Kanal
Sayohat

Singapurdagi Marina Bay Sands mehmonxonasi

Singapurdagi Marina Bay Sands mehmonxonasi

Bu Singapurdagi eng katta mehmonxona bo'lib, unda 2500 ta xonalar mavjud. Lekin shubha yo'qki, mehmonxonaning  e'tibor markazida binoning tomida joylashgan 150 metrli ochiq hovuz hisoblanadi. U dunyodagi eng katta hovuzdir. 

2561 ta xona va apartamentlar, 55 qavat, 18 xildagi xona turlari va 250 ta hashamatli VIP xonalar-(shaxsiy xizmatkorlar va VIP tarmoqlariga kirish) bularning barchasi Marina Bay Sands mehmonxonasida mujassam. Mehmonxona binolari qiya bo'lib, ulardan birinchisi 26° burchak ostida qurilgan. Bu eng murakkab quriladigan mehmonxona turlaridan biri hisoblanadi.

Mehmonxona maydoni 1,2 Ga bo'lib, tropik oazis uslubida qurilgan. Bog'larida 250 dan ortiq ekzotik daraxtlar va 650 xil o'simliklar o'sadi. Siz mehmonxona mijozi bo'lmasangiz ham SkyPark ko'rish maydonchasiga kelib, Singapurning ajoyib manzarasidan bahra olishingiz mumkin. Lekin bunda hovuzda cho'milishga ruxsat berilmaydi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish