Kanal
Sayohat

Yadro qurolining tarixi

Yadro qurolining tarixi

Joriy, 2018 yilning 27 aprel kuni Koreya yarim oroli davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi 3-chi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv uchun Janubiy Koreya tomonidan taklif etilgan tomonidan joylardan Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning chegaraoldi Phanmundjom qishlog‘idagi demarkasion chiziq yonida joylashgan “Tinchlik uyi”ni tanladi.

Bu uchrashuv Shimoliy Koreyaning rahbari Janubiy Koreya hududidagi zaminga qadamini bosgan ilk hodisa bo‘ldi. Ikkala rahbar bir biri bilan uchrashib qo‘l tashlashi demarkasion chiziq ustida bo‘ldiva bu hodisa to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Ukkala rahbar “Tinchlik uyi”ga yo‘l olishdan avval Janubiy Koreyaning Prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreyaning rahbari Kim Chen Inning Shimoliy Koreya yeriga ramziy qadam bosish taklifini qabul qilib Shimoliy Koreya hududiga qadam bosdi.

Muzokalarlardan tashqari ikkala rahbar daraxt ekish jarayonida ishtirok etdi. Bu daraxt ekilishida Koreyaning ikkala qismidan tuproq va suv ishlatildi. Uchrashuvning ko‘p tomonlari ramziylik bilan boyitilgan, shu jumladan, uchrashuv yilini anglatuvchi, diametri 2018 millimetr keladigan muzokaralar stoli ham.

Oliy darajadagi bu uchrashuvning asosiy maqsadi yadroviy qurolsizlanish va o‘zaro manfaatlar uchun davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan.

Oradan deyarli roppa-rosa bir yarim oy, aniqrog‘i 46 kun o‘tib, 2018- yil 12-iyunida Singapurda, Sentosa orolidagi Kapella mehmonxonasida insoniyat tarixida birinchi marta Amerika Qo‘shma Shtatlari va Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi rahbarlarining Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh va KXDR rahbarlari ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazdi. Uchrashuv yakuni nima bilan tugaganini AQSh Prezidenti o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qisqa va aniq ta’riflab berdi:

Bu so‘zlar nafaqat Koreya yarim oroli yoki Amerikaliklarga, balki butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

Xo‘sh, yadroviy tahlika nima o‘zi? Yadroviy qurol, deganda nimani tushunish kerak?

Keling, hammasini bir boshdan boshlaylik.

1898-yilda Polshalik olimlar Mariya Sklodovskaya-Kyuri va uning eri, fransuz olimi  Per Kyuri, uran minerali nasturanda, juda katta radiasiya miqdori ajralib chiqishini aniqlagan edilar. Bu ixtiro radioaktiv unsurlarning atomlarida avval insonning tasavvuriga ham sig‘dirib bo‘lmaydigan quvvatning mislsiz ulkan salohiyati yashiringanligi to‘g‘risida tahmin qilinishiga asos solgan edi. 1911 yilda Ernest Rezerford atomlarni o‘rganish sohasida juda muhim kashiyotlarni kash etdi, 1932 yilda esa, Ernest Uolton va Djon Kokroft atom yadrosini ilk bor parchalashga erisha oldi.

1938-yilning dekabr oyida nemis fizik olimlari Otto Gan va Fris Shtrassman dunyodailk bor uran atomining yadrosini sun’iy ravishda parchalashga erisha oldilar.

1939 yilning 24 aprel kunida Genrmaniyaning oliy xarbiy instansiyalariga Gamburg universiteti Paul Xartek va uning xodimi V, Grot imzosi bilan bir maktub kelib tushgan. Unda o‘ta yuqori samarali portlovchi moddaning yangi turini yaratilishi imkoni ko‘rsatib o‘tilgan. Yana shu maktubda “yadro fizikasi yutuqlariga to‘laligicha egalik qilgan davlat boshqa davlatlar ustidan mutlaq ustunlikka erisha olishi” to‘g‘risida yozilgan. 1939-yilning 29- aprel kuni imperiya fan, tarbiya va xalq ta’limi ministrligi imperiya tadqiqot kengashining maxsus bo‘limining boshlig‘i - davlat maslaxatchisi professor Abraxam Ezau topshirig‘i bilan “mustaqil tarqala oluvchi yadro reaksiyasi” to‘g‘risidagi masalaning muxokamasi o‘tkazilgan. Ushbu muxokamaga Uchinchi Reyxning qurollangan quruqlikdagi qo‘shinlar Boshqarmasining tadqiqot bo‘limining boshlig‘i proyefssor E. Shuman ham taklif etilgan.

Xarteka va Grotning maktubi qurollar Boshqarmasi ilmiy bo‘limidan Kurt Dibnerga yetkazib berilgan. Dibnerning tirishqoqlik bilan qilingan iltimoslariga muvofiq, oliy harbiy xukumatning rasmiy qarorini kutmagan holda qurollar Boshqarmasi Dibnernibarcha ikkinchi darajali vazifalardan ozod qilib unga faqat yadro fizikasi masalalari bilan shug‘ullanishni topshirgan va buning uchun maxsus bo‘limni yaratgan.1939 yilning iyun oyida Berlinning atrofidagi Kummersdorf poligonida Germaniyadagi birinchi reaktor qurilmasi qurilishini tashkil qilgan.

1939-yildata’lim reyxsministrligi huzuridagi professor Abraxam Ezauning yadro energiyasi muammolari bo‘yicha ishchi guruhi Germaniyadan uran olib chiqib ketilishini taqiqlovchi qonun qabul qilinishining tashabbuskori bo‘lgan. Belgiya mustamlakasi bo‘lgan Kongodagi "Union Miniere" firmasidan zudlik bilan juda katta miqdorda uran rudasi sotib olingan.

1939-yilning 26- sentyabrida Armiya qurollanishi Boshqarmasi yadro qurolini yaratish usullari to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun yadro fizikasi sohasidagi mutaxassislar kengash majlisini chaqirgan. Bu majlisga Paul Xartek, Xans Vilgelm Geyger, Valter Bote, Kurt Dibner, Karl-Fridrix fon Vayszekker va Verner Geyzenberg taklif etilgan. Unda uran muammosiga hamda “Uran loyihasi” (nemischasiga - Uranprojekt Kernwaffenprojekt) deb nomlangan dasturning amalga oshirilishiga bevosita va bilvosita ravishda bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni mahfiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Kengash majlisining ishtirokchilari yadro qurolini 9-12 oyda yaratish mumkin deb hisoblaganlar.

Germaniyada atom loyihasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan jami 22 nafar ilmiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan. Ularning asosiy vazifalarini quyidagilar bajargan:

•             Kayzer Vilgelm Jamiyati Fizika instituti;

•             Gamburg universitetining fizik kimyo instituti;

•             Berlin oliy texnik maktabi Fizika instituti;

•             Tibbiy tadqiqotlar institutining Fizika instituti (Geydelberg);

•             Leypsig universiteti fizika-kimyo instituti. Professor Xeyn. Uran organik birikmalari;

•             Myunxendagi Oliy texnika maktabining anorganik kimyosi Laboratoriyasi. Professor Xiber. Uranning karbonil birikmalari tadqiqotlari;

•             Bonn universitetining Kimyo instituti. Professor Sh. Mont. Uran galogenidlari tadqiqotlari;

•             Dansigdagi Oliy texnika maktabi organik kimyo instituti. Professor G. Albers. Uran alkogolyatlari.

Ishlar imperiya qurollarnish ministri Albert Shpeyer nazorati ostida olib borilar edi. Geyzenberg, Otto Gan, Vayszekker va boshqalar guruhining ma’muriy rahbari fizik Erix Shuman bo‘lgan.

“IG Farbenindustri” konserni uran-235 yetishtirish uchun olti ftorli uran tayyorlash, shuningdek izotoplarni ajratish bo‘yicha yarim sanoat qurilmasini qurishishlarini  boshlab yuborgan. U ikkita konsetrlangan quvurlardan iborat bo‘lgan. Quvurlarning biri (ichkisi) qizdirilgan, ikkinchisi esa (tashqisi) sovutilgan. Ularning orasidan gazsimon olti ftorli uran uzatilishi kerak bo‘lgan va vaqtning o‘zida nisbatan yengilroq izotoplar (uran-235) tepaga tezroq, og‘irroq izotoplar esa (uran-238) sekinroq ko‘tarilib, bu ularni bir biridan ajartish imkonini yaratishi mumkin bo‘lgan (Kluzius-Dikkel uslubi).

O‘sha vaqtning o‘zida Verner Geyzenberg yadro reaktori qurilmasini yaratish bo‘yicha nazariy ishlarni boshlab yuborgan. 1939- yining dekabrida tugatgan o‘zining “Uran parchalanishida texnik usul bilan quvvat hosil qilishning imkoni” hisobotida, Geyzenberg quyidagicha hulosa qiladi:

“Umuman olganda, suv bilan qurshab oligan, radiusi 60 santimetr bo‘lgan sharning ichidagi uran - og‘ir suv aralashmasida (tahminan 1000 kilogram og‘ir suv va 1200 kilogramm uran), o‘z-o‘zidan quvvat ishlab chiqarila boshlaydi”. Shu vaqtning o‘zida Geyzenberg uran va og‘ir suv aralashtirilmay qatlamlarga bo‘linib joylashtirilgan boshqa reaktorning patametrlarini hisoblab chiqqan. Uning fikriga ko‘ra agar qurilma qalinligi 4 santimetr va maydoni 1 kvadrat metrga teng katlamlari qalinligi 5 santimetrga teng suv qatlamlari bilan marzalanib ajratilsa, shu bilan birga uran va og‘ir suv qatlamlari har uch marta qaytarilganidan keiyn sof uglerod qatlami (10-20 santimetr), butun reaktor esa tashqaridan sof uglerod qatlami bilan qoplangan bo‘lsa “parchalanish jarayonini juda uzoq vaqtga cho‘zish mumkin”.

Ushbu hisoblarga asoslanib “Auerge” firmasi ko‘p bo‘lmagan miqdorda uran tayyorlash buyurtmasini olgan, Norvegiyalik Norsk Hydro firmasi esa og‘ir suvni yetkazib berishi kerak edi.

Berlindagi Fizika institutining hovlisida Geyzenberg hisoblarini tasdiqlash uchun reaktor qurilmasi qurilishi boshlangan.

1940-yilning 5- yanvar kuni kayzer Vilgelm Jamiyati tomonidan doktor Telipov tomonidan va 1940- yilning 17- yanvar kuni Qurollanish boshqarmasi tomonidan general Bekker tomonidan urush davriga Fizika instituti armiya tasarrufiga topshirish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

Germaniya yadroviy loyihasining birinchi omadsizligi shu bo‘ldiki, Leverkuzenda qurilgan Kluzius - Dikkel uslubi bo‘yicha izotoplarni ajartish uchun qurilma ishlamagan va 1941- yilning boshida olimlar bu uslubda uran izotoplarini ajratish mumkin emasligini tan olishga majbur bo‘lgan. Natijada nemis olimlari befoyda tajribalarga bir yildan ortiqroq vaqtni sarflagan.

Nemis fiziklari uran boyitilishining kamida besh ususlini ishlab chiqqan. Tabiiyki, ularning ichida eng istiqbollirog‘i “inersion usul” hisoblagan - ya’ni, izotoplarni maxsus tsentrifuga yordamida ajratish ususili. Hisoblanishicha, tsentirfugalash loyihasi amalga oshmagan, chunki tsentrifuganing yaratilishibilan shug‘ullangan doktor Grotga ishni oxiriga yetkazish uchun puli ham sabriham yetmay qolgan ekan. Shuningdek, o‘z xususiyatlari bilan amerikada yaratilgan huddi shunday moslamadan zarracha qolishmaydigan “elektromagnit separatori”ni yaratgan baron Manfred fon Ardenne ham muvaffaqiyatga juda yaqin bo‘lgan, degan fikrlar ham mavjud.

1940-yilning oxirida Geyzenberg reaktor qurilmasini yaratish bo‘yicha tajribani avval o‘zi qilgan hisoblarga asoslanib o‘tkazgan, biroq zanjirli reaksiyani vujudga keltira olmagan. Geyzenberg ham uning hodimlari ham tajribaning asosi qilib olingan nazariy hisoblar noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetgan.

Ayrim fikrlarga qaraganda, nemis olimlari o‘zini quvvatlovchi yadroviy reaksiyani amalga oshira olmaganining sababi shundaki, Germaniyada neytronlarni sekinlashtiruvchi material sifatida foydalaniladigan og‘ir suvning yetarli miqdori bo‘lmagan, ammo topilishi ancha oson bo‘lgan grafitdan esa nemislar mashhur “Bote xatoligi” (professor Valter Bote) tufayli foydalanmagan. Biroq, bu aslida to‘g‘ri emas. Bote hech qanday xatolikka yo‘l qo‘magan, shunchaki u ishlatgan grafit yetarlicha toza bo‘lmagan, loyiha rahbarlari esa  nisbatan tozaroq, sof grafitni olish imkonlarining tadqiqotlari bilan shug‘ullanmagan. Shu bilan birga, birinchi navbatda Fau-2 ballistik raketalarning gazsimon rullarini ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan sof grafitning o‘ta keskin tanqisligi bo‘lgan, degan fikrlar ham uchrab turadi.

 1941-yilning sentyabr-avgust oylarida Leypsigda o‘tkazilgan bir qator tajribalardan keyin V. Geyzenberg, K. F. fon Vayszekker va R. Dyopel neytronlar ko‘payishi bo‘yicha ijobiy natijalarga erisha oldilar. Bu uran massasida zanjirli reaksiya amalga oshishining yaqqol dalili bo‘ldi, ammo bu reaksiya hali o‘zini o‘zi ushlab tura olmas edi.

1941-yilning 27- noyabr kungi yozuvida Geyzenberg uran loyihasi bo‘yicha barcha ishlarni zarur, muhim va muhim bo‘lmagan toifalarga bo‘lib chiqishni taklif qilgan. Zarurlar qatoriga u qisqa muddat ichida eng kamida bitta reaktor qurilishi imkonini beradigan ishlarni, muhimlar qatoriga reaktor ishining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ishlarni, qolgan ishlarni Geyzenberg muhim bo‘lmagan ishlar qatoriga kiritsa bo‘ladi, deb hisoblagan.

1942-yilning fevraliga kelib birinchi nemis reaktori qurib bitkazilgan. Bu professor Geyzenberg va professor R. Dyopel tomonidan ishlab chiqilgan Leypsig institutining tajriba reaktori bo‘lgan.

“Uran mashinasi” (reaktorni shunday deb nomlashgan) ikkita alyuminiy yarimshardan iborat bo‘lgan, uning ichiga 572 kilogramm uran kukuni va 140 kilogramm og‘ir suv o‘rnatilgan. Reaktorning ichida o‘rnatilgan suvli idishning vazni bir tonnaga yaqin bo‘lgan. Ichiga uran solingan sharning ichiga oddiy radiy-berilliydan neytronning birlamchi manbai bo‘lgan neytron piltasi joylashtirilgan. Yuklangan reaktordan neytronlar oqimini o‘lchov ishlari reaktor yuzasiga birlamchi radiy-berilliy tarqatgan neytronlardan ancha ko‘proq neytronlar yetib kelganini ko‘rsatgan R. Dyopel vermaxtning qurollanish bo‘limiga xabarnoma jo‘natib reaktor ishlayotganini xabar bergan.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib “uran mashinasi” portlab ketgan. Hisoblanishicha, “issiqlik portlashi” mayda kukun holatiga keltirilgan uran qobiqdan sizib o‘tgan og‘irsuv bilan reaksiyaga kirishish natijasidagi odiiy kimyoviy reaksiya natijasida vujudga kelgan. Lekin, bunday tahminiy fikr tanqid qilishga ham arzimaydi, chunki allaqachon kashf etilib barcha xususiyatlari o‘rganib bo‘lingan unsurning kimyoviy xossalari nemis olimlarga tanish bo‘lmagan, deb tahmin juda g‘alati tuyulishi tayin, albatta. Shu bilan birga, o‘sha davrda eng kam mexanik aralashuvlar bilan turboreaktiv dvigatellar ishlab chiqargan nemis olimlari va mutaxassilari, reaktor qobig‘ining ichiga atmosfera bosimi ostida suv sizib o‘tishini bartaraf eta olmagan deb hisoblash ham mutlaqo aqlga sig‘maydi. Shu o‘rinda shunday tahmin borki, reaktor va nihoyat kritik nuqtaga yetib borgan va uning portlashi aynan reaktor ichida harorat ko‘tarilishi va shundan keyingi faol hududning qobig‘ining erib ketishi, bu esa o‘z navbatida uranning og‘ir suv bilan qo‘shilgandan keiyngi reaksiyaga kirishishi, yong‘in va reaktorning to‘htashiga olib kelgan.

1942-yilning 4- iyun kuni imperiya qurollanish va qurol-aslaha ministrom Albert Shpeyer tomonidan harbiy rahbariyat va yadro muammosi bo‘yicha olimlar ishtirokidagi kengash yig‘ilishi chaqirilgan. Unda Geyzenberg olimlarning har bir talablari so‘zsiz bajarilgan taqdirda ishlab chiqarish-texnik muammolarni hal etilishi uchun eng kamida ikki yil vaqt ketishini aytgan. Natijada loyiha uchun pul mablag‘lari, tanqis materiallar uchun jamg‘armalar ajratilib, Berlinda atom reaktori uchun bunker qurilishi, metall uran tayyorlanishi va izotoplarning ajratilishi uchun dastgohlar yetkazib berilishining eng qisqa muddatlari tasdiqlangan.

1943-yilning fevral oyida Buyuk Britaniyadan jo‘natilgan Norvegiyalik qo‘poruvchilar Norvegiyadagi og‘ir suv ishlab chiqarish zavodini yo‘q qilishga erisha olgan.

1943-yilning martida qurollanish Boshqarmasi mamlakat oliy rahbariyatining kayfiyatlari tufayli Uran loyihasi bo‘yicha ishlardan bosh tortgan va bu ishlar imperiya tadqiqot kengashining tasarrufiga topshirilgan.

Doktor Dibner guruhi ham portlovchi moddadan shar ko‘rinishidagi yadroviy portlovchi moslamaning tarxini ishlab chiqqan, va tarxga ko‘ra bu sharning ichida bo‘linuvchan materiallardan yana bir shar bo‘lgan.

Doktor Trinks boshqalardan ham uzoqroq qadam tashlab, yadroviy emas, vodorod bombasi ustida ishlagan. Bu ish “Portlashlar yordamida yadroviy reaksiyalarni qo‘zg‘atish tajribalari” deb nomalagan olti varaqli xujjatli hisobotda saqlanib qolgan. Doktor Trinks kumush sharni oddiy portlovchi modda bilan siqib og‘ir vodorodni o‘ta keskin ravishda qizdirib yuborishga uringan.Trinks shu tarzda yadroviy bombani yarata olishiga ishongan. U og‘ir vodorodda termoyadroviy reaksiyalarni qo‘zg‘atishga urinishlarni bir necha marta qaytargan, biroq radioaktiv nurlanish chiqishini payqay olmagan.

1944-yilning yanvar oyida Geyzenberg Berlinda katta reaktor qurilishi uchun quyilgan uran plastinalariga ega bo‘lgan. Katta reaktor uchun maxsus bunker ham qurilib jihozlangan.

Zanjirli reaksiyani hosil qilish bo‘yicha oxirgi tajriba 1945- yilning yanvar oyiga mo‘ljallangan edi, ammo 31- yanvar kuni dastgohlarning hammasini tezkor ravishda parchalanib, Germaniyaning janubiga jo‘natib yuborilgan.

Xaygerloxdagi nemis tajriba yadroviy reaktor, 1945- yilning aprel oyi.

1945-yilning fevral oyida B VIII reaktori Berlindan Shveysariya chegarasiga yaqin bo‘lgan Xaygerlox qishlog‘iga olib kelingan. Reaktor umumiy og‘irligi 1525 kilogrammga teng, 664 nafar uran kubiklaridan tarkib topgan faol hududiga ega bo‘lgan va og‘irligi 10 tonnaga teng bo‘lgan neytronlarning sekinlashtiruvchi grafit qaytargich bilan qoplangan. 1945- yilning mart oyida faol hududga qo‘shimcha yana 1,5 tonna og‘ir suv quyilgan. 1945- yilning 23- mart kuni professor Gerlax Berlinga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan va reaktor ishlayotganidan xabar bergan. Ayrim asoslanmagan fikrlarga ko‘ra bu xabar xatto Adolf Gitlerga ham yetkazilgan. Biroq xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi -reaktor kritik nuqtaga chiqa olmagan. Qayta hisoblashar shuni ko‘rsatgan ediki, uranning miqdorini yana 750 kilogrammga ko‘paytirish kerak, bundan tashqari,og‘ir suv miqdorini ham ko‘paytirish kerak bo‘lgan. Uning zahiralari esa qolmagan edi. Uchinchi reyxning so‘nggi kunlari yaqinlashib kelayotgan edi va 23- aprel kuni Xaygerloxga Amerika qo‘shinlari kirib kelgan. Reaktor Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib chiqib ketilgan edi.

“Epsilon” operasiyasi (inglizcha: Operation Epsilon) - Ikkinchi jahon urushining oxirida ittifoq kuchlari tomonidan nasistlar Germaniyasida yadro quroli ustida ishlagan o‘n nafar nemis olimlarining qo‘lga olinishi bo‘yicha maxsus opersiyaning kodlashtirilgan nomlanishi.

“Epsilon”operasiyasi paytida qo’lga olingan nemis olimlari:

Erix Bagge

Kurt Dibner

Valter Gerlax

Otto Gan

Paul Xartek

Verner Geyzenberg

Xorst Korshing

Maks fon Laue

Karl Fridrix fon Vaytszekker

Karl Virs

6-iyulda mikrofon nemis yadro loyihasi ustida ishlagan Verner Geyzenberg bilan Kurt Dibner o‘rtasidagi suhbatni yozib olgan:

Dibner: “Qiziq, bu yerda mikrofonlar o‘rnatilmaganmikan?”

Geyzenberg: “Bu yerda mikrofonlar o‘rnatilmaganmikan (kuladi)?” Yo‘g‘-e, ular bu darajada zehnli emas. Men ularga gestaponing haqiqiy uslublari ma’lum, deb o‘ylamayman, ular bu borasida jinday mutaassibroq”.

Radioda 1945- yilning 6- avgust kuni Xirosimaning bombardimon qilinganligi to‘g‘risida xabar berilganida hamma olimlar yoqa ushlab, hayratda qolgan. Stenogrammadagi yozuv shuni ko‘rsatadiki, fizik olimlar, xususan Geyzenberg Amerikaliklar atom bombasini qo‘llaganini eshitib karaxt bo‘lib qolgan. Atom bombardimonlari amalga oshirilganidan keyin olimlar nima uchun Germaniya birinchi bo‘lib atom bombasini yarata olmagani to‘g‘risida o‘ziga savol bera boshlagan. Olimlarning ayrimlari nasistlar Germaniyasi uchun atom bombasini yarata olmagani tufayli hozir o‘zlarini bahtli his etayotgani to‘g‘risida fikr bildirgan. Germaniya atom bombasini yarata olmaganiga xursand bo‘lganlar qatoridan Otto Gan bundan avval nemis loyihasida ishlaganlarga “Agar Amerikaliklarda uran bombasi paydo bo‘lib qolsa, hammangiz qobiliyatsiz ekanligingiz aniq bo‘lib chiqadi” - deb ta’na qilgan.

Qurolsizlantirilgan nemis olimlarining ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlari

1945-yilning 3- iyul kuni bir guruh nemis olimlari va apparatura Angliyadagi sobiq Farm-Xoll qarorgohiga yetkazilgan va bu yerga yashirin eshitish texnikasi o‘rnatilgan. 1945- yilning 6- avgust kuni Farm-Xoll qarorgohining katta zobiti mayor Ritner dunyoda ilk bor Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Yaponiyaga atom bombasi tashlab portlatilganini tasdiqlagan edi. Amerika atom loyihasi amalga oshirilganidan larzaga kelgan olimlar gazetalardagi maqolalarga quyidagi o‘z mulohazalarini bayon qilishga qaror qilganlar:

Germaniyada go‘yo atom bombasini yaratilishi bo‘yicha olib borilgan ishlarni yoritilishidagi Matbuotning oxirgi habarlarida bir qator noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan. Shu munosabat bilan biz uran muammosi bo‘yicha nemis olimlari olib borgan ishlarga qisqacha ta’rif berib o‘tmoqchimiz.

1.            Uranning atom yadrosining bo‘linishi 1938- yilning dekabr oyida kayzer Vilgelm Institutida Gann va Shtrassman tomonidan kashf qilingan. Bu faqat ilmiy tadqiqotlarning natijasi va uning amalda qo‘llash bo‘yicha hech qanday maqsadi bo‘lmagan. Bunday kashfiyotlar deyarli bir vaqtning o‘zida turli mamlakatlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar chop etilganidan keyingina, zanjirli reaksiya qo‘zg‘atilishi imkoni va uni atom energetik qurilmalarda ishlatishi imkoni to‘g‘risidagi fikrlar paydo bo‘lgan.

2.            Urushning boshida ushbu kashfiyotni amaliy qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan olimlardan guruh tashkil qilingan edi.1941-yilning oxirida dastlabki tadqiqotlar atom energiyasini bug‘ hosil qilish uchun ishlatish va tabiiyki turli mashinalarni xarakatga keltirish mumkinligini ko‘rsatdi. Boshqa tarafdan Germaniyada mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda o‘sha paytda atom bombasini yaratib bo‘lmas edi. Shuning uchun ham barcha keyingi ishlar atom dvigatelini yaratilishiga qaratilgan, va buning uchun og‘ir suvga zarurat paydo bo‘lgan.

3.            Katta miqdorda og‘ir suv olish maqsadida Norvegiyaning Ryukandagi zavodi qayta jihozlangan. Biroq, dastlab partizanlar, keyin aviasiyaning harakatlari bilan bu zavod ishdan chiqarilgan va faqatgina 1943- yilga kelib yana ishlay boshlagan.

4.            Bir vaqtning o‘zida Freyburgda og‘ir suvni talab qilmaydigan va uranning noyob izotopi - uran-235 konsentrasiyasining orttirilishiga asoslangan uslubni muvofiqlashtirish bo‘yicha tajribalar olib borilgan.

5.            Energiya hosil qilish bo‘yicha mavjud og‘ir suv zahiralari ishlatiladigan tajribalar Berlinda, keyinchalik esa Xagerloxda (Vyurtemberg) o‘tkazilgan.      

Urushning tugash paytiga ular shu darajada jadallab ketgan ediki, energiya hosil qilish bo‘yicha qurilma o‘ta qisqa muddatda qurilishi mumkin edi.

Uchinchi reyx olimlari tomonidan atom bombasini yaratish imkoni bo'lgan yoki bo'lmganligi shu bugungi kungacha ochiq qolib kelmoqda.

1939 —1941yillarda nasist Germaniyasi atom quroli yaratilishi uchun tegishli sharoitlarga ega bo‘lgan: u kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik sanoati va rangli metallurgiyada zarur ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek yetarlicha moliyaviy mablag‘lari hamda umumiy maqsadlardagi materiallariga ega bo‘lgan.Ilmiy salohiyat juda baland edi va atom yadrosi fizikasi bo‘yicha zarur bilimlar ham bor edi.

Ko‘pincha nasistlar Germaniyasida atom bombasining yaratilmaganining sababi -  totalitar nasistlar rejimi ilmiy ijod rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelgani, kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan ko‘pchilik olimlarga nisbatan murosasizlik, ya’ni, atom bombasining yaratilishiga Germaniyada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzum bo‘lgan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, yadro energiyasi kashf etilishining boshida turgan mamlakatda nasistlar rejimini juda bamaylixotir qabul qilib, muvaffaqiyat bilan ijodiy ishlashni davom ettirgan ko‘pchilik olimlar mavjud bo‘lgan (Otto Gan, Liza Meytner, Maks Born, Otto Frish, Rudolf Payerls) degan  nuqtai nazar ham bor. Germaniyada nasizmni qabul qila olmagan yoki o‘zining kelib chiqishi yahudiy bo‘lgani tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan ko‘pchilik olimlarning ko‘chib ketishidan keyin ham ko‘chib ketganlardan zarracha zam bo‘lmagan holda dong taratgan va yuqori samarali olimlar qolgan. Masalan Verner Geyzenberg, Karl fon Vayszekker, Valter Bote, Manfred fon Ardenne va yana ko‘p boshqalar. Boshqa tarafdan nemis olimlarining faoliyatlari mutasaddi bo‘lmagan nasistlar byurokratiyasi tomonidan kuchli to‘sqinliklarga, Reyx rahbariyati tomonidan ilmiy muammolarni to‘liq anglay olmaslikka va ilmiy yo‘nalishlar orasidagi ixtiloflarni ko‘pincha siyosiy ziddiyatlar deb qabul qilinishiga duch kelgan.

Ishlarning boshlanishida olimlar tomonidan yuqorida aytib o‘tilgan xatolarga yo‘lqo‘yishdan tashqari qo‘shimcha ravishda, loyiha uchun yadroviy reaksiyalarga erishish tezligi nuqtai nazaridan optimal bo‘lmagan "qattiq suv" usuli tanlangani uchun yadro qurolini yaratish muvaffaqiyatli amalga oshirilmay qolgan. Ushbu uslubiyatni amalga oshirish, shuningdek, faqat ishlarning oxiriga kelib "grafit" usuliga murojjat qilinib oxiriga yetkazish uchun, Reyxning harbiy mag‘lubiyatidan oldin vaqt yetmay qolgan edi.

Reyx rahbarlari (xususan, Gimmler, Gering, Keytel, Bormann) atom masalasini e’tiborsiz qoldirganligi to‘g‘risidagi fikr keng tarqalgan. Bu to‘g‘risidagi xulosalar ba’zan tegishli uchrashuvlarda ular shaxsan o‘zlari ishtirok etmaganligi sababli chiqarilgan. Xaqiqatdan ham, na Gimmler, na Gering, na Reyxning boshqa rahbarlari raketa dasturiga oid yig‘ilishlarda ishtirok etgan, lekin bu ularga muammolardan doimiy ravishda xabardor bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan. Shu bilan birga, urushning o‘rtalarida mamlakat rahbariyatida ilmiy, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni faqatgina yangi qurollarni yaratish shaklidagi tezkor samara beruvchi loyihalarga yo‘naltirilishi zarurligi to‘g‘risida kayfiyatlar ustunlik qilgan. Shu munosabat bilan Uran loyihasi ustuvor harbiy fan sohasidan fuqarolik faniga berib yuborilgan. Bu esa uning amalga oshirilishini Fau-2  jangovar ballistik raketalarini tezkorlik bilan amalda qo‘llashga joriy qilinishni,“Amerika” loyihasi bo‘yicha A9/A10 qit’alararo raketalar va Sibervogel yarim-orbital bombardirovshik yaratilishini sekinlashtirib yuborgan kabi Uran loyihasini ham o‘ta sekinlashtirib yuborgan.

Bundan tashqari, nemis atom tadqiqotiga ikki yuz barobar kamroq mablag‘ sarflangani va Amerikaning “Manxetten loyihasi” ga qaraganda bir yarim barobar kamroq kishi ishlatilgani ham ma’lum.

1945- yildan boshlab mag‘lub bo‘lgan Germaniyaning hududida harbiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishga zarracha aloqasi bo‘lgan barcha mutaxassisliklar bo‘yicha olimlarva muxandislar izlanish bilan birga, eng zo‘r nemis yadro fizikasi olimlariniham izlash va Sovet Ittifoqi hududiga olib chiqib ketish boshlangan.

Sovet Ittifoqiga olib chiqib ketilgan nemis olimlari bir qismi harbiy mahbuslar lagerlaridan topilgan. Yadro tadqiqotlariga aloqasi bo‘lgan jami 1600 kishi, shu jumladan 111 nafar fizika-matematika fanlari doktorlari  aniqlangan.

Aniqlangan nemis yadro fiziklari ichidan Sovet Ittifoqiga olib chiqib ketish uchun tahminan 300 - 400 mutaxassislar tanlab olingan.

Mixail Pervuxin va Avraamiy Zavenyagin Lavrentiy Beriyaga yozgan maktubidan: « … 208 mutaxassis tanlab olindi. Avval “A“ va “G“ institutlari va “V” laboratoriyasiga yo‘naltirilgan 89 nafar harbiy maxbus mutaxassislardan tashqari SSSR IchkiIshlar Ministrligining 9-chi boshqarmasi tasarrufidagi ob'yektlarga 190 kishi,shu jumladan “A” va “G” institutlariga - 93 kishi; “V” laboratoriyasiga — 41 kishi; “B“ institutiga — 37 kishi; professor Dyopell guruhiga — 19 kishi jo‘natilishini mumkin deb hisoblansin …»

Sovet atom bombasi ustidan ishlarni olib borish uchun olib chiqib ketilgan mutaxassislar orasida Genrix Rudolf Gers, Maks Folmer, Georg Robert Dyoppel, Rudolf XaynsPoze, Manfred fon Ardenne, Peter Tissen kabi professorlar, Maks Shteyenbek, Nikolaus Ril kabi fanlar doktorlari va dunyoga tanilgan fan arboblaridan yanako‘p boshqalari ham bor edi.

Professor Gustav Lyudvig Gers hozirgi Abxaziyaning Suxumi shahrida o‘sha davrda “G”shifri bilan belgilangan, gaz diffuziyasi uslubi bilan izotoplarni ajratish masalasi bilan shug‘ullangan institutni boshqargan.

Ardenne  “A” shifri bilan belgilangan, magnit uslubibilan izotoplarni ajratish masalasi bilan shug‘ullangan institutni boshqargan.

Professor Rudolf Xayns Poze yadro reaktorlarini ishlab chiqish va yadro jarayonlarining umumiy nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi “V” shifri bilan belgilangan institutni boshqargan.

Professor Dyoppel va professor Folmer hozirgi paytda “Plutoniy instituti” sifatida tanilgan mashhur 9-chi ilmiy tadqiqot institutida mehnat qilgan. Dyoppel yadroviy portlash kinetikasini o‘lchash uchun apparatura yaratilishi bilan, Folmer esa og‘ir suv ishlab chiqarish bo‘yicha zavodning loyihasi bilanshug‘ullangan.

Doktor Shteyenbek “A” institutida gaz bilan tsentrifugalash uslubida uran izotoplarini ajratish uchun tsentrifugalarni loyihalashtirgan. Shu paytgacha u o‘zining butun umri davomida gaz razryadi fizikasi, plazma fizikasi bilan shug‘ullanib kelgan. U Suxumida birinchi marta izotoplarni ajratish muammosi bilan shug‘ullanishiga majbur bo‘lgan. Kondensasiya uslubini sinab ko‘rishning muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng, u Gernot Tsippe va Rudolf Sheffler kabi muxandislar bilan hamkorlikda uran izotoplarini ajratish uchun o‘ziga xos Tsippe gaz tsentrifugasini ishlab chiqqan. Bu tsentrifuganing asosiy sxemasi va uzellari barcha mamlakatlarda haligacha ishlatilib kelmoqda. Professor Tissen izotoplarni ajratishga mo‘ljallangan gazodifuzzion qurilmalar uchun diafragmalar loyihalarini ishlab chiqqan va shu loyihalar asosida ularni yaratgan. Ushbu diafragmalar uning rahbarligida Elektrostal shahrida ishlab chiqarilgan va Novouralsk shahridagi zavodda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.

Birinchi Sovet atom bombasi portlatilganidan keyin Germaniyalik ko‘pchilik atomchi olimlar oliy darjadagi Sovet hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan. Professor Ril Sovet Ittifoqi Sosialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Ko‘p nemis mutaxassislari Sovet Ittifoqining mukofotlari bilan yoki katta xajmdagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan. Fon Ardenne ham SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Professor Ril rahbarligi ostida Noginsk shahrida sof uran hosil qilishning sanoat texnologiyalari ishlab chiqilgan. O‘sha davrdagi hujjatlarning ko‘rsatishicha: “Hozirgi paytda to‘rt ftorli tuz orqali (doktor Ril uslubi bo‘yicha) uran ishlab chiqarilishi tez sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda, va bugungi kunda asosiy zavodning tsexlari to‘laligicha ushbu uslubda ishlashga o‘tmoqda”.

Manxetten loyixasi (inglizcha Manhattan Project) — Amerika Qo‘shma Shtatalari yadro qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha 1943 yilning 17 sentyabr kunida boshlangan dasturining kodlangan nomlanishi. Bundan avval tadqiqotlar 1939 yildan buyon “Uran komiteti”da (S-1 Uranium Committee) olib borilgan. Loyihada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanadadan olimlar ishtirok etgan.

Loyiha doirasida uch nafar atom bombalari yaratilgan: plutoniylik “Buyumcha” (Gadget) (birinchi yadroviy sinovda portlatib yuborilgan), uranli “Kichkintoy”(LittleBoy) (1945 yilning 6 avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlab yuborilgan) va plutoniylik “Baqaloq” (Fat Man) (1945- yilning 9- avgust kunida Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlab yuborilgan).

Loyihaga amerikalik fizik Robert Oppengeymer va general Lesli Grovs rahbarlik qilgan.

Qaytadan yaratilgan strukturaning asl maqsadini yashirish uchun AQShning harbiy-muxandislik qo‘shinlari tarkibida Manxetten muxandislik okurgi shakllantirilgan (Manhattan Engineering District), Grovs esa (o‘sha davrga qadar polkovnik unvonida bo‘lgan) brigada generali unvoniga ega bo‘lgan hamda ushbu okrug qumondoni etib tayinlangan. Uning ismi bilan bog‘liq holda butun loyiha o‘zining nomiga ega bo‘lgan.

1939-yilning avgust oyida fizik olimlar Leo Silard va Yudjin Vigner “Eyshteynning Ruzveltga maktubi”ni tayyorlagan. Unda Germaniya tomonidan yangi turdagi haddan tashqari katta quvvatga ega bo‘lgan bomba yaratish ehtimoli borligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Shu munosabat bilan maktub mualliflari AQShni uran rudasi zahiralarini to‘plashga, Enriko Fermi va zanjirli yadro reakisyalari sohasida mashg‘ul bo‘lgan boshqa olimlarning tadqiqotlarini mollyalashtirishga chaqirgan. Bu maktub Albert Eynshteyn tomonidan imzolangan va prezident Franklin Ruzveltga yetkazib berilgan. Ruzvelt maktubda ko‘tarilgan muammolarni tadqiq qilish uchun Standartlar Milliy Byurosidan Layman Briggsni Uran komitetining rahbari etib tayinlagan. 1939- yilning 21- oktyabr kunida Briggs tezkor yig‘ilish chaqirgan. Bu yig‘ilishda Leo Silard, Yudjin Vigner va Edvard Teller qatnashgan. Shu yilning Noyabr oyida komitet Ruzveltga urandan foydalanish shu paytgacha ma’lum bo‘lgan barcha narsalardan bir necha ming barobar kuchliroq vayron qiluvchi qurol yaratish imkonini berishi to‘g‘risida xabar bergan.

Briggs uranni, ayniqsa uran-235 izotopini va yaqindagina kashf etilgan plutoniyni tadqiq qilish uchun 167 000 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i ajratishni taklif qilgan. 1941- yilning 28- iyunida Ruzvelt direktor lavozimida Venivar Bush boshchiligidagi Ilmiy tadqiqotlar va ishlar Byurosining yaratilishi to‘g‘risidagi 8807-sonli ijrochi buruqni imzolagan (Inglizcha: Office of Scientific Research and Development).

1939- yil iyunida Buyuk Britaniyadagi Birmingem universitetida Otto Frish va Rudolf Payerls uran-235 izotopining kritik vaznini inqilobiy tarzda tadqiq qilgan. Ularning hisoblari ko‘rsatishicha izotoppning vazni o‘rtacha 10 kilogrammga teng bo‘lishi kerak ekan.

1939- yilda boshlangan maxfiy loyihaga 1933 yilda Germaniyadan ko‘chib kelgan Frish, Bete, Silard, Fuks, Teller, Blox kabi ko‘p yirik olimlar, shuningdek Germaniya tomonidan bosib olingan Daniyadan olib chiqib ketilgan Nils Bor ham qo‘shilgan. Loyiha doirasida uning xodimlari xarbiy harakatlarning yevropa sahnasida nemis yadro dasturi to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni yig‘ib yurgan holda ishlagan. (“Alsos” Missiyasi).

1945- yilning yoziga kelib AQSh harbiy mahkamasi harakati uran-235 izotopi (uranbombasi), yoki plutoniy-239 izotopi (plutoniy bombasi) kabi bo‘linuvchi materiallardan foydalanishga asoslangan atom quroliga ega bo‘lgan.

Uran-235 asosida portlovchi moslamani yaratilishidagi eng muhim murakkablik uranning boyitilishida jamlangan - ya’ni zanjirli yadro reaksiyasini qo‘zg‘atish imkoniyatini vujudga keltirish uchun (tabiy va kam boyitilgan uranda uran-238 zanjirli reaksiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi) materialda uran-235 izotopi vazn ulushining ko‘tarilishida (tabiiy uranda asosiy izotop uran-238 hisoblanadi, uran-235 izotopining ulushi 0,7 foizga teng).

Plutoniy zaryadi uchun plutoniy-239 olish to‘g‘ridan-to‘g‘ri uran-235ni olish bilan bog‘lik murakkabliklarga duch kelmagan, chunki bu holda uran-238 va maxsus yadro reaktoridan foydalanilgan.

Plutoniy-239 asosidagi (sinov davomida aynan imploziv turdagi plutoniy bombasi sinalgan) “Triniti” deb nomlangan yadro portlash moslamasining dastlabki sinovi 1945yilning 16 iyul kunida AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida o‘tkazilgan. Shu portlashdan keyin Robert Opengeymer “Urush tugadi” degan. Ammo Lesli Grovs unga “Ha, lekin biz Yaponiyaga yana ikkita bomba tashlaganimizdan keyin” - deb javob bergan.

Sovet Ittifoqida yadro quroli borasidagi ishlar bilan SSSR Ministrlar Kengashi qoshidagi Lavrentiy Beriya boshchiligidagi Maxsus komitet shug‘ullangan. Sovet Ittifoqida yadro qurolining dastlabki sinovi 1949 yilda, AQShdagi ilk yadro sinovi o‘tkazilganidan to‘rt yil keyin amalga oshirilgan.

1944- yilning iyunida Manxetten loyihasiga 129 mingga yaqin xodim, shu jumladan 84500tasi qurilish ishlariga jalb etilgan, 40500 nafari operatorlar va 1800 nafar harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Keyinchalik harbiy xizmatchilar soni 5600 kishiga yetgan. Loyihani amalga oshirishda hisoblovchi kishilar muhim o‘rin egallagan.

Loyihaga  Rudolf Payerls, Otto Frish, Edvard Teller, Enriko Fermi, Nils Bor, Klaus Fuks, Leo Silard, Djon fon Neyman, Richard Feynman, Djozef Rotblat, Isidor Rabi, Stanislav Ulam, Robert Uilson, ViktorVayskopf, Gerbert York, Kennet Beynbridj, Semyuel Allison, Edvin Makmillan, Robert Oppengeymer, Djon Lourens, Georgiy Kistyakovskiy, Gans Bize, Ernest Lourens, Aleksandr Saks, Xans Bete, Shveber, Bush,Ekkers, Xalban, Simon, E. Vagner, Filipp Xauge Abelson, Djon Kokroft, Ernest Uolton, Robert Serber, Djon Kemeni, Albert Bartlett, Nik Metropolis, Djeyms Frank, Mirtl Bachelder kabi fiziklar va dunyoga tanilgan boshqaolimlarni jalb qilingan.

Manxetten loyihasi Buyuk Britaniya, Yevropa, Kanada, Amerika Qo‘shma Shtatlarida nolimlarni yagona halqaro jamoga birlashtirib masalani eng qisqa muddatlarda hal eta olgan. Biroq, Manxetten loyihasi AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik bilan birga hamroh bo‘lganligi kuzatilib kelgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya o‘zini ranjigan taraf deb hisoblagan, chunki undan chiqqan olimlarning bilimlaridan foydalangani ("Maud Komitii" komiteti), lekin natijalarni Buyuk Britaniya bilan bo‘lishmagani tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qattiq hafa bo‘lgan.

Uran bombasining ishlab chiqilishi

“Kichkintoy” (Little Boy) bombasi zambarak turidagi yadro zaryadi bo‘lgan. Zambarak sxemasining ishiga shubha bo‘lmagan. Shuning uchun ham poligonda uning sinovlari o‘tkazilmagan. “Kichkintoy” bombasi 1945- yilning 6- avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan.

Uran rudasi

Loyiha uchun asosiy xom ashyo reaktorlar uchun xom ashyo sifatida xizmat qilgan uran bo‘lgan. Uran rudasining eng boy manbai Afrikada, Kongo davlatining Shinkolobve koni hisoblangan, biroq u cho‘ktirilib, yopib tashlangan edi. Tabiy urannning 99,3 foizi uran-238 va 0,7 foizi uran-235dan tarkib topgan. Shunga qaramay, aynan uran-235 parchalanuvchidir. Kimyoviy identik uran-235 kenglroq tarqalgan izotopdan jismonan uzoqlashgan bo‘lishi kerak. Uranni boyitishning turli usullari ko‘rib chiqilgan. Ularning ko‘pchiligi bugungi kunda Ok-Ridj Milliy kutubxonasida. Eng umid bag‘ishlagan tsentrifuga usulidan foydalanish muvaffaqiyatsizlikka uchragan, biroq elektromagnit ajratish, gaz diffuziyasi va termodiffuziyadan loyihada muvaffaqiyat bilan foydalanilgan.

Plutoniy zaryadlari uchun plutoniy-239 hosil qilish bevosita uran-235ni hosil qilishdagi murakkabliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan, chunki plutoniy-239 hodisasida maxsus yadroviy reaktor va katta miqdorda mavjud bo‘lgan uran-238 ishlatiladi. 1944 yilning bahor va yozida plutoniy-239 o‘z-o‘zidan bo‘linish xususiyatida holi bo‘lmagan plutoniy-240 izotopining sezilarli darajadagi aralashmalariga ega bo‘lganligi aniqlandi. Shuning uchun, plutoniy bombasi uchun zambarak sxemasi amalga oshirib bo‘lmasligi aniqlangan edi: plutoniy-240 yadro zaryadining unsurlari kritik massaga birlashtirilguniga qadar bo‘linish reaksiyasiga kiradi.

Plutoniyni ishlatishdan voz kechish mumkin emas edi, chunki 1945- yilning yozida ishlabchiqarilgan uran-235 faqat bitta bomba uchun, plutoniy-239 esa ko‘proqqa yetar edi. Plutoniy bombasi uchun zambarak sxemasining o‘rniga plutoniy-240o‘z-o‘zidan parchalanish effektini oldini olish uchun  portlash to‘lqini tomonidan yetarlicha tezlikbilan shakllantirgan plutoniyning kritik ko‘rsatkichdan baland vaznini siquvchi imploziv sxemasidan foydalanishga qaror qilingan edi.

Imploziv sxemasi eng yaxshi va eng ishonchli variantni tanlash uchun katta hajmdagi hisob-kitoblarni talab qilardi. Hisoblovchi odamlar (asosan ayollar) hisob-kitoblar hajmiga bas kela olmasliklari tufayli 1943- yilning oxirida IBM601 tabulyatorlariga buyurtmalar berilgan va ular 1944- yilning bahorida atigi 3 hafta ichida 6-oylik ish hajmini yakunlagan.

Tajribalar, testlar va hisob-kitoblar yo‘li bilan bir necha variantlar ichidan eng istiqbollisi deb Variant III (Mark III) tanlab olingan va guruh faqat ushbu variantning batafsil hisob-kitoblari bilan shug‘ullana boshlagan.

Plutoniy-239 va “Variant III” imploziv sxemasi asosidagi “Buyumcha” (Gadget) qobiqsiz yadroviy portlash moslamasi 1945 yilning 16 iyulida Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida “Triniti” sinovi paytida portlatilgan. Sinov shuni ko‘rsatganki, tanlab olingan “Variant III” imploziv sxemasi yaxshi ish bergan va yetarlicha mustahkam ekan.

“Baqaloq” (Fat Man) aviabombasining korpusiga joylashtirilgan ushbu moslamaning varianti 1945- yilning 9 avgustida Nagasaki ustidan tashlab yuborilgan.

Urush tugaganidan so‘ng

Manxetten loyihasi yagona maqsadni ko‘zlagan holda yaratilgan: 1945- yilning yoziga qadar atom bombasini yaratish. Harbiylar, olimlar va muxandislarning barcha sayi-harakatlari ishlaydigan atom qurolining yaratilishiga qaratilgan edi. Atom yadrosi va yadro energiyasi  sohasidagi barcha hisob-kitoblar pirovard maqsad sari yetaklovchi aynan manna shu yo‘nalish bo‘ylab olib borilar edi. Ikkinchi darajali barcha boshqa tadqiqotlar va izlanishlar qat’iy muddatlar hamda inson va moddiy resurslarining yetishmasligi tufayli chetga surib qo‘yilar edi.

Manxetten loyihasi o‘zining yagona maqsadiga erishib bo‘lganligi tufayli, 1945- yilning sentyabrida Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng olimlar o‘zlarining avvalgi ilmiy ishlariga qaytish maqsadida Los-Alamosdan keta boshladilar. Los-Alamos laboratoriyasining ilmiy direktori lavozimidagi Robert Oppengeymerning o‘rniga kelgan Norris Bredberi yana bir yil davomida qolgan olimlarni termoyadroviy sintez va mavjud bo‘lgan atom bombalarini muvofiqlashtirish borasidagi nazariy masalalar bilan mashg‘ul etgan holda laboratoriya faoliyatini zo‘rg‘a ushlab turgan. Bu hol oliy siyosiy doiralarda atom qurolini nima qilish kerakligi, uning saqlanishi va ishlab chiqarilishini kim nazorat qilishi va buning hammasi qay tarzda moliyalashtirishi bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar davom etib kelgan edi.

Ishlab chiqarish va dastlabki sinov

Manxetten loyihasi o‘zining amalga oshirilishini 1943- yilning 17- sentyabrida boshlagan. Bu loyihaga juda ko‘p taniqli fizik olimlar jalb qilingan. Ularning ko‘pchiligi Yevropadan kelgan qochoqlardan tashkil topgan.

1945- yilning yoziga kelib Amerikaliklar 3 nafar bombani yaratishga erishgan. Ularning ikkitasi Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan, uchinchisi esa bundan sal avvalroq sinalgan. Xirosimaga tashlangan  “Kichkintoy” - uran yadro bombasining qurilmasi juda oddiy va samarasi kamroq bo‘lsa ham mustahkam bo‘lgan. Amerikalik olimlar uning muvaffaqiyatiga zarracha ham shubha qilmagan. Plutoniyli “Baqaloq” ancha murakkabroq, ammo ancha samarali qurilmaga ega va albatta tekshirishdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. Shunday qilib, 1945- yilning 16-iyulida Nyu-Meksikoda Triniti (Uchlik) nomini olgan dunyoda birinichi marta atom bombasining sinovi o‘tkazilgan.

1945- yil 6-avgust kuni saharda V-29 "Enola Gay" amerika bombardirovshigi  (ekipaj sardori — polkovnik Pol Tibbets) Yaponiyaning Xirosima shahriga "Kichkintoy" (Little Boy) uran atom bombasini tashlab yuborgan. Portlash kuchi trotil ekvivalenti bo‘yicha turli manbalarning baholashlari bo‘yicha 13 dan 18 kilotonnagacha bo‘lgan.

Uch kundan keiyn, 1945- yilning 9-avgust kuni, "Baqaloq" plutoniy atom bombasi (Fat Man) Charlz Suini ismli uchuvchi tomonidan Nagasaki shahriga tashlangan. Uning portlash kuchi ancha kattaroq bo‘lgan va tahminan 15-22 kilotonnani tashkil etgan. Bu atom bombasining ancha mukammalroq qurilishiga bog‘liq bo‘lgan.

Xujumlardan ko‘rilgan insoniy yo‘qotishlarni baholanishi ancha murakkablashib ketgan. Hirosimada portlash va uning oqibatlari natijasida 140000 dan ortiqroq odam halok bo‘lgan, deb hisoblanadi; Nagasaki uchun bu ko‘rsatkich 74000 kishidan ortiqrog‘ini tashkil etadi. 1946 yilning fevral oyida Yaponiyadagi Amerika okkupasion armiyasining shtabi tomonidan chop etilgan bu raqamlarda 1946- yildan keyin portlashlar natijasida nurlanish oqibatida nur kasalligidan o‘lganlar hisobga olinmagan.

Bombardimon qilinish bilan ko‘rsatilgan yadro qurolining misli ko‘rilmagan vayronagarchiliklarni vujudga keltiruvchi noyob xususiyatlari, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi yadroviy qurollanish poygasining boshlanish nuqtasi bo‘lib qolgan. Keyinchalik bu poygaga bir necha boshqa mamlakatlar ham qo‘shilib ketgan.

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi dastlabki yillarda AQSh dunyodagi yagona "yadroviy davlat" bo‘lib qolgan edi. AQSh rahbariyati Sovet Ittifoqi o‘z atom bombasini yaratishdan ancha uzoq deya tahmin qilgan. Shu bilan birga AQSh o‘zining vaqtinchalik ustunligidan iloji bor qadar ko‘proq foydachiqarishga uringan. Xususan, Berlin va Chexoslovakiya masalalari bo‘yicha Stalinga bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘lgan. Bunday holllarda sovet rahbari AQSh faqat shularni deb sovet davlatiga qarshi yangi urush ochishga jur’at qila olmaydi degan xulosaga kelgan.

Shu vaqtning o‘zida SSSRda eng jadal sur’atlarda o‘z atom bombasini yaratishbo‘yicha ishlar olib borilayotgan edi. Urush paytida tadqiqotlar uran yetishmovchiligi tufayli cheklangan edi, biroq endi Sharqiy Yevropadan yetkazib berishlar bu muammoni hal etish imkonini yaratgan edi. Ishlar sur’atini ilojibor qadar tezlashtirish maqsadida fizik olimlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan edi. 1944 yilning 3 dekabrida Sovet Ittifoqi Mudofaa ishlaribo‘yicha Davlat Komitetining qaroriga asosan "uran bo‘yicha ishlarni nazorat qilish" Mudofaa Davlat Komiteti raisi o‘rinbosari Lavrentiy Beriya zimmasiga yuklatilgan.

AQShda Sovet Ittifoqi eng kamida 50-chi yillarning yarmigacha atom quroliga ega bo‘lish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida tahmin qilinar edi. Biroq 1949 yilning 29-avgust kuni sovet yadro fizikasi olimlarining ishlari muvaffaqiyat bilan yakunlangan edi. Shu kuni portlatilgan RDS-1 atom bombasini, G‘arbda Stalinning sharafiga: "Djo-1" deb atashgan. Yadro poygasi boshlangan edi.

1949-yilning 29- avgustida sinash uchun atom bombasidan tashqari 1949-yilning oxiriga kelib yana ikkita RDS-1 atom bombasi yaratilgan, 1950- yilda esa — yana to‘qqizta bomba yaratilgan. Biroq bu bombalarning hammasi tajribaviy qurilmalar bo‘lgan, o‘sha paytda esa SSSRda yetkazib berish vositasi bo‘lmagan. 1951-yilning yanvar-fevral oylarida yana to‘rt nafar atom bombasi yaratilgan. Shunday qilib, 1951-yilning 1 martiga kelib Sovet Ittifoqining RDS-1 turidagi 15 atom bombasi bo‘lgan. 1951- yilning oxiriga kelib umumiy hisobda 29 nafar RDS-1 atom bombasi, shu jumladan dastlabki uchta seriyali ishlab chiqarilgan atom bombasi bo‘lgan.

1951-yilning 24 sentyabrida "502-M" sovet atom zaryadi (RDS-2)ning muvaffaqiyatli sinovi o‘tkazilganidan keyin 1951-yilning oxiriga kelib RDS-2 atom bombasini ishlab chiqarilishi to‘liq o‘zlashtirilib bo‘lgan. 1952-yilning 1-yanvar holatiga Sovet Ittifoqida 35 nafar atom bombasi, ulardan 29 nafari RDS-1 va 6 nafari RDS-2 bo‘lgan. Nazariy jihatdan bu bombalarni Sovet Ittifoqi AQShgacha yetkaza olar edi.

1951-yilning 29-avgustida Birinchi qo‘shinlar omborxonalari - atom bombalarini saqlash va ishlatilishiga tayyorlash bo‘yicha yadro quroli bazalarini tashkil etilishi bo‘yicha SSSR Ministrlar Kengashining qarori qabul qilingan. Bunday bazalar atigi to‘rtta: Qrim yarim orolining Shimolida, Ukrainaning g‘arbiy qismida, Belorussiyada va Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy qismida bo‘lgan. Dastlabki ikki nafar yadro qurolini saqlash bazalari 1955-yilda yakunlangan. 1956-yilda yadro qurolini saqlash bo‘yicha markaziy baza ishga tushirilgan.

1951-yilning 18-oktyabrida birinchi sovet aviasion bombasi ("501- M" yadroviy zaryadga ega bo‘lgan RDS-3) ilk bor samolyotdan (Tu-4) tashlab yuborish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan. Bu bomba qurollanishga qabul qilish uchun tayyorlana boshlangan (1954-yilda qabul qilingan). 1952- va 1953- yillarda RDS-3 aviatsion bombasining muvaffaqiyatli uchuvchilik nazorat sinovlari o‘tkazilgan.

Yadroviy qurol sifatini takomillashtirish va miqdorini oshirishga mislsiz katta mablag‘lar sarflanar edi. Endi ikkala davlat ham termoyadroviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan edi. AQSh bunday qurilmani 1952-yilning 1 noyabrida portlatgan. Hammani yana hayratda qoldirib Sovet ittifoqi termoyadroviy portlatishni atigi 8 oydan keyin amalga oshirgan. RDS-6s sovet vodorod bombasi to‘lig‘icha o‘zining ishlab chiqarishi bo‘lgan, chunki AQShdagi josuslik harakatlari hech qanday natijalarga olib kelmagan. Eng muhimi esa — bu AQShdagi kabi ikki qavatli uyga teng stasionar qurilma emas aynan samolyotning bombaga mo‘ljallangan bo‘limi o‘lchovlariga mos keladigan birinchi aviatsion termoyadroviy bomba bo‘lgan.

Yadro qurolini yetkazish vositalari bo‘yicha ishlar ham juda jadal ravishda olib borilgan. Bular birinchi navbatda strategik bombardirovshiklar bo‘lgan. Bu sohada AQSh ancha jadal ishlar olib borgan, biroq reaktiv tutuvchi samolyotlarning paydo bo‘lishi amerikaliklarning ustunligini yo‘qqa chiqardi, qo‘ydi. 50- yillarning boshlarida AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan Sovet Ittifoqining havo bo‘shlig‘iga kira oladigan B-47 i B-52 reaktiv bombardirovshiklari taqdim etilgan.

50-yillarning ikkinchi yarmida Sovet Ittifoqida birinchi (MBR) R-7 qit’alararo ballistik raketa ishlab chiqarilgan. 1957-yilning 4 oktyabr kuni ushbu raketa Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan edi. Amerikaning birinchi qit’alararo ballistik raketasi 1959-yilning 31-oktyabr kuni uchirilgan.

2009-yilning avgust holatiga AQSh Mudofaa Ministrligida tahminan 5,6 ming nafar o‘rnatilishga tayyor bo‘lishi bilan birga tashuvchilarda joylashtirilgan jangovar zaryadlarga ega.

1995-yilning aprelida Rossiyaga yadroviy aslahalar Qozog‘istondan, 1996-yilning iyunida — Ukrainadan va 1996-yilning noyabrida — Belorussiyadan olib chiqilgan.

2009-yilning yanvar oyi holatiga Rossiya strategik yadroviy kuchlari tarkibida 2825 nafar yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladigan 634 nafar strategik tashuvchi mavjud bo‘lgan. 2009-yilning iyul oyi holatiga Rossiya strategik yadroviy kuchlari tarkibida 2683 nafar yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladigan 608 nafar strategik tashuvchilari bor edi. Rossiya yadroviy jangovar zarayodlari Rossiya Federasiyasining 12-asosiy boshqarmasining tasarrufida turadi.

Bugungi kunda yadro quroliga ega bo‘lgan 9 ta mamlakat bor: AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Izroil (tahminlarga ko‘ra) va Shimoliy Koreya. Ulardan faqatgina beshtasi yadro qurolini tarqatmaslik  to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1968-yilning 12-iyun kuni ma’qullangan, 1968-yilning 1 iyulidan boshlab Moskva, Vashington va Londonda imzolash uchun ochilgan. Shartnoma ratifikatsion yorliqlar saqlash uchun topshirilganidan keyin 1970-yilning 5 martida kuchga kirgan. U Sovet Ittifoqi tomonidan 1969-yil 24-noyabr kunida ratifikasiya qilingan. 190 nafar davlat Shartnoma qatnashchilaridir. Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomadan tashqarida hamon qolib kelayotgan davlatlar - Hindiston, Pokiston va Izroil. Shartnomadan chiqish to‘g‘risida KXDR ham bayonot bergan edi.

1896- yilda fransuz kimyogar olimi Antuan Anri Bekkerel uranning raioaktivligini kashf etdi.

•             1899-yilda Ernest Rezerford alfa- va -beta-nurlar, 1900 yilda gamma-nurlanish kashf etilgan.

•             Shu yillarda kimyoviy unsurlarning ko‘p radioaktiv izotoplari kashf etilgan: 1898-yilda P'yer Kyuri va Mariya Kyuri tomonidan poloniy va radiy, 1899-yilda Rezerford tomonidan radon, Debern tomonidan — aktiniy kashf etilgan.

•             1903-yilda Rezerford va Frederik Soddi radioaktiv parchalanishi qonunini kashf etishgan

•             1921-yilda Otto Gan amalda yadroviy izomeriyani kashf etgan.

•             1932-yilda Djeyms Chedvik neytronni kashf etgan, Karl Anderson esa  — pozitronni.

•             Shu yilning o‘zida, 1932-yilda AQSh Ernest Lourens birinchi tsiklotronni ishgatushirgan, Angliyada esa Ernest Uolton va Djon Kokroft atom yadrosini ilk bor parchalashga erishgan: ular protonlar bilan tezlatgichda litiy yadrosiga o‘quzib yemirilishiga erishgan. Huddi shunday tajriba Sovet Ittifoqida o‘tkazilgan.

•             1934-yilda Frederik Jolio-Kyuri sun’iy radioaktivlikni kashf etgan, Enriko Fermi esa neytronlarni sekinlashtirish uslubini ishlab chiqqan. 1936-yilda, u tomonidan neytronlarning tanlab olingan holdagi yutib yuborilishi kashf etilgan.

•             1934-yilda Vengriyalik fizik olim Leo Silard yadro reaktorining umumiy ta’riflanishibilan patent olish uchun ariza berilgan (patent 1936-yilda berilgan).

•             1938-yilda Otto Gan, Fris Shtrassman va Liza Meytner neytronlar tomonidan uran yutib yuborilayotgan paytdagi parchalanishini kashf etdilar. Shundan yadroviy qurolishlab chiqarilishi boshlandi.

•             1939-yilda Frederik Jolio-Kyuri uran bombasining konstruksiyasini patentlagan.

•             1940-yilda Georgiy Flyorov va Konstantin Petrjak, Leningrad fizik-texnik institutida ishlayotib, uran yadrosining o‘z-o‘zidan bo‘linishini kashf etdilar.

•             1940-yil iyunida AQShda Mudofaa tadqiqotlari bo‘yicha Milliy komitet tashkil etilgan, Uran bo‘yicha Komitet uning tarkibiga subkomitet sifatida kirgan.

•             1941-yil bahorida Fermi zanjirli yadro reaksiyasi nazariyasini ishlab chiqishni yakunlagan.

•             1941-yil 20 sentyabrida Angliyada shtablar boshliqlari Komiteti tomonidan o‘tkazilgan majlisda zudlik bilan atom bombalarini tayyorlash bo‘yicha zavod qurilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

•             1941-yil 6 dekabrida AQShda yadroviy qurol yaratilishi uchun mablag‘ va resurslarajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

•             1942-yilning birinchi choragi — ingliz harbiy kabineti uran bompbalarini ishlab chiqish masalalari bilan shug‘ullana boshlaydi.

•             1942-yil iyunida Fermi va Gerbert Anderson tomonidan tajribalar davomida birlikdan katta neytronlar ko‘payishining koeffisiyenti olingan, bu yadroviy reaktor yaratilishiga yo‘l ochgan.

•             1942-yil 2 dekabrida  AQShda dunyodagi birinchi yadroviy reaktor ishga tushgan, birinchi o‘zini o‘zi quvvatlabturuvchi zanjirli yadroviy reaksiya amalga oshirilgan.

•             1943-yil 17 sentyabrida “Manxetten proyekt” loyihasi ustidagi ishlar boshlangan.

•             1945-yil 16 iyulida AQShning Nyu-Meksiko shtatida Alamogordo cho‘lida birinchi “Gadget” yadroviy portlash moslamasi sinovdan o‘tkazilgan (bir pog‘onali, plutoniy asosida).

•             1945-avgustida Xirosima va Nagasaki shaharlariga birinchi atom bombalari “Kichkintoy” (6 avgustda, Xirosima) va “Baqaloq” (9 avgustda, Nagasaki) tashlab yuborilgan.

1. "Triniti" - 1945- yil 16 iyulida AQSh tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 21 kilotonnga teng.

2. "Kichkintoy" - 1945- yil 6 avgustida AQSh tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan, quvvati 11 kilotonnga teng.

3. "Baqaloq" - 1945- yil 9 avgustidaAQSh tomonidan Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlangan, quvvati 21 kilotonnga teng.

4. RDS-1  - 1949- yil 29 avgustida Sovet Ittifoqitomonidan amalga oshirilgan, quvvati 22 kilotonnga teng.

5. "Dovul" - 1952- yil 3- oktyabrida Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 25 kilotonnga teng.

6. "Ivi Mayk" - 1952- yil 1- noyabrida AQSh tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 10400 kilotonnga teng.

7. RDS-6s - 1953- yil 12avgustidaSovet ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati400 kilotonnga teng

8. "Kastl Bravo" - 1954- yil 1 martida AQSh tomonidan amalga oshirilgan eng kuchli termoyadroviy portlatish, quvvati 15000 kilotonnga teng.

9. "Bellashuv Iks" - 1957- yil 8 noyabrida Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan birinchi termoyadroviy portlatish, quvvati 1800 kilotonnga teng

10. "Moviy yumronqoziq" - 1960- yil 13 fevralida Fransiya tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 60 kilotonnga teng

11. AN 602 yoki "Shox-bomba" (o‘sha davrdagi Sovet Ittifoqining rahbari Nikita Xrushyovning mashhur "Amerikaga Kuzyaning enasini ko‘rsatib qo‘yamiz hali!" iborasi tufayli xalq tilida "Kuzyaning enasi" deb ham atalgan) - 1961- yil 30 oktyabrida Sovet Ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan insoniyat tarixidagi eng kuchli termoyadroviy portlatish, quvvati 58600 kilotonnga teng. Ayrimlarning tahminlariga ko‘ra Antarktida uzra ozon teshigi aynan shu portlashdan keiyn paydo bo‘la boshlagan.

12. "596" - 1964- yil 16oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 22 kilotonnga teng.

13. "Oltinchi sinov" -1967- yil 17 iyunida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 3300 kilotonnga teng.

14. "Kanopus" - 1968- yil24 avgustida Fransiya tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 2600 kilotonnga teng.

15. "Tabassum qilayotgan Budda" - 1974- yil 18 mayida Hindiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 12 kilotonnga teng.

16. "Shakti - I" - 1998-yil 11- mayida  Hindiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 30 kilotonnga teng.

17. "Chagai - I"- 1998 yil 28- mayida Pokiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati tahminan 9 kilotonnga teng.

18. "Kvanday-ri" - 2006-yil 9- oktyabrida Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan, quvvati tahminan 2 kilotonnga teng.

Umumiy hisobda shu kunga qadar AQSh tomonidan 1123 ta;

Sovet Ittifoqi tomonidan 982 ta;

Buyuk Britaniya tomonidan 45 ta;

Frantsiya tomonidan 210 ta;

Xitoy tomonidan 48 ta;

Hindiston tomonidan 6 ta;

Pokiston tomonidan 7 ta;

Shimoliy Koreya tomonidan 1 ta

Jami esa 2242 ta yadroviy sinovlar o‘tkazilgan.

Triniti (sinov)

Triniti (inglizcha - Trinity) yadro quroli texnologiyasini dunyoda ilk bor 1945-yil 16-iyul kuni AQShning Nyu-Meksiko shtatida, Alamagordo poligonida Manxetten loyihasi doirasida sinovdan o‘tkazilishi. Sinov paytida imploziv turdagi plutoniyli bomba sinovdan o‘tkazilgan. Bu bomba “Buyumcha” (inglizchasiga - Gadget) deb nomlangan.Bombaning portlashi trotil ekvivaletida 21 kilotonnga teng bo‘lgan. Bu portlash yadro quroli davrining boshlanishi hisoblanadi.

Sinov nomlanishi va uni o‘tkazish joyi tanlanishining sababchisi sifatida odatda Manxetten loyihasining rahbari Robert Opengeymer bu nomlanishni Djon Donn she’riyatidan olgan deb hisoblanadi.

Portlash joyida kvars va dala shpati erib trinitit (boshqa nomlari: atomzit, alamogord shishasi) deb nomlangan och-yashiltusdagi ma’danga aylangan. Bu ma’danning bir qancha miqdori xususiy kolleksiyalarda saqlanib kelmoqda.

1945- yil 9-avgust kunida Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlab yuborilgan “Baqaloq” ham huddi shu turdagi bomba bo‘lgan.

“Chorraxalar” operasiyasi (inglizcha Crossroads) — atom bombasi sinovlarining ikkinchi seriyasi. U AQSh tomonidan 1946- yilning yozida Bikini attolida (halqasimon orol) o‘tkazilgan. Operasiya  Triniti sinovida keiyn va Sandstone operasiyasidan oldin o‘tkazilgan. Sinov maqsadi - atom qurolining yirik kemalarga ta’sirini o‘rganish bo‘lgan. Seriya har birining quvvati 23 kilotonnga teng ikki portlashdan iborat bo‘lgan: “Eybl” ob'yekti 1946 yilning 1-iyulida 158 metr (520 fut) balandlikda portlatilgan; “Beyker”1946- yilning 25-iyulida suv ostidagi 27 metr chuqurlikda portlatilgan. 1947-yilda portlatish rejalashtirigan uchinchi portlatish - “Charli”, AQSh harbiydengiz kuchlari “Beyker” sinovidan keyin kemalarni dezaktivasiya qila olmagani munosabati bilan bekor qilingan. Portlatish paytlarida kemalarda tajriba qilinadigan hayvonlar joylashtirilgan edi.

“Chorraxalar” operasiyasi doirasida o‘tkazilgan sinovlar “Triniti” sinovi bilan Xirosima va Nagasaki bombardimon qilinganidan keiyngi AQSh tomonidan o‘tkazilgan to‘rtinchi va beshinchi portlatishlar bo‘ldi. Bu Marshall orollarida o‘tkazilgan birinchi va ilk bor omaviy tarzda e’lon qilingan atom sinovlari bo‘lgan. Sinovlarda taklif etilgan mehmonlar va Ommaviy axborot vositalarining vakillari ham ishtirok etgan. Sovet Ittifoqidan SSSR Fanlar Akademiyasi Radiy instituti tsiklotron laboratoriyasining rahbari Mixail Grigorevich Mesheryakov, Birlashgan Millatlar Tashkilotining atom energiyasini nazoratqilish Komissiyasidagi Sovet Ittifoqining vakili huzuridagi ekspert Semyon Petrovich Aleksandrov va “Krasnaya zvezda” jurnali jurnalisti sifatida kelgan Kemasozlik Markaziy Ilmiy tadqiqot instituti Loyihalashtirish bo‘limi seksyaisi boshlig‘i, 2-rang kapitani Aleksandr Mixaylovich Xoxlov ishtirok etgan.

Sinovlar natijasida “Beyker” suv osti portlatilishida nishon sifatida foydalanilgan barcha kemalarning radioaktiv zaxarlanishi ro‘y bergan. Bu yadroviy portlash natijasidagi tezkor mahalliy radioaktiv zaharlanish sodir bo‘lgan birinchi hodisa edi. Balandlikdagi portlatishda zaharlanish stratosferada bir  necha kun kuzatilib keiyn tarqalib ketgani aniqlangan. Atom energiyasi bo‘yicha komissiyaning Raisi kimyogar Glenn Siborg “Beyker”ni dunyodagi ilk yadroviy halokat deb atagan.

“Chorrahalar” operasiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda Bikini attolining aholisi kichikroq, kimsasiz orollarga ko‘chirilgan. Keyinchalik, 1950-yillarda Bikini qishloi xo‘jaligi va baliqchilik uchun yaramaydigan holatga kelib qolgan. Radioaktiv zaharlanish tufayli Bikini attoli dayverlarning kamdan kam tashriflarini hisobga olmagan holda 2010- yilgacha kimsasiz orol bo‘lib kelgan.

Kichkintoy (inglizchasiga: Little Boy, so‘zma-so‘z tarjima qilinganida “Kichik bolakay”) — Manxetten loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan atom (uranli) bombasining kodlashtirilgan nomlanishi. Birinchi muvaffaqiyatli portlatilgan va tarixda birinchi marta qurol sifatida ishlatilib 1945-yilning 6 avgust kuni Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi.

Tuzilishi

Bombaning vazni 4 tonnaga teng, o‘lchamlari uzunasiga 3 metr,  diametri 71 santimetrga teng bo‘lgan. Uningichiga to‘ldirish uchun uran Belgiya Kongosi (bugungi Kongo Demokratik Respublikasi), vaKanadada (Katta Ayiqlar Ko‘li) va AQShning Kolorado shtatitda olingan.

Imploziv tamoyil bo‘yicha tayyorlangan ko‘pchilik zamonaviy bombalardan farqli o‘laroq“Kichkintoy” zambarak turidagi bomba bo‘lgan. Zambarak turidagi bomba hisob-kitob qilinishida ham, tayyorlanishida ham juda sodda, deyarli inkorlarsiz (shuning uchun ham bombaning aniq chizmalari haligacha maxfiylashtirilgan). Bunday qurilmaning teskari tomoni — foydali harakat koeffisiyentining pastligi.

Yadroviy yoqilgi kritik vaznga ega: uranning bu vazndan pastroq miqdori radioaktiv, ko‘prog‘i -  portlab ketadi (bu zanjirli reaksiya paytida o‘ta katta quvvat otilib chiqishi tufayli sodirbo‘ladi). Kritik vazndagi yoqilg‘ida zanjirli reaksiya zanjirli reaksiyao‘z-o‘zidan boshlanib ketishi mumkin, ammo “Kichkintoy”da yadrolarning birlamchi bo‘linishini qo‘zg‘atuvchi neytronlar oqimi ishlatiladi. Shundan keiyn yadrolarning o‘zlari bo‘linish paytida neytronlarni chiqaradi va shu bilan reaksiyalarning yangi zanjirini qo‘zg‘atadi. Neytronlarning sust oqimidava sifatsiz germetizasiyada vazn tezda kritik bo‘lmay qoladi va zanjirli reaksiya tugab qoladi. Yoqilg‘ini tezlik bilan o‘ta kritik holatga keltirish vauni o‘z vaqt-soatidan avvalroq har tarafga uchib ketmasligi uchun shu holatda iloji bor qadar ko‘proq vaqt ushlab turish kerak. “Kichkintoy”da bu masalala quyidagicha hal qilingan: bombaning asosiy detali — flot zambaragining kesib olingan o‘zagi. Uning oxirida uran tsilindr shaklida nishona va berilliy-poloniyli inisiator joylashtirilgan.

Stvolnin go‘q solinadigan qismida — kordit o‘qdorisi va volfram karbiddan snaryad joylashtirilgan. Snaryadning bosh qismiga uran trubasi o‘rnatilgan. Bunday “zambarak”dan amalga oshirilgan o‘q uzish truba va tsnlindrni shu tarzda birlashtiradiki, ular yuqori kritik massani hosil qiladi. Bir vaqtning o‘zida harakatga keltiruvchi moslama siqilib, undan neytronlan oqimi bir necha barobar oshib ketadi va yadroviy portlash boshlanadi; stvolning mustahkamligi vao‘qdori gazlarining bosimi uran qismlarini ushlab turadi.

Bombaning tarkibida o‘ta baland darajagacha boyitilgan 64 kilogramm uran, shundan tahminan 700 gramm, yoki 1 foizdan sal ortiqrog‘i bevosita zanjirli yadroviy reaksiyada ishtirok etgan (uranning qolgan atomlar yadrolari tegilmagan holdaqolib ketgan, chunki qolgan uran zaryadi sochib tashlangan va reaksiyada ishtirok etishga ulgurmagan). Yadroviy reaksiya davomida massa defekti tahminan 600 milligramni tashkil etgan, ya’ni Eynshteyn tenglamasi bo‘yicha massaning 600 milligrami (turli baholashlar bo‘yicha) 13 dan 18 ming tonna trotil ekvivalentiga to‘g‘ri keladigan portlash quvvatiga teng quvvatga aylangan.

Kalibri 16,4 santimetr bo‘lgan dengiz qurolining 1,8 metrgacha qisqartirilgan stvolidan foydalanilgan, shu bilan birga “nishon” diametri 100 millimetrga, vazni 25,6 kilogrammga teng tsilindr shaklida bo‘lib, “o‘z uzilish” paytida uning ustiga tegishli ichki kanaliga ega bo‘lgan tslindrsimon “o‘q” bostirib kelgan. Bunday “intuitiv noaniq” dizayn nishonning neytron fonini pasaytirish maqsadida qilingan: uning ichida u yopishib emas, neytron qaytargichdan (tamper) 59 millimetr uzoqlikda joylashtirilgan. Natijada to‘liq bo‘lmagan quvvat ajralib chiqishli zanjirli reaksiya muddatdan avval boshlanib ketish ehtimoli bir necha foizlargacha pasaytirilgan.

Foydali harakat koeffisiyentining pastligiga qaramay radiaktiv ifloslanish juda katta bo‘lmagan, chunki portlatish yer yuzasidan 600 metr balandlikda amalga oshirilgan, reaksiyaga kirishmagan uranning o‘zi esa yadroviy reaksiya mahsulotlariga nisbatan radioaktivligi past bo‘lgan.

Parvozga muvaffaqiyatsiz ko‘tarilish sodir bo‘lgan taqdirda oqibatlar havfini ilojiboricha pasaytirish maqsadida bu bombaga portlatgichlarni bevosita samolyotning o‘zida, bomba tashish qisimida, havoga ko‘tarilgan paytdan o‘n besh daqiqadan keyin o‘rnatilgan. Shundan keyin ham, ayniqsa samolyot turbulentlik hududiga kirib qolgan paytdagi silkinishlar oqibatida u o‘z-o‘zidan ishlab ketishning o‘ta baland ehtimoli baribir saqlanib qolgan.

“Baqaloq” - Manxetten loyihasi doirasida ishlab chiqilgan atom bombasining kodlashtirilgan nomlanishi. U Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan 1945- yilning 9 avgust kuni, Xirosimaga atom bombasi tashlanganidan 3 kun o‘tib, Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlangan.

Bomba plutoniy-239 parchalanishi asosida ishlagan va portlashning imploziv sxemasiga ega bo'lgan. Aniqroq qilib aytganda, bu tashqi qobiq bilan qoplangan “Gadget”ning (“Buyumcha”, inglizcha: gadget, uning “Triniti” deb nomlangan sinovi o‘sha yilning 16- iyul kuni o‘tkazilgan) o‘zi bo‘lgan.

Tuzilishi

Og‘irligi tahminan 6 kilogrammga teng plutoniyli yadro uran-238dan tarkib topgan dag‘alqobiq - tamper bilan qoplangan. Bu qobiq plutoniyning iloj qadar ko‘proq qismi reaksiyaga kirishishga ulgurishi maqsadida zanjirli reaksiya jarayonida bo‘rtib ketadigan inersion qarshilik bilan ushlab turish uchun hizmat qilgan. Tamperning zarracha past bo‘lmagan yana bir ahamiyati - reaksiyaning faol hududini tashlab chiqib ketayotgan neytronlarning qaytargichi sifatida hizmat qilish. Bundan tashqari, uran-238 yadrolari bilan to‘qnashish paytida neytronlar o‘z quvvatini yo‘qotadi, seknlashadi, issiq bo‘lib qoladi. Past quvvatga ega bo‘lgan bunday neytronlar plutoniy yadrosi tomonidan eng effektiv tarzda yutib yuboriladi.

Tamper alyuminiydan yasalgan qisuvchi qobiq bilan qoplangan edi (inglizcha: pusher). Uzarbali to‘lqin bilan yadro zaryadi siqilishining bir maromiyligini ta’minlab bergan holda zaryadning ichki qismini portlagich va uning parchalanishidan hosil bo‘luvchi o‘ta qizib ketgan mahsullari bilan bevosita aloqa qilishidan saqlab turgan.

Bundan tashqari bombada neytron harakatlantiruvchi - “tipratikan” (inglizcha: urchin) bo‘lgan. Odatda “tipratikan” - berilliydan tayyorlangan, diametri 2 santimetrgateng bo‘lgan soqqa shaklida bo‘lib, ittriy va poloniy qotishmasi, yoki metallik poloniy-210 bilan qoplangan bo‘ladi. “Tipratikan” kovakli plutoniy yadrosining ichida joylashtiriladi. Bu neytronlarning birlamchi manbai. U zaryadni o‘takritik holatga o‘tkazilishi paytida ishga tushadi - oddiy portlagichning portlash to‘lqini “tipratikan” ichidagi yadro zaryadini qisgan paytda poloniyva berilliy yadrolari yaqinlashadi va raioaktiv poloniy-210 alfa-zarachalari beriliydan neytronlarni urib chiqaradi. Keiyn ular asosiy zaryad oralab o‘tadiva plutoniy-239 yadrolari bilan to‘qnashib zanjirli yadro yadroviy reaksiyani harakatga keltiradi. Asosiy zaryadning chegarasidan tashqariga uchib chiqib ketayotgan neytronlar yoki tamperda sekinlashtiriladi yoki asosiy zaryadga qaytariladi. Bu sxema baribir samarasi kam deb topilgan va neytron harakatlantirilishining boshqarib bo‘lmaydigan turi keyinchalik deyarli umuman ishlatilmagan.   

RDS-1 (“buyum 501”, “1-200” atom zaryadi) — imploziv turdagi plutoniyli birinchi sovet atom bombasi. Bombaning quvvati— 22 kilotonn (uzunligi 3,7 metr, diametri 1,5 metr, vazni 4,6 tonn)

Sovet atom loyihasini amalga oshirish uchun amaliyotda ishchanligi allaqachon isbotlab bo‘lingan Amerika prototiplariga yaqinlashish (aniqrog‘i - to‘laligicha ko‘chirish) yo‘li bilan borishga qaror qilingan edi.

Amerika atom bombalari to‘g‘risidagi ilmiy-tadqiqiy ma’lumotlar maxfiy razvedka yo‘li bilan olingan edi. RDS-1 qurilmaviy shakli ko‘p jihatlari bilan Amerikaning “Baqalog‘i”ga asoslangan, chunki Amerika bombasini maksimal tarzda qaytarish to‘g‘risida prinsipial qaror qabul qilingan. Uning ballistik korpusi va elektron tarkibi o‘ziga xos yagona shaklda bo‘lgan. 1949- yilning yoziga kelib RDS-1 qurilmasiga tegishli barcha masalalar hal etilgan. Uning sinovi dasturi SSSR Ministrlar Sovetining Qarori bilan qabul qilingan.

Birinchi atom bombasiga RDS-1 nomlanishi berilgan. Bu nomlanish hukumat qaroridan kelib chiqqan, chunki atom bombasi rus tilida “maxsus reaktivniy dvigatel” (ruscha: reaktivniy dvigatel spesialniy), qisqartililgan holda “RDS” deb atalgan. RDS-1 birinchi sovet atom bombasining sinovii o‘tkazilganidan keyin hayotga keng kirib kelgan va “Stalinning reaktiv dvigateli” (ruscha: Reaktivniy dvigatel Stalina), “Rossiya o‘zi qiladi” (ruscha: Rossiya delayet sama) va shular kabi hokazo tarzda turlicha kengaytirilgan holda tilga olingan.

Sinovlar

1947 yil 6-noyabrida SSSR Tashqi Ishlar Ministri Vyacheslav Mixaylovich Molotov atom bombasining siri to‘g‘risida bayonot qilgan va “bu sir allaqachon sir emas”ligini aytgan. Bu bayonot Sovet Ittifoqi atom qurolining siridan allaqachon voqif bo‘lgani va u o‘z tasarrufida shu qurolga ega ekanligidan darak bergan edi. Amerika Qo‘shma Shtatlarning ilmiy doiralari Sovet Ittifoqidagilar atom quroliga eng kamida 1952-yilda ega bo‘lishi mumkin, deb hisoblagan holda bu bayonotni blef, ya’ni mubolag‘a sifatida qabul qilgan.

RDS-1 sinovlariga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish bo‘yicha barcha ma’suliyat Yuliy Borisovich Xaritonning zimmasiga yuklatilgan. Sinovlarning boshqarishi Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan. RDS-1 sinovlari Semipalatinsk poligonida o‘tkazilgan.

Birinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovi 1949-yil 29 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00da Qozog‘iston SSRning Semipalatinsk oblastida qurilgan poligonda o‘tkazilgan. 1949-yilning 25- sentyabr kunida “Pravda” gazetasi“SSSRda atom portlashi o‘tkazishi to‘g‘risidagi AQSh prezidenti Garri Truman bayonoti munosabati bilan” Sovet Ittifoqi Telegraf Agentligi - TASSning xabarnomasini e’lon qilgan.

Sinovmaydoni

Poligon Irtish daryosi bo‘yidagi cho‘lda Semipalatinsk shahridan g‘arbiy tomon 170 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning uchun diametri tahminan 20 kilometrga teng bo‘lgan tekkislik ajratilgan edi.

Sinov maydoni radiusi 10 kilometrga teng aylanadan iborat bo‘lib 14 sektorga bo‘lingan edi:

•             Ikkita fortifikasion va fizik;

•             Fuqarolik qurilmalar sektori;

•             Qurolli kuchlar va qo‘shinlar turlari sektori. Unda maydonning markazidan turli uzoqliklarda ochiq va yopiq holda qurol-aslaha va harbiy texnika joylashtirilgan edi;

•             Tajriba qilinadigan hayvonlarni saqlovchi biologik sektor.

Tajriba maydonining markazida balandligi 37,5 metrga teng bo‘lgan panjarasimon minora, uning ustiga esa RDS-1 atom bombasi o‘rnatilgan.

Portlashning oqibatlari

Bombaning quvvati 20 kilotonndan ortiq bo‘lgan. Bomba o‘rnatilgan 37-metrli minora umuman g‘oyib bo‘lib, uning o‘rnida diametri 3 metr, chuqurligi 1,5 metrga teng, hamda oynasimon modda bilan erib qoplangan voronka paydo bo‘lgan. Radiasiyaning darajasi markazda bir soniyaga 0,5 zivertni tashkil qilgan, episentrdan 2 kilometr uzoqlikda ko‘pi bilan 15 daqiqa hozir bo‘lishga ruhsat berilgan .Minoradan 25 kilomter uzoqlikda temir-beton qurilmalardan qurilgan qa ichida ko‘priksimon krani bo‘lgan bino qisman buzilib ketgan, biroq qurilmaning o‘zizarba to‘lqiniga chidash bera olgan. Tajriba qilinadigan 1538 nafar hayvonlarning (itlar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar, quyonlar, kalamushlar) ichidan portlash natijasida 345 nafari halok bo‘lgan (hayvonlarning ayrimlari okopdagi askarlar rolini o‘ynagan). Markazda 500-550 metr uzoqlikda joylashgaT-34 tanki va dala artilleriyasiga yengil zarar yetkazilgan, 1500 metr uzoqlikdagi barcha samolyotlarga esa anchagina shikast yetkazilgan. Markazdan 1 kilometr  va undan uzoqlashib borib har 500 metr masofadan keyin bir donadan 10ta yengil avtomobil o‘rnatilgan. Ularning hammasi yonib ketgan. Markazdan 800 metr uzoqlikda bir biridan 20 metr masofada qurilgan ikkita 3 qavatli tura-joy binosi, shu bilan birga 5 kilometr radiusdagi betonli va yog‘ochli shahar turidagi turar-joy binolari tag-tubibilan tekkislanib tashlangan.

Shikast asosan zarbali to‘lqindan yetkazlgan. Temir yo‘l va avtomobil yo‘li ko‘priklari qayishtirib tashnagan holda o‘z joyida 30-40 metr uzoqlikdagi masofaga uloqtirilib yuborilgan. Ko‘priklarda joylashtirilgan vagonlar va og‘ir yuk avtomobillari  o‘rnatilgan joyidan 50-80 metr uzoqlikda cho‘l bo‘ylab sochib tashlangan, yarim yonib ketgan holda topilgan. Tanklar va zambaraklar ag‘darib, qayishtirib tashlangan, hayvonlar o‘z joylaridan umuman uchib ketib g‘oyib bo‘lgan.

Ivi (Ayvi)Mayk (inglizcha Ivy Mike, “Mayk” sinovi, “M” sinovi) — dunyodagi birinchi termoyadroviy portlatish moslamasining sinovi; 1952 yil 1 noyabr kunida Tinch okeani, Marshall orollaridagi Enivetok atollidagi motulardan birida amalga oshirilgan. Og‘irligi bilan o‘lchamlari, shuningdek, suyuq deyteriyning termoyadroviy sintezi uchun yoqilg‘i sifatida ishlatilishi tufayli qurol sifatida amaliy qiymatga ega bo‘lmagan va faqatgina Stanislav Martin Ulam hamda Edvard Teller tomonidan taklif qilingan “ikki pog‘onali” qurilmaning tajribaviy sinovi uchun mo‘ljallangan. Tajriba sinovi muvaffaqiyat bilan yakunlangan; portlashning baholangan quvvati trotil ekvivalentida 10-12 megatonnga teng kelgan.

Tuzilishi

Moslama qurilmasini Richard Garvin ishlab chiqqan. Birinchi pog‘ona sifatida TX-5 bombasidan, ikkinchi, termoyadroviy pog‘ona sifatida — suyuq deyteriy vaplutoniyli o‘zak-piltaga ega Dyuar idishidan foydalanilgan. Qurilma 4,5 tonnaog‘irlikdagi boyitilgan urandan tayyorlangan qobiq bilan o‘ralgan va qalinligi 25-30 santimetr, diametri 2,03 metr, balandligi 6,16 metr bo‘lgan tsilindrsimon po‘lat kojuxga qamalgan. Moslama gofralangan alyuminiydan qurilmada montaj qilingan. Deyteriyni suyuq holda ushlab turish uchun zarur bo‘lgan sovutgich bilan birga hisoblanganida qurilmaning umumiy og‘irligi 73,8 tonnani tashkil etgan.

Sinov

Moslamani portlatish 1952-yilning 1 noyabr kunida mahalliy vaqt bilan soat 7:05da amalga oshirilgan. Portlash oqibatida vujudga kelgan qo‘ziqorinsimon bulut 37 kilometr baladlikka ko‘tarilgan, “qalpoqcha”ning diametri 161 kilometrga teng kelgan. Portlash moslama o‘rnatlilgan Elugelab motusini yer yuzidan umuman yo‘q qilib yuborgan: uning o‘rnida diametri deyarli ikki kilometrga, chuqurligi esa 50 metrga teng krater qolgan. Portlash quvvati trotil ekvivalentida tahminan 10,4—12 megatonnga teng deb baholangan, quvvatning 77 oizi uran qobiqning bo‘linish reaksiyasiga to‘g‘ri kelgan, bu esa atrofni o‘ta kuchli radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan. Korallarning radioaktiv zarrachalari chamasi 50 kilometr radius bo‘ylab tarqalgan holda uchib ketgan. Chaqnoqdan keyin 60 daqiqadan so‘ng portlatilgan joy vertolyotda aylanib o‘tilganida, radioaktiv bulut shamol yordamida biroz tarqalganidan so‘ng chaqnoq paytida shiddatli neytron oqimi tufayli hosil bo‘lgan eynshteyniy va fermiyning juda katta miqdori aniqlangan.

Sinov Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy Havo Kuchlari kinooperatorlari tomonidan suratga olingan va keyinchalik ovoz berilgan film kinoteatrlar va televideniye orqali namoyish qilingan.

RDS-6 -birinchi sovet vodorod bombasi. Amaliy jihatdan harbiy qo‘llanilishga yaroqli dunyodagi birinchi vodorod bombasi.

Andrey Dmitriyevich Saxarov va Yuliy Borisovich Xaritonov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. 1953- yilning 12- avgustida Semipalatinsk poligonida sinovdan o‘tkazilgan.

Tuzilishi

RDS-6c -bir pog‘onali, imploziv turdagi atom bombasi. Quvvati - 400 kilotonnga teng. Keyinchalik bomba zavmonaviylashtirilgan, uning zaryadida tritiyning o‘rniga barqaror Deyterid litiy-6 ishlatilgan va RDS-27ning portlash quvvati 250 kilotonni tashkil etgan (1955 yil 6 noyabr kuni).

Pittagermetik, sferik simmetrik, markazida bo‘linishning kichik zaryadi (tahminan“oqqush” sxemasi yoki kaskadlash sxemasi bo‘yicha tayyorlangan), unga bevositaqurol uranining yarim sharlari, keyin quyilgan deyterid-litiy-6, keyin tabiy uranbirikib turadi. Aniq og‘irlik va o‘lchamlar ma’lumotlari maxfiylashtirilgan va yadro qurolini tarqatilmasligi to‘g‘risidagi shartnomalarning amal qilinishi vaqti davomida sir saqlanadi, ya’ni, tahminan, abadiy sir saqlanadi.

Ishlab chiqarilishi

Sovet Ittifoqi termoyadroviy dasturi bo‘yicha dastlabki ishlar 1945- yildayoq boshlangan. O‘sha davrda Igor Vasilevich Kurchatov AQShda termoyadroviy masala borasida olib borilayotgan tadqiqotlar to‘g‘risida axborot olgan. Ular 1942- yilda deyterid-litiy-6 asosida megatonn sinfiga oid vodorod bombasi yaratilishining o‘rniga Alarm Clock dasturi bo‘yicha Edvard Teller tashabbusiga ko‘ra boshlangan

1949- yildabirinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovi o‘tkazilganidan keyinamerikaliklar o‘z strategik yadroviy kuchlarini kuchaytirish dasturinijadallashtira boshlagan. Termoyadroviy qurolni ishlab chiqarilishi SovetIttifoqi uchun birinichi darajadagi ahamiyatga ega bo‘lib qolgan. 1950 yilningbahorida yadro fiziklari Igor Tamm, Andrey Saxarov va Yuriy Romanovlar KB-11dagi “ob'yekt”ga ko‘chib o‘tib, u yerda vodorod bombasini yaratilishi ustidashiddatli ish boshlaganlar.

1948- yilda Andrey Saxarov tomonidan RDS-6 vodorod bombasi qurilmasining aosini tashkil etuvchi g‘oyalari hisob-kitoblarga asoslangan holda ilgari surilgan. Shundan keyin bombani ishlab chiqarish ikki yo‘nalish bo‘yicha ketgan: “sloyka”(qatamcha) (RDS-6s), va “truba” (RDS-6t).

“Sloyka”atom zaryadini bir necha yengil va og‘ir unsurlar bilan qoplanishini nazarda tutgan, “truba” esa plutoniy bombasini suyuq deyteriyga cho‘qtirishni nazarda tutgan. AQSh ham huddi shunga o‘xshash sxemalarni ishlab chiqayotgan bo‘lgan. Maslan, Edvard Teller taklif qilgan “Alarm clock” sxemasi “Saxarov”ning “sloyka”siga o‘xshash analogi bo‘lgan, biroq u amaliyotda hech qachon amalga oshirilmagan. Olimlar juda ko‘p vaqt bosh qotirgan “Truba” sxemasi esa boshi berk ko‘chaga olib boruvchi g‘oya bo‘lib chiqqan.

RDS-1 birinchi sovet atom bombasining sinovi o‘tkazilganidan keyin asosiy kuchlar “Sloyka” variantiga qaratilgan. Igor Kurchatov raisligidagi Davlat komissiyasi bosh repetisiya natijalarining tahilini o‘tkazib bo‘lgandidan keyin o‘z fikrlarini hukumatga yetkazganidan so‘ng, birinchi vodorod bombasini 1952-yilning 12 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:30 da o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Sinov o‘tkazilishi

Zaryadning yig‘ilishi bo‘yicha operasiyani Nikolay Leonidovich Duxov, David Abramovich Fishman, Nikolay Aleksandrovich Terleskiy kabi olimlar Yuliy Borisovich Xariton rahbarligida vaIgor Vasilevich Kurchatov ishtirokida amalga oshirgan. Avtomatika tizimini tayyorlash Viktor Ivanovich Juchixin va Georgiy Aleksandrovich Sirkov tomonidan bajarilgan. Ishlarda Aleksandr Dmitriyevich Zaxarenkov va Yevgeniy ArkadevichNegin qatnashgan. Zaryadni minoraga olib chiqilganidan so‘ng unga kapsula-detonatorni o‘rnatishni Aleksandr Zaxarenkov va Georgiy Pavlovich Lominskiy bajargan. Bu jarayonga Kiril Ivanovich Shyolkin rahbarlik qilgan vashu yerda Avraamiy Pavlovich Zavenyagin hozir bo‘lgan.

Shu paytda Semipalatinsk poligonida tajriba maydonini intensiv tarzda tayyorlash ishlari olib borilayotgan edi. Bu yerda turli qurilma va inshootlar, ro‘yxatga oluvchi apparatura, harbiy texnika va boshqa ob'yektlar joylashtirigan edi. Umuman aytganda:

•             1300 o‘lchov, ro‘yxatga oluvchi va suratga oluvchi moslamalar;

•             1700 turli indikatorlar;

•             16 samolyot;

•             7 tank;

•             17 aslaha va minomyotlar tayyorlab qo‘yilgan edi.

 

Umumiy hisobda maydonda 190ta turli qurilma va inshootlar bor edi. Bu sinovda birinchi marta zarbali to‘lqin ta’sirida avtomatik tarzda ochiluvchi radiokimyoviy na’munalarni olish vakuumli yutgichlar ishlatilgan. RDS-6s sinovlariga jami 500 nafar turli o‘lchovchi, ro‘yxatga oluvchi va suratga oluvchi moslamalar yerosti mudofaa istehkomlarida hamda yer ustidagi inshootlarda o‘rnatilgan edi. Sinovlarning aviasion-texnik ta’minoti — zarbali to‘lqini portlash paytida havoda bo‘lgan samolyotga o‘tkazgan bosimini o‘lchash, radioaktiv bulutdan havo na’munasini olish, hududning aerofotos’yomkasini amalaga oshirilishi maxsus uchuvchilik qismi tomonidan bajarilgan. Bombani portlatish bunkerda joylashtirilgan pultdan signal jo‘natish yo‘li bilan uzoqdan turib amalga oshirilgan.

30 metr balandlikda o‘rnatilgan zaryad portlatishni balandligi 40 metrga teng bo‘lgan po‘lat minorasida amalga oshirishga qaror qilingan. Avvalgi sinovlardan qolgan radioaktiv grunt havfsiz masofaga uzoqlashtirilgan, maxsus inshootlar yana o‘z joylarida qaytadan qurib chiqilgan, minoradan 5 metr uzzoqlikda SSSR Fanlar Akademiyasining Kimyo va Fizika institutida ishlab chiqilgan, termoyadroviy jarayonlarni ro‘yxatga oluvchi apparatura uchun maxsus bunker qurilgan.

Portlatish uchun signal 1953-yil 12-avgustida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:30 da jo‘natilgan. Ufqni yoritib yuborgan o‘ta yorug‘ chaqnoq inson ko‘zini hatto payvandchilar niqobidagi qoraytirilgan shishaning to‘rt qavati orqali o‘tib hamko‘r qilib qo‘yishi hech gap emas bo‘lgan. Portlashning quvvati 400 kilotonnga teng bo‘lgan, bu esa birinchi atom bombasining quvvatidan 20 barobar ko‘proq degani. Sovet fizigi Yuliy Xariton sinovni tahlil qilib chiqqandan so‘ng, sintezning ulushiga 15-20 foiz, qolgan quvvat esa tezkor neytronlar tomonidan Uran-238ning parchalanishi hisobiga ajralib chiqqani to‘g‘risida ma’lumot bergan. RDS-6s bombasida ilk bor “quruq” termoyadroviy yoqilg‘i ishlatilgan, bu esa yangilik sari jiddiy texnologik siljish bo‘lgan.

Sinov natijalariga ko‘ra 4 kilometr radiusida, g‘itshli binolardan tekis joydanboshqa hech narsa qolmagan, 1 kilometr masofadagi har bir oraliq beton plitalari 100 tonna bo‘lgan temir-beton ko‘prik 200 metr uzoqlikka uloqtirilib yuborilgan. 

Portlashdan 20 daqiqadan so‘ng 3000 metr balandlikda joylashgan bulutdagi radiasiya darajasi: 5,4 Rentgen/soat, bir soatdan keyin 4000-5000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 9 Rentgen/soat, 33 daqiqadan so‘ng 8000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 360 Rentgen/soat, 45 daqiqadan so‘ng 10000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 144 Rentgen/soat, 1 rentgendan baland dozaga ega ifloslanish tilimining uzunligi 400 kilometrni, kengligi 40-60 kilometrni tashkil etgan. Bir kun o‘tib tilim uzunligi 480 kilometrga, kengligi 40-60 kilometrga teng bo‘lib ifloslanish darajasi 0,01 rentgen/soatni tashkil etgan.

Portlashdan keyin 3 soat o‘tib o‘lchami 100 kilometrga 200 kilometr bo‘lgan radioaktiv bulut uchga bo‘linib, birinchisi Baykal ko‘li tomonga qarab (bu yerda radiasiya bilan iloslanish darajasi 0,5 Rdan oshmagan), o‘rtadagi qismi Omsk tarafga (maksimal ifloslanish darajasi 0,2 Rdan oshmagan), bulutning eng pastki qatlami esa Altay o‘kasi atrofida aylanasiga Omsk, Karaganda va hokazo bo‘ylab harakatlanib ketgan (bu yerda radiasiya bilan iloslanishning maksimal darajasi 0,01 Rentgendan oshmagan).

“Kastl Brávo” (inglizcha: Castle Bravo) — 1954 yilning 1 martida termoyadroviy portlatish moslamasini Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Marshall orollarining Bikini atollida sinovdan o‘tkazilishi. “Kastl Operasiyasi”(Operation Castle) yetti nafar sinov seriyalaridan birinchisi. Ushbu sinov jarayonida termoyadroviy yoqilg‘i sifatida deyterid litiy ishlatilgan ikki pog‘onali zaryad portlatilgan. Portlash paytidagi ajralib chiqqan quvvat 15 megatonnga yetgan. Bu AQSh o‘tkazgan barcha yadroviy sinovlar ichidagi eng kuchlisidir. Portlash atrof-muhitni o‘ta kuchli radiasion zaharlanishiga olib kelgan, bu esa o‘z navbatida butun dunyo bo‘ylab noroziliklarning paydo bo‘lishiga hamda yadroviy qurolga nisbatan hozir bo‘lgan qarashlarning jiddiy tarzda qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelgan.

Portlatish

Portlatish 1954 yilning 1 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:45da amalga oshirilgan.(Grinvich bo‘yicha soat 18:45da). Portlashning quvvati kutilganidan 2,5 barobarortiqroq bo‘lgan va 15 megantonnga teng kelgan. Undan 5 megantoni sintez reaksiyasidan va 10 megatoni termoyadroviy zaryadni o‘rab turgan uranqobig‘ining bo‘linishidan hosil bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda portlash moslamasi ikki pog‘onali emas, “bo‘linish-sintez-bo‘linish” tamoyiliga ko‘rauch pog‘onali bo‘lgan. Bunkerda hozir bo‘lgan kuzatuvchilar portlash effektini “bunkerni go‘yo to‘fon paytida dengizdagi kema kabi tebranishga majbur qilgan kuchli zilzila”ga o‘xshatib ta’rilagan.

Kutilgan quvvatdan oshib ketishning sababi shunda bo‘lganki, quvvat ajralib chiqishi paytida zaryadda hozir bo‘lgan boshqa litiyning o‘rni hisobga olinmagan.Dastlabda sintez reaksiyasi paytida faqat litiy-6 kirishadi, deb hisoblangan, biroq keyin aniqlanishicha litiy-7 ham reaksiyaga kirishib ketgan va portlashning shu darajadagi o‘ta baland quvvatga ega bo‘lishiga olib kelgan.

Qo‘ziqorinsimon bulut juda tez o‘ta yuqori balandlikka ko‘tarilib ketgan. Atigi bir daqiqa o‘tib uning cho‘qqisi 15 kilometrga yetgan, 6 daqiqadan keyin esa 40 kilometrgako‘tarilgan. Eng katta o‘lchamga u portlashdan keyin 8 daqiqa o‘tib erishgan.“Qo‘ziqorin qalpoqchasi”ning diametri 100 kilometr atrofida, “oyog‘i”ningqalinligi 7 kilometrga teng bo‘lgan. Portlashdan keiyn atoll va dengiz tubining qo‘shni hududlarida diametri 1,8 kilometrga teng ulkan voronka hosil bo‘lib qolgan. U suvga to‘lib Bikini attolining ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib yuborgan. 

Portlashdan keyingi radiasion zaharlanish

“Kastl Bravo” sinovidan keyingi hududning radioaktiv zaharlanishi haddan ziyod baland bo‘lgan, chunki portlatish yuza stahidan amalga oshirilgan va bu o‘ta kuchli mo‘ljalga olingan radioaktivlikka olib kelgan. Amerika manbalarining ta’kidlashicha bu Amerika yadroviy faoliyatining butun tarixidagi eng kuchli radioaktiv zaharlanish bo‘lgan. Zaharlanishning mo‘ljalga olinganligida asosiy o‘rinni portlashning uchinchi pog‘onasi sifatida ishga tushgan termoyadroviy zaryad uran qobig‘ining bo‘linishi egallagan.

Portlashdan keyin atigi 15 daqiqa o‘tib Bikini atollidagi bunkerda bo‘lgan odamlar - kuchli radioaktivlik - soatiga 40 rentgenni ro'yxatga olgan. Ularni bunkerdan faqat oradan 11 soat vaqt o‘tganidan so‘ng olib chiqa olingan. Portlashdan keyin 5 soat o‘tib atolldan 55,5 kilometr uzoqlikda joylashgan kemalar ham tahminan soatiga 5 rentgen darajadagi zaharlanishga duchor bo‘lgan, shu tufayli ulardagi ekipaj a’zolari ichki xonalarda yashirinishga majbur bo‘lgan.

Radioaktiv zaharlanishga ayniqsa uzunligi 550 kilometrdan, kengligi 100 kilometrdan ortiq tuhumsimon cho‘ziq ko‘rinishga ega bo‘lgan (Farg‘ona vodiysidan ikki barobar kattaroq!) hudud uchragan. Sinov o‘tkaziganidan keyin 7,5 soat o‘tib portlashjoyidan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan Rongerik atollida radiasion fonning ortib ketishi ro‘yxatga olingan. Ronegrikdagi zaharlanish shu darajaga yetganki, 2 mart kuni o‘sha yerda bo‘lgan 28 nafar Amerikalik harbiylar zudlik bilan samolyotda Kvadjeleyn atolliga ko‘chirilgan; shunga qaramay ularning hammasi nurlanishning o‘ta havfli dozasini qabul qilishga ulgurgan — 70 dan 100 rentgengacha.

Sinov hududidan hatto o‘nlab kilometrlar uzoqlikdagi radiasiyaning darajasi Nevadadagi yadroviy sinovlar poligonida o‘tkazilgan ko‘plab yadroviy sinovlar episentridan ko‘ra ancha balandroq bo‘lgan. Masalan, Bikini atollidan 192 kilometr uzoqlikda joylashgan Rongelal atollining shimoliy kimsasiz qismida radiasiya darajasi soatiga 1000 rentgenga yetib borgan (soatiga 600 rentgen dozasi inson uchun halokatli hisoblanadi). Rongelal aholisidan 64 kishi va Ailinginae aholisidan18 kishi jiddiy nurlanishga duchor bo‘lgan (ular yashagan joyda radiasiya darajasi soatiga 100 rentgenga to‘g‘ri kelgan). Turli manbalardan olingan xabarlarga ko‘ra shamol odam yashaydigan orollar tarafiga qarab esishini bilsa ham Amerikalik harbiylar sinovlarni kechiktirib o‘tirmagan. Orollar aholisi sinov o‘tkazilishi va radioaktiv chang tushishi to‘g‘risida hatto ogohlantirilmagan ham.

Portlashdan keyin hosil bo‘lgan bulutlardan pastga tushgan radioaktiv chang Bikinidan 170 kilometr uzoqlikda suzib yurgan “Fukuryu-Maru” baliqchililar kemasiga mahalliy vaqt bilan soat 07:55da yog‘a boshlagan. Kema palubasidagi chang qatlami 1 santimetrga yetgan. “Fukuryu-Maru” Yaponiyaga faqat 14-mart kuni yetib kelgan.Tutilgan baliq yuki o‘ta radioaktiv deb topilib, darhol olib qo‘yilgan. Har biri kamida 300 rentgenga teng doza bilan zaharlangan butun jamoaning barcha a’zolarida zaharlanish o‘ta kuchli nurlanish kasalini qo‘zg‘atgan. Ularning hammasi keyinchalik nogiron bo‘lib qolgan, kemaning radisti Aykiti Kuboyama esa yarim yil o‘tib hayotdan ko‘z yumgan. “Fukuryu-Maru” bilan sodir bo‘lgan noxush hodisa va ayniqsa Aykiti Kuboyamaning o‘limi Yaponiya bilan birga butun dunyo bo‘yicha yadro quroliga, uning sinovlarini o‘tkazilishga qarshi ommaviy tarzdagi namoyishlar va boshqa e’tirozli chiqishlarga sabab bo‘lgan. Bu o‘z navbatida yadro portlashining oqibatlarini baholashni qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘lgan, chunki bundan avval ularning havfi qay darajada ekanligiga yetarlicha e’tibor berilmagan.

Umuman aytganda, ushbu noxush hodisadan keiyn Yaponiyada radioaktivligi tufayli iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan 50 ming tonnaga yaqin baliq yo‘q qilingan.Bu ma’lumot butun Yaponiya bo‘ylab Ommaviy Axborot Vositalari orqali tarqatilgan va Iokogama, Kobe va boshqa port shaharlardagi baliq savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bekila boshlagan. Hatto deyarli bi oy o‘tgadan so‘ng, 27 mart kuni Yaponiyaga baliqchilar kemasi kelganida, undagi baliq ham radiasiya bilan zaharlangan deb topilgan. Portlash joyidan 1800 kilometr uzoqlikda joylashgan yapon mayoqlarining birida hizmat qiluvchilar radioaktiv yog‘in yog‘ib o‘tganidan keiyn quloqlari kar bo‘lib, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. 

Umuman,yapon sog‘liqni saqlash ministrligining ma’lumotlariga ko‘ra “Kastl Bravo”sinovi o‘tkazilganidan keyin 856 nafar yapon baliqchilik kemalari va ulardagi 20 mingdan ortiq odam turli darajadagi zaharlanishga duchor bo‘lgan.

Sinov natijalari

“Kastl Bravo”sinovi deyterid litiydan termoyadroviy yoqilg‘i sifatida foydalanishnin samaradorligini tasdiqlagan. Amerikaliklar o‘z vodorod qurolini ihchamlashtirish yo‘lida ancha sezilarli darajadagi taraqqiyotga erishgan.“Krevetka” portlatish moslamasi Amerika tomonidan yaratigan Mk 21 termoyadroviy aviasion bombaning yaratilishi uchun asos bo‘lib qolgan.

AN 602 (“Shoh-bomba») — 1954-1961 yillarda Sovet Ittifoqida SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi Igor Kurchatov rahbarligidagi bir guruh yadro fiziklari tomonidan ishlab chiqilgan termoyadroviy aviasion bomba.

“Shoh-bomba” insoniyat tarihidagi eng kuchli portlovchi moslama. Uning sinovi 1961-yil 30 oktyabr kunida “Novaya Zemlya” orolidagi “Suxoy Nos” yadroviy poligonida Tu-95 B samolyotidan tashlab yuborish orqali amalga oshirilgan. O‘lchangan quvvattrotil ekvivalentida 58,6 megatonni tashkil etgan.

AN602 bombasi qo‘llanilishi bilan Sovet Ittifoqi tomonidan quvvati bo‘yicha cheklanmagan ommaviy qirg‘in quroliga ega ekanligi namoyish etilgan. Ilmiy natijasi ko‘p tabaqali turdagi termoyadroviy zaryadlarni hisoblash va yaratish tamoyillarining tajribaviy tekshirishi bo‘lgan.

Shoh-bomba an’anaviy yadroviy bomba emas edi. Bu SSSR olimlarining eng kuchli yadro qurollarini yaratish va shu bilan Nikita Xrushchev butun dunyoga Sovet texnologiyasining kuchini  ko‘rsatib qo‘yish istagini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan otashin urinishining natijasi bo‘ldi. U eng katta samolyotga moslashish uchun ham oddiy metall mahluqdan kattaroq bir narsa edi. U shaharlarni tag-tubi bilan tekkislab tashlashga qodir ultimativ qurol edi.

Tu-95 bu bahaybat bombani o‘zining qorin qismida olib ketgan. Bomba odatda bu kabi o‘q-dorilar tashilgan samolyotning bo‘linmasiga joylashtirish uchun juda kattalik qilgan. Bomba uzunligi 8 metr, diametri 2,6 metr bo‘lgan va og‘irligi 27 tonnadan ziyodroq bo‘lgan. Havo kemasining kapitani Andrey Durnovsev, shturman Ivan Klesh, bort injener Valentin Bruy, Olenya aerodromidan uchib chiqib Novaya Zemlya tomon uchgan.

Bomba portlashi oqibatlarini iloj qadar kamaytirish uchun yorqin oq rangga bo‘yalgan bu "Tupolev" samolyoti o‘z manziliga yetib bordi. Novaya zemlya- SSSRning muzlagan shimoliy qirg‘oqlaridan shimoliy qutb tarafda joylashgan, Barens dengizi ichidagi aholisini juda kam bo‘lgan arxipelag. Tu-95 uchuvchisi mayor Andrey Durnovsev samolyotni Mityushixadagi sovet poligoniga tahminan 10000 metr balandlikda olib ketgan. Kichikroq muvofiqlashtirilgan Tu-16 bombardimon samolyoti rejalashtirilayotgan portlatishni suratga tushirish va keyinchalik analiz qilish uchun portlash hududidan havo na’munalarini olishga tayyor holda yonma-yon uchib borgan.

Ikkala samolyot ham portlashdan keyin sog‘-omon qolish imkoniyatlari uchun  - bunday imkoniyatlarning mavjudligi 50 foizdan ko‘p emas edi - Shoh-bomba bir tonnaga teng bo‘lgan juda og‘ir parashyut bilan jihozlangan edi. Bomba asta-sekin oldindan belgilangan balandlikka - 3940 metrga tushgan paytda portlashi kerak edi. Shunda ikkala bomba tashuvchi samolyot u yerdan kamida 50 kilometrga uzoqlashib bo‘lgan, bu esa portlashdan omon qolish uchun yetarli bo‘lishi kerak edi.

Moskva vaqti bilan 11: 32da shoh-bomba portlatildi. Portlash ro‘y bergan joyda eni deyarli 10 kilometrga teng bo‘lgan olov shar paydo bo‘lgan. Olovli shar o‘z zarbali to‘lqinining a’siri ostida ko‘tarilib borar edi. Chaqnoqni hartarafdan, 1000 kilometrdan ortiqroq masofadan ham ko‘rish mumkin edi.

Portlash sodir bo‘lgan joyda qo‘ziqorinsimon bulut 68 kilometr balandlikda o‘sgan va“qalpoqcha”si u chekkasidan bu chekkasigacha 100 kilometr masofagacha kengayib ketgan. Albatta, bu tasvirlab berishga til ojizlik qiluvchi ko‘rinish bo‘lgan.

“Novaya Zemlya” uchun oqibatlan juda halokatli bo‘lgan. Portlash episentridan 55 kilometr masofadagi Severniy qishlog‘idagi bracha uylar yer bilan yakson bo‘lib ketgan. Portlash joyidan yuzlab kilometr uzoqlikdagi sovet hududlarida barchaturdagi shikastlanishlar sodir bo‘lganligi haqida ma’lumotlar berilgan - uylar buzilib, tomlar ko‘chirilib, oynalar sinib, eshiklar uchirilib ketgan. Radioaloqa bir soat davomida ishlamagan.

Durnovsev boshqaruvidagi Tu-95 samolyotining omadi bor ekan; Shoh-bombaning portlash to‘lqini shunga olib kelganki, samolyotni boshqarishning imkoniyati yo‘qolgan va uchuvchi uning ustidan nazorat qilish, boshqarish imkoni qayta tiklangunga qadar chamasi 1000 metr pastga qulab tushib ketgan.

Ushbu sinov oldiga qo‘yilgan asosiy siyosiy-tashviqot maqsadga to‘liq erishilgan edi. Sovet Ittifoqining cheksiz quvvatga ega bo‘lgan ommaviy qirg‘in qurolliga ega bo‘lishi aniq va ravshan namoyish qilingan edi. AQShda o‘sha vaqtda sinovidan o‘tgan yadroviy bombalar orasidagi eng kuchlisining trotil ekvivalenti AN602ga nisbatan deyarli to‘rt baravar kamroq bo‘lgan, bundan tashqari AN602 amerikada angarda portlatilgan bahaybat qurilmadan farqli o‘laroq bomba tashuvchi samolyotdan tashlanib portlatilgan edi.

Portlashdan hosil bo‘lgan olovli sharning diametri tahminan 4,6 kilometrga yetgan. Nazariy jihatdan u yerning yuzasiga ham yetib borishi mumkin bo‘lgan, biroq bunga portlashdan hosil bo‘lgandan keiyn yerga urilib qaytgan zarbali to‘lqin to‘sqinlik qilgan va ushbu ulkan olovli sharni yer yuzidan tepaga uloqtirib yuborgan.

Yorug‘lik nurlanishi portlash maydonidan 100 kilometr uzoqlikda turgan kishilarning badanlariga uchinchi darajali kuyishni yetkazishi mumkin bo‘lgan.

Yadroviy “qo‘ziqorin” 68 kilometr balanlikkacha o‘sgan, undagi ikki qavatli “qalpoqchasi”ning diametri (tepadagi qavatda) 95 kilometga yetgan.

Portlash natijasida vujudga kelgan atmosfera bosimining sezilarli darajadagi to‘lqini yer sharini uch marta aylanib chiqqan. Masalan, Yangi Zellandiyaning poytaxti Vellingtonda joylashgan stansiya 30 oktyabr kuni soat 21:57da shimoliy-g‘arbiy tomondan, 31 oktyabr kuni soat 07:17 da janubiy-shariiy tomondan va 1 noyabr kuni soat 9:16 da yana shimoliy-g‘arbiy tomondan o‘rtacha tezligi bir soniyada 303 metrga, yoki soatiga katta aylana yoyining 9,9 gradusiga  teng atmosfera bosimining to‘lqini yetib kelganini ro‘yxatga belgilab qo‘ygan.

Guvohlar portlashni uning markazidan deyarli bir yarim ming kilometr masofadan sezib uni ta’riflab bergan.

Portlashdan hosil bo‘lgan tovush to‘lqini portlatish joyidan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan Dikson oroligacha yetib borgan. Biroq, poligonga 280 kilometruzoqlikda joylashgan Amderma va Belushya guba qishloqlaridagi vayronagarchiliklar to‘g‘risida o‘sha paytda ham, undan keyin ham biror marta xabar berilmagan.

Atmosferaning ionizasiyasi poligondan bir necha yuz kilometr uzoqlikda ham 40 daqiqa davomida radioaloqa uchun shovqin, ayrim paytlarda esa uning mutlaqo yo‘qolib qolishiga sabab bo‘lgan.

Radioaktivzaharlanish episentr rayonidagi 2-3 kilometrdagi radiusda soatiga 1millirentgendan oshmagan. Sinovchilar episentrga portlashdan 2 soat o‘tgandankeyin kelgan. Radioaktiv zaharlanish sinov o‘tkazilishining ishtirokchilari uchun xavf-hatar tug‘dirmagan.

Pol Tibbets

Pol Uorfild Tibbets-kichik (inglizcha: Paul Warfield Tibbets, Jr.; — AQSh Harbiy Havo kuchlarining generali. Ikkinchi jahon urushining oxirida Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasini tashlagan “Enola Gay” bomba tashuvchi samolyotining uchuvchisi sifatida tanilgan.

Tibbets bomba tashlash qarori bo‘yicha buyruqni bajargani uchun hech qachon pushaymon bo‘lmagan. U 1975 yilda bergan o‘z intervyusida shunday degan: “Men hech narsadan boshlab operasiyani rejalashtirib, uni o‘zim bajarganday bekamu-ko‘st darajaga yetkazganimdan faxrlanaman... Men har tunda tinch uhlayman”. 2005 yilning mart oyidagi uning gapi: “Agar siz meni yana huddi shunday vaziyatga qo‘ysangiz, jin ursin, men buni yana bajaraman”.

Charlz Suíni (inglizcha: Charles Sweeney) — AQSh Harbiy Havo kuchlarining uchuvchisi.1945 yilda Yaponiyaning ikkala bombardimon qilinishida ham ishtirok etgan (Xirosimaga bomba tashlangan paytda kuzatish samolyotining ichida bo‘lgan),1945 yilning 9 avgust kunida Nagasakiga atom bombasini tashlagan B-29 “Bockscar” bomba tashuvchisining sardori bo‘lgan. Bombardimon qilinishi oqibatida 35 ming kishi atrofida odam halok bo‘lgan, ulardan 23200dan 28200tagachasi yapon sanoat ishchilari bo‘lgan, 2000 tasi ko‘rilgan koreyslar va 150tasi yapon kombatanlari bo‘lgan. Bu Suini nishonga tashlagan birinchi bomba edi.

Topshiriqda dastlab bombani Kokura shahriga tashlanishiga ko‘rsatma berilgan edi, ammo qalin bulutlar tufayli uchuvchi samolyotni zahiradagi nishon - Nagasakiga burgan.

O‘zining butun umri davomida Suini Yaponiyani atom bombardimon qilinishi zarur bo‘lganligini ashaddiy tarzda himoyalab kolledjlar va universitetlarning talabalariga ma’ruza qilgan. 

Marion Antonuchchi (Marion Antonucci) bilan hamkorlikda “Urushning tugashi: Amerikaning oxirgi yadroviy missiyasi to‘g‘risidagi guvohning hikoyasi” nomi bilan hotiralar kitobini chiqargan. (War’s End: An Eyewitness Account of America’s Last Atomic Mission)

1976- yilda iste’foga chiqqan. 2004-yil 16-iyul kuni 84 yoshida Boston kasalxonasida vafot etgan.

Sadako Sasaki (yaponcha: 佐々木 禎子 Sasaki Sadako, Xirosimada yashagan yapon qizchasi.

1945- yilning 6-avgustida Xirosimaning atom bombardimon qilinishi paytida atigi 2,5 yoshda bo‘lgan Sadako portlash markazidan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan o‘z uyida bo‘lgan. U oradan 10 yil o‘tib, tahminlarcha, radiasion nurlanishning oqibati bo‘lgan leykemiya kasalligidan vafot etgan.

“Kichkintoy” atom bombasining detonasiyasi paytidazarbali to‘lqin Sadakoni oynadan tashqariga uloqtirib yuborgan, biroq qizcha tirik qolgan. 1954-yilning noyabr oyida uning badanida - bo‘ynida va quloqlarining orqasida birinchi shishlar paydo bo‘lgan.

1955-yilning yanvar oyida shishlar oyoqlarda ham vujudga kelgan, 21-fevral kuni esa qizcha leykemiya diagnozi bilan kasalxonaga joylashtirilgan. Shifokorlarning fikricha qizchaning tahminan 1 yillik umri qolgan ekan.

3-avgust kuni Sadako o‘zining eng yaqin dugonasi Tidzuko Xamamotodan bir afsonani eshitgan. O‘sha afsonaga ko‘ra ming nafar qog‘oz turnachalarini yasagan odam o‘zining istagini bildirsa, uning istagi albatta ro‘yobga chiqar emish. Afsona Sadakoga kuchli ta’sir qilgan, va u, kasalxonaning boshqa ko‘pchilik pasiyentlari kabi qo‘liga kirganki qog‘oz qiyqimlaridan turnachalar yasay boshlagan.

Shu bilan birga, Sadakoning salomatligi asta sekin yomonlashib borgan va 1955-yilning 25- oktyabr kuni u vafot etgan. “Sadako va uning mingta qog‘oz turnachalari” kitobida yozilishi bo‘yicha u atigi 644 ta turnacha yasashga ulgurgan ekan. Uning do‘stlari Sadako boshlagan ishni tugatgan va u ming dona qog‘ozli turnachalarbilan birga dafn qilingan. Xirosima shahridagi Tinchlik memorial muzeyidagi Sadakoga bag‘ishlangan ko‘rgazmada qizcha mingdan ortiq qog‘oz turnachalarini yasashga ulgurganligi to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

Nima ham deyish mumkin, bunga butun dunyoning odamlari umid qilib yashaydi. Biroq ommaviy qirg‘in qurollarning yangidan yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lib kelyapti. Afsuski, Xirosima va Nagasakining dahshatli tajribasi insoniyat uchun to‘laligicha dars bo‘la olmadi. Kim biladi, balki 1955- yilda Albert Eynshteyn butun insoniyatni chaqirgan yangicha fikrlashga, insoniyat taqdirlarining umumiyligi, mamlakatlar va xalqlarning uzviy bog‘liqligi, yadroviy qurolsizlanish va xalqaro keskinlikni yumshatish, Yer deb atalmish ona-sayyoramizda birgalikda tinch-totuv yashashning zarurligi va muqarrarligini tamomila tushunib yetish uchun o‘ta azobli va qiyin yo‘lni bosib o‘tish kerakdir. Nima bo‘lganida ham, bugungi kunda dunyo hamjamiyati alohida obro‘-e’tibor bilan tilga olib kelayotgan Vatanimiz - O‘zbekiston bu masalada dunyo mamlakatlarining aksariyatiga o‘rnak bo‘lishi mumkin! Jannatmakon o‘lkamizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayotimizga ko‘z tegmasin!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish