Yakutiyada yangi "oltin talvasasi" - mamontlarning tishlariga ov

Bu og'ir, havfli va noqonuniy ish, ammo odamlar baribir uzoq ekspedisiyalarga, boyib ketish umidida, ketmoqdalar. 2016 yili "Radio " Erkinlik"" sur'atchisi Emos Chappl (Amos Chapple) Sibirga yo'l oldi va sur'atlar seriyasida qidiruvchilar ishi haqida gapirib berdi.

Yungli mamontlar xozirgi zamonaviy fillarning qirilib ketgan qarindoshlari deb hisoblanadi. Ular Sibirda taxminan 400 ming yil avval yashaganlar. Xozir bu joylar mangu muzlik hududidir: yer ostidagi qalin muz qatlami tufayli mamontlarning skeletlari minglab yillar davomida saqlanib kelmoqda. Yer ostida ko'milgan xazinalarga yetib borish uchun ovchilar muz qatlamini, yaqin oradagi daryodan olingan, suv yordamida sindirishlari kerak bo'ladi. Uning uchun oylar kerak bo'lishi mumkin. Evaziga esa, tish suyaklarni xitoyliklarga taxminan 35 ming dollarga sotish mumkin (2 million rubl atrofida). Bu esa, o'rtacha oylik maoshi 500 dollardan kam bo'lgan ( 28 ming rubl) shaharchalar aholisi uchun oqlangan tavakkalchilik.
Ammo bu kafolatlangan pullar uchun yoqimli sayr emas. Erkaklar o'z oilalarini tashlab, kesishgan hudud bo'ylab yo'lga otlanadilar. U yerda ular chivinlar o'rdalari bilan kurashishlari va ularga jarima yozib berishi yoki qamoqqa o'tqazishi mumkin bo'lgan bo'lishichilardan berkinishlariga to'g'ri keladi. Bu sinovni boshdan o'tkazish uchun ular ko'p miqdorda aroq va arzon pivo ishadilar, bu esa, o'z navbatida tez tez bo'lib turadigan mushtlashishlarga olib keladi. Ehtimol, eng yomoni, bu ularning faoliyati tabiatga qanday ta'sir qilayotganidadir: oqova suvlar kavlab tashlangan muzliklardan qaytib, atrofdagi daryolarga tushadi va oqimni ifloslantiradi.
Xom xayol boylik uchun odamlar nimalarga borishlarini ko'ring - ular hatto o'limga ham tayyor. Sur'atlar muallifi Eymis Chappl "Radio " Erkinlik"" uchun maqolada ularni sharhlab berdi - quyida biz uning nutqini to'g'ridan to'g'ri nashr etamiz.

Modomiki, xozir fil suyagi sotuvini sinchikovlik bilan nazorat qilingani bois, Xitoy "etikaga mos" qirilib ketgan mamontlarning tish suyaklari yordamida amallashga to'g'ri keladi. Har yoz qidiruvchilar, boyib ketish umidida, xech kim yo'q yerga yo'l olishadi. Men, bir guruh erkaklar noqonuniy tarzda, Sibirning yo'qilib ketgan ulkan hayvonlari qoldiqlariga ov qiladigan joyga, faqat syomkalarning aniq joylari va odamlarning ismlarini fosh etmaslik sharti bilan, kirishga ruxsat oldim.

Mamontlarning qoldiqlari bilan to'la bo'lgan daryoning joylari. Eng yaqin qishloqdan motor qayig'ida to'rt soat yo'l yurish kerak.

Bir paleontolog menga qachonlardir bu yerda botqoq bo'lgan bo'lsa kerak - unda qadimiy hayvonlar cho'kib ketgan bo'lsa kerak deb aytdi.

Xazina qidiruvchilar daryodan suvni yong'in nasoslari yordamida tortib oladilar. Ular Tohatsu kompaniyasining qurilmalarini hush ko'radilar.

Keyin ular bu suvni daryo yaqinda to'kadilar.

Ba'zilar yer tagida uzun tonnellar qazishadi. Ularning devorlari bog'dagi yer kabi yumshoq.

Boshqa ixlosmandlar muzlikda bahaybat g'orlar o'yishadi.

Kindir kanallarni shundoq tuproqning ustki qatlamida teshadi.

Va ularning barchasi uni - mukammal saqlanib qolgan mamontning tish suyagini topishga umid qiladilar. Bunaqaning kilogrami uchun 520 dollar berishadi.

Yakutiya ostida muzlagan tuproqning juda katta qatlami yotadi.

Oddiy haroratli tuproqda suyaklar 10 yil chegarasida chiriydi. Biroq mangu muzlikda tish suyaklar o'nlab ming yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Bu esa, Yakutiyani mamontlarning ovchilari uchun Makkaga aylantiradi.
65 kilogramli tish suyakni 34 ming dollarga sotib yuborishgan. Uni topgan ikki erkaklar o'sha hafta ichida yana uchta tish suyaklar topishgan. Ularning biri 72 kilogramni tashkil etgan edi.

Omadli ovchilar kelajak daromadlariga xursand bo'lmoqdalar. Sakkiz kun ichida ular 100 ming dollarga yaqin pul ishlashdi.

Bu o'rtacha oylik maoshi 500 dollarli hudud uchun juda katta puldir. Biroq ularda har doim ham heppi - end sotib olish o'xshayvermaydi. Sur'atda ikki yosh ovchilar xotirasiga memorial. Ular 100 ming dollardan ko'proq pullik xazinalar topganlar, katta xursandchilik qilishgan, so'ng esa, daryo bo'ylab tepaga mast holda suzib ketishgan. Qayiq ag'garilib ketgan va ular cho'kib ketganlar.

Ovchilarning ona shaharlarida yangi qazib olingan tish suyaklar uchun qo'lga tushmas "agent" lar naqd pul to'lashadi. Bu o'ljar polietilen paketlariga o'ralib, samolyot bilan Yakutskga jonatildi. U yerdan ular Xitoyga uchib ketishadi. Yuk brezent bilan yopib qo'yilgan edi. Men uni ko'targanimda styuarfessa menga baqirib ketdi va bu sur'at qilingandan so'ng darxol yonimga kelib, qo'limdan kamerani urib tushurdi.

Bu yerda nafaqat mamontlarning qoldiqlarini topish mumkin. Bu bizonning bosh suyagi. U qachonlardir Sibir tekisliklarida yashagan.

Bu bosh suyak esa, choynak uchun taglik qilib moslashtirilgan, yungli karkidonga tegishli bo'lgan. Ular 8 dan 14 ming yil avval qirilib ketishgan.

Kamida 11 ming yil avval quyosh nurlarini oxirgi marotaba ko'rgan yana bir karkidonning bosh suyagi. Uni topgan kishi aytganiday: bosh suyagini topganingda, odatda shoxi, qayerdadir, yaqin 15-20 metr atrofida bo'ladi.

Bu karkidonning 2,4 kilogramli shoxini 14 ming dollarga sotib yuborishdi. Hoy nahoy u Vyetnamga tushib qoladi. U yerda uni kukun ko'rinishida maydalab dori sifatida sotishadi.

Nam shox paypastlaganda suvga botgan daraxtga o'xshaydi va undan itning isi keladi. Vyetnamda bunday shoxdan qilingan kukun saratonni davolaydi deb hisoblanadi. Shuning uchun u Vyetnamda to'g'ri ma'noda oltindan qimmat turadi.

Biroq ko'pchilik qidiruvchilar butun yozni og'ir mehnatda loyda bexuda sarf qiladilar va tikkan pullarni yo'qotadilar.

