Kanal
Sayohat

Yo'qotilgan boylik - Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Yo'qotilgan boylik - Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i (lotincha: Ursus arctos isabellinus) Tyan-Shan va Himolay tog‘lari va ularning yonbag‘ralrida yashavchi qo‘ng‘ir ayiqning (Ursus arctos) ajralgan kenja turi. Uning o‘lchamlari nisbatan katta emas - 140 santimetrgacha, og‘irligi 300 kilogrammgacha, biroq gohida juda yiriklari ham uchrab turadi.

Moskvadagi “Fo‘nd Losinogo ostrova” (Bug‘ular oroli Fondi) “Medvejiy ugol” (Ayiq burchagi) biologik stansiyasida 2005- yildan buyon 1993 - yilda tug‘ilgan, deyarli uch metrga teng 700 kilogrammlik gigant yashab keladi. Uning tusi qormatir-qo‘ng‘ir, sarg‘ish bo‘yinbog‘iga ega. Eng asosiy farqli belgisi - oldingi oyoqlaridagi uzun och tusli tirnoqlari. 

Tyan-Shantog‘ tizimida: Karjantau, Ugan, Qirg‘iz, Zail, Kungay, Ketmon tizimlarida, shuningdek, Jungar Alatau bilan birga Oltin Amal, To‘qsonboy, Ko‘yanditau, Kakontog‘ mavzelarida tarqalgan. XX- asrning 40-yillarida Sirdaryo Qoratovida yo‘qolib ketgan. 

Qozog‘istondagi qo‘ng‘ir ayiq faunasining ikkita, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stiligi mamlakatlaridagi 6-7 kenja turlaridan biri. Bugunga kunda Aksu-Jabagli, Almati ko‘riqxonalarida himoya qilinib keladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish