Xozirda faqat Yaponiyada mavjud bo'lgan 18 ta genial ixtirolar

Ularning ba'zilari g'alati, ba'zilari genial, boshqalari esa, birinchi ikkitasining o'rtasida. Misol uchun, bir necha yil avval hamma ustidan kulgan selfi tayoqchasini yodga oling.
Odam.uz, hayotni yengilroq va onsonroq qiladigan, genial yapon ixtirolarini topdik. Intiqlik bilan ular boshqa mamlakatda ham sotuvda paydo bo'lishini kutamiz.

Agar siz poezdning harakatlanishiga qarshi o'tirib ketishni yoqtirmasangiz, u holda siz o'z o'rindig'ingizni istalgan tarafga aylantirishingiz mumkin.

Motosikl shlemlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan ayol-qizlar haqida g'amxo'rligi mana shunday ko'rinishga ega. Mayda chaqa, lekin yoqimli.

Hamma ota-onalar orzu qiladigan ixtiro - xojatxona kabinkasida o'z ishlaringizni qilgungacha go'dakni o'tkazob qo'yish mumkin bo'lgan maxsus joy. Axir bola bilan bir o'zingiz sayr qilayotgan vaqtda, uni tashqarida tashlab ketish favfli. Lekin, kabinka ichida qo'lda ushlab turish noqulay.

Odatda qaxvaxonalarda yolg'iz o'rirish bir oz noqulay, lekin nima ham qila olasiz, bu oqshom uchun xech kim topilmagan bo'lsa. Bu qaxvaxonada a'lo yechim o'ylab topilgan: mehmon stoliga o'yinchoq mumi-trolni o'tkazib qo'yishadi. Hamda mehmon ham huddi yolg'iz emasdek.

Ko'pchilik uchun chorraxani diagonal tarzda kesib o'tish istagi tanish, lekin bu mumkin emas. Tokioda bu mumkin va hattoki maxsus diagonal zebralar bor.

Qo'llar doim bo'sh qoladi - filmlartomosha qilish uchun ideal.

Avvaliga g'alati bo'lib tuyuladigan ixtiro. Biroq, siz o'zingiz uchun quyoshning yorqin nurlari qancha yoqimsiz bo'lsa, kuchuklarga ham shu qadar yoqimsiz ekani haqida xech o'ylab ko'rganmisiz? Yaponiyaliklar esa, o'ylab ko'rganlar.

Agar siz atrofidagi boshqalarga, o'z qo'shiq hirgoya qilishingiz bilan halal berishdan qo'rqsangiz, yoki boshqalar oldida kuylashdan uyalsangiz - siz uchun maxsus, sizni ovozingizni o'chiradigan, mikrofon o'ylab topilgan. Ovozingizni faqat o'zingiz eshta olasiz.

Har bir uyda siz albatta bu kabi shippaklarni ko'rasiz. Yaponiyaliklarda eng toza xojatxona ham tasnifi bo'yicha iflos joy hisoblanadi va ular uyning boshqa xonalarida kiyib yuradigan oyoq kiyimda u yerga kira olmaydilar. O'ylab ko'rish uchun arziydigan masala.

Noutbuk oldida qorinda yotgan holda ish qilganda qo'llar juda tez charchab qoladi. Bu holatlar uchun mana bunday taglik o'ylab topganlar.

Yaponiyada uyni manzili bo'yicha topish - kvestning o'zginasi. Bu yerda ko'chalar asosan nomlarga ega emas bo'lib, uy raqamlar esa, qurilgan sanalarga asoslangandir. Shuning uchun uylarda egalarining familiyasi yozilgan osmalarni ko'rish mumkin. Juda qulay.

Suv sarfini va ekologiyani kuzatib boradigan odamlar uchun orzuning o'zginasi. Obpartovga truba orqali toza suv tushmaydi, balki qo'l yuvishdan tushgan suv oqib tushadi. Shu yo'l bilan suv qaytadan ishlatiladi.

Yaponiya - robotlar va avtomatlar mamlakatidir. Mashinalar odamlarni, qayerda mumkin bo'lsa, o'sha yerda, o'rinini almashtiradi. Misol uchun, bu do'konda sotuvchilar o'rniga avtomatlar bor. Introvertlar uchun jannatning o'zi - xech kim bilan muloqot qilish kerak emas!

Bu mehmonxona ancha uzoqqa borgan - bu yerda portye robot. Shapka kiygan robot-dinozavr.

Bahaybat burgerni yeyish uchun og'izni katta ochishga to'g'ri keladi va souslarida yuzingizni kir qilasiz. Yaponiyalik ayollar, boshqa ayollar singar, bundan uyaladilar va burgerlarni juda kam buyuradilar. Bir tashkilot egalari buni payqadilar va burgerlarni hammadan sizning uni chaynayotgan yuzingizni berkitib turadigan salfetkalarga o'ray boshladilar.


Yaponiyada asrlar osha hamma ishni polda qilish urf bo'lgan - uxlash, ovqatlanish, televizor tomosha qilish. Shuning uchun bu yerda shunday maxsus tatami o'ylab topilgan. Undan kompyuter uchun taglik yaratish va boshqa yana ko'p narsalar qilish mumkin.

Bu kabi soyabonlar uchun "to'xtash joylari" ko'pgina ofis binolari oldida bor. Juda mukammal o'ylangan - ofisga soyabinni olib kirish va uni qayerga osish yoki qo'yish haqida o'ylab o'tirishning keragi yo'q.

"G'arbiy" bankalardan farqli o'laroq, bu bankaning uzukchasini maxsus chuqurcha bor sababli, ilib olish juda onson. Sizning manikyuringiz haqida ishlab chiqaruvchilar qayg'urisalar juda yoqimli!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.