Nasoslar ishlashi uchun tonnalab yoqilg'i ketadi. Ko'pchilik brigadalar esa, faqat bu kabi foydasiz suyaklar topishadi. Poleontolog Valeriy Plotnikov bu lager bilan tanish bo'lib, omadli qidiruvchilar sonini 20-30% deb baholaydi. "Bu juda ayanchli. Ularning ko'pchiligi ekspedisiya uchun bankdan kreditlar olishadi".

Safarda tejash maqsadida bu yosh ovchi nasosni "Buran" qorda yurish mashinasi dvigatelidan qilib olgan.

Sovuq kunlar qaytganida u dvigatelni yana qaytadan qorda yuruvchi mashinaga o'rnatadi.

Bu erkaklarning ko'pchiligi butun yozni uylari va oilalaridan uzoqda o'tkazadilar.

Qorong'u chodirlarda xazina qidiruvchilar qarta o'yini ustida dam oladilar, telefonda qisqa ommaviy videolar ko'radilar.

Bu xazina qidiruvchi rafiqasiga xat yozib, shaharga ketayotgan hamtovoqlari guruhi bilan uni berib yuborgan edi. Mana uning javobi - va bu bir hafta ichida rafiqasidan birinchi yangiliklar.

Bu bug'uning bo'lagi - noyob boylik. Odatda bu yerda ugra va tushyonka yeyishadi. Ikki xazina qidiruvchilar aytib berishlaricha, majbur bo'lganlarida it go'shtini ham yeyishgan ekan. Aytishlaricha, u saloga o'xshash hidga ega ekan.

Chivinlar bu yerda deyarli hamma vaqt xalal beradilar. Faqatgina eng sovuq tongda bir yoki ikki soat dam olish mumkin bo'ladi.

Iliq havoda ba'zi erkaklar og'ir ish qilayotgan kishilar emas, balki ko'proq asalchilarga o'xshab kiyinadilar.

Ovchilarda alkogol paydo bo'lganida, vaziyat nazorat ostidan chiqib ketadi. Bu xazina qidiruvchilar shaharga ozuqa zaxiralarini to'ldirish uchun borgan edilar. Yarim yo'lda juda qattiq mast bo'lishdi. Bu sur'at qilingandan bir oz o'tib, barcha ko'ngilhushlik tugadi.

Erkaklar yuqori tezlikda qirg'oqqa urib ketdilar. Kechasi soat uchda qutqaruvchilar ularni yarim cho'kib ketgan jihozlarli qayiqda, hushsiz topib oldilar. Bu joydan uncha uzoq bo'lmagan yerda 2015 yili ikki nafar xazina qidiruvchilar cho'kib ketgan.

Keyingi kuni aroqxo'rlik davom etmoqda. Odatda lagerda alkogol paydo bo'lganda, uni hammasi birdaniga ichib qo'yishadi. Ertasiga erkaklar uyqularini pishirib oladilar va keyin ishga qaytadilar.

Qo'rqinchli qilib yuborilgan yer tish suyaklar qidiruvchilar qo'llaydigan metodlarining yorqin misoli. Ammo, Yakutiyaning suv tizimiga undanda yomon. Pompa yordamida tortib olingan suv daryoga qaytib tushadi va uni loy bilan to'ldiradi. Bizning o'lja qidirayotgan joy yaqinda daryoda baliqlar yo'q bo'lib qoldi - xazina qidiruvchilar o'zlari bilan qarmoqlar olmaydigan bo'ldilar.

Bir xazina qidiruvchi menga: "Men bu yomon ekanini bilaman, lekin nima ham qila olardi? Meni ishim yo'q, bolalarim esa ko'p", dedi.

Nima bo'lganda ham Yakutiyada yil sayin tish suyaklar qidiruvchilari ko'payib bormoqda. Va qo'shni shaharchalarda bir zumda boyib ketganlar haqida hikoyalar aytilar ekan, bu tendensiya faqat o'sib boradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.