Kanal
Qiziqarli

Interyerning bezagiga aylanuvchi kitob javonlarining 13 namunasi

Interyerning bezagiga aylanuvchi kitob javonlarining 13 namunasi

Quyidagi kitob javonlari uyingiz interyerining haqiqiy bezagiga aylana oladi. Balki uy kutubxonasini yaratish haqida yana bir bor o’ylab ko’rarsiz?

Mazkur usul shunchaki qulay bo’libgina qolmay, uyingizdagi joyni tejash imkonini ham taqdim etadi. Kitoblar hamisha javonlarda tahlanib turadi va odatdagi joylarda turgani kabi hadeganda chang yig’avermaydi.

Harita ko’rinishidagi kitob javoni g’oyasi yangilik ishqibozlariga ma’qul kelishi turgan gap. Bunday javon uyingizdan ko’p joy olmaydi, devorlar ham bo’m-bo’sh bo’lib emas, to’lib turadi.

Bolalaringizga kitob o’qishni o’rgatmoqchi bo’lsangiz ularning xonasiga mana shunday javon qurib berishni maslahat beramiz. Baland va aylana shakldagi javon ko’rinishidan ham juda ajoyib. Bundan tashqari, uni osongina aylantira olasiz va o’zingizga kerakli kitoblarni topib olaverasiz.

Uyingizda bu kabi burchakni hosil qilish uchun deraza atrofiga javonlar qurib, tokchani o’qish uchun qulay joyga aylantiring. Shiftga lampa o’rgansangiz, tungi sokinlik bag’riga cho’mgancha sevimli asarlaringiz mutolaasi bilan shug’ulanaverasiz.

Har bir bolakay xonasida o’z ismining bosh harfi shaklidagi kitob javoni bo’lishini istasa kerak. Uni istalgan rangga bo’yab, kitoblarni ham turli usullar bilan tahlab chiqsa bo’ladi.

Uyingizda kitob tahlash uchun mo’ljallangan g’aroyib kreslo bo’lsa, bir kitobni o’qib tugatgach, ikkinchisini olish uchun boshqa honaga yoki javon yonigacha borib o’tirmaysiz. Bunday jihoz uyingizdan ko’p joy olmaydi. Ajoyib kreslo uchun har bir uyda joy topishi aniq, shunday emasmi?

Bunday kitob javonini o’zingizga qulay bo’lgan xonada yaratishingiz mumkin. U hattoki yotoqxona interyerini ham a’lo darajada bezay oladi.

Bugungi kunda kitoblarni odatdagidek shkaflarda saqlash kerak degan tushuncha mavjud emas. Javonlar interyerni qanchalik to’ldirib tursa shunchalar yaxshi! Telefon budkasi ko’rinishidagi kitob javoni ham bu borada orginal g’oyadir! Uning eshiklarida ham kitob saqlash imkoni mavjud.

Mehmonxona interyeri uchun betakror g’oya! Devorlardan birini javon uchun ajratib, gul shaklidagi “kutubxona” yarating. Bunday usul orqali mehmonxona devorlariga turli kartinalar osishga ham hojat qolmaydi.

Orginal kitob javoni yaratish uchun katta mablag’ kerak bo’ladi deb kim aytdi sizga? Uyingizda eski narvon bormi? Juda soz! Olib kelib devorga uzunasiga o’rnatasiz va kitob javoni tayyor deyaverasiz!

Turli buyumlarnisolishga mo’ljallagan taxta yashiklarni devorga o’rnatib chiqqancha, keraklirangga bo’yab olsangiz ekzotik uslubga hos javon hosil bo’ladi.

Bunday javon turi xonalari keng uylar uchun mo’ljallangan. Sevimli kitoblaringizni saqlash uchun mutolaa burchagini o’z qo’llaringiz bilan ham yarata olasiz. Burchakka daraxt tanasini joylashtiring va unga tokchalarni o’rnatib chiqing.

Buning uchun eski trubalardan birini devorga o’rnatib, istalgan rangga bo’yab olsangiz kifoya!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish