana shunda u pardoz qutichasidagi changni o‘ziga tortib olmaydi.
Vositani har ikki oyda bir marta almashtirish kerak. Garchi yangiday turgan bo‘lsa ham, sotib olganingizga ikki oy to‘lgan bo‘lsa, yangi sponj harid qilishni unutmang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.