Jaklin Kennedi: Qolipga sig’magan go’zallik

Jaklin bu shiorga bir umir amal qildi. Aynan shu sifat uning uslubini tashkil etardi. E’tiborlisi uslub borasida hech kim unga yordam bermagan.

Jaklin Kennedi unga yarashmagan libosni hech qachon kiymagan. U bir rangdagi qiziqarli bichimga ega bo’lgan, tugmalar, to’g’nog’ich va romollar bilan uyg’un liboslarni hush ko’rgan. Bunday libos hech qachon urfdan chiqmaydi, deb hisoblardi u.

U keraksiz narsalardan osonlik bilan voz kechgan. Xaqiqatdan ham, o’zingiz yoki xonadoningizni bezashga xizmat qilmagan narsaning nima keragi bor? “Extiyot shart” “sindromi” dan xalos bo’ling.

Jaklin takrorlashga nisbatan salbiy fikrda bo’lmagan, biroq har bir ayol singari o’zgalardan ajralib turishga harakat qilgan. Biroq bluzka, ko’ylak yoki tufli yarashgudek bo’lsa,uni kiyishda davom etgan. Libos sotib olishda ranglar borasida biroz istiso qilgan, xolos. Jaklin Kennedining 5 ta rangdagi bir il ko’ylagi bo’lgan .

Jaklin biror ko’rinishda omma oldiga chiqsa, Amerika ayollarining yarmi huddi shunday libosda namoyon bo’lishgan. Shuning uchun Kennedi honim o’z ko’rinishini tez-tez o’zgartirib turishiga to’g’ri kelgan.

U qimmatbaho taqinchoqlarni faqat kerakli joylardagina taqqan. Jon Kennedi va Oq uy mehmonlari unga son –sanoqsiz bezaklar hadya qilgan bo’lsa-da, omma oldiga turli taqinchoqlarsiz chiqishni afzal bilgan. Xaqiqiy go’zallik – qalb go’zalligi deya hisoblardi u.

Jaklin Kennedi noodatiy tarzda uyg’unlashtirish ishqibozi bo’lgan. Dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan liboslarni oddiy futbolka bilan uyg’unlashtirganida, dizaynerlar e’tiroziga javoban: bu ishni men qilmasam odatlaringizni kim o’zgartiradi deya jilmayganedi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.