Kanal
Foydali

Tez va bexato: shaffof oynalar va ramalarning qordek oppoqligiga erishish yo’lidagi 7 qadam

Tez va bexato: shaffof oynalar va ramalarning qordek oppoqligiga erishish yo’lidagi 7 qadam

Nimani va qandaybajarish kerakligini bilsangiz, oynani yuvish hech qanday mashaqqatni talab qilmaydi. Buning uchun esa mana bular kerak bo’ladi:

Oyna xaqiqatdanham top-toza bo’lishi uchun uning ramasini, aynan har bir burchagi va tirqishini ham unutmaslik kerak. Deraza - bu faqat oyna degani emas. Derazaning ichidagi pana joylarida juda katta miqdorda chang to’planadi. Bu juda xavfli yuk vaundan iloj bor qadar tezroq qutilish kerak.

Oynalarni quyosh chiqqan ob-havoda yuvish juda yaxshi g’oya emas, albatta.  Buni tashqarida bulutli ob-havo bo’lgan paytda amalga oshirilgani ma’qul. Chunki, quyosh nurlari va havoning yuqori harorati spreyning juda tez qurib qolishining sababi bo’ladi. Qurib qolayotgan sprey o’zidan keyin izlar qoldiradi.

Derazani to’g’riva sifatli yuvish uchun uyda atigi beshta narsa bo’lishi kerak. Bularga latta, oshxona gubkasi, mikrofibra mato bo’lagi, oyna artuvchi moslama va istalgan ishqorli vosita kiradi. Sanab o’tilganlarning o’zi kifoya.

 

Ko’pchilik oynalarni tozalash uchun latta va eski gazetalardan foydalanadi. Aslida esa bueng tejamkor usul emas. Buning o’rniga oyna artuvchi moslamani sotib olish ancha samaraliroq bo’ladi. Har qalay, uyingizda atigi bir dona deraza emasdir,axir.

Oynada izlar uchxil bo’ladi: kir yaxshi yuvilmagan, yuvish vositasi yaxshilab yuvib tashlanmagan (keyin shoshilishda quritmay turib artib tashlangan), oynani oxirgi artilishi ho’l mikrofibra mato bo’lagi bilan artilgan.

Derazani to’g’ri yuvish ramadan boshlanadi. Keyin barcha rezinka va dastaklarini yuvilishi kerak. Shularning hammasi baharilib bo’lgandan keyingina oynani yuvishga o’tiladi. Bundan tashqari, ramalarni 2-3 marta yuvilgani afzalroq, chunki ularyillar o’tgan sayin ko’proq ifloslanib boradi. Agar qo’l ostingizda oyna yuvish uchun maxsus vosita bo’lmasa, idish yuvish vositasini ishlatsa ham bo’ladi.

Oynaning o’zi bilan ishlayotgan paytda uning butun yuzasi bo’ylab  gubkani bostirib yurgizish lozim. Shuningdek, yaxshilab yuvib tashlanmagan tozalash vositasi ham iz qolishining sababchisi bo’lishi mumkinligini unutmasligimiz kerak. Hamma narsa to’g’ri va sifat bilan bajarilgandan keyin uni quritib sayqallash qoladi, xolos. Ana endi, hormasinlar, bekajon! 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish