Kanal
Avto

Yoz oylari uchun avtomobilingizni o’rnini bemalol bosa oladigan 7 velosiped

Yoz oylari uchun avtomobilingizni o’rnini bemalol bosa oladigan 7 velosiped

Agar o’z velosipedingiz bo’lmasa yoki “ikki g’ildirakli dastyorni” almashtirish payti kelgan bo’lsa qanaqasini harid qilsa bo’ladi?

Bemalol uchish uchun mo’ljallangan velosiped. AQSHda ishlab chiqarilgan bu velosiped boshqalariga nisbatan ancha qimmatroq tuyulsa ham, aslida unday emas. Aniqrog’i, bu mutlaqo xato. Bu texnika mo’jizasining narhi tahminan 850 AQSH dollariga teng. Ushbu velosiped o’zining mustahkamligi va ishlatilishining o’ta qulayligi bilan farq qiladi.

Agar velosiped uchun ko’p pul sarflagingiz kelmasa-yu, lekin sifatli narsa olgingiz kelsa,unda mana bu qiziqarli namunaga e’tiboringizni bir qarating. Bu turdagisining narhi tahminan 220 AQSH dollari atrofida turadi. 

 

Golland klassik velosipedi. Bugungi kunda bu turdagisining dunyoning barcha joylarida topish mumkin. Mislsiz uzoq vaqt xizmat qiluvchi va a’lo tashqi ko’rinishga ega. Dala-hovlili qishloq yoki shaharning so’lim joylarida sayr qilish uchun juda mos keladi. Bundan yaxshiroq narh-sifat uyg’unligini topish juda qiyin. Bu turdagi velosipedning narhi 400 AQSH dollaridan salgina kamroq.

 

300 AQSH dollari atrofidagi narhli mana bu velosipedni ham harid qilishingiz mumkin. Bolalar bilan birga kattalar uchun ham juda mos. O’ta o’zgaruvchan moslash tizimi va materiallarning sifatiga ega. Bir-ikki kilometr yo’l bosib o’tib sayr qilish uchun yana nima kerak?

Siz uchun mana bunaqa velosiped ham juda yahshi variant bo’lishi mumkin. Bu turdagi velosipedlarga bo’lgan modaning avj olish davri allaqachon o’tib bo’lgan, ammou modaning o’zidan hech qolib ketgani yo’q. Agar sizga haqiqatdan hamvazifasini yaxshi bajaradigan buyum va yengil harakatlanish vositasi kerak bo’lsa, bu velosiped aynan siz uchun. Uning o’rtacha narhi 300 AQSH dollariga teng. Hechikkilanmay haridni amalga oshirishingiz mumkin, chunki bu velosiped yaxshi parvarish qilinsa faqat sizgagina emas, hali farzandlaringizga, xatto nabiralaringizgaham beminnat xizmat qilishi mumkin.

Bitta joyga jamlab aralashtirilgan minimalizm va funksionalizm namoyondasi. Narhi juda ham baland emas – 450 AQSH dollariga teng. Velosipedning dizaynida o’tgan asr fransuz modellariga nisbatan  yuksak ehtirom bajo keltirilgan. Bu model juda engil bo’lgan ajoyib va o’ziga xos ramasi bilan jozibadordir.

 

Juda qiziqarli polsha velosipedi. U juda chiroyli, ihcham, tarkibida o’zining fonari, xatto savatchasiga ham ega. Shu bilan birga bu velosiped juda mustahkam hamda nisbatan arzon – 330 AQSH dollari.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish