Kanal
Sayohat

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

9 aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.

2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi. 

3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.

4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.

 5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan. 

6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan. 

7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan. 

8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan. 

9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.

10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.

11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.

12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.

13. 1996 yilda "Amir Temur" ordeni ta’sis etilgan.

14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.

15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.

 

 

 

XIV    asr    o‘rtalarida     Chingizxon       egallab     olgan   yerlar    uning merosxo‘rlari  taxt, hokimiyat  uchun  o‘zaro nizolar  kuchayib  ketgan edi.  1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Mo‘g‘liston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chig‘atoy avlodidan Tug‘luq Temur ko‘tarildi. Tug‘luq Temur  dastlabki     davrlardanoq o‘z  yerlarini  kengaytirish  maqsadida Movarounnahr yerlariga birnecha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o‘zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda  tarix  maydoniga mo‘g‘ul  bosqinchilariga  qarshi kurashda  nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. Amir  Temur Shahrisabz  yaqinidagi  Xo‘ja Ilg‘or  qishlog‘ida  Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 sha’bon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag‘ay bahodir Qashqadaryo vodiysidagi barlos urug‘ining boshlig‘i bo‘lib, Xoja ilg‘or qishlog‘idan edi. Onasi esa Takina Moh begim bo‘lgan. Amir  Muhammad  Tarag‘ay avvalo  komil  musulmon va  bahodir  jangchi bo‘lgan. U o‘z zamonasining obro‘li, e’tiborli, ziyoli o‘ziga to‘q shaxslaridan bo‘lgani  uchun Temur  yoshligida  oilasida yaxshi  ta’lim  va tarbiya  ko‘rgan.

 

Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullandi. Temur 16-18   yoshida    qilichbozlik,     nayzabozlik   va   shikor  qilish san’atini  mohirona   egallaydi  va  20   yoshida  esa   abjir   chavandoz bo‘lib yetishadi.  Endi  u  o‘z  tengqurlarini guruhlarga  bo‘lib,  jang mashqlarini  o‘tkaza boshlaydi. Amir  Temurning  amakisi hoji  Barlos  Kesh shahrining  hokimi  edi. Temur yoshligidanoq harbiy  mahoratga ega shaxs  bo‘lib, u o‘z atrofiga  barlos urug‘idan  chiqqan yosh  jangchilarni  to‘plagan edi.  1360-1361  yillarda Tug‘luq Temur  hech  qanday qarshiliksiz  Movarounnahr  yerlariga bostirib  kirganida Hoji  Barlos Xurosonga  qochadi.  Vatanparvarlik milliy    g‘urur  va  iftixor hissiyoti  kuchli  bo‘lgan  yosh   Temur   esa  amakisi   hokimlik  qilib  turgan yerlarini dushman qo‘liga bermaslik uchun Tug‘luq Temur xizmatiga kiradi va tez  orada  uning ishonchini  oqlab,  Kesh viloyati  yerlariga  hokimlik qilish uchun yorliq oladi. 

Amir Temurning  bu  ishi Movarounnahrda  siyosiy  tarqoqlik o‘zaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-birto‘g‘ri yo‘l edi. Chunki   Movarounnahr   amirlarining   Tug‘luq   Temurga  qarshi   bosh   ko‘tarib chiqishi  mug‘ul  bosqinchilarining  Movarounnahr   yerlarini   yana  bir   bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi. Tug‘luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o‘g‘li Ilyosxo‘jaga  topshiradi.  Lekin Temur  Ilyosxo‘jaga  xizmat qilishdan  bosh tortib, o‘sha vaqtda Balx hokimi bo‘lib turgan Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn  bilan ittifoq  tuzadi.  Temur o‘z  hokimiyatini  mustahkamlash maqsadida mo‘g‘ullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo‘lgan janglarning birida, aniqrog‘i Seyistonda turkmanlarga qarshi bo‘lgan janglarda o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralanib bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.

 

1363 yilda Tug‘luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo‘lgan kurashlarni kuchaytirib  yuboradi. Lekin    mo‘g‘ul   bosqinchilari  osonlikcha  Movarounnahr yerlarini  bermasliklari ma’lum  edi.  Shu munosabat  bilan  Amir Temur  va Tug‘luq  Temur vafotidan  so‘ng  Movarounnahrdan  haydalgan Amir  Husaynning birlashgan  qo‘shinlari 1365  yilda  Ilyosxo‘ja qo‘shinlariga  qarshi  ittifoqlikda kurash  boshlaydilar. Toshkent  va  Chinoz oralig‘ida  bo‘lgan  mashhur «loy  jangi» ittifoqchilar  o‘rtasidagi kelishmovchilik  tufayli  mag‘lubiyat bilan  tugaydi. 

 

Ushbu voqealardan  so‘ng  Amir Husayn  va  Amir Temur  o‘rtasida  dastlabki  ixtilof   boshlanadi.      «Loy   jangi»da     g‘alabaga    erishgan  Ilyosxo‘ja  uchun  Movarounnahrga keng yo‘l ochilgan edi.

 

       U  katta qo‘shinlar  bilan  Samarqandga yurish  boshlaydi.  Bu paytda  Samarqanddagi  Mavlonzoda va  Abu  Bakr boshliq  sarbadorlar  Ilyosxo‘jaga qarshi  chiqadilar.     Mahalliy  aholining  vatanparvarlik       namunalarini  ko‘rsatib qarshilik  qilganliklari  tufayli Samarqandni  bir  oz qamal  qilib  turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo‘ladilar.

      Movarounnahrda mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alaba haqida xabar eshitgach,  Amir  Temur va  Amir  Husayn Movarounnahrga  yo‘l  olib Samarqand  yaqinidagi  Konigil  degan   joyda   sarbadorlarning   rahbarlari  bilan   uchrashadilar.   Bu uchrashuvda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo‘li bilan  o‘ldiriladi.  Movarounnahrda  Samarqand taxtini  Amir  Husayn egallab,  uning  hukmronligi tiklanadi.  Shu  vaqtdan boshlab  Amir  Husayn va  Amir Temur o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.

 

       Bu  vaqtga kelib  butun  Movarounnahr yerlarida  o‘zaro  urushlardan so‘ng  ijtimoiy-iqtisodiy   ahvol  og‘irlashib   ketgan   edi.  Mana   shunday   bir  vaqtda,  mamlakatda  o‘zaro urushlarga  barham  beradigan markazlashgan  davlat  tizimini barpo  etish  nihoyatda zarur  edi.  Buni birinchi  bo‘lib  anglagan Amir  Temur   Amir Husaynga  qarshi  zimdan kurash  olib  borib 1370  yilda  Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq bo‘ladi.

Vatan  haqida   qayg‘urish,   Vatan  mustaqilligini   tiklash   haqidagi fikrlar  shu  yillar yuzaga  chiqib,  Amir Temur  Balx  shahrida chaqirilgan  qurultoyda Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Biroq  mamlakatda ahvol  og‘ir  edi. Movarounnahr  hududi  hali mo‘g‘ul  istilochilaridan   batamom    xalos   bo‘lmagan,  qashshoqlikka       mahkum     etilgan mehnatkash  xalq  og‘ir kunlarni  boshidan  kechirmoqda edi.    Amir  Temur taxtga  o‘tirgach,  birinchi harakatni  mamlakatni  mo‘g‘ul istilochilaridan  ozod  qilib, mustaqil  markazlashgan  davlatni   barpo  qilishga    qaratdi.  Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib qoidalar joriy qildi. 1370  yildayoq Amir  Temur  Samarqand shahar  devorini  qurdirishga 

kirishadi. Shuningdek, qo‘rg‘on va saroylar binoqildiradi. Bu qurilishlar  mo‘g‘ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.

Amir  Temur   O‘rta   Osiyoda  markazlashgan   davlat   tashkil  qilishda, ma’rifat ishlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynadi.

      Temur     o‘z   tasarrufida      markazlashgan        davlatni     yuzaga   keltirish  maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib o‘tib, uni Movarounnahrning  poytaxtiga aylantiradi.  Sohibqiron  aniq, muloxazalari    bilan    xalqni zulmdan  ozod qilish  va  uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo‘lgan yerda markazlashgan   davlat  tuzish   mushkulligini   sezganligi  sababli   dastlab mamlakatni  tashqi xavfdan  saqlash  maqsadida asosini  barlos  urug‘lari tashkil  etgan yengilmas  va  jangovor milliy  qo‘shin  to‘zadi, ularga  katta imtiyozlar beradi.

      Temur  davlat boshqaruvida,  ichki va  tashqi  siyosatda asosan  o‘z  qo‘shinlariga suyanganligi  sababli harbiy  islohotga,  ya’ni qo‘shin  boshliqlarini  tanlash, lashkar  qismlar, ularning  joylashishi,  askarlarning qurollanishi  va  harbiy intizom  masalalariga keng  e’tibor  bergan. U  qo‘shinlarini  o‘nlik, yuzlik, minglik kabi  askariy  birikmalarga bo‘lgan.  Uning  uchun har  bir  askar jang qilish  uslublarini  yaxshi bilishi  farz  hisoblagan. Amir  Temur  lashkarlarga ham katta  e’tibor berib,  ular  nizomni qat’iy  bajarishi,  jangda ayovsiz  va  dovyurak bo‘lishi,  dushmanga  yumshoq muomalali  va  adolatli bo‘lishi  lozim  deb hisoblardi.   Ibn   Arabshohning   yozishicha,  Temur   askarlari   ichida  taqvodor, saxovatli, xudojo‘y  kishilar  ko‘p bo‘lgan.  Ular  bechoralarga xayru  ehson ko‘rsatish, boshgaog‘ir kunlar tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada  bo‘lish va  ularni  ozod etishga  odatlanganlar.  Amir Temur  doim  jangda jasorat  ko‘rsatgan  amirlar va  askarlarga  alohida e’tibor  bilan  qaradi.  

Natijada Sohibqiron  uyushqoqlik  hukm surgan  yuz  minglik qo‘shinlari  ichida  intizomni  mustahkamlash   bilan  o‘z  davlatining   poydevori   bo‘lgan  qo‘shin  tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Temur Movarounnahr  taxtini  egallagan vaqtdan  boshlab,  o‘z davlati  chegaralarini   mumkin  qadar   kengaytirishga   kirishadi.  Shu   maqsadda   u Amudaryo va  Sirdaryo  oralig‘idagi yerlarni  o‘z  tasarrufiga oladi.  Xorazmga  besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda unibutunlay bo‘ysundiradi, bu yerda hukmronlik  qilayotgan  sufiylar sulolasini  tugatadi.  Temur o‘zining   uch  yillik   (1386-1388),   besh   yillik   (1392-1398),   yetti   yillik   (1399-1405) yurishlari davomida  Ozarbayjonda  jaloyirlar, Sabzavorda  sarbadorlar  davlatini, Hirotda  kurdlar  davlatini tugatib,  Eron  va Xurosonni  o‘z  tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda OltinO‘rda xoni To‘xtamishga qarshi yurish  qilib,  uning ko‘p  sonli  qo‘shinini mag‘lubiyatga  uchratadi  va Oltin  O‘rda hududini egallaydi.Temurning bu g‘alabasi Oltin O‘rdaga juda katta zarba  berish  bilan birga  Temur  qo‘shinlarining  Volga daryosi  bo‘ylarida  bemalol yurishlariga ham keng yo‘l ochdi. Ta’kidlash joizki, Temurning bu g‘alabalari tarix sahnasida ulkan ahamiyat kasb etdi.

      AmirTemur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda  Suriyaga qilgan  yurishida  g‘alaba va  Bayrut  shaharlarini, 1401  yilda  Damashq shahrini egallaydi. 1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi  yurishida  uni   mag‘lubiyatga   uchratdi.  Bu   g‘alaba   bilan  Temur   Yevropaning  usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o‘nyillar orqaga surib yubordi.

       Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun harbiy  taraddud   ko‘radi.   Shubhasiz,  Temur   bu   yurish  uchun   o‘zoq   yillar tayyorlanib,   jang  uchun   kerakli   bo‘lgan  ma’lumotlarni   yillar   davomida to‘plagan  edi. 1404  yilda  Temur 200  minglik  qo‘shin bilan  Xitoy  safariga otlandi.  Ammo  Temurning qattiq  betobligi  tufayli uning  qo‘shinlari  1405 yilning   yanvar   oyida  Xitoyga   yaqin   bo‘lgan  chegara   shahar   O‘tror  shahrida  to‘xtaydilar  va shu  yerda  1405 yilning  18  fevralida buyuk  sohibqiron  Amir Temur vafot etadi. Vafotidan oldin o‘g‘illariga shunday vasiyat qiladi:

 

      “O‘g‘illarim!   Millatning   ulug‘  martabasini,   saodatini   saqlamoq  uchun   sizlarga  qoldirayotgan vasiyat  va  tuzuklarni yaxshi  o‘qing,  aslo unutmang  va  tadbiq eting.  Millatning  dardiga darmon bo‘lmoq  vazifangizdir.  Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang.  Adolat va Ozodlik  dasturingiz, rahbaringiz  bo‘lsun.  Faqat vasiyatimda  sizga  idora shaklini,  uning  ilkularini ko‘rsatdim.  Bularga  sodiq qolsangiz  tosh  boshingizga tushmas...”

       Saroy  Mulk  xonim Chig‘atoy  ulusiga  mansub bo‘lgan  mo‘g‘ul  xonlaridan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan edi. Saroy Mulk xonim balog‘atga  yetgach, 1355 yilda  amir Husayn o‘z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl  qilingach, Amir  Temur  nikohiga kiradi.  Zotan,  sohibqiron Amir  Temur  mazkur Saroy Mulk xonim tufayli “Kuragon” unvoniga musharraf bo‘ladi. Kuragoniborasi  mo‘g‘ulcha  so‘z bo‘lib,  “kuyov”  degan ma’noni  ifodalar  edi. Saroy  Mulk  xonim xon  avlodiga mansub bo‘lgani tufayli haramdagi barcha malikalardan ulug‘ hisoblanib, “katta  xonim” (Bibixonim)  degan  unvonga ega  bo‘ldi .  Saroy Mulk  xonim  o‘z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi bo‘lgan. 

Shuningdek, husn-latofat  bobida  ham benazir  bo‘lgan.  Amir Temur  o‘zining  ulug‘ bekasi Saroy Mulk xonimga atab 1399-1404 yillar mobaynida Samarqanddamashhur

Bibixonim  masjidini   qurdirgan   edi.  Sohibqiron   Amir   Temur  Saroy   Mulk  xonimdan farzand ko‘rmagan.

 

 

       Amir Temurning xaramlaridan yana biri Cho‘lpon Mulk Og‘o begim bo‘lib,  Hojibek  mo‘g‘illarining        qizi    edi.  U   nihoyat  darajada go‘zal  edi.  U  sohibqironning  1391 va  1394  yillardagi harbiy  yurishlarida  birga yurgan. Ibn Arabshoxning ta’kidlashicha, go‘yo  vafosizlik qilgani  uchun Temur  uni o‘zi bo‘g‘ib  o‘ldirgan deydi. 

       Temur xaramlaridan ya’na biri Dilshod Og‘o begim bo‘lib, Sulton Uvays Shayx  Hasan Jazoyiring  qizi  edi. U  776/1374  yilda Amir  Temur  nikohiga kiradi  va 785/1383  yilda  kasal bo‘lib  o‘ladi.  Undan farzand  bor  yo‘qligi no’malum. 

      Sohibqironing  suyukli  xotinlaridan  biri  -  Tuman Og‘o begimdir. 

TumanOgo begim Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizidir. Xonimga jiyan o‘rnidadir.  Tuman  Og‘o 1366  yilda  tug‘ilib, 1378  yilda  12 yoshida  Amir Temurga  nikoh      qilingan.   U  xusnda   tengi   yo‘q  bo‘lgan.   Uning   sharifaga Samarqandda  maxsus  Bog‘i bihishitni  barpo  ettirgan. Temur  vafotidan  keyin Xalil Sulton 1406 yilda Shayx Nuriddin bilan bo‘lgan jangda yengilib, Tuman Og‘o  begimni  xotinlikka berishga  majbur  bo‘ladi. Shayx  Nuriddin  vafot etgach  uni Xirotga olib keladilar. 

       AmirTemurning yana bir xotini Tukal xonimdir, Hizr Xo‘janing qizi edi.  800/1397 yilda  sohibqiron  Amir Temur  Konigulda  katta to‘y  o‘tkazib,  Tukal xonimni o‘z nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi bo‘lganitufayli)  Saroy  Mulk xonimdan keyingi o‘rinda  turgan,  ya’ni "kichik xonim" deb atalgan.  1397  yilda sohibqiron  Tukal  xonim sharafiga  Samarqandda  "Bog‘i dilkusho"ni  barpo ettiradi. 

       Ibn  arabshohning yozishicha,  1408  yilda Xalil  Sulton  Mirzoning xotini Shod Mulk begim Tukal xonimni zaharlab o‘ldirgan. Sohibqironingkeyingi paytlarda olgan xotini Ruh Parvar Og‘o bo‘lib, Amir  Temurning xoz  kanizlaridan  edi. Rux, Parvar  Og‘o ham  yosh  va go‘zal  ayol  bo‘lgan. Uning sohibqirondan farzandi bo‘lmagan.

      Amir  Temur  vafotidan so‘ng  Ruh,  Parvar Og‘oni  Amir  Hamza Sulduz xotinlikka olgan. Amir Hamza Sulduz vafotidan keyin Ruh ParvarOg‘oni amir  Ali Tarxon o‘z nikohiga oladi. Ali Tarxon vafotidan keyin Ruh, Parvar Og‘oni amir Hasan So‘fi o‘z haramiga olgan. Ruh, Parvar Og‘o 1423 vafot etgan .

 

O‘gi  Begi  Xonim Amir  Temurning  katta qizidir.  O‘gi  Begi Xonimning  onasi Turshush Og‘adir. Shuningdek, O‘gi Begi Xonimning qaysi yilda tug‘ilgani  haqida aniq ma’lumot yo‘q. 

       1382yilda O‘gi Begi Xonim to‘satdan og‘ir bedova kasalga uchraydi shu  yil oxirida vafot etadi. 

      Sulton  Baxt  begim Amir Temurning  ikkinchi  qizidir. Sulton  Baxt  begimning onasi sohibqironning ikkinchi xotini O‘ljaoy Turkon Og‘o begim edi. 

U 1366 yildayoq vafot etganligi ma’lum. Sulton Baxtbegimning tug‘ilgan yilini  1360-1366yillar orlig‘i deb taxmin qilish mumkin.

Muhammad Jahongir Mirzo Amir Temurning katta o‘g‘li bo‘lib 1356 yil  tug‘ilgan, uning onasiTurmish Og‘odir. 1373 yil  yilda  Jahongir Mirzo  Xorazm  shohi Husayn  So‘fining  qizi Sevinch bekani o‘z nikohiga oladi. 

   1374 yilJahongir Mirzo Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk Og‘oga uylanadi.  Undan tug‘ilgan o‘g‘ilga Pir Muhammad Mirzodeb ism qo‘yishadi. Ammo u 1376 yil  20yoshida kasal bo‘lib o‘ladi. 

       Muhammad Sulton Mirzo Jahongir Mirzoning katta o‘g‘li. U 1376 yil  Yusuf So‘fining qizi Xonzodaga uylanadi. AmirTemur taxt vorisi deb bilgan uni. 1399  yil  Temur jangga  ketayotib Samarqand  taxtini Muhammad  Sulton Mirzo  ishonib topshirib ketadi. Muhammad SultonMirzo bilan amakivachchasi Iskandar Mirzo bilan o‘rtasida kelishmovchilik tufayli amakivachchasini qatl qildiradi. 

      1402   yilda   Boyazid  Yildirimga   yurishda   Temur  farmoniga   muvofiq  ishtirok etadi  va  qishda qattiq  kasal  bo‘lib o‘ladi  va  uning jasadi  Oqsharga  jo‘natiladi. 

       Pir Muhammad Mirzo Jahongir Mirzoning 2 o‘g‘li bo‘lib Baxt Mulk Og‘oning  o‘g‘lidir.1392  yilda bobosi  Temur  G‘azna, Qobul,  Zobiliston,  Qandaxar joylarini topshiradi. U Temurning Hindiston yurishida Qo‘sh qanot bo‘lgan.

       Bobosi vafotidan keyin Samarqand uchun voris edi, ammo Xalil Sulton  taxtni egallab bo‘lgan  edi.  UShoxruh Mirzo  bilan bitm  to‘zib Xalil  Sultonga qarshi  kurash uchun  bitim  to‘zadi. 1406  yilda  2 o‘rtada  jang  bo‘ladi va  Xalil  Sulton g‘olib  bo‘ladi.  1407 yilda  Pir  Muhammad Mizoning  vaziri  amir Pir  Ali Toz tomonidan bo‘g‘ib o‘ldiriladi. 

      Pir  Muhammad Mirzodan  7  o‘g‘il qoladi.  Qaydu  Mirzo, Bo‘zanjir  Mirzo, Holid  Mirzo, Sa’d  Vaqqos  Mirzo, Qaysar  Mirzo,  Jahongir Mirzo,  Sanjar  Mirzo.

      Muhammad Jahongir Mirzo Sulton Mirzoning katta o‘g‘lidir. Muhammad  Jahongir Mirzoning nabirasi va u 1396 yilda tug‘ilgan. 1409   yil   Xalil  Sulton   taxtdan   tushurilgach   taxt  Ulug‘bek   Mirzoga beriladi vaunga Hisor hokimligi beriladi. 

      Uumrining oxirigacha Hisorda hukumronlik qiladi va 1433 yil 38 yoshida  vafot  etadi.  Uning    Muhammad  Sulton   Mirzo    va Xalil   Sulton  ismli o‘g‘illari qoladi. 

     Muhammad  Sulton  Mirzo 1423  yil  tug‘ilgan. U  otasidan  qolgan Hisori Shonmonda hayot kechiradi va 1448 yil vafot etadi. Undan farzand bor yo‘qligi  noma’lum.

       Sa’dVaqqos Mirzo Muhammad Sulton Mirzoning 2 o‘g‘li. Amir Temurning  katta o‘g‘li Muhammad Jahongirning nabirasidir. U 803/1400 yilda tug‘ilgan. U biron viloyatda hukmdor bo‘lmagan. 

     Yaxyo   Mirzo   Muhammad    Sulton    Mirzoning    3 o‘g‘li.  U   haqida  aniq ma’lumotlar yo‘q. U 1408 yilda 10 yoki 8 yoshida vafot etgan.

      Xalil Sulton Mirzo Muhammad Jahongir Mirzoning 2 o‘g‘lidir. Halil  Sulton Mirzo ham akasi kabi Hisori Shodmonda hayot kechirib, 1459 yilda vafot  etadi. Halil Sulton Mirzodan bir o‘g‘il bir qiz qoladi.

      Muhammad Umar Mirzo Xalil Sulton Mirzoning o‘g‘li bo‘lib 1442 yilda  tug‘ilgan va Sulton Boyqaro huzurida mulozamatda bo‘lgan.

      U bir necha bor Boyqaroga isyon ko‘taradi va bunda Boyqaro isyonni bartaraf etadi. U1471 yil Faroh, qo‘rg‘onini musodara qiladi va Muzaffar boshchiligida  qo‘shin jo‘natadi va u ajal sharobini ichib vafot etadi. 

      Qaydu  Mirzo  Pir Muhammad  Mirzo  Qobuliyning to‘ng‘ich  o‘g‘li  bo‘lib, Temurning  o‘g‘li Jahongir  Mirzoning  nabirasidir. U  1396  yilda tug‘ilgan. 

Afg‘oniston yerlarini  suyilgor  tarzida boshqardi  hamda  otasiga mulozim xizmat  qilgan.  Unga nisbatan  bir  necha amirlar  isyon  ko‘taradi. Maqsad  ukasi  Sanjar Mirzoni ko‘tarish edi. Shu asnoda uo‘z yerlarini mustahkamlab oldi va u yerlariga    mustaqil    ravishda     hukmronlik     qilish    orzusi    tushdi.    Elchilik mulozamatlarida Shoxruh Mirzo bilan gapi qochadi va Qaydu Mirzoni ushlab 1417 yilda Xirotda barcha gunohlaridan kechadi va qoldiradi. 1418 yil Qandaxorga  qochadi. Shoxruh Mirzo o‘g‘li bilan sipoxlarni jo‘natadi va uni ushlab kelishadi. Shoxruh Mirzo uni Ixtiyoriddin qal’asida tashlaydi vashu yerda vafot etadi.

       Holid Mirzo  Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 2o‘g‘li bo‘lib 1399 yil  tug‘ilgan. U hamShoxruh Mirzo mulozimatida bo‘lgan. U 1427 yilda kasal bo‘lib o‘lgan. 

       Qaysar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 4 chi o‘g‘li bo‘lgan. 1401 yilda  tug‘ilgan. U  hech  qayerda hukmronlik  qilmagan.  U ham  Shoxruh  Mirzo huzurida ishlagan. 1424 yilda vafot etgan.

       Bo‘zanjar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 5-o‘g‘li bo‘lib, 1402yilda  tug‘ilgan.  U  hech  qayerda hukmronlik  qilmagan.  U ham  Shoxruh  Mirzo huzurida ishlagan. 1422 yilda vafot etgan.

       Jahongir Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 6-o‘g‘li bo‘lib, 1402  yilda tug‘ilgan.  U  ham hech  qayerda  hukmronlik qilmagan.  U  ham Shoxruh  Mirzo  huzurida ishlagan. 1433 yilda vafot etgan.

       Sanjar  Mirzo  Pir Muhammad  Mirzo  Qobuliyning 7-o‘g‘li  bo‘lib,  1403 yilda tug‘ilgan.  U  akasi    Qaydu    Mirzo   saroyida    mulozamatda    bo‘lgan. U  isyoni   kechirilib,  Shoxruh   Mirzo   o‘z  huzurida   olib   qoladi.  U   umrining  oxirigacha xoqon mulozamatida bo‘lib, 1429yilda Xirotda vafot etadi.

 

   Umar  Shayx Mirzo  Amir  Temurning 2-o‘g‘li  bo‘lib  1356 yilda  tug‘ilgan. Umar ShayxMirzoning onasi To‘lin Og‘odir. Umar Shayx Mirzo harbiy ishlarga iqtidori yuksak bo‘lib, mohir chavandoz va  tolmas jangchi  bo‘lgan.  Shu bois  bo‘lsa  kerak, uning  jangovarlik  faoliyati haqida ko‘pgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan. 

       1370 yilda sohibqiron Amir Temurning Husayn ibn Musallabga qarshi olib   borgan  jangida   15   yoshli  Umar   Shayx   Mirzo   alohida   jangovarliknamunasini ko‘rsatgan. Shuningdek, u Farg‘onada   mo‘g‘ullarga   qarshi  ko‘pgina  janglarda  ishtirok etadi.  U  o‘zining mardligi  bilan  sohibqiron qo‘shinida  ustuvor sarkarda bo‘lgan.

      Umar  Shayx Mirzo  Sirjon  qal’asini muhosara  qilish  ishini amir  Idigu  barlosga topshirib, o‘zi Sherozga keladi. Sherozda  ishonchli kishilardan amir Sanjaq  huzuriga  kelib, uni  fors  mamlakatlarini  zabt qilish  ishiga  mutassadi qilib,  so‘ngra  otasi sohibqironning  huzuriga  jo‘naydi. Umar  Shayx  Mirzo Kurdistondan o‘tib borayotganda, yo‘lchekkasidagi Harmotu qal’asiga ko‘zi tushadi. Qal’ani yaqinroqdan tomosha qilish niyatida bir tepalikka chiqib, qal’a tomon nazar tashlaydi. Shu payt qal’a ichidan otilgannogahoniy  o‘q Mirzoning qulog‘i tagidagiko‘k tomiriga kelib tegadi va Umar Shayx Mirzo shu zahoti jon beradi. 

       Umar  Shayx Mirzo  jasadini  avval Sherozga  muvaqqad  dafn qiladilar. Keyinchalik  marhum  Umar Shayx  Mirzoning  xotinlari Sevinch  Qutlug‘ Og‘o begim, Beka Mulk Og‘o begim va Mulkat Og‘o begimlar hamda hali voyaga yetmagan (sag‘ir)  o‘g‘li  Iskandar Mirzolar  jasadni  Sherozdan Keshga  (Shahrisabz) olib keladilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan daxmaga dafn qiladilar. 

     Marhum  Umar  Shayx Mirzodan  olti  o‘g‘il qoladi.  Ularning  kattasi Pir Muhammad  Mirzo  16  yoshda  edi.   Undan  keyingilari  Rustam Mirzo,  Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar edi.  Amir Temur Fors    mamlakatining    hukmdorligini     16  yoshli    Pir   Muhammad    Mirzoga  topshiradi.

       Pir Muhamad Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta o‘g‘li bo‘lib, 1379 yilda tug‘ilgan.  Otasi  vafotidan so‘ng  fors  xukmronligi unga  topshiriladi.  Sherozga xukmronlik qila boshlaydi.

 

      1400   yilda   Amir  Temur  Pir   Muhamad  Mirzoni harbiy   yurishlariga chaqiradi. Pir Muhamad Mirzoo‘zini kasallika solib bormaganligi sababli uni hokimlik  vazifasidan chetlashtiradi.  Faqat  1403 yilda  Pir Muhamad  Mirzoga Sherozni qaytarib beradi. UkasiIskandar Mirzo bilan Umar Mirzo qarshi urush olib boradilar va sulx asosida qutulib qoladilar. 

       PirMuhamad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi.  1409 yilda Pir Muhamad Mirzo Xuziston mamlakatini zabt etadi.

       PirMuhamad Mirzo Sheroziyni Xoja Husayn Sharbatdor ismli amiri bor edi.  Ana  shu  ko‘rnamak amir  Xoja  Xusayn bir  necha  yomon odamlar  bilan  til biriktirib,   qorong‘u   tunda  odil   podshohzodaning   chodiriga  kirib,  uni  qatl qildiradi.  Pir  Muhamad Mirzo  31  yoshida halok  bo‘ladi.  Undan 2  o‘g‘il  qoladi:

Kattasi Umar Shayx Mirzo, kichigi Solih Mirzolardir.

 

       Umar Shayx Mirzo 1398 yilda tug‘ilgan edi. 

       1408yilda Pir Muhamad Mirzo Isfaxon viloyatining hokimligini Umar  Shayx Mirzoga in’om qiladi. Umar Shayx Mirzo1429 yilda  31 yoshida Xurosonda vafot etgan.

 

       SolihMirzo 1406 yilda tug‘ilgan. U otasi o‘limidan so‘ng Shoxruh Mirzo  saroyida  xizmat   qilgan.   U  Alouddavla   Mirzo   hamda  Abdulatif   Mirzo  o‘rtasida jangda  Chechektudagi  harbiy qo‘shinga  bosh  edi. Abdulatif  Chechekni  mag‘lubiyatga uchratgach u Xirotga qochadi va1452 yilda 46 yoshida vafot etadi.

 

       RustamMirzo Umar Shayx Mirzoning 2 o‘g‘lidir. U 1381 yilda tug‘ilgan.  1403 yilda  Temur  unga Isfaxon  hukmronligini  beradi. Abubakr  Mirzoga qarshi kurashdaqo‘shinlari qattiq shikastlanadi.

       U o‘zbeklaridan Sayd barlosni fitnasini payqagach uni ko‘zini ko‘r qilib  qal’ada saqlar  edi,  ammo u  uning  bir ko‘zi  ko‘rishi  tufayli qochib  Sheroz  qal’asiga qochadi. Pir Muhammad uni o‘z himoyasigaoladi. Bundan xafa bo‘ladi va  ukasi  Iskandar bilan  Pir  Muhammadga qarshi  qo‘shin  tortadi. 1410  yilda  aka- ukalar o‘rtasida  muzokara  chiqib jangda  mag‘lub  bo‘ladi va  Qaro  Yusuf turkman  xuzuriga panoh izlabketadi. 1412  yilda  Rustam Mirzo  Qaro  Yusuf huzuridan  qaytib  Tabriz orqali 

Isfaxonga keladi. Uning  amiri Xoja  Ahmad  kutib oladi. Rustam  Mirzo Xoja Ahmadnio‘ldirtiradi. Shu  voqeadan  so‘ng isfaxonliklarning  Rustam Mirzodan  ihlosi qaytadi. Ayni vaqtda IskandarMirzo Isfaxonga qo‘shin tortib kelayotgan edi va Rustam Mirzo yengilishni bilgach Xuroson tomonga ketadi. 1412 yilShoxruh Mirzo yonida panoh topadi. Shu paytda Iskandar Mirzoni  tutib Shohruh  Mirzo  huzuriga keltiradilar.  Ukasiga  tegishli yerlar  Rustam  Mirzoga o‘tadi  hamda  ukasi unga  topgshiriladi.  Rustam Mirzo  uni  ko‘ziga mil  torttirib ko‘r qiladi.  

       1415  yilda  Boyqaro Mirzoning  qo‘shiniga  bas kela  olmasligini  bilib ukasini  qatl  qildiradi. Boyqaro  Mirzo  qarshilik befoyda  ekanligini  bilib Shoxruh Mirzoga bosh egib keladi va uning yerlari Rustam Mirzoga o‘tadi.1424 yil vafot etadi. Undan 2 o‘g‘il qoladi Usmon Ali Mirzo, Sulton Ali Mirzo.                                              .

    IskandarMirzo Umar Shayx Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1384 yilda tug‘ilgan.  Onasi Mulkat Og‘o begim edi.  1403 yilda Amir Temur Iskandar Mirzoni Hamadon viloyatiga hokim qilib tayinlagan edi. 

 

        1407yilda Pir Muhammad ukasini Iskandar Mirzoni qamoqqa oladi va  Yazd viloyatidagi  barcha  xazinalarni Sherozga  keltiradi.  Iskandar Mirzoni  qo‘loyog‘ini  bog‘lab, Hirot  dorissaltanasiga  yuboradi. Biroq,  u  yo‘lda qochdi  va  Rustam Mirzo bilan birlashdi. 1409 yilda ularni ikkalasini ham Pir Muhammad  mag‘lubiyatga uchratadi. U Xuroson sari qochadi.

     Keyinchalik Andxo‘y atrofiga keladi va u yerning hokimi Sayyid Ahmad uniAndxo‘ydagi ekanligini Shoxruh Mirzoga maktub orqali bildiradi. 1410 yilda  akasi Pir Muhammad yoniga qaytadi va akasio‘ldirilgandan keyin uning o‘rniga taxtga o‘tirdi.  1411 yilda uKermon viloyatiga karab yo‘l oldi va sulh tuzulib Sherozga qaytadi. 1412 yildaesa Iskandar Mirzo Qum vilotiga qarab yo‘l oladi va   shu asnoda mag‘lubiyatga uchrab poytaxtni Isfanxonga ko‘chiradi.

    Iskandar Mirzoning  Pir  Ali Mirzo  degan  o‘g‘li bo‘lgan.  U  1400 yilda tug‘ilib, otasining vafotidan keyin 1415 yilda olamdan o‘tadi. 

       Ahmad Mirzo Umar Shayx Mirzoning 4 o‘g‘lidir. U 1388 yilda tug‘ilgan. U 1404  yilda Temurning  Xitoyga  yurishida o‘ng  qo‘li  bo‘lgan. Temur  vafotidan keyin   u  Shohruh   Mirzo   xizmatida  bo‘ldi. 1409 yilda   Hisor   viloyatini bo‘ysuntirish  uchun  jo‘natadi. Shu  yildan  e’tiboran Farg‘ona  hukmronligini  oladi.  Urushlardan   so‘ng   u  1416   yil   Hirotga  qaytib   keladi.   Uni  qamalda  ushlaydilar. U Ka’batulla ziyoratiga yo‘l oladi va qaytib kelmaydi, 1425 yilda o‘sha yerda vafot etadi. 

Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5o‘g‘lidir. U 1391  yilda  tug‘ilgan. Otasi  vafotidan  so‘ng Shoxruh,  Mirzo  mulozamatida bo‘lgan. Unga  Shibirg‘on  viloyatini suyurg‘ol  qilib  bergan. U  1429  yilda vafot  etadi.  Uning Ahmad Mirzo va Usmon Mirzo degan o‘g‘li bo‘lgan.

       BoyqaroMirzo Umar Shayx Mirzoning 6 o‘g‘lidir. U 1393 yilda tug‘ilgan.  Uning onasi Mulkat og‘o begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi.  Amir Temur vafotidan so‘ng u  Shoxruh Mirzo huzurida mulozamatda bo‘ladi.

      1414  yilda  Shoxruh Mirzo  Hamadon hukumatini,  Vuruja va  Nehovand  qal’alari hamda  butun  Luristonni suyurg‘ol  qilib  beradi. U  1415  yilda Sherozga  yuradi.  Uni amirlar  hamda  qozilar kutib  oladi  va darvozani  ochib  beradilar. 

       1423 yil uni Samarqandga Ulug‘bek huzuriga jo‘natadilar va Ulug‘bek Mirzo farmoniga  ko‘ra uni  qatl  qiladilar. Undan  3  o‘g‘il qoladi  -  Muzaffar Mirzo,  Muhammad Mirzo, G‘iyosinddin Mansur Mirzolardir.

 

Mironshoh Mirzo  Amir Temurning  3 o‘g‘li  bo‘lib,  1366 yil  tug‘ilgan.  U Temurning  Xurosonga  yurishlarida 14  yoshidanoq  ishtirok etgan.  Xarbiy  kuchni yaxshi   egallagan.   1393  yil   Temur   Shimoliy  Eron,   Iroq   va  Zakavkaziyani  Mironshoxga topshiradi.

      Abubakr Mirzo  1382 yil Mironshohning mo‘g‘ul xotinidan tug‘ilgan. Temur  uni otasini  o‘rniga taxtga  o‘tqazganda unga tegishli yerlar ko‘payadi.  Ukasi unga  nisbatan dushmanlik  ruhida qaraydi  va akasini  1405  yilda Umar  Mirzo  tomonidan qal’aga qamatadi va tegishli boylikva xaramlarini oladi.

     Keyinchalik  Sultoniyani  qo‘lga kiritgach  Umar  Mirzoga tegishli  beklar  tomonga o‘tadi. 1408 yilda Qora Yusuf bilanbo‘lgan jangda yengiladi.

      Umar Mirzo Mironshoh Mirzoning 2 o‘g‘lidir. U 1383 yilda tug‘ilgan.  Xurosonda Shoxruh Mirzo mulozamatida bo‘ladi.1407 yilda vafot etadi.  Xalil  Sulton Mirzo  Mironshoh  Mirzoning 3  o‘g‘lidir.  U 1384  yilda  tug‘ilgan. U  yoshligidan  Saroy Mulk  Xonimni  tarbiyasida bo‘lgan.  U  juda shijoatli  bo‘lgan,  bobosining Hindistonga  yurishida 15  yoshidan ishtirok  etgan. U Temurning1399-1404yilgi 7 yillik urushlarida faol qatnashadi va 1402 yilda  Turkiston chegaralarini qo‘mondonligini  topshirgan  edi. 1405 yilda Temur vafot etgach u o‘zqo‘shinlari bilan Samaqand taxtini egallaydi. U 1411 yil vafot etadi. Undan bir o‘g‘il qoladi. 

      Iyjal Mirzo Mironshoh Mirzoning 4 o‘g‘lidir. U 1387 yilda tug‘ilgan.  1415 yil aprel oyining boshida qandaydir kasalga uchrab, uch kun yotib, 11 aprel 1415 yilda Ray shaharida vafot etadi.

     Suyurg‘atmish  Mirzo  Mironshoh Mirzoning  5  o‘g‘lidir. U 1399  yilda tug‘ilgan. U biron viloyatga hukmronlik qilmasdan 1411yil vafot etgan. 

     Sulton  Muhammad  Mirzo Mironshox,  Mirzoning  6 o‘g‘lidir.  Uni  qachon tug‘ilib   va   qachon  vafot   etgani  noma’lum.  U  haqida  faqatgina  Bobur  Mirzoning   mashhur “Boburnoma” asarida to‘xtaladi. Lekin Shohruh Mirzo  hayotlik    davrida   tuzilgan  "Nasabnoma"da    Mironshoh Mirzoning Sulton  Muhammad  Mirzo nomli o‘g‘li  bo‘lganligi  haqida hech  qanday  ma’lumot yo‘q. Unga  ko‘ra undan bir o‘g‘il qolganligi aytib o‘tiladi.  

Shohrux Mirzo Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li bo‘libu 1377 yil tug‘ilgan.  Uning  onasi Tag‘oy  Turkon  Og‘odir. U  yoshligidan Saroy Mulk Xonim tarbiyasida  bo‘lgan. U  20  yoshida otasining  Falastin  yurishida qatnashadi.  1397 yilda unga Xuroson, Seyston va Mozandaron hokimligi topshiriladi.

   U  yoshligidan shariatga  qattiq rioya  qilgan. Shuning  uchun Temur uni  valiaxd qilishni xush ko‘rmagan edi. Temur vafotidan keyin taxtga davogar bo‘ladi va Pir Muhammad bilan sulh tuzib Xalil Sultonga yurish qilgan edi. Pir Muhammad  vafotidan so‘ng o‘zi kurasha boshlaydi. 1409 yilga kelib Samarqandni oladi va  o‘g‘illariga  hududlarni bo‘lib  berib,  o‘zi Hirotga  qaytadi.  Uning davrida  mamlakat bir muncha gullaydi va poytaxtni Hirotga ko‘chiradi. U ko‘pincha davlat ishlarini xotini Gavharshod bilan boshqarar edi.

      Ancha qarib qolgandan keyin taxt vorisini tayinlay olmay qoldi, xotiniga esa  nabirasi Alouddavla  Mirzoni  mo‘ljallagan ekani haqida aytadi.  U o‘z ajali  bilan 1447 yilda vafot etadi.

     Ulug‘bek   Mirzo  Shoxruh Mirzoning to‘ng‘ich   o‘g‘lidir.  U 1394   yilda tug‘ilgan. Unga Muhammad Tarag‘ay deb ism beradilar. Keyinchalik o‘zgarib ketadi.

1398   yilda besh  yoshli Ulug‘bekni  otasi  uni   Sharafiddin Ali Yazdiyning tarbiyasiga topshiradi. U yoshligidan kitob o‘qishga qiziqqan. 

       1404 yil 10 yoshda bo‘lganida unga Og‘o Begimni unashtirish marosimi bo‘lib  o‘tadi. 1404  yilning  kuzida Temur  Xitoy  yurishida Sayram,  Avliyo  ota, Ashpardan to Xitoy chegarasigacha Ulug‘bekka in’om qiladi. Ammo Temur 1405 yilda vafot etadi. 1409 yilda Ulug‘bek Movarounnahr hukmdori bo‘lgach otasining ham yurishlarida ishtirok etmay qo‘yadi. 1413 yil Ahmad Mirzo taklifga binoan kelmaganligi  uchun Farg‘onaga  qo‘shin  tortadi va  g‘alaba  qozonadi.1425 yilda Mo‘g‘ulistonga qarshi yurish boshlaydi. U bu jangda ham g‘alaba qozondi. 1426 yilda esa    Baroq  o‘g‘longa qarshi  kurashadi  va yengilib  Samarqandga  qaytadi. 1447 yil vafot etdi.  

     Ibrohim  Mirzo  Shohruh Mirzoning  2  o‘g‘lidir. U  1394  yilda tug‘ilgan.  Uning   onasi  To‘ti   begim   edi.   Shohruh Mirzo 1409   yilda Xalil  Sulton  Mirzodan Movarounnahrni  tortib  olgach, unga  Balx  viloyati hokimligini topshiradi. U tabiatan muloyim ochiq ko‘ngil edi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham o‘z "Zafarnoma"sini uning huzurida birqancha vaqt yozadi va asarda to‘xtalib o‘tadi.

     Ibroxim  Mirzo  1435 yil  40  yoshida kasal  bo‘lib vafot  etadi. Undan  uch  o‘g‘il qoladi. Sulton Abu Isxoq Mirzo, Ismoil Mirzo, Abdullo Mirzolar edi. 

     Boysung‘ur Mirzo Shoxruh Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1397 yilda tug‘ilgan.  U  tabiatan o‘qimishli  odam  edi. 1414-1416  yilgacha  Mozandaron, Astrobod  va Jurjon viloyatlarida hokimlik qiladi.

   1416-1420yilgacha   Hirotda   otasiga  vazirlik  qiladi.   Vazirlik  paytida  Hirotda kutubxona tashkil qiladi. 1431 yilda otasi unga Astrobod hokimligini  topshiradi. Keyingi  davrlarda  kasalllika    chalinib  1433  yilda vafot  etadi.  Undan uch o‘g‘il qoladi, Alouddavla Mirzo,Abulqosim Bobur Mirzo va Sulton  Muhammad Mirzolardir.

 

     Suyurg‘atmish   Mirzo  Shoxruh  Mirzoning   4   o‘g‘lidir.  U   1398   yilda tug‘ilgan. Onasi Mulkat Og‘o begimdir. U yoshlik davrini otasining hashamatli  saroyida o‘tqazadi. U avval otasi saroyida xizmat qiladi keyinchalik esa 1418  yilda Qobul hukmdorligini oladi. 

      Biroq 1426 yil u to‘satdan og‘rib, vafot etadi. Undan 2 o‘g‘il qoladi, Ma’sud  Mirzo va Qorachar Mirzolardir. 

     Muhammad  Juki  Mirzo Shohruh  Mirzoning  5 o‘g‘lidir.  U  1403 yilda  Hirotda  tug‘ilgan. Onasi  Gavharshod  begim edi.  U  yoshligidan kasalmand  va nimjon bo‘lib  o‘sdi. 1419  yilda unga  Mo‘g‘uliston  sobiq xoni  marhum  Sham’i Jahonning  qizi  Mehr Nigor Og‘oni  nikoh qiladilar. U  Baroq  O‘g‘longa qarshi  yurishida ishtirok etadi. 

    1433  yilda Shohruh   Mirzo   o‘g‘li Muhammad  Jukiga Garmser  va afg‘onlar  viloyatini  topshiradi. 1443  yilda  esa Muhammad Juki Balx  viloyatini  hokimi etib tayinlanadi. 1445 yilda 45 yoshida vafot etadi. Undan uch o‘g‘il qoladi, Ali Mirzo, Muhammad Qosim Mirzo va Abubakr Mirzolardir.  

Amir  Temur  saltanati  tarixiy zarurat  edi.   Ijtimoiy  hayot, xalqlarning hayoti tarzi shunday buyuk bir shaxsning dunyoga kelishini kutar edi.   Turon,   binobarin,   Mavorounnahr, Eron,   Ozarbayjon,   Xuroson mo‘g‘ullar  oyog‘i ostida  ingrar,  najot istar  edi.  Shunday najot  farishtasi  Temur  bo‘ldi.   U   tarix  sahnasiga   chiqib,  Turon  zaminini   mo‘g‘ullardan  tozaladi. 

   Amir   Temur davrida   madaniyat,  san’at, ilm fan gurkirab o‘sdi  va rivojlandi. Jahongir qayerga bormasin o‘sha yerdan eng qo‘li gul ustalarni, hunarmand va san’atkorlarni, shoiru olimlarni ozor yetkazmay olib keldi, ularni  tarbiyalab  voyaga yetkazdi.  Uning  davrida Samarqand  yer  yuzining sayqaliga,  Buxoro   islom  dinining   quvvatiga   aylandi.  Turon  yurti o‘z madaniy taraqqiyoti bilan jahonning ko‘zini qamashtirdi.

 

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish