Kanal
Qiziqarli

Ularga qaytishni istashingiz aniq bo'lgan 15 ta aql bovar qilmas aeroportlar

Ularga qaytishni istashingiz aniq bo'lgan 15 ta aql bovar qilmas aeroportlar

Biz 15 ta aql bovar qilmas havo  gavanlarini yig'dik, ular eng chiniqqan sayyohlarni ham lol qoldira oladi.

Ashxabod shahri Xalqaro aeroporti (Turkmaniston) 

Ashxabodning yangi aeroporti uchib ketayotgan burgut ko'rinishida qilingan bo'lib, faqatgina mamlakatning diqqatga sazovor joylaridan biri bo'libgina qolmay, balki Ginneslar Rekordi kitkitobiga dunyodagi eng katta passajirlar asosiy terminali binosi tomida gilam ornamentining arxitektura tasviri  tushurilgan sifatida kiritilgan. 

Abu-Dabi (BAA) Xalqaro aeroporti

O'zining tashqi ko'rinishi bilan suzib ketayotgan elkanli kemani eslatuvchi aeroport Abu-Dabi va Dubay o'rtasida joylashgan bo'lib, bu muhtasham shaharlar muhitiga juda ham yaxshi to'g'ri keladi.

Lion-Sent-Ekzyuperi Xalqaro aeroporti (Lion, Fransiya)

Lionning aeroporti Antuan de Sent-Ekzyuperi - dunyoga mashxur fransuz yozuvchisi, shu shaharda tug'ilgan va professional uchuvchi nomini olgan.

Marokash-Menor aeroporti (Marokko)

U dunyodagi eng go'zal aeroportlardan biri bo'lib, ichki, transkontinental va xalqaro reyslar uchun ishlatiladi. Unikal loyiha bo'yicha qurilgan bo'lib, o'zida Morokko madaniyati an'analarini va evropa texnologiyalarini jamlagan. 

Inchxon Xalqaro aeroporti (Janubiy Koreya)

Dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri bo'lib, u har yili (2005 yildan) Aeroportlarning Xalqaro Kengashi tomonidan dunyodagi eng yaxshi deb tan olinadi.

Shenchjen Baoan Aeroporti (Shenchjen, Xitoy) 

U Dur daryosi deltasi rayoni sharqiy qirg'og'idagi sohil bo'yi vodiysida joylashgan bo'lib, Xitoyning ham yuk ham passajirlar aloqasi uchun bo'lgan dengiz bandargohlari bilan bog'liq yagona aeroportidir.

Vashington Dalles Xalqaro Aeroporti (Vashington, AQSH)

Aeroport Djon Forester Dalles nomini olgan bo'lib, u Duayt Eyzenxauer administrasiyasida AQSH ning davlat kotibi bo'lgan. Dalles nomidagi aeroport Vashingtonga xizmat ko'rsatuvchi uchta aeroportlardan biri bo'lib, ularning eng bandi hamdir.

Djon Kennedi nomli Xalqaro aeroporti (TWA terminalining eski binosi), (Nyu-York, AQSH)

Bu aeroport o'zi bilan parvozning abstrakt belgisini ifodalaydi. Bino dunyodagi aeroportlar binolari orasida eng original binolaridan bo'lib hisoblanadi. Ichida u tashqarisiga qaraganda ham antiqaroq bo'lib, u yerda aniq chegaralar va devorlar yo'q, hamda doimiy harakatni ifodalab, barcha narsalar biri biriga o'tib boradi.

Shoudu Xalqaro Aeroporti Terminal 3 (T3), (Pekin, Xitoy) 

Xitoyning birinchi aeroporti. Binoning konturi ajdar figurasini eslatadi, kutish zalini esa, qishki bog' bezatib turadi (aeroportning dizayni an'anaviy xitoy uslubida qilingan). Aeroport Xitoyning faxri bo'lib, o'ziga hos xitoy madaniyati muzeyi hamdir.

Denevrning Xalqaro Aeroporti (AQSH)

Aeroport o'ziga faqatgina tashqi ko'rinishi bilangina diqqatni qaratib qolmay, yana u haqida yuradigan afsonalar bilan ham o'ziga jalb qiladi. Aeroport qurilishida juda katta miqdorda yer olib chiqilgan edi ( huddi shu miqdorda yer Panama kanali qazishda olib chiqilgan). Ko'pchilik bu sababdan aeroport ostida juda ko'p ishlatilmaydigan binolar bor degan hayolga boradilar va odamlar bir qancha fitna nazariyalarini qurib chiqishga ulgurishgan. 

Kansay Xalqaro Aeroporti (Yaponiya)

Aeroport sun'iy orolda qurilgan dir. Uni quruqlik bilan bog'lash uchun "Samo eshiklari" ko'prigi qurilgan edi. Uning uzunligi 3,75 kilometrni tashkil etadi va bu narsa uni dunyodagi ikki qavatli ko'priklar orasida eng uzunlari ro'yxatiga kiritadi. Kansay haqqoniy ravishda XX asrning injenerlik mo'jizalaridan biri deb hisoblanadi.

Dubay Xalqaro Aeroporti (BAA)

Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik fuqarolar aeroporti, passajirlarni haqiqiy palmalar o'rmoni bilan kutib oladi. Terminal 1 da o'nlar uxlash uchun bo'lmalar o'rnatilgan bo'lib, ularning har birida krovat, yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati va katta televizor o'rnatilgan.

Los-Andjeles Xalqaro Aeroporti (AQSH)

Bu aeroport xalqaro aeroportlarning eng yiriklaridan biri bo'lib, ko'p yillardan beri dunyodagi eng mashxur jonash/kelish punkti hisoblanadi.

San-Fransisko Xalqaro Aeroporti (AQSH)

San-Fransisko ko'rfazidagi passajirlar aylanmasi bo'yicha eng yirik aeroport. Uning terminallarida muzey va kutubxonalar, kutish zallarida esa doimiy va vaqtinchalik san'at buyumlari ko'rgazmalari joylashgan. 

Samui Xalqaro Aeroporti (Tailand)

Samui aeroporti shunisi bilan g'aroyib-ki, u ichki binolarga ega emas. Bundan suvenirlar do'koni mustasno. Shunga qaramay u mamlakatda bandlik darajasi bo'yicha oltinchi bo'lib, bir yilda milliondan ortiq passajirlarga xizmat ko'rsatadi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish