Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani

Ugam-Chotqol milliy bog’ining maydonida daraxtzorlarva ko’llardan iborat bo’lgan tabiat manzarasidan bahra olish mumkin. Urungach nefrit ko’llari milliy bog’ning iftixori hisoblanadi. Bu bo’gda toza suvlarda cho’milish, to’g’onga sayohat qilish va atrofdagi tog’li manzarani tomosha qilish mumkin.


Ispay Pskem tog’larining qorli cho’qqilaridan boshlanib, Ispay qishlog’idagi Pskem daryosiga kelib quyuladi.
Dara Qorabuloq postini ortida joylashgan. Bu yerda Ispay daryosining suvlarida cho’milish roharlidir. Mahalliy aholi tomonidan kichik uylar taqdim qilinadi, shuningdek otlarda sayr qilish imkoniyati ham bor.
Muzliklar va dovonlar ko’pligi sababli bu hudud tog’ turizmi uchun juda qulaydir.


Marmar daryo – Beldirsoy yaqinida joylashgan dam olish maskani. Beldersoy simli arg’umchoq yo’liga yaqin joyda Marmar daryoning sharsharasini ko’rish mumkin. Sharsharadan o’tib tepaga ko’tarilsangiz, dam olish qulay bo’lgan joylarga yetasiz. Marmar daryo tashrif buyurgan mehmonlarni shovqin soy, daraxtlar va cho’milish havzalari bilan kutib oladi.


Toshloq daraga qaragan ushbu manzarali joy Toshkent yaqinida joylashgan. Bu yerdagi “Kumushkon” dam olish maskanida maroqli hordiq chiqarish mumkin. Oltingugurt-vodorodli buloq, kumush konlarining uyumlari, qoyalar va soy salqini sayyohlarni bee’tibor qoldirmaydi. Teparoqqa qarab yurilsa, sharshara manzarasidan bahra olish mumkin.


Bu yerning manzarasi ayniqsa o’zgachadir. Qarag’ay daraxtzorlar shaharda topib bo’lmaydigan sof toza havodan bahra olish imkonini beradi. Daraxtzorlardan o’tib, qir-adirlar oshib tepalikka qarab yurilsa, Shaxqo’rg’on tog’iga chiqish mumkin. Bu tepalikda esa Zarkent va So’qoqning go’zal manzaralarini hamda atrofdagi tog’lar manzarasidan bahra olish mumkin. Yaxshi tayyorlangan sayyohlar bu cho’qqiga 1,5-2 soat davomida ko’tarila oladi. Tushayotganda esa yo’ldagi choyxonada hordiq chiqarib, mahalliy kabobdan tanovvul qilish mumkin.


Katta Chiyon maydoni ko’pgina xushmanzara hududlardan iborat. Diqqinafas shahardan qochib, bahavo joyda hordiq chiqarmoqchi bo’lsangiz, Gulkamsoy darasiga yo’l oling. Soy bo’ylab sayohat qilar ekansiz, salqin dara manzarasi, suvdan kechib o’tish, toshloq yo’llar va sharshara sizda katta taassurot qoldiradi. Oilaviy dam olish uchun bu yerda tapchanlar ham bor.


Chimyon – O’zbekiston tog’ turizmining markazi. Qishda bu yerda ko’plab chang’ichilarni uchratish mumkin. Yozda esa dam oluvchilar ushbu tog’ cho’qqisiga chiqishga ishqibozlik qiladilar.
Ushbu sayohat asosan tepalikka chiqishdan iborat. 3000 metr balandlikgacha yo’nalish uncha qiyin emas, ammo oxirgi 300 metr balandlikda qoyalar xavfliroq. Bu yerda yo’l boshchining ko’rsatmalariga amal qilish lozim. 3309 metr balandlikga chiqish uchun 6-8 soat vaqt kerak bo’ladi.



O’zbekiston tog’lari – quyoshli o’lkaning diqqatga sazovor joylaridir. Tog’ cho’qqisiga chiqishni xohlovchi sayyohlar soni yildan yilga ko’payib bormoqda. Shunday joylardan biri Beldersoydagi Kumbel tog’idir. Uning balandligi 2350 metrga teng. Cho’qqisiga chiqish uchun yo’lning bir qismini simli arg’imchoq yo’l orqali o’tish mumkin. Undan keyin yana 40 minut yo’l yurish lozim. Bu to’g’da meteorologik stantsiya joylashgan. Tog’ cho’qqisidan turib quyosh botishini tomosha qilish ayniqsa maroqlidir.


Bu yerda O’zbekiston Milliy universitetining yozgi lageri joylashgan. Oqsoqota – bu 30 kmga cho’zilgan daradir. Bu yerda soya salqinlik beruvchi daraxtlar bor. Shahardan kelgan sayyohlar bu yerning manzarasidan bahra oladilar hamda shu hududda joylashgan ov xo’jaligida hordiq chiqaradilar.



Tasavvur qiling: yozgi oftob nurlaridan hamda tog’ning musaffo havosidan bahra olgan xushbo’y o’t. Tabiyat qo’ynida oilaviy dam olish uchun bundan yaxshi joy bo’lmasa kerak. Beldersoy daryosi yaqinida joylashgan Beldersoy yalangligi aynan ana shunday joydir. Archa daraxtli o’rmonda sayr qilish va suv shaldirashidan rohatlanmoq – hordiq chiqarish uchun ajoyib joydir.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.