Kanal
Qiziqarli

Xatto kattalarga ham qiziq bo’lgan yomg’ir to’g’risidagi 15 nafar ajoyib ma’lumot

Xatto kattalarga ham qiziq bo’lgan yomg’ir to’g’risidagi 15 nafar ajoyib ma’lumot

Biroq, shu bilan birga tabiatning bu hodisasi to’g’risida nimalar ma’lumligini kamdan kam odamgina o’ylab ko’radi. Quyida yomg’irga tegishli bo’lgan kamyob va juda qiziq faktlar keltirilgan.

Yomg’ir tomchilari ularning tushishiga qarab, asosan xarakat tezligi tufayli o’zgaradi. Bu o’z navbatida savol tug’diradi: yomg’ir tomchilar qanchalik tez xaрakatlanadi? Ularning tezligi soatiga 32 kilometrgacha chiqishi ham mumkin. Hamma tomchilar ham shunday yog’maydi, albatta. Ayrim tomchilar yerga soatiga 3 kilometr tezlikda, ya’ni piyoda yurgan odamning tezligidan ham pastroq tezlikda tushadi.

1966 yilning 7-8 yanvarida Reyunon orolidagi Fok-Fokda yog’ib o’tgan yomg’irday yomg’irni ko’rish istagidagi odam dunyoda topilmasa kerak. Madagaskar orrolining qirg’oqlariga yaqin bo’lgan bu orolda bir sutkada 182 santimetr yog’ingarchilik yog’ib o’tgan.

Yomg’ir tomchisi qanday ko’rinishga ega? U o’z hayotini bulutda soqqa ko’rinishida boshlaydi, ammo yerga tusha boshlashi bilanoq, gamburgerning ustki yarmini eslatuvchi shaklga ega bo’ladi.

Hindistondagi Mausinramga tashrif etuvchilar o’zlari bilan girdrokostyum olishlariga to’g’ri keladi. Bu sayyoramizdagi eng namgarchilik ko’p joydir. Bu yerda har yili 1 186 santimetr yog’ingarchilik yog’adi. Buning asosiy sababi shundaki, ushbu hududdagi bulutlar harakatiga Ximolay tog’lari to’sqinlik qiladi.

Kolumbiyadagi Kibdo shahri esa – dunyodagi eng namgarchiligi ko’p shahar sanaladi. Bu yerda yiliga 900 santimetr yog’ingarchilik yog’adi, yomg’ir esa bir yilda 300 kundan ko’proq yog’ib o’tadi.

“Kuchli yomg’ir” iborasi juda bo’rttirilgan so’zlar birikmasi, chunki yomg’ir tomchisining o’rtacha og’irligi 0,2 grammga tengdir. Bu inson kiprigidan ham engil.

Bu “Evian” ichimlik suvi emas, albatta, ammo, yomg’ir suvini xaqiqatdan ham ichsa bo’ladi. Albatta, shuni ta’kidlash lozimki, “osmon suvini” elektr uzatish liniyalari yoki tutayotgan zavodning oldida ichib bo’lmaydi.

Agar inson yomg’ir suvini ichish mumkin ekanligini bilsa, tabiiyki, uning tarkibida nimalar borligini bilgisi keladi. Aniqlanishicha, unda bakteriyalar, parazitlar, chang, iflosliklar, tutun va boshqa ximikatlar bo’lishi mumkin ekan. Shuning uchun ham, yomg’ir tomchilarini til bilan tutib olishga urinishdan oldin ikki barobar o’ylab ko’ring.

Bu qandaydir shahar afsonasi emas. Hindular qabilalari (ayrimlari hozirga qadar) xaqiqatdan ham yomg’irni chaqirish ilinjida ma’lum raqs marosimlarini o’tkazadilar.

Darts o’yini kabi bolalarning “Rain Rain Go Away” qo’shig’i ham Angliyada paydo bo’ldi. XVI asrda, mamlakat Ispaniya bilan urush holatida bo’lganida ispan armadasi 1588 yilda Britaniyaga bostirib kira olmaganining sabablaridan biri dengizdagi yomg’irli ob-havo bo’lganidir. Shu sababli o’sha bolalar qo’shig’i paydo bo’lgan.

Yomg’ir, aralashtirilgan ichimlikka o’xshashini kamdan kam odam biladi. U qor sifatida boshlanib, agar havo yetarlicha issiq bo’lsa erib yomg’irga aylanadi. Shuningdek, gohida yomg’ir tomchilari erga tushishdan oldin muzlab qolishga ulgursa muzli yomg’ir, ya’ni do’l ham yog’ib turadi.

Yomg’ir tomchilari erga urilganida o’zlaridan hid chiqaradi. Bu hidni yoqimli deb bo’lmaydi. Ko’pchilik bu hidning o’ziga yarasha Petrikor degan nomi borligini bilmaydi ham.

Aslida, boshqa sayyoralarda ham yomg’ir yog’adi, biroq u ko’pincha boshqa materiallardan tarkib topadi: olmoslar, oltingugurt kislotasi va toshlar.

Yomg’ir odatda sportga zarar yetkazadi, chunki o’yin uchun maydonlarni sirg’anchiq qilib tashlaydi va sportchilarni o’yinda qatnashishlariga ta’sir ko’rsatadi. Ammo, sportning bir turi aynan yomg’ir tufayli paydo bo’lgan, degan guvohliklar ham bor. Darts – bu avvalo o’yin, lekin ayrim tarihchilar uni Angliyada o’rta asrlarda paydo bo’lgan, deb hisoblashadi.

Bunga sabab shu bo’lganki, o’qchilarning tayyorgarlik paytlarida yomg’ir boshlib qolgan paytlarda, o’qchilar pabga kirib, mo’ljalga nayzachalarni otish yo’li bilan o’zlarining mahorati ustida ishlar edilar.

Momaqaldiroqlar butun Yer bo’ylab chuda keng tarqalgan. Dunyoda yiliga 16 millionga yaqin momaqaldiroq sodib bo’ladi va istagan paytingizda dunyoning qaysidir bir burchagida 2000 ga yaqin shunday tabiiy hodisa ro’y berayotgan bo’ladi.

Balki ko’pchilik yomg’irni yuboruvchi afsungarlar to’g’risida eshitgandir, ammo shunday odam xaqiqatdan ham tarixda yashab o’tgan. U 1915 yildagi quruqchilik paytida AQSHdagi San-Diego aholisiga yomg’irni chaqira olishi to’g’risida ma’lum qilgan. Charlz Xatfild havoda bir qator kimyoviy moddalardan suv zarralagan. Ularning tarkibiga nima kirganligi hamon noma’lum, ammo shundan keyin bir oy davomida tinmay yomg’ir yoqqan va natijada 50 taga yaqin odam haloq bo’lgan.

Yomg’irning hammasi ham yerga etib kelavermaydi. Ayrim paytlarda u yerga yetib kelguniga qadar bug’lanib ketadi. Bu hodisaning nomi fantom yomg’iri deyiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish