Tushlaringiz nima haqida? Inson tushi haqidagi qiziqarli faktlar

Bu borada e’tiboringizga tadqiqotchilarning fikri bir yerdan chiqqan holatlarda hulosa qilingan va behad qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.

Sayyorasizdagi aholining taxminan 12% tug’ilganidan buyon faqat oq-qora tasvirdagi tushlarni ko’radi.

Qiziq, ammo uxlagan paytingizda miyangiz tashqi tovushlarni farqlashni davom ettiradi. Agar tush paytida miyangiz begona tovushlarni “eshitib qolsa”, u tovushlar bilan ittifoqlashib ularni tushingizga kiritadi va loyihalashtiradi.

Balki, bu inson tushida ko’rayotgan harakatlarni bajara olmasligi uchun kerak bo’lgan va tabiat tomonidan yaratilgan himoya mexanizmi bo’lsa ajab emas.

Bir martagina bo’lsa ham chekish odatini tashlagan insonlar ancha ravon va tiniq tush ko’rganliklarini aytib o’tganlar.

Shubha yo’qki, siz tushlaringizda ba’zan notanish odamlarning qiyofalarini uchratib qolishingiz mumkin. Aslida bizning miyamiz odamlarning tasodifiy qiyofalarini yuzaga keltirish imkoniga emas, bu esa shundan darak beradiki, tushingizda ko’rgan odamlarni o’ngingizda hech bo’lmaganda bir marta bo’lsa ham uchratgansiz. Shuningdek, bu boshqa turdagi mavjudotlarga ham tegishlidir. Ularda albatta, siz avval ko’rgan odamlarga hos bo’lgan xususiyatlar namoyon etiladi.


Inson uyg’onganidan so’ng darhol o’z tushining tahminan yarmini unutadi, shundan o’n daqiqa o’tganidan keyin esa tushning 10% ni eslay oladi, holos.

Tug’ilganidan keyin ko’zi ojiz bo’lib qolganlar, ko’zi ojiz bo’lib qolishidan avval ko’rgan vaziyat va hayotiy parchalarni tushida ko’rishadi. Biroq, tug’ma ko’zi ojiz bo’lgan odamlar tushlarini tovushlar va hissiyotlar ko’rinishida shakllantiradilar.

Tarixda yuqoridagi mulohazani tasdiqlovchi juda qiziq bir tajriba mavjud. Tadqiqotchilar ko’ngilli talabgorlarni ikki guruhga bo’ldilar.
Hammaga uyqu uchun 8 soat vaqt ajratilgan, biroq ikki guruhning o’rtasida yagona bir farq bor edi. Birinchi guruhdagi ko’ngilli talabgor tush ko’ra boshlagan paytda uni darrov uyg’otishar, keyin esa qolgan 8 soatni uhlashiga ijozat berishardi. Ikkinchi guruhdagi ko’ngilli talabgorlarning uyqulari buzilmadi. Eng qizig’i, birinchi guruhdagi odamlar idrokini jamlashda muammolarga duch kelishdi, ularda yuqori darajali tajovuzkorlik va hatto gallyutsenatsiyalar ham kuzatildi.

Tushingizda keraksiz bir konserva bankasi kirib qolgan bo’lsa ham, ongingiz uni qandaydir muhimroq va ma’nosi chuqurroq biror narsa bilan taqqoslashga urinaveradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.