Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari

Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari

Hamma ham uni takrorlay yoki haqiqiy mo’jiza qanday sodir bo’lishini tushunishga ham ojiz. Quyida – tomoshabinlarni chindan ham o’z qobiliyatlari bilan hayratlantiruvchi eng mashhur sehrgarlar ro’yxati ko’rsatilgan.

Gudini, uni zanjirband qilib ko’prikdan tashlashlari, hech qanday havo yo’q, yerdagi yog’och quti ichiga ko’mishlari kabi usullarni bajargan va illyuziyachi bularning barchasidan chehrasida kulgi bilan chiqqan. Uni dunyoning eng mustahkam qamoq va kameralarga qamashgan, ammo u deyarli bir necha daqiqa ichida ular ichidan chiqqan, shuningdek, uni bog’lagan holda ichi qo’la suv qutilarga boshi bilan pastga qaratib tushirib qo’yishgan, o’shanda unda o’limdan o’zini qutqarish uchun qandaydir 2-3 daqiqalar bo'lgan.

Bu uning dunyo sharining turli nuqtalarida ko’rsatgan usullaridan bir qismi xolos. Shunday afsona ham borki, Gudini butun olamni ming yillar davomida boshqarib kelayotgan masonlar ordeni qatnashchisi bo’lgan emish. Garri hech kimga o’xshamaydigan inson bo’lgan, turli fokuschilar va illyuzianistlarning sirlarini ochib bergan. Uning ko’pgina namoyishlari siri haligacha topilmagan. Gudini deyarli yuz yil oldin vafot etgan, ammo uning shaxsi bugungacha to’liq o’rganilmagan.

Uning haqiqiy ismi – Harry August Jansen. Siz “Sim Sala Bim” so’zini Akopyan o’z bolalar shousida o’ylab topdi deb o’ylaysizmi? Yo’q, bu so’zni Dante o’z tomoshalariga sirli hissiyotni qo’shish va tomoshabilar fantaziyasini qo’llab-quvvatlash uchun ishlatgan. Keyinchalik bu so’zlarni boshqa fokuschilar va illyuziyachilar nusxalashgan va o’z tomoshalarida undan foydalanishgan. U butun dunyo bo’lyab, 24 ta dan 35 ta gacha artistlar ishtirokidagi truppa bilan gastrollarga brogan. O’sha zamonda u dunyo bo’ylab “Dante sehrgar” nomi ostida mashhur bo’lgan.

U “Buyuk Xitoy devori orasida o’tish”, “Ozodlik Haykali yo’qolishi”, “Niagara sharsharasida yonayotgan kemadan qochish” kabi usullari bilan ko’p kishiga mashhur. Devid Kopperfild shoularini Rossiyada ko’rsatishgan, balkim, ko’p kishi ayni telezion shou paytida jonli efirda sahna ustida uchganini, hamda u taklif qilgan belgilar orqali ekran oldida o’tirgan tomoshbinlar bilan muloqot qilganlarini eslasa kerak.
So’zsiz, Devid Kopperfild o’z zamonining buyuk illyuzionisti, va uning ismi doimiy ravishda sirlar, mo’jizaviy fokuslar va tryuklar bilan bog’liq, va u bugun ham hammani hayratda qoldirib kelmoqda!

Barton o’z mahoratini Ronald Reygan va Yelizaveta II oldida ko’rsatgan. Aynan uning shousi uchun ataylab teatr qurilgan, va Lens Barton o’sha yerda o’z sehrini namoyish etib kelmoqda.

Illyuziya san’ati haqida ma’lumotni o’zida saqlagan birinchi hujjat, bu Vestkar nomli qadimiy misrlik papyrus hisoblanadi. Uning bunday nomi boshida u joylashgan kongressning egasi nomiga atab nomlangan. Bu hujjat m.a. 2900 yilga tegishli bo’lgan an’analarni o’z ichiga oladi, o’sha zamonlarda fir’avn Xufu hukmdorlik qilgan. Ba’zi bir hikoyalarda yozilishicha, Djedi ismli hayvonlar murabbiyi kesilgan g’oz boshini qayta tika olgan, shuningdek, xavfsizlik arqonlarisiz orqasidan kelayotgan sherni boshqara olishga qodir bo’lgan.

Avval bosh kesilib, keyin qaytib birlashtiriladigan fokuslarni Italiyalik fokuschi Balduchchi amalga oshirgan. O’z amalida u tirik xo’rozdan foydalangan, ya’ni uning boshi avvaliga qanoti ostida bog’langan holda saqlagan. Uning o’rniga bo’yinga boshqa xo’rozning boshi bog’lab qo’yilgan. Fokuschi xo’rozga chopishni buyurgan, boshini “kesgan” va hamma joy qonga belangan. Keyinchalik u ushbu kesilgan boshni qiziqqon tomoshabinlarga ko’rsatgan. So’ng u qushni ustida yopgan, qanot tagida yashirilgan boshni ochgan va kesilgan boshni yashirgan. Oxir oqibatda, xo’roz hech narsa bo’lmagandek turib, yugurib yurgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish