Yirik shaharlardagi ko’p qavatli uylarning tomida qurilgan 15 nafar kichik uylar

Umumiy maydoni 253 kvadrat metrni tashkil etadigan va 3 pog’ona: sakkizinchi, to’qqizinchi qavat va tomdagi qo’shimcha qurilmani o’z ichiga oladigan xonadon-kottedj.

Maftunkor ayvoncha va ajoyib bog’ga ega bo’lgan xushmanzara uyga nazar tashlab, uni Nyu-Yorkdagi osmono’par binolardan birining tomida joylashganiga ishonish qiyin.

Xengiangda yirik savdo markazining tomida butun bir kottedj qishlog’i qurildi. Osmono’par shaharcha yigirma besh nafar bir xil yoqimli sarg’ish tusdagi villadan, saranjom-sarishta yo’lakchalardan, maysazor va yashil rangli ekinlaridan iborat.

Turar-joy binosining tomida qurilgan va barcha qulayliklarga ega bo’lgan bu qoyil-maqom uy Rotterdamning xaqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanib qolgan.

Bu pushti rang fasadga va mittigina ayvonchaga ega bo’lgan, ko’p qavatli uyning tomida qurilgan kichkinagina uycha yirik shaharning qoq markazida joylashgan xilvat joydir.

Irkutskdagi ko’p qavatli turar joyning tomida qurilgan ikki qavatli kottedj – 27 metr balandlikda joylashgan o’zgacha ko’rinishdagi maskan.

Tomda barpo etilgan uslubiy shinam qarorgoh qizil g’ishtdan qurilgan turar joy bi-nosining uzviy davomiga aylandi.

Syurixdagi mehmonxonaning tomidagi ma’danli suv to’ldirilgan basseynli kichkinagina uy o’zingizni dunyoning cho’qqisida deya his qilish imkonini beruvchi ajoyib dargohdir.

Nyu-Yorkdagi beshqavatli uyning tomida barpo etilgan jozibador dupleks.

Chjuchjoudagi savdo markazining tomida qurilgan, uy oldi xududlariga ega bo’lgan betakror villalar – shahar turar joy maydonini tejashning yaqqol namunasi.

Nyu-York Brodveyidagi eski turar joy binosining tomida joylashgan uchta sersavlat uy.

Nyu-Yorkdagi ko’p qavatli turar joy binosining tomida Acheson Doyle Partners Architects kompaniyasi tomonidan qurilgan ko’kalamzor ekinlar orasidagi oddiy-gina uy qurilmalari.

Ko’p qavatli uyning tomida qurilgan, dizayner Verner Ayslinger tomonidan o’ylab topilgan zamonaviy va o’ta qulay loft – toshli changalzorlardan uzoqlashmay turib tabiat bilan yuzma-yuz kelishning zo’r imkoni.

“Qulayotgan yulduz” uyi arxitektor Du Xo Suxning San-Diegodagi maktabning tomida barpo etilgan xaqiqiy durdonasi hisoblanadi.
Mukammal turar joy uyi barcha qulayliklar bilan jihozlangan, yam-yashil ekinlar bilan obodonlashtirilgan va mutlaq xavfsizdir.

Shenchjen shahridagi osmono’par binoning tomida joylashgan ko’m-ko’k darax-tlar orasidagi ajoyib kichik ibodatxona –osmonu falakka yaqinroq bo’lish uchun ajoyib maskan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.