Yamandagi Loy g’ishtlardan qurilgan osmono’par binoli qadimiy shaharlar

Daryo vodiylari yoqalab joylashgan bu shahar va qishloqlarning farqli tomoni – bu inshootlarning noyob arxitekturasidir.Bu yog’och taxtali pol va loyg’ishtlaridan qurilgan devorli ko’p qavatli uylardir.

Barcha binolar bir-biriga mahkam “biriktirib” qo’yilgan. Ular asosan plato va ulkan cho’qqilar ustida qurilgan. Harqachon yomg’ir yog’ganda yoki suv bosishlar bo’lganida, binolar “kuchini yo’qotadi”va doimiy ta’mirlashni talab qiladi.

Shibam shahrini atrofidagi plato manzarasida antiqa ko’rinuvchan osmono’par binolari uchun uni “cho’lning Manxetteni” deb atashadi.

Shahar loyqali val-devor bilan o’ralgan,uning qurilmalarini esa “dunyodagi eng eski osmono’par binolari” deb ataydilar,chunki ular shaharning loyihalashtirilishida vertikal qurilish yo’li orqali maydonning effektiv ishlatilishining yorqin misolidir.1982 yilda Shibam YUNESKO Dunyoviy merosining obyekti unvonini qo’lga kiritdi.
Shibam Vadi-Xadramaut vodiysidagi eng mashhur shahar bo’lib, unda 7 ming aholi yashaydi va 5 dan 11 qavatgacha cho’zilgan 500 taloy g’ishlardan qurilgan binolari mavjud.

Binolarning pastki qavatlarida odatda arpa saqlanadi. Ikkinchi qavatdagi xonalar erkaklar tomonidan suhbatlar uchun,undan yuqoridagi qavatlar ayollar uchun, hamda oilaviy ishlatish uchun mo’ljallangan,va hatto ba’zan boshqa binolarga o’tish uchun ko’prikchalar bilan ta’minlangan– bu asosan keksa odamlar uchun mo’ljallangan.
Shahar milodiy 3asrda barpo etilgan. O’sha vaqtdagi ko’pgina binolar 16 asrda ro’y bergan suv bosishivaqtida buzilgan bo’lsada, ularning ba’zilari haligacha tetik turibdi.

Masalan, Juma masjidi 904 yildaqurilgan. Yomg’irlar va eroziya sababli binolar yuz yillar mobaynida bir necha martalabqayta qurilgan, himoya qilish uchun esa ular germetiklar bilan qoplangan. Shibam– bu o’quv dargohlari, tijorat va administrativ binoli va yettita masjidli avtonom shahardir. U hatto bir necha martalab, hatto 1940 yilgacha- Sayvun degan qo’shnishaharda yirik aeroport qurilgani va butun biznes u yerga ko’chganiga qadar, Xadramauttumani poytaxti vazifasini ham o’tagan.
Vadi-Davan, Vadi-Xadramautgaqo’shilgan daryo, shu kabi go’zal arxitekturasi bilan maqtanishi mumkin.

Vadi-Davan vodiysida bir nechta ajoyib qishloq bor: Al-Mashad, Al-Xadjara, Al-Xubayra va Xaylla. Al-Mashadda 15asrdagi Xasan ibn Xasan go’ri joylashgan va bu qishloq aholisining soni kam bo’lishiga qaramasdan, hajning mahalliy markazi hisoblanadi. Vadi-Davan vodiysi arxitekturasida xom-loyg’ishtdan tashqari tsement ham ishlatilgan, va bu qurilishni mustahkam va chidamliroq qilgan.



Bu joy eng qadimiy joylardan biri bo’lishiga qaramasdan,daryo vodiylaridagi qishloq va shaharlarning loydan qurilgan binolari asta-sekin buzilib kelmoqda,va bu holat bu yerlarga na biznes va na investorlarni olib keladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.