Yangi Chevrolet Malibu 2016-2017 - to'qqizinchi o'zgarish


Optimizm uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Mutaxassislar mashina dizaynini sezilarli darajada yangilashdi: interyerning yanada ko'rkamligi, zamonaviy xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan sedan, haydovchiga bevosita yordam, iqtisodiy tejamkorlik va albatta atrof-muhitga hech qanday zararsiz.
Kompaniya Chevrolet Malibu ning to'qqizinchi avlodini ilk bor New York Auto Show 2015 da taqdim etdi.


Avtomobil bozori kuzatuvchilarining taxmin qilganlaridek, Chevrolet Malibu 9-avlodining salon qismi ham tubdan o'zgargan. Mashina kattalashdi va shu bois salon ham kenglashdi va yo'lovchilar uchun qulayroq bo'ldi. Shu bilan birga u ko'plab elektronika bilan jumladan, maishiy qulaylik yaratuvchi, haydovchiga qo'shimcha imkoniyatlar beruvchi yoki oddiy kerak bo'lgan jihozlangan. Chunki hozir shunday qabul qilingan. Old panel ham butunlay o'zgartirilgan.
Moslamalar paneli sifatli suyuq-kristal ekranga ega bo'ldi. Yana bir- diaganaliga 7 dyumli ekran Chevrolet MyLink axborot-ko'ngilochar majmuasiga tegishli. Oldi qatorda yanada qulay va ko'p pozitsiyalarda boshqariladigan o'rindiqlar o'rnatildi. Orqa qator esa g'ildirak asoslari kattalashtirilgani sababli yanada kengroq bo'ldi.
Salondagilarning xavfsizligini ta'minlash uchun 10 ta xavfsizlik yostiqlari o'rnatilgan, qulaylik - ilg'or tizimli iqlim nazorati. Qolgan o'zgarishlar: orqa ko'rinishni tasvirga oluvchi kamera, parktonik, yo'lovchi kapoti oldida paydo bo'luvchi narsani ajrata oladigan, yo'l belgilarini tushunadigan qurilmalar. Kunning qorong'i qismida sedanga qarshi yuradiganlar uzoqqa yorug'lik tushiruvchi faralarning boshqaruv tizimi Intellibeam sistemasini ko'rib chiqishlari mumkin.

Mashina avval Shimoliy Amerika bozorlarida sotiladi. Komplektatsiya nomi o'zgartirilmadi: L, LS, LT, Premier va Hybrid. Asosiy versiya yaxshi jihozlangan, yangi va erki versiya narxlarining farqi 50%. Ma'lum bo'lishicha, shuncha elektronikani unchalik kichik emas, lekin juda katta ham bo'lmagan sedanga joylashtirish mumkin.
Ishlab chiqaruvchi Chevrolet Malibuning 3 xil turdagi kuchlanish majmuasini taklif etadi. Ulardan ikkitasi benzinda ishlaydigan 4 silindrli turbo dvigatellar, uchinchisi - gibrid, tarkibida 4 silindrli atmosfernik va bir qancha ekektrodvigatellar.
Kuchlanish tizimidagi eng kamquvvatlisi 1,5 litrda bir silindr quvvatiga ega Ecotec dvigatelidir va 6 pozitsiyali avto uzatish. Bunday qurilmada yo'l ustida 100 km haydash uchun 6 litrdan sal ko'proq, shahar bo'yicha esa 9 litr yoqilg'i kerak bo'ladi.



Mashinaning qiymati uning ichidagi moslamalar soniga bog'liq. Amerikalik xaridorlar mashina uchun 21,6 dan 31,9 ming dollar to'laydi. Rossiyadagi narxlar haqida aniq faktlar yo'q.












Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.