Kanal
Avto

Yaponiyadan avval ishlatilgan, ishonchli va hech qachon pand bermaydigan 7 avtomobil

Yaponiyadan avval ishlatilgan, ishonchli va hech qachon pand bermaydigan 7 avtomobil

Ularning ko’p ming kilometrlab bosib o’tgan yo’llari haydovchilarni hayratda qoldirayotgani yo’q. Mana bu 7 nafar modellar esa alohida tahsinga sazovor bo’lib, ularning har biri o’z to’g’risida batafsil ta’riflab o’tilishiga loyiq.

2015 yilda avtomobillar bozorida o’rtacha kattalikdagi Nissan Murano krossoverining uchinchi avlodi paydo bo’ldi. Avtomobil mutaxassislarining fikrlariga ko’ra, bu mashinalar, avvalgi modeliga nisbatan ancha taasurotliroq ko’rinishga ega, ammo ishonchlilikda deyarli hamma parametrlari bo’yicha avvalgisidan ortda qoladi.

Dunyodagi eng mashhur yapon avtomobillarining biri Honda Civic ekanligi bilan bahslashish qiyin, albatta. Qimmat bo’lmagan bu ixcham mashina serhashamlikni yoki o’zgacha dinamikani haydovchining baho berishiga havola qila olmaydi, ammo, shunga qaramay, bu avtomobil o’z mustahkamligi bilan millionlab avtohavaskorlarning mehrini qozongan.

Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, Honda Jazz – ohirgi yillarning eng ishonchli va mustahkam avtomobillaridan biri. Mashinaning sodda, ammo o’ta samarali konstruktsiyasi vaqt sinovini a’lo darajada o’ta olgan.

Toyota Sienna – Amerika Qo’shma Shtatlarida eng xaridorgir va eng zo’r minivenlardan bittasi. Uni butun oila bilan birga uyushtiriladigan qisqa masofali safarlar va jiddiy sayohatlar uchun eng zo’r mashina, deb minglab haydovchilar ta’kidlaydilar. Sienna juda ham kamdan kam hollarda buzilib qolishi mumkin, yo’l harakati hodisasi ro’y bergudek bo’lsa yo’lovchilarni, ayniqsa, bolalarni shikastlanishdan a’lo darajada himoya qila oladi.

Avvalgi ajdodlari bilan taqqoslanganida Lexus GS avtomobilining bugungi kundagi nusxasi haydovchiga yana bir dunyo qulaylik va dinamikani taqdim etadi. Lexus GS to’rtinchi avlodi avtomobillarining egalari bu juda ham ishonchli va mustahkam avtomobil ekanligini to’laligicha tasdiqlashlari mumkin

Toyota Prius uchinchi avlod gibrid avtomobili qulaylik darajasi va boshqariluvchanlik kabi ta’riflarda yangilangan modelidan jinday ortda qoladi. Ammo, mustahkamlikka kelganida, 2009-2015 yillarning mashinalari amaliy jihatdan umuman buzilmaydigan deb hisoblanadi.

Toyota avtomobillari o’z yig’ilishining yuqori sifatliligi bilan va uzoq muddatliligi bilan ajralib turadi. Bu yapon kompaniyasining pikaplari va o’ta qiyin yo’llardan ham yura oladigan atomobillari esa amaliy jihatdan umuman buzilmaydigan mashinalardir. Toyota Tundra pikapida konstruktsiya oldingi yoritgichlaridan boshlab ag’darila oladigan bortiga qadar barcha ikir-chikirlari puxta o’ylangan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish